Dastlab so’rovnoma natijalarini keltiramiz. Boshlang’ich sinf matematika darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanish muammosi yuzasidan 32 ta boshlang’ich sinf o’qituvchisi, 120 nafar boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr bitiruvchisi, 164 nafar boshlang’ich (III-IV) sinf o’quvchisi bilan so’rovnoma ishlarini olib bordik. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi va boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalari uchun har birida 10 ta savol bo’lgan so’rovnoma tuzildi. «Siz ijodiy topshiriq deganda nimani tushunasiz?» deb berilgan savolga so’rovnomada ishtirok etgan boshlang’ich sinf o’qituvchilari va talabalarning 58% i «o’quvchi tomonidan misol, masalalar tuzish va uni yechish», «mantiqiy topshiriq», «o’quvchi tomonidan ular uchun biror «yangilik»ka olib keluvchi topshiriq» degan javoblarni keltirishgan, 42% o’qituvchi-talabalar bu savolga umuman javob berishmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |