2. Soliq tizimi tamoyllari, umumiylik, muhimlik, majburiylik, teng ta’sir etishlik. Soliqlar tizimi ma’lum bir tamoyillar asosida tashkil topadi. Bu tamoyillar ichida tubandagilar muhim hisoblanadi.Umumiylik, ya’ni huquqiy mulkiy shakllaridan kat’i nazar barcha iqtisodiy sub’ektlar soliqqa tortiladilar. Mukimlik - barcha soliq turlari va ularning xajmlari kat’iy belgilangandir. ррррпппммпаааааааааааааааааааааааа иимслоосааааbbnbnsswswsssssssssssssssssssssssssssssssssввыыврлвырфаИИ scc jnmnb,n,nn
Majburlik - barcha soliqqa tortilgan sub’ektlar belgilangan soliqni uz vaktida tulashlari darkor. Soliq to’lovining iqtisodiy mustaqilligi ko’zda tutilgan xolda soliqni tulashdan boshka iloj yukligi asosida, iqtisodiy choralar asosida majbur etiladi.
Teng ta’sir etish (yoki barchaga barobar ta’sir etish) - bu barcha soliqqa tortiluvchilardan ularning daromad va foydalarining salmogiga monand soliq darajalari belgilanib undirilishidir. Buyuk ingliz iqtisodchisi U.Petti uzining “Soliqlar va yigimlar to’g’risidagi traktat”asarida bu tamoyilni ifodalab shunday ta’kidlagan. “Soliqlar kanchalik ulkan (ko’p) bo’lmasin, agar u barchaga proportsional bo’lsa, bundan xech kim boyligini yukotmaydi.” Ijtimoiy adolat yuli soliqqa tortishda va soliq darajaslarini belgilashda, imtiyozlar berishda barcha soliqqa tortuvchilarga teng sharoit yaratish, ayniksa kam daromadi sub’ektlarga, aholiga nisbatan alohida e’tibor berilishidir. Demak, soliq stavkalarining tabaqalashganligidir.
Soliq to’lov tizimi va uni amalga oshirish tartib qoidalari oddiy, tushunarli va soliq to’lovchilar uchun qulay hamda soliq yiguvchilar uchun tajamli bo’lishi lozim.
Soliq tizimi jamiyatdagi uzgarib turuvchi ijtisoiy - siyosiy ehtiyojlarga moslashadigan va ixcham bo’lishi ko’zda tutiladi.
Soliqlar tizimi yalpi milliy mahsulot va milliy daromadlarni taqsimlar ekan, davlat iqtisodiy siyosatini samarali amalga oshirish vositasi sifatida iqtisodiyotning tartibga kelitirilishiga xizmat kilishi darkor.
SHuning uchun davlat soliq siyosatini doimo olib bormokda, ya’ni ixcham, aholi uchun ogir bulmagan yangi davlat tizimini yaratishga katta e’tibor berilmokda.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti I. Karimov “O’zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yulida” asarida isloxotlarning soliqlar tizimida amalga oshiriladigan tamoyillari xakida alohida tuxtaladi. Bu soxadagi isloxotlarning asosiy maksadi soliqlarni ixchamlashtirish ularni osonlashtirish va ragbatlantirish kuchini oshirishdan iborat.