Kurs ishi mavzusi : Moddalar va energiya almashinuvi



Download 322,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/21
Sana14.09.2021
Hajmi322,6 Kb.
#174169
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
moddalar va energiya almashinuvi

     Yod asosan qalqonsimon bezda 20-40 mg% tashkil etadi va tiroksin 

hamda triyodtironing tarkibiga kiradi. Uning yetishmovchiligi endimik 

zob rivojlanishiga olib keladi.Temir xromoproteinlar tarkibiga kiradi. 

Masalan, gemoglobin, mioglobin, sitoxromlar, katalaza va 




 

15 


glutationperoksidaza fermentlari va boshqalar. Uning yetishmasligi 

kamqonlikka olib keladi. 



     Marganes elementini yetishmasligi generativ funksiyalarni 

buzilishiga sabab bo’ladi. Bunda gipogalaktiya, homilani surilishi, 

semeniklar degeneratsiyasi kuzatiladi. 

Mis yetishmasligi mikrotsitar normoxrom anemiyaga, nafas olish 

zanjirida sitoxrom s va sitoxromoksidaza fermentlar miqdorini 

kamayishiga olib keladi.  

Ruh yetishmasligi pubertat davrida o’sish va rivojlanishni susayishiga 

sabab bo’ladi. Bunda ikkilamchi jinsiy a'zolar rivojlanishi sekinlashadi. 



Ftor tishlar rivojlanishida, dentin va emal shakillanishida faol 

qatnashadi. Uni yetishmasligi karies rivojlanishiga olib keladi. 

 

     Vitaminlar biologik faol moddalar bo'lib, organizmda moddalar 

almashinuvida qatnashadi. Vitaminlar organizmning hayot faoliyati 

uchun zarur bo'lgan biologik aktiv moddalardir. Ularning juda oz 

miqdori ham moddalar almashinuviga kuchli ta'sir etadi. 

Rus  olimi  N.I.  Lunin  (1853—1938)  1880-yilda  himoya  qilgan 

doktorlik dissertatsiyasida vitaminlar hayvonlar organizmi uchun muhim 

modda ekanligini birinchi bo'lib isbotladi. Uning xulosasiga ko'ra, ovqat 

tarkibida oqsillar, yog'lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida 

moddalar  ham  bo'ladi,  bularsiz  organizm  yashashi  mumkin  emas, 

deyilgan edi. Keyinchalik bu noma'lum muhim moddalar 1912- yilda K. 

Funk tomonidan  vitaminladeb nomlandi  (vita — hayot degan ma'noni 

bildiradi). 




 

16 


Vitaminlarning  40  dan  ortiq  turi  bo'lib,  ularning  har  biri  odam 

organizmida  muhim  fiziologik  vazifani  bajaradi.  Agar  odam 

organizmida biror vitamin  mutlaqo yo'qolsa,  avitaminoz, uning  miqdori 

kamaysa,  gipovitaminoz,  me'yoridan  ortib  ketsa,  gipervitaminoz  deb 

ataladi. Bu holatlarning har qaysisida o'ziga xos xastalik belgilari paydo 

bo'ladi.  Masalan,  gipovitaminoz  A,  gipovitaminoz  B,  gipovitaminoz  С 

va hokazo. 

Vitaminlar  suvda  va  yog'da  eriydigan  guruhlarga  bo'linadi.  Suvda 

eriydigan  vitaminlar  —  B

1

,  B



2

,  B


6

,  B


12

,  PP  va  C.  Yog'da  eriydigan 

vitaminlar — A, D, E, K. 

A  vitamini  hayvon  va  odam  organizmining  o'sishi  va 

rivojlanishida, 

hujayralarning 

bo'linib 

ko'payishida, 

epiteliy 

to'qimasining  (terining  ustki  qavati,  nafas  yo'llari,  ovqat  hazm  qilish 

organlarining ichki shilliq qavati) funksional holatini normal saqlashda, 

ko'z o'tkirligining yaxshi bo'lishini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. 

Organizmda bu vitamin yetishmaganda teri quruqlashib yoriladi, nafas 

yo'llari va oshqozon-ichak ichki qavatining yallig'lanish kasalliklari 

yuzaga keladi,  tishi, sochi chiqishi o'zgaradi, o'pkasi va ichaklari 

zararlanadi.  Ko'rish o'tkirligi pasayadi, ayniqsa, odam qorong'ida yaxshi 

ko'ra olmaydi.  Shapko'rlik kasalligi paydo bo'ladi. Bolalar va o'smirlar 

organizmining o'sishi va rivojlanishi susayadi. Odam 1 sutkada 1 mg 

miqdorda vitamin A olishi kerak.  

    В  guruh  vitaminlarga  B

1

  (tiamin),  B



2

  (riboflavin),  B

6

,  B


12

,  B


15

  va 


boshqalar  kiradi.  Vitamin  B  uglevodlar  almashinuvi  jarayonlariga  ta'sir 

etadi.  U  uglevodlar  jadal  almashinadigan  organlarning  nerv  sistemasi, 

yurak muskullarning normal hayoti uchun zarur. 



 

17 



Download 322,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish