1. Kurs ishi – talabalar mustaqil ta’lim faoliyatini pedagogik boshqarishning bir turi
Kurs ishi o‘quv-uslubiy majmuaning bir qismi bo‘lib, uning mustaqil ishlar bo‘limini to‘ldiradi. Shunday ekan, ta’limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar talabiga ko‘ra, umumo‘quv ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish - talabalarning mustaqil faoliyatlarining asosi deyilgan. Shuning uchun zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amalga oshirish sharoitida talaba kurs ishini bajarish bilan quyidagi umum-o‘quv (har qanday o‘quv fanini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi uchun zarur bo‘lgan) ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish kerak:
1) ma’lumot bilan mustaqil ishlash: asosiy holatlarni aniq, chizmaviy va izchillikda konspekt ko‘rinishida qayd etish; kurs ishi topshiriq va vazifalarini yechish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni topishi, tanishi, tushunishi, tanqidiy baholashi, uni yig‘ish va hisobotda, shuningdek grafikli tashkil etuvchilar ko‘rinishida taqdim etish; berilgan talablarga muvofiqlikda o‘zining shaxsiy ilmiy matnini (masalan, maqola, tezis, hisobot) yaratish;
2) taqdim etish malakalari: kurs ishi topshirig‘ini bajarish natijalari bo‘yicha himoyada so‘zlayotganda o‘zini dadil tutishi, turli ko‘rgazmali vositalardan foydalanishi;
3) o‘qituvchi bilan talabani o‘quv o‘zaro harakatini tashabbuslash, o‘z nuqtai nazarini himoya qilish va murosa yo‘lini topish, suhbatga kirishish, haqiqat bo‘yicha savollar berish, daliliy javoblar berish, kurs ishi himoyasida munozara qoidalariga rioya etib uni olib borish, tortishuvlarda ishtirok etishning muloqotlashuv malakalari;
4) yakka tartibli va quruhli o‘zaro harakatga tayyorligi va qobiliyatida – kurs ishi topshirig‘ini bajarish bo‘yicha hamkorlik faoliyatini jamoaviy rejalashda, umumiy vazifani yechishda hamkoriy muloqot va o‘zaro harakat, o‘zaro yordam va o‘zaro baholashda namoyon bo‘ladigan hamkorlikda ishlash malakalari;
5) muammoli masalani yechishni ta’minlovchi muam-moli vazifalarni tahlil qilish, kurs ishi topshirig‘ini yechishning oddiy bo‘lmagan yo‘llarini topish, g‘oyalarni ishlab chiqish va xulosalarni qabul qilish malakalari;
6) axborot izlash, yig‘ish, qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini qo‘llash-ning amaliy malakalari.
Biroq bularga talabani o‘rgatish kerak!
Talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatlari sifatining oshi-shi va jadallashuvi ta’lim berish sifatini, shunga mos ravishda, mutaxassislar tayyorlash natijalarini ham aniqlab beradi.
Modomiki talaba ta’lim tizimiga subyekt sifatida kirsa, unda boshidan uning qobiliyati mustaqil, ongli va maqsadli harakat qilishini nazarda tutadi: o‘zining harakatini rejalashtirish - o‘z maqsadini tanlash, ularga erishishning yo‘l va vositalarini aniqlash; berilgan topshiriqlarni yechish uchun o‘z imkoniyatlarini birlashtirish-tashkillashtirish; o‘z faoliya-tini nazorat qilishi va mos ravishda o‘zining keyingi harakatlarini o‘zi nazorat qilishi lozim.
Talaba tomonidan mustaqil ishni (xususan, kurs ishini) bajarishda ularning faoliyati tizimida ko‘rsatilgan har bir elementlarni muvaffaqiyatli rejalashtirish; tashkillashtirish; monitoring va baholash zarur.
Shundan so‘ng o‘qituvchi tomonidan quyidagi qoidalar amalga oshiriladi:
talaba nafaqat kurs ishi topshirig‘ining maqsadini, balki uning yakunida taxminan qanday o‘quv natijalarga erishish mumkinligini ham bilishi zarur;
kurs ishi natijalariga erishish yo‘llari ko‘rsatilganda - berilgan ishga aloqador ma’lum bo‘lgan usul yoki texnikani o‘rganish va uni shunga qo‘llashni yoki ishlar tartibi bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma yoki ko‘rsatmani aytib berish mumkin;
talaba kurs ishi topshirig‘ini baholashning sifat va miqdoriy mezonlari bilan tanishtirilgan bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |