KURS ISHI
Mavzu:
Soliq. Fiskal siyosat
Reja:
Soliqlar: mohiyati, vazifalari.
Soliq tizimi tamoyillari, umumiylik, muhimlik, majburiylik, teng ta’sir etishlik.
Soliq tizimi: ob’ekt va subektlari. Soliq shakllari. Soliq yig’ish usullari.
Soliq tizimini barqarorlashtirishning asosiy yo’nalishlari.
Davlatning fiskal siyosati.
1. Soliqlar: mohiyati, vazifalari.
Bozor iqtisodiyoti mohiyatiga ko’ra iqtisodiy munosabatlar, odatda, ekvivalent munosabat bo’lishi lozim. SHu bois davlat jamiyatdagi bajargan vazifalarining ma’lum bir iqtisodiy manbaini taqozo etadi. Masalan, ijtimoiy tadbirlar, mudofa, davlatni boshqaruv tizimi va boshkalar ijtimoiy xizmatlar bo’lib, xarbir muayyan jamiyat faoliyatining eng zarur ehtiyoji hisoblanadi.
Ammo jamiyatning bu ehtiyojini biror shaxs yoki korxona, kontsern alohida tarzda ta’minlay olmaydi. Bu masala mamlakatning muayyan konunlari asosida ishlab chikilib, joriy etiladigan soliqlar bilan xal etiladi. Soliq milliy daromadni iqtisodiy-ijtimoiy tarakkiyot vazifalariga muvofik taqsimlash va kayta taqsimlashni ta’minlovchi muhim vositadir. Soliqlar davlat byudjetining asosiy daromad manbaidir. Soliqlar davlat (mahalliy Tashkilotlar) bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi.
Soliq - bu, mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt daromadining bir qismini konun asosida belgilangan shaklda va miqdorda davlat (mahalliy Tashkilotlar) hisobiga olishdir. Soliqlar asosan, davlatning (mahalliy Tashkilotlaning) firmalar, kontsernlar, Tashkilotlar hamda aholidan undirilgan pul mablaglaridir. A.Smit soliqlar to’lovchilar uchun qullik belgisi bo’lmay, balki ozodlik belgisidir, deb tariflagan edi. Soliq xakikatda demokratik tarzdagi to’lov bo’lib, bozor munosabatlariga huquqiy asos bilan joriy etiladi.
Soliqlar soliq to’lovchilarning faqat daromadlaridan undirilishi lozim. Soliqlar tadbirkorlik faoliyati bilan hamda ishlab chiqaruvchining avanslashgan kaptali va normal tarzdagi takror ishlab chiqarishga uning ta’siri bo’lmasligi lozim. Demak, soliqlar ishlab chiqarishni normal rivojlantirishga ijobiy ta’sir etishi ko’zda tutiladi. Xar bir mamlakat uzining muayyan davrdagi vazifasidan kelib chikkan soliq tizimiga ega. Soliq tizimi - bu, byudjetga undiriladigan soliqlar majmui.
Soliqlar iqtisodiyotda bir qator vazifalarni bajaradi. Bular ichida tumandagi uch vazifa alohida o’rin tutadi. Avvalo, soliqlar davlat xarajatlarini moliyalashni ta’minlaydi. Jamiyatdagi barcha ijtimoiy xizmatlar(“tovarlar”) mamlakat aholisi tomonidan iste’mol kilinib, firmalar ,korxonalar, korporatsiyalar bu sarflar uchun xak tulashga kodir bo’lmaydi. Aynan shu maksadlardagi faoliyatni soliqlar bajarib davlat xarajatlarini moliyalashni ta’minlayd. Bu vazifa fiskal vazifa deb xam yuritiladi.
Ikkinchidan, soliqlar ijtimoiy vazifani, ya’ni ayrim ijtimoiy guruxlar daromadlari O’rtasidagi tafovutni kamytirish uchun va teng sharoitlar yaratish kabi vazifani bajaradi. Ayrim tadbirkorlar hisob-kitoblarga ko’ra boshkalarga nisbatan yuqori soliq stavkalari tulashadi, o’zgalar esa ularga nisbatan kam soliq stavkalari tulaydilar.
Soliqlarning uchinchi vazifasi davlatning iqtisodiyotini tartibga solishi, ya’ni tartiblashtirish vositasi bo’lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |