1-ma’ruza. Xalq hunarmandchiligi san’ati haqida umumiy ma’lumot



Download 6,12 Mb.
bet1/3
Sana10.07.2022
Hajmi6,12 Mb.
#768442
  1   2   3
Bog'liq
Kashtachilik san\'ati XH-21


Kashtachilik san’ati
Reja:
  • Kashtachilik san’ati tarixi.
  • Kashtachilik maktablari.
  • Kashtachilikda qo’llaniladigan asbob-uskunalar.
  • Kashtachilik choki turlari.

 
Kashtachilikning paydo boʻlishi teridan qilingan kiyimlarda bogʻlam va choklarning yuzaga kelishi bilan bogʻliq. Davrlar davomida toshdan suyak bigizlarga, undan metall bigizlarga oʻtish bilan, shuningdek, mato toʻqish, boʻyash va boshqa ishlar bilan rivojlanib borgan.
Arxeologik topilmalar kashtachilikning deyarli barcha xalqlarda qadimiyligini, iqlim, tabiiy sharoit, muhit bilan bogʻliq holda har bir xalqning madaniyati, sanʼati, kasb-hunar turlari bilan birga, ularning taʼsirida rivoj topganini koʻrsatadi.
Mashhur olim Pliniyning aytishicha, Vavilon kashtachiligi qadimdan mashhur bo‘lib, matoga turli rangdagi iplar bilan kashta tikishni o‘sha yerda kashf etishgan. Keyinchalik, Vavilon Rim imperiyasi tarkibiga kirgach ipak, zar yoki jun ip qo‘shib tikilgan rang-barang kashtachiligi bilan shuhrat qozongan. Kashtachilik san’ati an’analari Vizantiya hamda XIII-XV asrlarda Kichik Osiyo orqali O’rta osiyoga kirib kelgan.
XIV-XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali o‘zbek kashtachiligining qadimdan rivojlanganligini ko‘rish mumkin. Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo Amir Temur saroyida o‘zbek milliy kashta bezaklarini ko‘rganini o‘z kundaligida yozib qoldirgan. Kamoliddin Behzod «Zafarnoma»ga ishlagan «Temur taxtda» miniatyurasida ham chodirga ishlangan kashtani aks ettirgan.
Oʻrta Osiyoda kashtachilik mahsulotlarining qadimiy xillari deyarli saqlanmagan. Muzeylardagi palak, soʻzana, choyshab, kirpech, zardevor singari badiiy buyumlar va kashtali kiyimlar faqat 19-asrga mansub.
Kashtachilik o’zbek amaliy bezak san’ati turlari orasida o’zining qadimiy an’analariga ega bo’lgan san’at turi sifatida savdo-hunarmandchilik shaharlarida va yirik qishloqlarda keng tarqalib kelgan. San’atning ushbu turi o’zining poetik rang-barangligining saqlab qolishi bilan birga xalq orasida qadrlanib, o’z mohiyatini boyitib bordi. O‘zbek kashtachiligi qo‘shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlandi. O‘zbek kashtalariga e’tibor berilsa, unda hind, xitoy, rus, qozoq, qirg‘iz va tojik kashtachiligi usullarini uchratish mumkin.
Kashtachilik san’atida har bir millatning o‘ziga xos eng ko‘p qo‘llaydigan naqshlari bo‘ladi. O‘zbek kashtalarida o‘simliksimon va geometrik naqshlar ko‘p qo‘llaniladi. Oʻzbek kashtadoʻzlari buyum bezaklarida amaliy bezak sanʼatining boshqa turlaridagi naqshlardan andoza olganlar, kashtalarda oʻsimliksimon tasvirlar, shox, gulband, guldastalar koʻp uchraydi. Naqsh mujassamotida asosiy bezak matoning oʻrtasida boʻlib, hoshiyalar qoʻshimcha bezak hisoblanadi. Lekin hoshiya bezagi mahorat bilan ishlangan kashtalar ham koʻp. Ganchkorlik, yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik, naqqoshlikda uchraydigan islimiy gul (naqsh)lar kashtachilikda ham koʻp uchrashi chizmakash (naqqosh)lar amaliy bezak sanʼatining turli sohalariga chizma (naqsh)lar tayyorlaganini koʻrsatadi. Kashtachilikda chizmakashlar yaratgan naqsh(gul)lar asosida kashtadoʻzlar badiiy buyum yaratadilar.
1990-yillarga kelib O‘zbekistonning iqtisodiy ahvoli va an‘anaviy hunarmandchiligi estetikasi nihoyatda ayanchli holatda qolgani bois, XX asr boshi kashtachiligi an‘anasi barham topdi. Hamma sohada fabrikada ishlab chiqarilgan matolar va sun‘iy yoki paxta iplardan foydalana boshladilar. Natijada, xalq hunarmandchiligi mahsulotlariga talab keskin pasayib, kashta past sifatli ommabop buyumga aylanib qoldi.
Oʻzbek kashtachilik mahsulotlarining qadimiy xillari deyarli saqlanmagan. Muzeylardagi palak, soʻzana, choyshab, kirpech, zardevor singari badiiy buyumlar va kashtali kiyimlar faqat 19-asrga mansub.
Hozirgi paytda an‘anaviy kashtachilik O‘zbekistonning barcha hududida va hatto, bu tur mavjud bo‘lmagan Xorazmda ham qayta tiklanmoqda (bugun Xivadagi Ichanqal‘a majmuasida yosh tikuvchi qizlar O‘rta va Yaqin Sharq me‘moriy bezaklari bo‘yicha kitoblardan olingan eskizlar bo‘yicha o‘ziga xos mahsulotlar ishlab chiqarmoqda). Shu bilan birga, zamonaviy kashtachilik rivojida ko‘proq badiiy maktablarning ilgarigi mahalliy xususiyatlari bilan emas, balki bozor omillari talablari bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyat vujudga keldi.
