Bir deganniikkidemakxushemas,
So‘zchu takrortopti, dilkashemas
Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish bo`yicha ma’lumot almashishdan iborat bo`lgan o`zaro ta’sir etishdir. Muloqotning tizimida o`zaro bir-biriga bog`liq jihatlari ajratiladi: kommunikativ, interaktiv va pertseptiv. 1. Muloqatning kommunikativ jihati bu muloqatdagi individlarni o`zaro ma’lumot almashinishidir. 2. Muloqotning interaktiv jihati bu individlar muloqatda nafaqat bilim va g`oyalar balki harakatlar bo`yicha ham o`zaro ta’sirini tashkil etishdan iborat. 3. Muloqatning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o`zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir.
Demak, muloqot birgalikdagi xarakat extiejlaridan kelib chikadigan, aloka almashish, bir - biriga ta’sir etish, boshkalarni tushinish, odamlar urtasida kontakt urnatish va rivojlantirish jaraeni.
Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir.
2. Muloqotning o`zaro birgalikdagi harakati va kommunikativ jihatdan tashqarida uning pertseptiv jihati munosabat ishtirokchilarining uning jarayonida amalga oshiriladigan o`zaro idrok etish yuzaga keladi. Taniqli psixolog S. L.Gubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik hayotga odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq - atvoriga mo`ljal olamiz. Negaki biz ularning tanqidiy ma’lumotlariga ma’lumotlari mohiyatini go`yo o`qib ya’ni mag`zini chaqib chiqamiz va shu yo`sinda kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud bo`lgan mazmunini aniqlaymiz”.
Bunday o`qish naridan beri tez yuz beradi, chunki tevarak atrofdagilar bilan muomala jarayonida avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo`ladi.
Muomala prioretiv jihati bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir. Identifikatsiyalash - bir kishi ikkinchi kishini uning ta’rifini o`z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o`xshatilishi orqali tushinish usulidir.
Shaxslararo idrok etish jarayonida teskari aloqa, xabar beruvchi funktsiyani va o`zini - o`zi boshqarish funktsiyasini bajaradi. Steriotiplashtirish – xulq -atvor shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha ma’lum va mashhur deb sanalgan ya’ni ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo`li bilan ularning sabablarini o`zgartirishdan iboratdir. Ko`p hollarda insonlarning bir-birlarini idrok etishlari «ijtimoiy pertseptsiya» sifatida namoyon bo`ladi. Muloqotning bu jihati ijtimoiy pertseptsiya haqidagina emas, balki shaxslar aro pertseptsiya haqida hamdir. Inson jamiyatda shaxs sifatida qabul qilingani sari. Muloqotda ham shaxs sifatida namoyon bo`ladi. S.L.Rubenshteyn aytganidek: «Biz insonni tashqi xulq - atvoriga qarab o`qiymiz». «Boshqa odamni bila turib, o`rganayotgan individning o`zi ham shakllanadi» deb yozgan edi L.S.Egodskiy. Insonni inson tomonidan idrok etilishida kamida 2 kishi jalb qilingan bo`lishi lozim bo`lib, ularning ikkalovi ham faol sub’ektdir. O`zini boshqa inson tahlil qilishini o`z ichiga identifikatsiya va reflektsiyani kiritadi.
Insonning uning o`rab turgan olamga o`zaro ta`siri ob’ektiv munosabatlar tizimida namoyon bo`ladi, ob`ektiv munosabat va aloqalar so`zsiz har qanday real guruhlarda paydo bo`ladi. Guruh a`zolarining bu ob`ektiv o`zaro munosabatlari sub`ektiv shaxslararo munosabatlarda aks etadi. Har qanday ishlab chiqarish odamlarning o`zaro birlashishini talab qiladi. Hech bir kishilik jamiyati agar unda odamlar bilan munosabat o`rnatilmasa, ular bir - birini to`g`ri tushunmasdan to`laqonli, birgalikdagi faoliyatni tashqil eta olmaydi. Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga biror narsani o`rgatish uchun ular bilan munosabatga kirishishi kerak.
MULOQOT – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. muloqot deganda uning og’zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo’lishidagijarayonlar, ya’ni so’zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yokiyozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.Har bir kishining muloqoti individual, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi;, asosiy til unsurlari – lug’at tarkibi va grammatik qurilishi yakkashaxslargagina tegishli bo’lmay, umumnikidir, ya’ni muayyan til jamoasigaumuman taalluqli bo’ladi. Muloqot kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchasbog’liqdir. Muloqotda kishining o’y – fikrlari shakllanadi va mavjud bo’ladi.Muloqot tufayli va Muloqot asosida borliqni umumlashgan holda mavhumiy aksettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadiganmantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin bo’ladi. Muloqot kishi ruhiyatiningboshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, o’y – xayollari, hissiyoti, irodasiva boshqaning namoyon bo’lishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega.
Muloqot kishilarning hamkorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug`iladigan ular o`rtasidagi aloqa rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari o`rtasida axborot almashinishni o`z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonini ifodalaydi. Odamlar bir - biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning o`zaro ta`siridir. Bunda faqat so`zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan haridor o`rtasida biror so`z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir - birini idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir -birini to`g`ri tushunishi muhim ahamiyatga ega. SHunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o`zaro ta`sir) va pertseptiv (o`zaro idrok qilish). Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning o`zaro munosabati va hamkorlikdagi faoliyatining tashqil etish usuli sifatida namoyon bo`ladi. Muloqotning qonuniyatlarini, malaka va qobiliyatlarining shakllanishi bilish pedagog uchun g`oyat muhimdir. Bu to`laqonli pedagogik muloqotni yoki muomalani yo`lga qo`yishini ta`minlaydi. Pedagogik muloqot-pedagog va o`quvchilarning o`zaro ta`sir etish usullari yig`indisidir. Muloqotning mazmuni - axborot almashish, o`qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida o`quvchilar bilan o`zaro tushunish va o`zaro munosabatlarni tashqil etishdir. Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarni o`qituvchi hamda o`quvchilar jamoasi o`rtasida munosabatlarni ta`minlamay turib amalga oshirib bo`lmaydi.
MULOQOTning vazifalari
B.F.Lomov va L.A.Karpenkoning fikricha, muloqotning 3 xil vazifasi mavjud: 1. Kommunikativ (axborot uzatish) vazifa. Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning ozaro malumot almashinishi sodir boladi. 2. Interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) vazifa. Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va goyalar, balki harakatlar bilan ham ozaro tasirni amalga oshiradilar. 3. Perseptiv (ozaro birgalikda idrok etish) vazifa. Muloqotning perseptiv jihati muloqot jarayonida ozaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, yani muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi. Muloqot – bu birinchi navbatda axborot bilan bogliq noyob hodisa, oziga xos axborot jarayonidir. Umuman olganda, axborot jarayonlari axborotni qabul qilish, saralash, saqlash, uzatish va boshqalardan iborat ijtimoiy jarayonlardir. Axborot jarayonlari butun jamiyat organizmini qurshab olib, barcha ijtimoiy tizimlarni qamraganligi, ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir
PEDAGOGIK FAOLIYATDAGI MULOQOT:
1. O`quv vazifalarini bajarish vositasi.
2. Tarbiyaviy jarayonni ta`minlashning ijtimoiy - psixologik tizimi.
3. Ta`lim va tarbiya jarayoni muvafaqqiyatini ta`minlovchi o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro munosabatlarini tashqil qilish usuli.
4. O`quvchining individual xususiyatlarini tarbiyalash jarayoni sifatida namoyon bo`ladi.
Pedagog bu muloqotning o`quv tarbiyaviy jarayonlarni hissiy foni va vosita mazmunini tashqil etadi. Muloqot ikki va undan ortiq kishilar o`rtasida bilish yoki baholash tarzidagi axborot almashishda namoyon bo`luvchi o`zaro ta`sirdir.
Hamkorlikdagi faoliyatda zaruriyat tufayli inson boshqa kishilar bilan birlashishi, ular bilan munosabatga kirishishi, aloqa o`rnatishi, o`zaro tushunishga erishishi va kerakli axborotni olishi, shunga mos javobni berishi kerak. Bunda muloqot faoliyatning bir tomoni, uning axborot aspekti-kommunikatsiya sifatida namoyon bo`ladi. Biroq predmet yasash bilan birga inson o`zi yasagan predmetda o`zini “translyatsiya” qiladi, ya`ni o`zini boshqalarda davom ettiradi. Hosil qilingan predmet (ko`rilgan bino, yozilgan qatorlar, o`tkazilgan daraxt) bir tomonidan faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan inson o`zini ko`rsatadigan vositadir. CHunki bu boshqa kishilar uchun hosil qilingan. SHunday qilib, faoliyat muloqotning bir qismi, uning tomoni; muloqot faoliyatning bir qismi va tomonidir. Lekin muloqot va faoliyat barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashqil etadi.
Odamlarda samarali muomala o`rnatish malakalarini tasodifiy ravishda tarkib topadi yoki ta’limning yordamchi maxsuli sifatida yuz beradi. Katta maktab yoshidagi o`quvchilar xulq - atvori qoidalariga bag`ishlangan ommabop adabiyotlarni o`qir ekan, muloqot madaniyatining ba’zi jihatlari bilan tanishadi. Lekin muomala malakalarini maxsus o`rgatilishi alohida bir vazifa bo`lib pedagog uchun uning qanchalik muhim ekanligini trening, ya’ni muomalaning mashq qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Sotsial psixologik trenining, ya’ni muomalaning mashq qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Sotsial psixologik trenining mazmunan ikki xil vazifani: 1. Muomalaning va shu jumladan pedagogik muomalaning umumiy qonuniyatlarini. 2. Pedagogik kommunikatsiyaning texnologiyasini egallash, ya’ni professional pedagogik muomala va malakalari shakllanishini o`z ichiga oladi. Psixologik pedagogik trenining shakllaridan yana biri tipik pedagogik vaziyatlarining misol uchun imtihonlarni modellashtiruvchi amaliy o`yinlari. Muomala trening, ya’ni muomalani mashq qilish o`qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish sistemasida pedagogik ishning yangi shakli bo`lib, pedagogik ta’lim uchun juda istiqbolli hisoblanadi.
Bog`lanish lotincha son ya’ni “yaqinlashish” degan so`zdan olingan, munosabatga kiruvchilar o`rtasida ikki tomonlama aloqa bo`lishini taqoza etadi. Bunga erishish va uni ko`ngildagidek rivojlantirish sharti munosabatiga kirishuvi shaxslarni o`zaro bir-biriga hurmati va ishonchidan iboratdir. Agar pedagog o`z tarbiyalanuvchilariga ishonch va hurmat bilan munosabatda bo`lsa, u har qancha printsipial va talabchan bo`lgan taqdirda ham, uning eng arzimas tanbehlari ham ta’sirli bo`ladi.
Munosabat jarayonlari har doim va barcha vaziyatlarda ham sip – silliqgina va ichki qarama qarshiliklarsiz yuz beradi deb tasavvur qilishi yaramaydi. Ayrim vaziyatlarda bir-birini inkor etuvchi qadriyatlar, vaziyatlar va maqsadlarning mavjudligini aks ettiruvchi pozitsiyalar antoganizmi yuzaga chiqadiki, ba’zan bu o`zaro adovatni keltirib chiqaradi, shaxslararo majaro sodir bo`ladi. Majarolarning kelib chiqishiga, shuningdek munosabatga kiruvchilarning o`zaro birgalikda harakat qilishlariga g`ov bo`lgan va bartaraf etilmagan ma’naviy anglashilmovchiliklar ham sabab bo`ladi. Munosabatdagi ma’naviy anglashilmovchilik - bu aytilgan talabning, iltimosning, buyruqning ma’nosi munosabat bog`lashga sheriklar uchun muvofiq emasligidir. Bu hol ularning o`zaro hamjihatligi va birgalikda harakat qilish uchun to`sqinlik tug`diradi.
4. Har qanday ma’lumotni belgilar aniqrog`i belgilar tizimi orqali bilish mumkin. Kommunikativ jarayonida qo`llaniladigan bir necha belgilar tizimi mavjud. Bular verbal kommunikatsiya (nutq orqali) va noverbal (nutq bilan bog`liq bo`lmaydigan belgilar orqali) kommunikatsiyadir. Verbal kommunikatsiyada inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo`llaniladi. Nutq inson tomonidan qo`llaniladigan tovushlar signallari yoki yozma belgilardan iborat bo`lib, ular orqali muloqotdan olingan ma’lumot qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi. Bu jarayon til orqali amalga oshiriladi. Til so`z belgilari tizimi bo`lib, u muloqot jarayonida psixik faoliyat mahsuli bo`lib yuzaga keladi.
Nutqning o`ziga xos turlari mavjud – tashqi, ichki, og`zaki, yozma va xokozo. Kommunikativ jarayonda o`zaro munosabatga kirishuvchilarni bir-birlari tushunishlari juda muhimdir. Buyuk frantsuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi «Muloqot bu shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi deb yozgan edi. So`zning mohiyati haqida Sa’diy «Aqlmisan yoki ahmoq, kattamisan yoki kichik buni biror so`z aytmaganigcha bila olmaymiz» degan edi.
Yozma nutq insoniyat tarixida og`zaki nutqdan ancha keyin paydo bo`lgan. Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning rivojlantirishida, badiiy timsollarni etkazishda muhim rol’ o`ynaydi. Nutq o`zining fizologik negiziga ko`ra eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Nutqni programmalashtirish – nutqiy ifodaning, ya’ni kishi bildirmoqchi bo`lgan fikrning ma’naviy o`zagini tuzishda birinchi bosqich hisoblanadi, ikkinchi bosqich jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir.
Muloqot turli rollar orqali shaxs faoliyati uchun ijtimoiy maydon yaratadi, shaxsning ijtimoiy xulq-atvorini shakllantiradi. O'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonida o'zining shaxsiy tashabbuskor va rahbarlik rolini namoyish etadi. Dars jarayonida esa o'qituvchi o'quvchilarni tashkilotchi va ijrochi rollarida boiishga imkoniyat yaratishi kerak. Muloqot asosida shaxs o'zligini tanishni o'rganadi. O'qituvchi darsni rejalashtirar ekan, faqat o'rganilayotgan dars mavzusi to'g'risidagi ma'lumotlar asosida o'quvchilarni axborot ko'lamiga jalb etishni o'ylamasligi kerak, balki o'qituvchining yordamiga muhtoj bo'lgan o'quvchilarni topishi, ularga yordam berish uchun sharoit yaratishi, har bir o'quvchining qiziqishini ta'minlovchi sharoitlarni ko'ra olishi va o'zaro hamkorlikni ta'minlashi lozim.
Pedagogik faoliyatda o'qituvchi muloqot asosida o'quvchilar bilan yaxshi munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo'llashi va birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi kerak. Pedagogik muloqot esa, bu o'qituvchi kasbiy faolligining bir ko'rinishi bo'lib, bunda ta'lim va tarbiya muammolari o'qituvchi hamda o'quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro ta'sir vositasi bilan hal qilinadi. Bu vaziyatda o'qituvchi baho beruvchi rolida namoyon bo'ladi hamda uning o'zi baho oluvchi hisoblanadi. bunday hollarda pedagogik ta'sir ko'r-satish vazifalari va vositalari hamda o'qituvchining o'quvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon bo'ladi:
Kommunikativ muloqot.
lnteraktiv muloqot.
Perseptiv muloqot.
1. Kommunikativ muloqotdabir tomonlama axborot uzatiladi. Muomala o'z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o'zaro axborot almashuvini qamrab olgan boiib, kommunikativ muloqot sifatida tavsiflanishi mumkin. O'qituvchi va o'quvchi bir - birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida muloqotning muhim vositalari bo'lmish til va nutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi.2. lnteraktiv muloqotningmuhim jihati ikki tomonlama bir-biriga ta'sir etishdir. Muloqotga kirishuvchi o'qituvchi o'zaro ta'sir etishda, o'quvchilarning tarbiyaviy faoliyatiga nafaqat so'z orqali, balki fikr almashinuv, xatti - harakat va xulq-atvori bilan o'zaro ta'sir o'tkazishi tushuniladi.
3. Perseptiv muloqotdao'qituvchi va o'quvchilar jamoasi o'zaro bir-birlarini idrok qilishi, anglashi tushuniladi. Bunda muloqotga kirishuvchilar o'zaro bir-birlarini idrok qilish asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi.
Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o'zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usullari va unda ishtirok etuvchilarning munosabatlari yaqqol namoyon bo'ladi. Pedagogik muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun, o'qituvchi o'quvchilar bilan hamkorlik faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxsni har tomonlama shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur anglab, faoliyat olib borishi lozim.
Muloqotning maqsadga ko`ra 8 ta funktsiyasi mavjud: (L.A.Korpenko)
1. Kontakt.
2. Aloqa o`rnatish.
3. Undovchilik.
4. Koordinatsion.
5. Tushunish.
6. Amotiv (hissiy aloqa) hissiyotni o`zgartirish.
7. Munosobat o`rnatish o`z o`rnini anglash)
8. Ta’sir o`tkazish.
Pedagogik munosobat deganda pedagog va o`quvchilar kollektivi o`rtasida o`zaro birgalikdagi harakatining mazmunan axborot ayirboshlashdan, o`quv tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish va o`zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat sistemasi usullari va malakalari tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |