2.2 Kashtachilik
Kashtachilik – kashta tikish kasbi, amaliy sanʼatning qad. sohalaridan biri. Arxeologik topilmalar Kashtachilikning deyarli barcha xalqlarda qadrliligini, iqlim, tabiiy sharoit, muhit bilan bogʻliq holda har bir xalqning madaniyati, sanʼati, kasb-hunar turlari bilan birga, ularning taʼsirida rivoj topganini koʻrsatadi. Kashtachilikning paydo boʻlishi teridan qilingan kiyimlarda bogʻlam va choklarning yuzaga kelishi bilan bogʻliq. Davrlar davomida toshdan suyak bigizlarga, undan metall bigizlarga oʻtish bilann, shuningdek, toʻqish, mato toʻqish, boʻyash va boshqa ishlar bilan bogʻliq. Kashtachilik taraqqiyotini Qadimgi Osiyo, Yevropa, Amerika madaniy yodgorliklari, adabiy manbalardagi kashtalar tasvirida, shuningdek, saqlanib qolgan Kashtachilik namunalarida kuzatish mumkin. Kashtachilik mahsulotlarining eng qadimgi nusxalari saqlanmagan. Kashtachilik rivojlangan xalqlarda unga tasviriy sanʼatning taʼsiri katta boʻlgan. Yevropada Kashtachilik Uygʻonish davrida yuqori pogʻonaga koʻtarildi. Davrning buyuk rassomlari (mas, Perujino, Bottichelli va b.) kashtaduzlar uchun andazalar tayyorlab berishgan, bu esa kashtalarning badiiyligini oshirgan. Kashtachilikda qimmatbaho toshlardan ham foydalanilgan, ip, jun, ipak, zar va kumush suvi berilgan iplar ishlatilgan. XIII asrda Yevropada aslzodalar kiyimini bezashda kashtalardan foydalanib tayyorlangan Kashtachilik buyumlari keng tarqalgan.
X IX asrning 2-yarmida kashta tikish mashinasi ixtiro etilgach, sanoati rivoj topgan mamlakatlarda Kashtachilik korxonalari vujudga kela boshladi, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyilishi anʼanaviy Kashtachilikni inqirozga uchratdi. Kashtachilikdagi mavjud anʼanalar susayib ketdi, arzon baho mashina kashtalari katta maxorat va koʻp mehnat talab qiladigan qoʻl kashtalarini siqib chiqardi. Lekin bir qancha mamlakatlarda mashina kashtasi bilan bir qatorda qoʻlda kashta tikishga alohida eʼtibor berilmoqda, kashtadoʻzlarning ishlari muzeylarni, jamoat binolarini bezamokda. Oʻrta Osiyoda Kashtachilik mahsulotlarining qad. xillari
2-rasm. Tehnik tikuv mashinasida kashtachilik to`qish
deyarli saqlanmagan. Muzeylardagi palak, soʻzana, choyshab, kirpech, zardevor singari badiiy buyumlar va kashtali kiyimlar faqat XIX asrga mansub.
Hozirgi tehnika rivojlanib borayotgan zamonda tehnik tikuv mashinada tikilgan kashtachilikning samarali tarafi, ish juda tez va oson va sifatli chiqishidadir. Shuning uchun men ham yaratgan loyihalarimdan biriga Qo`qon Hudoyorxon muzeyining shaklining tasvirini libosning orqa qismiga va Qo`qon Hudoyorxon muzeyining devorlariga tushirilgan takrorlanmas, serjilo va murakkab naqshlaridan birini tanlab olib libosning etagi, yengi va ma`lum bir qisimlariga tehnik tikuv mashinasida tushirmoqchiman. Atlas, Adas, shoyi matolaridan tashqari kashtachilikni qo`llab milliyligimizni ifodalab, Qo`qon milliy hunarmandchilik festivalidan ilhomlanganligimni nomoyon qilmoqchiman.
Do'stlaringiz bilan baham: |