1-mavzu. Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari. Kommunikatsiya haqida tushuncha.
Mashg`ulot rejasi:
1.Pedagogik qobiliyat va uning tuzulishi.
2. Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari.
3.“Kommunikatsiya” tushunchasi.
Tayanch tushunchalar: qobiliyat, iqtidor, iste’dod, pedagogik qobiliyat, umumiy qobiliyat, maxsus qobiliyat, shaxsiy sifatlar, kasbiy sifatlar
Qobiliyatning psixologik tavsifl. Qobiliyat ~ odam psixikasining eng muhim hususiyatlaridan biri boiib, bu xususiyatlarni xaddan tashqari keng toidirish imkoni oqibatida qandaydir bir qobiliyatning nisbiy zaifligi, hattoki shunday bu qobiliyat bilan hammasidan ko‘ra bir-biri bilan chambarchas bogiiq faoliyatning muvafaqqiyatli bajarish imkoni aslo yo‘q emas.
Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim - bu ilmiy mutolaalar natijasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos boigan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u maium darajada bilim olish mahsulidir. Umumiy va maxsus bilimlami o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi.
Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko'nikma va malakalardir.
Ko‘nikmalar - o'qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
Malakalar - o'qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig'indisi.
Qobiliyatlar bilim, ko'nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ulami egallash dinamikasida namoyon bo'ladi. Faoliyat uchun zarur boigan bilim va ko'nikmalami o'zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar to'g'risida mulohaza yuritish imkonini beradi.
Demak, shaxsniig faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim ko'nikma va malakalami egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo'ladigan individual psixologik xususiyati qobiliyatlar deyiladi. Ushbu xususiyatni aniqlash uchun ba’zi bir omillami tahlil qilish maqsadga muvofik; a) shaxsning muayyan sifatlari yig‘indisi belgilangan vaqt oralig‘ida egailagan faoliyati talablariga javob bersa-unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat talabiga javob bera olmasa-psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar mavjud emasdir (juda zaifdir). Lekin xususiyatli shaxs ko‘nikma va malakalami egallay olmaydi, degan ma’no anglatmaydi, biroq ulami egailash vaqti cho‘zilib ketadi, xolos.
Shunday qilib, qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo'lishi bilan birga: a) ulami shaxslaming mavjud boshqa xusu-iyatlariga, aqliy sifatlarga, xotira xislatlarga xarakter fazilatlariga, hissiy kechinmalariga va boshqalarga qarama-qarshi qo'yish mumkin emas; b) shuningdek, qobiliyatlami shaxsning mazkur xususiyatlari bilan qatorga qo‘yish, ulami ayniylashtimsh ham nuqsonlami keltirib chiqaradi. Shuni ta’kidlash joizki, mulohaza bildirilgan sifatlardan ba’zi biri yoki ularning yig‘indisi faoliyat talablariga javob bera olsa yoki ularning ta’sirida vujudga kelsa, u holda shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb atash imkoniyati tug'iladi.
Biz qobiliyatni shaxsni tabiiy imkoniyatlari deb tushunishimiz mumkin emas, chunki, qobiliyatni biz «har bir insonning o‘ziga xos psixologik hususiyatlari» deb aniqlashtirdik, shuning uchun bu har qanday shaxsda mavjud bo‘lgan tabiiy xususiyat deb xulosa chiqarish aslo mumkin emas. Tabiiy bo‘lib faqat anatomo-fiziologik hususiyatlar, ya’ni qobiliyatning rivoji asosida yotgan iste’dod bo‘lishi mumkin, qobiliyatning o‘zi ham doimiy rivojlanish natijasida paydo bo‘ladi.
Ta’kidlash lozimki, qobiliyat o'zining mavjudligi bilan dinamik tushunchadir. Qobiliyat faqat harakatda, faqat rivojlanishda paydo bo' ladi. Psixologik jihatdan qobiliyat haqida, o‘zining rivojlanishdan oldin mavjud bo'lganligidek hamda qobiliyat o‘zining to‘la rivojiga etib, o'zining rivojlanishi to‘xtashi haqida so‘zlash aslc mumkin emas. Chunki qobiliyat doimiy rivojlanishda bo‘lishi kerak.
Qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud deb, biz bu rivojlanishni u yoki boshqa amaliy yoki nazariy faoliyat jarayonida amalga oshishini nazardan chetda qoldirishimiz mumkin emas, albatta. Bundan xulosa qilinadiki, qobiliyat aniq faoliyatdan tashqarida paydo bo‘lmaydi. Faqat uni psixologik tahlil yoii bilan biz ulami bir-biridan ajrata olamiz. Qobiliyatni. aniq faoliyat boshlanishidan oldin mavjud va faqat uning yakunida qoilaniladi, degan xulosaga kelish aslo mumkin emas. Go‘dakda absolyut eshitish qobiliyati, tovush balandligini bilish dunyoga kelishidan oldin mavjud boimaydi. Ungacha faqatgina anatomo-fiziologik haqiqatdek iste’dod nishonasi mavjud boigan. Gap qobiliyat faoliyatda namoyon boiishida emas, balki ularning shu faoliyatda yaratilishidadir
Qobiliyatning rivojlanishi, umuman har qanday rivojlanish ham bir tekisda kechmaydi: uning harakat kuchi ziddiyatlikning kurashidir, shuning uchun rivojlamshning turli bosqichida qobiliyat va qiziqishlar o‘rtasida ziddiyatlar boiishi mumkin. Lekin boiishi mumkin boigan bunday ziddiyatlami tan olish, qiziqishlarning paydo boiishi va rivojlanishi qobiliyatdan mustaqil yoki aksincha, qobiliyat - qiziqishlardan paydo boiib qolmaydi.
Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik xislatlar majmuasining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan bel-gilanganligi tufayli har qay si turdagi faoliyatlar uchun o‘ziga hos tarzda qo‘yilishi turgan gap. Buning uchun ayrim misollami tahlil qilib o‘tamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |