Kurs ishi mavzu: Mavzu: Orol dengizi va u bilan bogʻliq ekalogik muammolar Bajardi



Download 178,47 Kb.
bet5/6
Sana22.06.2022
Hajmi178,47 Kb.
#691923
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
orol

Tasis — yevropa jamiyati tomonidan mustaqil hamdo‘stlik mamlakatlari va Mongoliya bilan Yevropa davlatlari o'rtasida iqtisodiy, siyosiy, aloqalami mustahkamlash va bu davlatlarga bozor iqtisodiyotiga o'tishda har tomonlama yordam ko'rsatish maqsadida tuzilgan tashkilotdir. Bu tashkilot keyingi to‘rt yil ichida (1991—1995-y) hamdo'stlik mamlakatlariga 2.268 EKYu ajratdi bu esa 2 ming dan ortiq loyihalami bajarishga qaratilgandir. Hozirgi kunda faqat Orol masalasigina emas, yana Kaspiy dengizi suvining ko'tarilishi ham muammo bo‘lib turibdi. Oxirgi 5 yil ichida uning suvi 2 metrga ko‘tarilgan. Bu jarayon davom etayapti. Shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, 2020-yilga borib, u yana 5 metrga ko'tariladi. Natijada, 4 ta davlat — Ozarbayjon, Turkmaniston, Rossiya va Qozog'istonning minglab km2 yerlari suv ostida qolib ketadi. Ko'plab turaijoy, temir va avtomobil yo‘llari dengiz tagida qoladi. Shu respublikalar uchun Kaspiyning ortiqcha suvini qayerga yo‘qotish katta muammodir. Shu muammo hal qilinsa va eng oqilona loyiha ishlab chiqilsa, yuzlab, minglab gektar hosildor yerlar qutqarib qolinadi.
Agar Kaspiy suvini Orol dengiziga o'tkazish sarf xarajatlarini suv toshqini sarf-xarajatlari bilan solishtirganda, Kaspiy suvining bir qismini Orolga o‘tkazish osonroq bo'ladi. Uning ustiga ikki dengiz orasidagi masofa 500 km atrofida. Bu degan so‘z qo'shimcha ishchi o'rinlari va yangi kanal vujudga keladi 3 ta respublikani (Qozog‘iston, Turkmaniston, O'zbekiston) bir-biri bilan bog‘lovchi yangi transport yo‘li paydo bo‘ladi. Ozarbayjon, Rossiyadan esa yuklar to'g'ri Qoraqalpog'istonga tushadi. Orol dengizi qurishi natijasida keladigan zarar haqida boshqa ma’lumotlar ham bor. Orlova va Oxunovalaming ma’lumotlariga ko‘ra sobiq Orol dengizi tubidagi tuzlar katta masofaga tarqab, hatto Himolay tog‘lariga va Mongoliyaga ham yetib borgan.


    1. Orolni saqlab qolish mumkin bo’lgan chora-tadbirlar


So`nggi yillarda Orol suv sathini ma`lum yuzada saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlarning ko`rilishi tufayli Amudaryo va Sirdaryo yana Orolga ko`proq suv quya boshladi. 1988 yili Amudaryo bilan Sirdaryo Orolga 23,0 km3 (Amudaryo 16,0 km3, Sirdaryo 7,0 km3) suv quydi. Lekin Orol yuzasidan esa har yili (1991) 32—33 km3 atrofida suv burlanib ketmoqda. Demak, Orol dengizi suv sathini hozirgi yuzada saqlab turish uchun yiliga 32—33 km3 atrofida suv quyilishi kerak. Ammo Amudaryo va Sirdaryo Orolga yiliga ko`p miqdorda suv quyayotgani yo`q. Bu esa Orol suv sathini hamon pasayaverishidan dalolat beradi. Chunki Orolda suvning kirimiga nisbatan sarfi ortib ketmoqda.
Vohalarida, ayniqsa, qishloq xo`jaligida suvni tejab, ma`lum qismini zudlik bilan Orolga oqizilmasa yaqin kelajakda (2000 yilga borib) uning suv sathi 20 m. ga pasayib, maydoni 23,3 ming km2 ga tushib, ko`lda atigi 162 km3 suv koladi. Sho`rligi esa 77%o ga ko`tariladi. Natijada hozirgi Orol o`rnida sayoz va o`ta sho`r kichik ko`l vujudga keladi.
Orol suv sathining pasayishi quyidagi salbiy oqibatlarga olib keldi: bu hol tegara iqlimiga salbiy ta`sir etmoqda. 3961 yil Mo`ynoqda yanvarning o`rtacha
harorati—4,4° edi, hozir esa —8,3°. Natijada Orol bo`yida bahorgi sovuq tushish 10—12 kun, ga cho`zilib, kuzgi sovuq tushish 10—12 kun erta boshlanmoqda, yyer osti suv sathi pasayib, sho`rligi ortib, to`qayzorlar maydoni kisqarib, ko`llar qurib, qayta cho`llashish jarayoni tezlashmoqda. Orol atrofidagi suv tagidan chiqib qolgan yyerlardagi tuzlar ko`chib ularni shamol 500 km ga uchirib ketmoqda. Natijada Quyi Amudaryoning sug`oriladigan yyerlarining har gektariga 0,5—1,0 tonnagacha chang aralash tuz tushmoqda. Orol dengizi suv sathining pasayishi sababli u transport ahamiyatini deyarli yo`qotdi. Orol dengizidan yiliga 500 ming
t. gacha baliq ovlanar edi. Endilikda baliq deyarli ovlanmaydi, natijada, baliq xo`jaligi yiliga 18,9 mln, so`m (1986 yilgi ma`lumot) foydadan mahrum bo`ldi. Amudaryo va Sirdaryo deltasidagi qamishzorlar va to`qaylarning qurib qolishi sababli mo`ynali xayvon ondatra juda kamayib ketdi. Natijada yiliga 4,7 mln. so`mlik daromad yo`qotilmoqda.
Ko`rinib turibdiki, Orol suv sathining pasayishi ham ekologik, ham iqtisodiy jihatdan juda katta zarardir. Demak, Orol dengizini saqlab qolish lozim. Orolni qanday qilib saqlab qolish mumkin? Bu savolga hozircha aniq javob yo`q. Ba`zilar Orolni qayta tiklash haqida fikr yuritsa, ba`zilar Orolning bahridan o`tmoqchi bo`ladilar, yana bir guruh olimlar esa uni ma`lum bir xajmda saqlab qolish tarafdoridirlar.
Ma`lumki, Orolni asli holiga keltirish amri mahol. Buning uchun Orolga yiliga qo`shimcha 90—100 km3 atrofida suv kerak bo`ladi. Bu suvning yarmi bug`lanib ketsa yarmi to`planib, taxminan 12—13 yilda Orolni qayta tiklash mumkin. Lekin bunchalik ko`p suvni topish mumkin emas. Ba`zilar Orolga Kaspiy dengizidan suv olish kerak deydilar. Lekin Orol Kaspiydan 81 m. balandda joylashganligini hisobga olinsa, bu loyiha ham aniq emasligi ma`lum bo`ladi. Ayrim olimlar Orolga Sibir daryolari suvini keltirish tarafdoridir. Bu loyiha amalga oshirilsa, birinchi bosqichida Turkistonga 27 km3 suv keladi. Biroq uning asosiy qismi sug`orishga sarflanadi, binobarin u Orol muammosini hal qilmaydi.
Orol suv sathini ma`lum yuzada saqlab turishning yagona yo`li — bu uning
havzasidagi maxalliy suv resurslaridan tejab-tergab foydalanishdir. Agar suv
resurslaridan tejab foydaladilsa, bundan buyon ekin maydonlari kengaytirilmasa, ekinlarning sug`orish normasiga rioya qilib, suvning (ariqlar tagini betonlab yoki polietilenli plyonkalar bilan qoplab) shimilib ketishi kamaytirilsa, yangi suv omborlari qurish tartibga solinsa, suvni ko`plab sarflovchi Qoraqum, Qarshi, Amu- Buxoro kabi kanallar suvi tejalsa, zovur suvlarining bir qismi Orol tomon burib yuborilsa, yiliga 30—35 km3 atrofida suvni tejash mumkin. Bu esa Orol suv sathini 40,0 m. yuzada saqlashga imkon beradi.

  1. Ochiq kanallami betonlashtirish, suvni me’yorida taqsimlash, yangi (tomchilatib, yomg‘irlatib) sug‘orish usullarini joriy qilish sel suvlaridan oqilona foydalanish. Bu tadbirlar Orol suvini ko‘paytirish bilan birga, uning havzasidagi tabiiy, ijtimoiy -iqtisodiy jarayonlarni yaxshilaydi.

  2. Orolning asosiy manbayi hisoblangan Amudaryo va Sirdaryo havzalarini qattiq nazorat qihb iloji boricha ikki daryo suvini ko‘paytirib Orolga tashlash lozim. Amudaryo havzasidagi Sarez ko‘li suvininig bir qismini Rangún, Norak, Janubiy Surxon, Tolimarjon, Qo‘yimozor, Zand, Tuyamo‘yin, Dautko‘l suv omborlarini, Vaxsh, Qarshi, Amu-Buxoro kanallar suvining ma’lum qismini Amudaryoga qaytarish kerak. Hozirgi vaqtda birgina Qoraqum kanali orqali Amudaryodan har yili 12 km3 suv olinmoqda. Mutaxassislar fikriga ko'ra shuning 7 km3 gacha hajmi bug'lanib va qumga singib yo‘q bo‘lmoqda. Kanalning enini qisqartirilib betonlashtirilsa 5—6 km3 suvni iqtisod qilib Amudaryoga qaytarish mumkin. Sirdaryo havzasidagi To‘xtagul, Andijon, Qayraqum, Chorvoq, Chordara suv omborlari, ba’zi kanallar suvining bir qismi va Haydarko‘l suvining hammasini tozalab Sirdaryoga yuborish lozim.

  3. Yana bir kechiktirib bo'lmaydigan muhim masalalardan biri sug'orishni jadallashtirish maqsadida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida tashkil etilgan suv omborlarining holatidir. Bu suv omborlariga Amudaryo va Sirdaryodan ko‘p suvlar olinib daryolar suvining keskin qisqarishiga sabab bo'lmoqda. Lekin suv omborlari suvining ko‘p qismi bug'lanib ketmoqda, yildan-

yilga loyqalar hisobiga ulaming sathi ham qisqarib bormoqda. Eng achinarli tomoni
shundaki, deyarli barcha suv omborlari atayin tashkil etilgandek jo‘g‘rofiy o‘miga ko'ra aholi zich yashaydigan shaharlar va qishloqlar yuqorisida (ustida) qurilgan. Ma’lumki bu hududlar yangi tektonik harakatlar zonasiga kiradi. Shunday holatda bu joylarda kuchli yer qimirlash boimaydi deb kim kafolat bera oladi? Shulami hisobga olib ko'pgina suv omborlarining bahridan o‘tish kerak.

  1. Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Chorjo‘y vohalarida vujudga kelayotgan barcha qaytarma, oqova va zovur suvlarini yig'uvchi maxsus kollektorlar qazib, suvni Orolga oqizishni zudlik bilan amalga oshirish kerak. Sariqamish ko‘liga qo'yiladigan Laremok va Ozemiy kollektorlarini ham Orolga yo'llash kerak. Bu tadbirlar Sirdaryo havzasi va boshqa vohalarga ham taalluqlidir. Albatta, yuqorida aytilgan chora-tadbirlami amalga oshirish uchun katta kuch va mablag talab etiladi. Buning uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari ajratadigan mablag‘larni ko‘paytirish, xayrixoh jahon jamoatchiligidan oqilona foydalanish, Orol hayriyasiga tushgan pullar shu maqsadlarda ishlatilishi ma’qul bo‘ladi. Keltirilgan tadbirlar to‘la amalga oshirilsa, yaqin orada Orolga yog’insochin va yer ostidan sizib tushadigan suvlar bilan birga yiliga taxminan 30—35 km3 suv qo‘shish mumkin. Bu esa Orolning hozixgi holatini saqláb qolishga imkon beradi. Uning qimmatga tushmaydigan yana bir chorasi hammasi bo‘lib yiliga 10—12 km3 suv olib kelinadigan yopiq suv quvurlarini yotqizishdir. Bu xayrli ishni Irtish daryosidan taxminan Tobolsk shahri atrofidan boshlanib To‘rg‘ay darvozasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Orolga olib boriladi. Buning afzalliklari shundaki, suv bug'lanmaydi va boshqa xil isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi, ekologik o‘zgarishlaiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Orol dengizi suvi ko‘payishi bilan biiga u chuqurlasha borishi, tez orada amalga oshishi mumkin va hokazo. Bu loyihani Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya bilan kelishgan holda amalga oshirishlari mumkin, chunki, Orolning mudhish holati Rossiyaga ham o‘z ta’sirini ko'rsatishi hech kimga sir emas.

XULOSA


Xulosa o’rnida aytamizki, Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va rekratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, yer osti suvlari hamda atmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. Qadimgi tarixiy davrlarda suvning hajmi 100—150 kub km, suv sathi maydoni — 4000 kv, km ni tashkil etgan. Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida suʻorilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961-yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994-yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3-marta, yuzasi 2-marta, koʻtariladi. Hozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 — 110 sm tashkil etmoqda. Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80 km pasayib, ochilib qolgan yerlar 23 ming km² tashkil etadi. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlib qoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol Janubiy oroldir. Ushbu mintaqa oʻz ichiga shimoliy gʻarbiy Qizilqum, Zaungaoʻz, Qoraqum, Janubiy Ustyurt va Amudaryo deltasi kabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy maydoni — 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi.
Orol va orol boʻyida sodir bulayotgan jadal ravishdagi choʻllanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baholash ancha qiyinchilikalarga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo deltalarining qurishi hisobiga choʻl maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida qum, tuz Orol dengizining ekologik ahvoli aerozonalarini shamol yordamida ko’chirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda yiliga atmosferaga 100—150 mln. tonnagacha chang — to’zon
ko’tarilishi mumkin. Dengiz tubidan ko’tarilgan chang — tuz to’zoni atmosfera
ifloslanishi 5 % ham ortib yubormoqda. Chang — to’zonlarning atmosferaga ko’tarilishi 1-marta 1875-yili kosmosdan kuzatilgan. Chang — toʻzon uzunligi — 400 km, eni esa 40 km boʻlib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning yer yuzasida yog’ilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 — 15 % sholining esa 3- 6 % pasayib ketdi. Orol boʻyiga yog’ilayotgan chang — tuz zarrachalaridan umumiy miqdor oʻrtacha 520 kg ga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri boʻlib qoldi.
Amudaryoning oʻrta oqimi joylashgan Turkmanistonning suv xoʻjalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida koʻpchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub erlar hisoblanadi, sho’rlangan, kuchli sho’rlangan maydonlar 35- 70 % tashkil etadi. Tuproqlarning sho’rlanishi hisobiga kishilik xoʻjalik maxsulotlari hosili Oʻzbekistonda — 30 %, Turkmanistonda 40 %, Qozog'istonda — 33 %, Tojikistonda — 1990 Qirg'izistonda — 20 % pasayib ketdi. Kuchli sho’rlangan yer osti suvlarning joylashishi, cho’llanishi jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo va Sirdaryo qirgʻoqlarini pasayish natijasida daryolarning quyi qismida suv toshqinlarini kamaytirib yuboradi. Bu oʻz navbatida toʻqay oʻsimliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy boʻlgan utloki
— botqoqli tuproqlar unumsiz utlok takir choʻl, kumli tuproqlarga aylanishga olib keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchilar bilan to’lib bormoqda. Orol boʻyining sanitar — epidemiologik ahvoli nihoyatda og’ir aholi markazlashtirilgan suv bilan taʼminlash 29- 67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiq suv havzalaridan foydalaniladi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni taʼkidlash lozimki Orol oʻz tarixi davomida ilmiy maʼlumotlarga qaraganda koʻp marta oʻz shaklini oʻzgartirganini va qurib qolgani maʼlum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak boʻladi.

Download 178,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish