Qo`qon xalqaro hunarmandchilik festivalidan ilhomlanib, milliy kiyimlar to`plamini loyihalash
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O’z
|
List
|
Хujjat
|
Imzo
|
Sana
|
KIRISH
|
Adab.
|
Маssа
|
Маssh
|
Bajardi :
|
Sh.F.Tursunova
|
|
|
|
|
|
|
|
Raxbar:
|
I.Sh.Xakimjonov
|
|
|
Кaf . mudiri:
|
Q.M.Xoliqiv
|
|
|
|
|
|
|
Varoq
|
Varoqlar
|
|
|
|
|
“Dizayn” kefedrasi
|
NamMTI 2u-16 guruhi
|
2020 yil 1 yanvardan:
Yalpi tushumning umumiy hajmidan tayyor tikuv-rikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bo`lmagan eksport ulushiga ega bo`lgan korxonalar 2023 yil 1 yanvargacha mol-mulk solig`ini to`lashdan ozod etiladi;
to`qimachilik tikuv-trikotaj, charm poyabzal va mo`ynachilik korxonalarining foyda solig`i bo`yicha soliqqa tortiladigan ba`zasi yetti yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshoatlarini qurish bo`yicha xarajatlar summasiga kamaytiriladi;
chorva mollarini so`yish bo`yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarni ishga tushirayotgan tashkilotlar va terini qayta ishlovchi korxonalar 2023 yil 1 yanvargacha yer solig`i to`lashdan ozod etiladi;
“O`zto`qimachiliksanoat” va “O`zcharmsanoat” uyushmalarining xorijiy konsultantlari O`zbekiston Respublikasidagi daromad manbalari bo`yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini uning belgilangan stavkasidan 50 foiz miqdorida to`laydi.
Bunday yaratilayotgan imkoniyatlar avvalo yoshlarga, tadbirkorlarga va butun xalqimizga o`zining izchil maqsadlariga ochilgan yo`l bo`lib xizmat qila oladi. Albatta bundan qobiliyatli va yosh dizaynerlar ham mustasno emas. O`z loyihalarini ustida ishlash va uni ishlab chiqarish uchun yengil imkoniyat beruvchi yo`l deb ham atash mumkin.
Respulikamizda yengil sanoat mahsulotlari bozordagi mavqeini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etish, mahsulot raqobatdoshligini oshirish kabi masalalar bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Shuni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, 12 fevral kuni “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4186-sonli qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining yagona axborot portali ishga tushiriladi. Portalda:
tarmoqning tender savdolari (tanlovlar), ko‘rgazma va yarmarkalar, shu jumladan, xorijiy ko‘rgazma va yarmarkalar ro‘yxatini e’lon qilish;
kichik tadbirkorlik subyektlarini to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini eksport qilishning to‘liq jarayoniga masofaviy o‘qitish;
butun dunyo mamlakatlari bo‘yicha to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish tahlili yuzasidan to‘liq hisobotlar bilan tanishish;
“To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash navigator choralari"ni joylashtirish;
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati ishlab chiqaruvchilar va xizmatlar, materiallar va xom ashyo yetkazib beruvchilar joylashuvi ko‘rsatilgan O‘zbekistonning interaktiv xaritasini yaratish;
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun O‘zbekistonning qiyosiy ustunliklarini e’lon qilish;
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan onlayn-dasturiy mahsulotlarni xorijiy analoglar bilan integratsiya qilish;
moliya xizmatlarini, shu jumladan, lizing kontraktlari bo‘yicha qarz mablag‘larini, uskunalarni hamda sug‘urta xizmatlarini jalb qilish bo‘yicha yetkazib beruvchilarni aks ettirish;
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan bu qarorlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotimizda jiddiy o`zgarishlarga sabab bo`moqda va bu jarayon davom etmoqda. Bunda tabiiyki yengil sanoat va moda industriyasi dizaynerlarning faoliyati ham mustasno emas. Bugungi kunda o`zbek dizaynerlarining faoliyati jiddiy sifat o`zgarishlarini boshdan kechirmoqda. Yuqori sifat va mukammal dizayn asosida yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Milliyligimizni yo`qotmaslik, uni unitmagan holda, bugungi kun bilan bog`lab hayotga tadbiq etishdir. Shu o`rinda Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi nutqlarini eslab o`tishimiz darkor:
"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan".
Albatta odob-ahloq haqida so`z yuritilganda avvalo bizning urf-odatlarimiz, an`analarimiz, milliychiligimiz ota-bobolarimizdan qolgan meros deb atashimiz mumkin. Shu o`rinda tarix yodga tushadi. Marxum birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek “Tarixsiz kelajak yo`q”. Tarix — tabiat va jamiyatdagi har qanday o‘zgarish va rivojlanish jarayonini ifodalovchi atama; insoniyat va uning hayoti, avlodlar almashuvi, sivilizatsiyalar, jamiyat va davlatlar shakllanishi, o’tmishi va taraqqiyoti bilan bog‘liq jarayon. Bizning o`zbek xalqimiz rivojlanib borayotgan bo`lsada shukurlar bo`lsinki, o`z milliyligini, an`analarini, urf-odatlarini, milliy dunyoqarashlarini, o`zbekchilikka xos insoniylik hissini yo`qotgani yo`q. Buning sababi Muhtaram Sh.M.Mirziyoyevning bizga buyuk va samimiy boshchiligidadir. Bunga namuna qilib Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Qo‘qonda bir yilda ikki marta Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkazilish va bu O‘zbekiston prezidentining 1 noyabrdagi qarorida o‘z aksini topdi.
Birinchi marta ushbu festival hamda festival doirasida «Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya 2019 yilning 10−15 sentyabr kunlari o‘tkazildi.
Festivalga tayyorgarlik va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaga bosh vazir Abdulla Aripov boshchilik qildi.
Festival doirasida Qo‘qondagi markaziy maydonning yon atrofida hunarmandchilik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, qadimiy hunarmandchilik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlari, hunarmandchilikka oid badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etiladi. Bundan tashqari, milliy liboslar ko‘rgazmali chiqishlari, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlarini namoyish etildi.
Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev barchani chin yurakdan qutlab, O‘zbekistonga, ushbu anjumanga bo‘lgan katta hurmat va e’tibori uchun xorijiy mehmonlarga tashakkur izhor etdi.
“Umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lgan xalq amaliy san’ati dunyodagi har bir xalq hayotida, uning turmush tarzi va qadriyatlari rivojida alohida o‘rin tutadi. Insoniyatning ongli hayotida hunarmandchilikning paydo bo‘lishi — sivilizatsiya sari tashlangan eng muhim tarixiy qadam, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston Prezidenti buyuk avliyo va hunarmand Bahouddin Naqshband so‘zlaridan iqtiboslar keltirdi. O‘zbekistonda hunarmandlar mehnati qadrlanib, yoshlarning hunar o‘rganishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani, Qo‘qondagi festival bu sohani yanada rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini qayd etdi.
“Ushbu xalqaro festival nafaqat ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi, balki jahon hunarmandlari, butun dunyo ustalarining katta bayrami, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Bu — olis tarix va bugungi zamon nafasini, turli qadriyat va an’analarni o‘zida yaqqol namoyon etadigan, mushtarak dillarni birlashtiradigan chinakam do‘stlik va hamkorlik anjumanidir”, — dedi Prezident.
Shuningdek ushbu festivalda Namangan Muhandislik – Texnologiya Instituti talabalari ham faol ishtirok etishdi. Institutning “Dizayn” yo`nalishi 1- bosqich talabalaridan 5 nafar qiz va “Dizayn” yo`nalishi 4-bosqich talabasi nomidan men Tursunova Shaxzoda qatnashdim. Ushbu festivalda qizlar bilan model bo`lib ishtirok etdik. Biz Namangan “Navoiy” teatrining milliy va tarixiy liboslarini ommaga nomoyon qildik. Bu liboslar o`zining tarixiyligi va milliyligi, serjiloligi asosan Sohibqiron Amir Timur kanizaklari va malikalar liboslari bo`lganligi bilan barcha mehmon va mezbonlarning yaqqol e`tiborini qozondik. Bu bizga o`zgacha zavq bag`ishladi va bu biz yosh dizaynerlaga tarixiy, milliy liboslarimizga qiziqishimizni yanada oshirdi va ushbu liboslar bizga ijod namunamizni o`ziga jalb qildi va bu yo`lda keskin o`zgartirish berdi ya`ni ijod yo`limiz yo`nalishini milliy va zamonaviy uyg`unligida borishiga turtki berdi va shu yo`lda ijod qilishni boshladik. Festival doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ochilish marosimidan so‘ng ushbu mahsulotlarni ko‘zdan kechirishdi, hunarmandlar bilan suhbatlashishdi.
Xudoyorxon o‘rdasi hududida joylashgan Hunarmandlar shaharchasi xalq sayllari, qo‘g‘irchoqbozlik, dorbozlar folklor jamoalari, viloyatlar madaniyat boshqarmalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari bilan bayramona qiyofa kasb etdi. Qiziqchilar, jarchilar hamda xon saroy a'yonlari libosidagi aktyorlarning ishtiroki tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Shu bilan birga, bugunning o‘zida shu yerda Jahon hunarmandlar kengashining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha Prezidenti Kadda Kadumi xonimning kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tganiga guvohi bo`ldik. Bundan tashqari, mohir ustalar amaliy san'at buyumlarini o‘z qo‘li bilan yasashni istaganlarga mahorat darslari va treninglar o‘tkazishdi. Mahorat darslari Rishton, G‘ijduvon, Urgut, Toshkent, Kattabog‘, Madir, Samarqand, Andijon, G‘urumsaroy, Shahrisabz kulolchilik maktablari namoyondalari tomonidan o‘tkazildi. Festival ishtirokchilarini kun davomida, shuningdek, Farg‘ona viloyatining diqqatga sazavor qadimiy va zamonaviy maskanlariga sayyohat qilishdi. Marg‘ilon shahriga sayohat, Said Ahmadxo‘ja eshon madrasasida joylashgan Hunarmandlar markazi, Yodgorlik korxonasi hamda kandakor Abdulhamid Madaliev, to‘quvchi Rasuljon Mirzahmedov va Abdunabi Toshtemirov ustaxonalari shular jumlasidandir. Madrasai Mir, Xo‘jaxon qozi, Xaziniy madaniy meros ob'ektlari, Rassomchilik va miniatyura maktablari vakillarining mahorat darslari mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Xalqaro hunarmandchilik festivali ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Bu yilgi anjumanda 78 ta mamlakatdan 370 dan ziyod hunarmandlar, san’atshunoslar, jurnalistlar ishtirok etdi. Festival O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi qaroriga muvofiq o‘tkazildi.
Bizning moddeligimiz ostida nomoyon qilingan ushbu liboslar hatto chet ellik turistlarimizda kata qiziqish uyg`otdi. Biz o`z milliy, zamonaviy va tarixiy liboslarimizni chet ahliga ko`rsatganimizdan juda ham hursandmiz va o`zbek farzandi ekanligimizdan yanada mag`rurlandik. Bizning milliy, zamonaviy va tarixiy liboslarimiz ularning e`tiborini qozonganligini va lol qoldiraololganimizdan ilhomlanib, tarixni unutmasdan zamonga olg`a qadam bosib, men o`z loyihamni milliy va zamonaviy ayollar libosini yaratishni boshladim.
Do'stlaringiz bilan baham: |