Kurs ishi mavzu: O’smirlik davrida intellektual salohiyatning rivojlanishi



Download 158,83 Kb.
bet1/5
Sana09.07.2022
Hajmi158,83 Kb.
#759497
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Shavkat kurs ishi.


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus Ta’lim vazirligi Guliston Davlat Universiteti Pedagogika Fakulteti Pedagogika va Psixologiya yo’nalishi ___ guruh talabasi


Mirzaxatamov Shavkat.
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanidan.
KURS ISHI
Mavzu:O’smirlik davrida intellektual salohiyatning rivojlanishi.



Ilmiy raxbar: dotsent Isayeva. G. P.
Ishni topshiruvchi: Mirzaxatamov Shavkat


Guliston 2022.

Mundarija:

Kirish…………………………………………………………...………….3
I. BOB. O’smirlarni intellektual ijodiy rivojlantirishda qobiliyat va iste’dodning psixologik xususiyatlari…………………………………………………………….5
1.1. O’smirlarning intelektual ijodiy saloxiyatini rivojlanishida qobiliyat va istedodning o’rni…………………………………………………………………….6
1.2. Intelektual ijodiy salohiyatni rivojlantirishning psixologik mexanizmlari…16
II. BOB. O’smirlarning ijodkorlik qobiliyatlarini baholashning psixologik usullari…………………………………………………………………………….25
2.1. O’smirlarning ijodkorlik qobiliyatlarini baholash usullari va mezonlari hamda ularga zamonaviy yondashuv………………………………………………………26
Xulosa………………………………………………………………..………………32
Tavsiyalar……………………………………………………………………………33
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………………………..34

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Istiqlolga erishgan O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida xalqimizning hayoti, davlatimizning siyosiy faoliyatida tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik bois, xalqimiz o’zining buyuk kelajagini yaratmoqda. Uni yaratishda ulug’ ajdodlarimiz buyuk pedagog, faylasuflar, din arboblari, mutasavvif donishmandlar, ulug’ allomalarning ta’limotlarini o’rganish sari yo’l ochildi. Asrlar mobaynida xalqimiz saqlab kelayotgan milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ilmiy tadqiq qilib rivojlantirishga yangi imkoniyatlar yaratildi.
Davlat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqi ko’p jihatdan uning intellektual potensiali bilan belgilanadi. Chunki, ilmiy potensiali yuqori darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg’or bo’ladi. O’zbekiston respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaginidek, Vatanimiz kelajagi islohatlarning taqdiri va ularning natijalari, xalqimizning bilim darajasi davr talabiga va tarraqqiyotiga qanchalik mosligiga, qanday mutaxassislar yetkazib berib, o’rnimizni egallashlariga bog’liqdir. Shuning uchun mamlakatimiz rahbariyati ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga katta e’tibor qaratayapti. Shunga ko’ra, yuqori malakali kadrlar tayyorlash davlat siyosati darajasiga ko’tarilmoqda.
Yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga erishish uchun ta’lim jarayonini tashkil qilish va boshqarishning o’ziga xos talablari mavjud:
Birinchidan, o’quvchi-talabalarning kasbiy bilimlarni o’zlashtirish darajasi davlat tarmoq ta’lim standartlari talablariga mosligini ta’minlash.
Ikkinchidan, o’quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faolligini davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalari doirasini to’liq qamrab olishga erishish.
Shuningdek, davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalari doirasidan tashqari fundamental va axborot texnalogiyalariga doir bilimlarni o’zlashtirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish ko’nikmalariga ega bo’lish bilan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash shartlari hisoblanadi. Uzluksiz ta’limning faoliyat ko’rsatish tamoyillaridan biri, ta’limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzidir.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs- fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo’yicha mehnat qilish huquqi ruyobga chiqariladi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ma’naviy-ma’rifiy isloxotlar davlat siyosatining asosi va ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni, tarixiy, madaniy, ma’rifiy merosni tiklash ulug’ mutafakkirlarimizning ta’limotlarini o’rganish, pedagogik ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish, shu asosda tug’ilgan fikr va mulohazalarni yosh avlod ongiga singdirish, yurtimizda ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish uchun dunyoviy ta’lim yutuqlarini baholash bilan birga ma’naviyat olamining muqaddas kitobi va risolalari, tasavvuf namoyandalari asarlaridan keng foydalanish lozim (Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T.7. –T.: O‘zbekiston. 1999. -349-354 b.)
Kurs ishining maqsadi: O’smirlar ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini amaliy tajribalar asosida o’rganish.

Download 158,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish