(P10 -P1)/P10=N2
bunda P10 - toza erituvchining to'yingan bug‛ bosimi, P1 - uning eritma ustidagito'yingan bug‛ bosimi; N2 — erigan moddaning molyar qismi.
N2 =
bunda n2 - erigan moddaning mol sonlari, n1 - erituvchining mol sonlari. Raul qonuni tenglamasini o'zgartirib yozsak
P1=P10N1
bunda N1 - eritmadagi erituvchining molyar qismi, demak, berilgan eritma uchun bug‛ bosimining pasayishi erigan modda bilan erituvchining tabiatiga va temperaturaga bog‛liq bo‛lmay, faqat eritmaning kontsentratsiyasiga bog‛liq. Bu qontan Raulning tonometrik qonuni deb ataladi. Raul qonuni juda suyultirilgan (va ideal) eritmalar uchungina to'la muvofiq keladi, Eritmaning kontsentratsiyasi ortgan sari bu qonundan chetga chiqish darajasi ham orta boradi.
Raul Fransua Mari (10.V.1830-1.IV.1901) frantsuz fizigi va kimyogari. Parij fanlar akademiyasining muxbir a'zosi. Parij universitetini bitirib, Sen-De kollejida o'qituvchi bo'ldi, 1867—1901 yillarda Grenobl universitetida ishladi. Uning asosiy ilmiy ishiari eritmalarga oid bo'lib, eritma ustidagi bug‛ bosimi erigan moddaning miqdoriga bog‛liqligini aniqladi. Tozalangan benzolda tiofen borligini aniqladi. Raul Peterburg fanlar akademiyasining muxbir a'zosi edi.
2.4. ELEKTROLITLAR ERITMALARIDA VANT-GOFF VA RAUL
QONUNLARIDAN CHETLANISH. IZOTONIK KOEFFITSIYENT Vant-Goff va Raul qonunlari noelektrolitlarning suyultirilgan eritmalari uchun empirik ravishda aniqlangan. Lekin tajriba erituvchining eritma ustidagi bug‛ bosimining pasayishi, qaynash temperaturasining ko'tarilishi va muzlash temperaturasining pasayishi, shuningdek, osmotik bosimi elektrolitlarning eritmalarida noelektrolitlarning eritmalaridagiga qaraganda katta bo'lishini ko'rsatdi Shu sababli elektrolitlar uchun Vant-Goff izotonik koeffitsiyent I deyiladigan ko'paytma kiritdi. Bu koeffitsiyent eritmaning kuzatilgan osmotik bosimi Pk hisoblab topilgan osmotik bosim Ph dan necha marta katta ekanligini ko'rsatadi, ya'ni I=Pk/Ph Shunga ko'ra, Ya.G. Vant-Goffning tenglamasi elektrolitlarning eritmalariga tadbiq
etilganda quyidagicha bo'ladi:
π=iCRT
Noelektrolitlar uchun koeffitsiyent i birga teng, elektrolitlar uchun esa birdan kata bo'ladi. Elektrolit suyultirilgan sari uning qiymati kattalasha boradi. Elektrolitlar eritmalarida Vant-Goff va Raul qonunlaridan chetlanish elektrolitik dissotsilanish nazariyasi bilan tushuntiriladi.
2.5. ELEKTROLITIK DISSOTSILANISH NAZARIYASI Kislota, tuz va asoslar suvda eritilganda elektr tokini o'tkazadigan eritmalar hosil bo'ladi. Bu hodisani tekshirish natijasida S. Arrenius 1887 yilda elektrolitik dissotsilanish nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko'ra, elektrolit moddalar suvda eritilganda ularning molekulalari musbat va manfiy zaryadlangan zarrachalarga ajraladi — dissotsilanadi. Bunda qanday modda eritilganiga qarab eritmada musbat ionlar — vodorod hamda metall ionlari va manfiy ionlar — gidroksil hamda kislota qoldig‛i ionlari xosil bo'ladi. Elektrolitlar eritilganda molekulalarining hammasi emas, balki bir qismi ionlarga dissotsilanadi.
Molekulalarning ionlarga ajralish darajasi dissotsilanish darajasi bilan belgilanadi. Ionlarga ajralgan molekulalar sonining eritmadagi umumiy molekulalar soniga nisbati dissotsilanish darajasi α deyiladi.
Molekulalarning ionlarga dissotsilanishi eritmadagi zarrachalar sonini ko'paytiradi; natijada eritmaning hajm birligidagi zarrachalar bilan o'lchanadigan kontsentratsiyasi ham ortadi.
Masalan, dissotsilanishga qadar eritmada erigan moddaning Nta molekulasi bo'lgan bo'lsa, dissotsilangan molekulalar soni αN, dissotsilanmagan molekulalar soni esa (1—α)N bo'ladi. Dissotsilangan har qaysi molekula n ion hosil qiladi, deb faraz qilsak, αN molekula
dissotsilanganda αNn ta ion hosil bo'lishi kerak. Dissotsilanmagan molekula va ionlarning umumiy soni
Do'stlaringiz bilan baham: |