Bugungi kunda kashtalarni tayyorlash va sotish bo‘yicha ikki yo‘nalish, guruh mavjud. Birinchi yo‘nalish eksportga, keng bozor ehtiyojiga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda mualliflar tashabbusi kuchli ekani seziladi. Ikkinchi yo‘nalish uncha katta bo‘lmagan hududda (qishloq, tuman) mahalliy xususiyatga ega bo‘lib, u XX asr ikkinchi yarmida vujudga keldi. Bu yo‘nalish mahsulotlaridan mahalliy an‘analarda foydalaniladi. Tashkil etilayotgan amaliy san‘at yarmarkalari, asosan xorijiy xaridorlar uchun mo‘ljallangan qo‘lda tikilgan zamonaviy kashtalarning 1-yo’nalishiga mansub “innovatsiya” modeli taqdim etilmoqda. Bu guruh ustalarining mahsulotlarida, ma‘lum texnologik va badiiy xususiyatlariga qaramasdan, bir-biriga o’xshash jihatlar ko‘p.
Kashtachilik markazlarining ikkinchi guruhiga kashtachiligi qishloq yoki mahalliy tuman doirasidagi hududlar mansubdir. Bunga Surxondaryo viloyatining deyarli barcha tumanlari, Shahrisabz-Kitob hududlarini istisno qilgan holda, Qashqadaryo viloyatining ko’pgina tumanlari, Jizzax va Sirdaryo viloyatining ayrim hududlarini kiritish mumkin. Mahalliy hududga mo‘ljallab uy sharoitida tikilgan kashtachilik saqlanayotgan Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysining qator tumanlarini ham ikkinchi guruhga kiritish mumkin.
Kashtachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha bu ikki guruh mahsulotlari o‘rtasidagi farq ularning sifatida ko‘rinadi va shunga ko‘ra, ularning xarid qilinish qobiliyati ham belgilanadi. Tabiiyki, XIX asr eng yaxshi an‘anaviy kashtachiligini qayta tiklashga intilgan birinchi guruh ustalarining mahsulotlari yetakchi o‘rin egallaydi.
Zamonaviy kashtachilikning 1-yo‘nalishi mahsulotlari tashqi bozor uchun mo‘ljallangan. Shu sababli, bu yerda o‘zbek kashtachiligining turli maktablari bezak an‘analariga intilish, qo‘shni hududlar naqshlariga erkin murojaat qilish, XIX asr va XX asr boshi texnologiyasi, tabiiy bo’yoqlar, qo‘lda tikilgan matolar va boshqalarni qayta tiklashga intilish kuchli bo‘lmoqda. Bular tashqi va ichki bozorda raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga qaratilgan kashtachilik mahsulotlaridir. Birinchi navbatda, bularga Toshkent, Buxoro-Samarqand hududining Buxoro, Shofirkon, G‘ijduvon, Nurota, Urgut, Shahrisabz, Kitob, Farg‘ona, Andijon, Namangan singari markazlarning kashtachilik mahsulotlarini kiritish mumkin.
Kashtachilik asosan 6 ta hududiy guruhlarga, ya’ni maktablarga bo’linadi. Jumladan, Nurota, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo-Surxandaryo, Toshkent hamda Farg’ona kashtachiligi maktablaridir.
Kashtachilikning yirik markazlaridan biri Nurota asrlar mobaynida kashtalarning mukammalligi, aniq ifodaliligi, tasvir aniqligi, o‘simlik naqshlarining serjilvaligi bilan boshqa maktablardan ajralib turadi. XIX asrda Nurota kashtalari gulli guldastalar bilan bezatilib, matoning foniga tig‘iz to‘ldirilmagan.
Nurota kashtachiligi o‘z gullarining rang-barangligi bilan o‘zbek kashtalari orasida birinchi o‘rinda turadi. Nurota kashtachilgi ko‘pincha, o‘simlik naqshlarining qushlar shakli bilan jonlantiriladi. Ba’zan esa, ayrim joylarda odam va hayvonlarni uchratishimiz mumkin. Kashtalar yorqin va nafis ranglarda «bosma» choki bilan tikilib, chetlari esa “yo‘rma” choki bilan bostiriladi.
Nurota kashtalarini yengil, yorqin fonlar: qum, oltin, havorang, malina, pushti, och ko’k rangli iplar bilan tikilgan.
Kashtachilik san’atining qadimgi maktablaridan bo‘lmish Buxoro milliy kashtachilik san’atining o‘ziga xos xususiyati, tabiiy bo‘yoqlarning qo‘llanilish texnologiyasi va bezaklarining qadimiy nusxalar bilan tikilishi shu kungacha xalqimiz diqqatini o‘ziga tortadi. Buxoro kashtalarining o‘ziga xos belgilaridan biri ularda “yo‘rma” choki mahorat bilan qo‘llanilishida va havorang, binafsharang, pushti va och sariq ranglarning kashtadagi qizil, malina va ko‘k ranglar bilan uyg‘unlashishidadir.
Buxoro kashtalarining kompozistiyasi, tuzilishi va gullarni ham juda xilma-xildir. Mato yuziga bir tekis joylashgan ingichka shoxdagi gullar yo’rmado’zi usulida tikilganligi bilan ajralib turadi.

Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish