Kurs ishining vazifalari. Fizik kimyoning kimyoviy energiyani elektr energiyasiga, va aksincha, elektr energiyasini kimyoviy energiyaga aylanishi bilan bog‛liq bo'lgan qonuniyatlarni o'rganadigan bo'limi elektrokimyo deb ataladi. Elektrokimyo katta amaliy ahamiyatga egabo'lib, elektroliz, elektr o'tkazuvchanlik va elektr yurituvchi kuchlar haqidagi ta'limotlarni o'rganish ishning vazifalaridan biridir.
Kurs ishining obyekti. Elektroliz; Faradey qonunlari; elektr o'tkazuvchanlik; elektr yurituvchi kuch; ionlarning harakatlanish tezligi; solishtirma va ekvivalent elekt o'tkazuvchanlik; ionlarning harakatchanligi; Kolraush qonuni; elektr o'tkazuvchanlik koeffisiyenti; suvning ion ko'paytmasi vaboshqalar ishning obyekti xissoblanadi.
2. Eritmalar haqida ta’limot;
2.1. ERISH JARAYONI D. I. MENDELEYEVNING GIDRATLAR NAZARIYASI- Erish jarayoni, sodda qilib aytganda, bir modda zarrachalarining ikkinchi modda zarrachalari orasida bir tekis taqsimlanishidan iborat, bunda eritmalar hosil bo'ladi. Tarkibida ikki yoki bir necha modda bor bir jinsli sistemalar eritmalar deyiladi. Erish jarayoni bir modda molekulalari va ionlarining boshqa modda molekulalari yoki ionlari orasida oddiy taqsimlanishidangina iborat bo'lib qolmay, balki ayni moddalar orasida turli xil fizik va kimyoviy o'zaro ta'sirlar ham bo'lishi mumkin. Eritmada qaysi moddaning miqdori ko'p bo'lsa yoki qaysi modda o'z agregat holatini o'zgartirmagan bo'lsa shu modda erituvchi, qolgani esa erigan modda deyiladi.
Eritmalar erigan modda zarrachalarining katta-kichikligiga qarab chin eritmalar, kolloid eritmalar va dag‛al dispers sistemalarga bo'linadi. Chin eritmada erigan modda zarrachalarining o'lchami
1 nanometr (10" 6mm) dan kichik, kolloid eritmada 1 dan 100 nanometrgacha, dag‛al dispers sistemalarda esa 100 nanometrdan katta bo'ladi.
Eritmalar agregat holatiga ko'ra, uch gruppaga bo'linadi: 1) gazlar aralashmasi (masalan, havo); 2) suyuq eritmalar; 3) qattiq eritmalar (masalan, mis bilan nikel qotishmasi, bu qotishmadan chaqa pul yasaladi). Xalq xo'jaligida, ayniqsa qishloq xo'jaligida asosan, suyuq eritmalar bilan ish ko'rilganligi sababli biz suyuq eritmalarni batafsil ko'rib chiqish bilan cheklanamiz. Suyuq eritmalarga gazlarning suyuqlikdagi, suyuqliklarning suyuqlikdagi va qattiq moddalarning suyuqlikdagi eritmalari kiradi. Eritmaning eng muhim xarakteristikasi uning kontsentratsiyasidir. Eritmaning muayyan miqdoridagi erigan modda miqdori eritmaning kontsentratsiyasi deyiladi. Erigan moddaning miqdori eritmaning massasiga yoki hajmiga nisbatan olinishiga qarab og‛irlik yoki hajmiy kontsentratsiya bo'ladi. Eritmaning og‛irlik kontsentratsiyasi, odatda, protsentlarda ifodalanadi yoki eritmaning zichligi bilan beriladi. Masalan, 100 grammida 10 g tuz va 90 g suv bor eritma 10 foizli eritma deyiladi. Erigan moddaning massasi mollarda yoki 1 l eritmadagi gramm ekvivalentlarda
berilganligiga qarab hajmiy kontsentratsiya molyarlik yoki normallik bilan ifodalanadi. Agar 1 l eritmada n mol erigan modda bo'lsa, hajmiy kontsentratsiya C=n/V ga teng. Hajmiy kontsentratsiyaga titr ham kiradi. 1 sm³ eritmadagi erigan moddaning grammlar soni bilan ifodalanadigan kontsentratsiya titr deyiladi. Ba'zan kontsentratsiya 1000 g erituvchidagi erigan moddaning molyar soni bilan ham ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |