4. Materiaini tanlash va asoslash.
Material deganda nafaqat, jismiy ashyo, ya’ni bo`yoq, smal’ta, loy va hokazolar ko`zda tutiladi. Bunda badiiy asrani yakuni yaxlit holiga keltirishdagi ijodiy jarayon uchun kerak bo`ladigan syujet, g`oya, natura, turli davrlar uchun illyustrativ materiallar va hokazolar ham ko`zda tutiladi. Bu haqida taniqli rus olimi (Л.Выгодский) adabiyot asari haqida “Material deganda barcha tayyor turmush munosabatlari, turli voqealar, turmush tarzi, harakterlar tushuniladi” deb yozgan edi.
Quyida biz milliy matolarimiz va u bilan uyg`unlashgan matolarga ta`rif berib o`tamiz.
Atlas (arab.-tekis, silliq) – tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan toʻqiladigan bir yuzlama silliq mato. Tanda ipi abrbandi usulida boʻyab bezatiladi. Alohida ishlov berib Atlasga jilo beriladi, shunga koʻra u tovlanib turadi. Ilgari mato yuziga kudung urilgan, hozirgi kunda Atlas issiq satxli baraban – kalandrdan oʻtkaziladi. Oʻzbek Atlaslari rang-barang nafis gullarga boy, bu gullar bir-biri bilan uygʻunlshib, matoda yaxlit goʻzal bir naqshni hosil qiladi.
Xonatlas Atlasning tabiiy ipakdan toʻqilgan eng aʼlo navi sakkiz tepkili Xonatlasning barcha siri uning tuzilishi va toʻqilish usulidadir.
Teri . Bu holda, moda namoyishi mumkin emas - mot va bo'yoq, qo'pol va juda nozik va nozik - har qanday terini yaxshi. Tabiiy teri sifatida ishlatiladi va uning taqlid etilishi.
Zamish matolari ko`pchilik to`qimalarga qaraganda ancha hashamatli ko`rinishini his qilad va hashamatli ko`rinadi. Teri mahsulotlaridan biridir. U nafaqat kata bo`laklarda balki kichik poyabzallarda ham ishlatilishi mumkin. U 100% poliester, ranglari turli xil undan hometextil, kiyim-kechak, poyabzallarda ishlatish mumkin.
Shoyi, shohi — ipak mato; 19— 20-asr oʻrtalarida Oʻrta Osiyoda barcha ipakchilik rivojlangan yirik markaz (Fargʻona, Buxoro va boshqalar)larda ishlab chiqarilgan. Shahrining arqoq va tanda iplari bir xil ingichka ipak iplardan iborat boʻlib, sodda toʻqilgan: har bir arqoq ip orasiga tanda iplar tushgan, yuzasi silliq, oʻngtersi bir xilda boʻlgan; eni 33—35 sm, 20-asr 30-yillaridan 50—54 sm ga kengaygan. shahrining gulsiz sidirgʻa va gulli (abr gulli), yoʻlyoʻl, katak gulli xillari maʼlum. Turli ipakchilik markazlarining shoyilari qalinyupqaligi, gullari, rangi (koloriti) bilan farqlangan. Fargʻona vodiysi yupqa va pishiqligi, yumshoq va mayinligi bilan boshqa shoyilardan ajralib turgan; abr gullari toʻlqinsimon yoki uslublashtirilgan novda, gul shaklida, rangi binafsha, sariq, feruza, kulrang .
Adras – tanda ipi tabiiy ipak-dan, arqog‘i qalin ipdan to‘qilgan gazlama. Guli ikki tomonlama bo‘lganligi uchun ayrim joylarda duro‘ya deb ataladi. Arqoq ipi yo‘g‘onroq bo‘lganligi uchun gazlama yuzasida ko‘ndalang chiviqlar hosil bo‘ladi. Kudunglanish natijasida yuqori navli Adrasningning bir tomoni atlasday silliq bo‘lib, ikkinchi tomoni tovlanib turadi. Gullari abr usuida bo‘lib sariq, ko‘k, pushti, qizil ranglar qo‘llanilgan.
Shifon matosi ip matosiga mansub bo`lganligi bilan ham ajralib turadi. Ipak tolasi ipak qurtidan olingan bo’lib, tolasi jihatidan yupqa, yaltiroq, egiluvchan va baquvvat. Ipak matolar yegil, uchuvchan, o’z tusiga ega, namlikni tez o’ziga shimib oladi va tez quriydigan mato xisoblanadi. Shifon gazlamalar assortimenti. tolalarni tarkibi, tuzilishi, pardozlanishi jihatidan shifoni gazlamalar turlicha bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |