2. Ishlab chiqarish mohiyati va omillari.
Ishlab chiqarish shunday jarayonki, undan ishlab chiqarish omillari bо‘lgan kapital, mehnat va moddiy resurslarning о‘zaro ta’siri tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan tugallanadi. Ishlab chiqarish omillarining har biri mayda guruhlarga bо‘linadi.
Matematik tarzda ishlab chiqarish hajmi kapital va mehnatning funksiyasi tarzida ifodalanadi:
Q = F(K, L)
Yuqoridagi tenglik ishlab chiqarish funksiyasi deyiladi va korxonaning ishlab chiqarish omillarining turli tо‘plamlari sharoitida maksimum ishlab chiqarishi mumkin bо‘lgan mahsulot hajmini anglatadi. Aytaylik, korxona ham, mehnat ham kapital omilini о‘zgartira oladi. Quyidagi jadvalda mehnat va kapitalning turli miqdorlariga tо‘g‘ri keladigan mahsulot hajmlari berilgan bо‘lsin.
Kapital sarfi
|
Mehnat sarfi
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1
2
3
4
5
|
20
40
55
65
75
|
40
60
75
85
90
|
55
75
90
100
105
|
65
85
100
110
115
|
75
90
105
115
120
|
Yuqoridagi jadvaldagi kо‘rsatkichlar ishlab chiqarish omillarining turli guruhlariga tо‘g‘ri keladigan mahsulot hajmlarini kо‘rsatadi: Masalan: 55 birlik mahsulot, 1 birlik kapital, 3 birlik mehnat yordamida, 3 birlik kapital, 1 birlik mehnat yordamida olish mumkin.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida ishlab chiqarish funksiyasini grafik tarzda tasvirlash mumkin.
.Izokvantalar.
Grafikka xos bо‘lgan chiziqlar izokvantalar deyiladi va har bir mahsulot hajmiga о‘zining izokvantasi tо‘g‘ri keladi.
Izokvantadagi har bir nuqta mana shu hajmdagi mahsulot olish uchun qancha mehnat va kapital kerakligini aks ettiradi.
Iqtisodiyot nazariyasi va amaliyotida qisqa muddatli davr va uzoq muddatli davr tushunchalari mavjud.
Qisqa muddatli davr deganda faqat bitta omilning miqdorini, ya’ni mehnat omilining miqdorini о‘zgartirishga yetarli vaqt tushuniladi.
Uzoq muddatli davrda esa ham mehnat, ham kapital miqdorini о‘zgartirish mumkindir.
Korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari uzoq muddatli davrda qisqa muddatli davrdagidan kengroq bо‘ladi. Chunki mehnat resurslari qiymat resursdir.
Misol: Korxona A nuqtada 55 birlik mahsulot ishlab chiqarayotgan edi va hajmni 90 birlikka yetkazish talab etildi. Qisqa muddatli davrda u bunga V nuqtada erishishi mumkin (kapitalni о‘zgartirmay mehnatni 2 birlikka oshirish evaziga).
Uzoq muddatli davrda esa korxona yuqoridagi maqsadga S nuqtada erishishi mumkin (2 ta kapital va bitta mehnat qо‘shish evaziga). Agar kapital bahosi 10 sо‘m/soat mehnat bahosi 30 sо‘m/soat bо‘lsa, u holda V variantda harajatlar 120 sо‘m/soat variantda esa 110 sо‘m/soatga teng bо‘ladi. Demak, 2-variant qulay korxona kapitalni buyurib qо‘yishi va u yetib kelgunicha ishni V varianda olib borishi (agar foyda olsa), kapital kelgandan keyin S variantga о‘tib ishlashi mumkin.
Ishlab chiqarishni ikkita о‘zgaruvchan omil hisobida tashkil etish.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatiga mehnat bilan bir qatorda kapital ham bevosita ta’sir etadi. Bu ishlab chiqarish omillarining kо‘proq qо‘llanishi mahsulot hajmini oshuviga olib keladi. Agar mahsulot hajmini bir xil miqdorda bо‘lishligini ta’minlash zarur bо‘lsa, unda ishlab chiqarish omillarining biridan qanchalik kо‘proq foydalanilsa, ikkinchisidan shuncha kam foydalanish mumkin. Shu boisdan ham bu ikkala omilga ham qaytimning kamayishi qonuni ta’sir etadi. Buning quyidagi tasvir asosida sharxlash mumkin. Tasvirda mehnat sarfi ishlab chiqarish samarasining pasayib borishi aniqlash uchun ma’lum miqdordagi kapital sarfidan (tasvirda 3 birlik) gorizontal chiziq tortamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |