4. Kurs ishi rejasini tuzish.
Kurs ishi tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan kirish qismidan, ilmiy rahbar bilan kelishib tuzilgan rejaga ko’ra nazariy va amaliy masalalar yoritilgan asosiy bo’limdan, shuningdek, xulosa va takliflar yozilgan xotimadan iborat ishdir. Rejadagi ko’zda tutilgan masalalar tarkibiy mavzuning mohiyatidan kelib chiqishi, aniq bo’lishi va o’rganilayotgan muammoni har taraflama aks ettirishi muhimdir.
Rejadagi har bir masala o’zaro bog’langan bo’lishi lozim, ularni yoritishda esa mavzuning mohiyatini va nazariy asoslarini aks ettituvchi tushunchalarning biror ta’lim muassasalarning amaliy ish faoliyatiga bog’langan bo’lishi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Quyidagi mavzu uchun reja tuzish tartibi misol tariqasida keltirilmoqda.
Mavzu: Nostandart funksiyalar va ularning grafiklarini qurish metodikasi
KIRISH
I-BOB.Funksiya va uning grafigi
1.1.Funksiya tushunchasi.
1.2.Funksiya va uning muhim sinflari.
1.3. Funksiya grafigining xarakterli nuqtalari.
II-BOB. Nostandart funksiyalar va ularning grafiklari
2.1.Bir nechta analitik ifodalar va rekkurent munosabatlar yordamida berilgan funksiyalar grafigini qurish
2.2.Bo’lakli uzluksiz funksiyalar va ularning grafigini qurish.
2.3.Limit funksiyalari orqali berilgan funksiyalar va ularni grafigini qurish.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADАBIYOTLАR RO’YXATI
5.Ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash.
Ushbu bosqichda talaba adabiyotlar, internet ma’lumotlari va boshqa manbalar asosida mavzuni har tomonlama yoritish maqsadida ma’lumotlar to’playdi va ular bo’yicha hisob - kitoblarni amalga oshiradi. Ushbu bosqichda iqtisodiy va tarbiyaviy taxlil usullaridan foydalanib, tegishli xulosalar chiqariladi.
Kurs ishini yozish jarayonida bakalavriat ta’limi yo’nalishining semestr yakunidagi malakaviy amaliyot va unga oid o’quv-metodik materiallaridan hisob shakllari, o’quv jarayoni ko’rsatkichlari asosida foydalanish ham tanlangan mavzuning amaliy jihatini aks ettiradi.
Kurs ishi nazariy jihatdan turli manbalardagi ma’lumotlar tahliliga asoslangan bo’lib, mavzuga mos muammolar, takliflar, sxema, grafik, jadval va diogrammalarda mujassamlashtirilgan bo’lishi lozim.
Shuningdek, hozirgi kunda davlatimizning Matematik analiz ta’limi tizimidagi davlat siyosati va uning amaliy ahamiyatini yoritishga qaratilgan ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan ko’rsatkichlar, ma’lumot taxlil jadvallari, kasb-hunar ta’lim tizimidagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, tashkiliy jihatlarning yangi qirralarini ochib, tahliliy omillar sifatida keltirib o’tish ham Matematik analiz ta’limi mutaxassisligining iqtisodiy munosabatlari sharoitidagi amaliy ahamiyatini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |