Kurs ishi Tayyorladi: Mamadaliyeva r tekshirdi


SUYULTIRILGAN NOELEKTROLIT ERITMALAR



Download 1,22 Mb.
bet4/15
Sana24.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#698962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi Fizik kimyo

2.2. SUYULTIRILGAN NOELEKTROLIT ERITMALAR.
OSMOTIK BOSIM VA VANT-GOFF QONUNI-
Yuqorida aytib o'tilganidek, eritmada erigan modda molekulalari bilan erituvchi
molekulalari orasida fizik va kimyoviy o'zaro ta'sirlar bo'lgani sababli eritmaning xossalari erigan moddaning va toza erituvchining xossalaridan farq qiladi. Bundan tashqari, eritmada erigan modda miqdori ko'p, ya'ni eritmaning kontsentratsiyasi yuqori bo‛Isa, erigan modda molekulalarining bir-biri bilan o'zaro ta'siri ham kuchli bo'lib, bu ham eritmaning xossalarini anchagina o'zgartirib yuboradi va ularni o'rganish qiyinlashadi. Shu sababli eritmalarning ko'p xossalari suyultirilgan eritmalarda o'rganilgan va eritmalarga doir ko'p qonunlar ham suyultirilgan eritmalar uchun keltirib chiqarilgan. Suyultirilgan eritmalarda erigan modda zarrachalari orasida eruvchining juda ko'p molekulalari bo'lganligidan bu zarrachalar orasidagi o'zaro ta'sir shu qadar kuchsizki, u eritmaning xossalariga deyarli ta'sir etmaydi. Suyultirilgan eritmalarning xossalari erigan modda zarrachalarining tarkibiga va ularning o'ichamiga bog‛liq bo'lmaydi, shu jihatdan suyultirilgan eritmalar gazlarga o'xshaydi. Bunday eritmalarning xossalari hajm birligidagi zarrachalar soniga, ya'ni kontsentratsiyaga bog‛liq bo'ladi, xolos.
Endi eritmalar uchun xos bo'lgan osmos hodisasi bilan tanishib chiqamiz. Biror moddaning bitta erituvchida ikki xil kontsentratsiyali eritmasidan olib, ularni o'zaro yarim o'tkazgich parda (to'siq) bilan ajratamiz. Bunday parda erituvchi molekulalarni o'tkazib, erigan modda molekulalarini tutib qoladi, deb faraz qilamiz. Ko'p hayvon va o'simlik
to'qimalari ana shunday parda vazifasini o'tay oladi.
Eritmalar bir-biridan ana shunday parda yordamida ajratilganda erituvchi molekulalari past kontsentratsiyali eritmadan yuqori kontsentratsiyali eritmaga o'ta boshlaydi. Aslida erituvchi yuqori kontsentratsiyali eritmadan past kontsentratsiyali eritmaga ham o'tadi, lekin bunda juda oz molekulalar o'tganligi sababli uni hisobga olmasa ham bo'ladi. Erituvchi molekulalari past kontsentratsiyali eritmadan (yoki toza erituvchidan) yuqori kontsentratsiyali eritmaga o'tganida eritmaning hajmi ortadi va kontsentratsiyasi pasayadi. Bu hodisa (erituvchining parda orqali eritmaga o'tishi) osmos hodisasi deyiladi. Erituvchi molekulalari yuqori kontsentratsiyali eritmaga o'tishida unga qandaydir bosim bilan ta'sir qiladi. Ana shu bosim osmotik bosim deyladi. Issiq havo ta'sirida so'liy boshlagan o'simlik bargiga suv purkalganda uning qaytadan «tirilishi» ham osmos hodisasiga asoslangan. Bunda o'simlikning barg hujayrasi sirtidagi qotiq parda hujayradagi moddalarni tashqariga chiqarmaydi, lekin tashqaridan suv molekulalarini hujayra ichiga o'tkazadi, natijada hujayra shishib, yana o'zining avvalgi holiga keladi. O‛simliklardagi osmos hodisasini dastlab nemis olimi V. Pfeffer kashf etgan va o'rgangan. U o'zi yasagan osmometr yordamida osmotik bosimning temperaturaga va eritmaning kontsentratsiyasiga bog‛liqligini aniqlagan.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish