Orol dengizi haqida ma’lumotlar
Orol va Orolbo‘yi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni miloddan avvalgi II asrda yashagan geograf Klavdiy Ptolemey yozib qoldirgan. U tuzgan „Dunyo xaritasi“da hozirgi Orol dengizi o‘rnida „Oks“ ko‘li tasvirlangan. IX asrda yashagan arab olimi Ibn Xurdodbex Amu-Sirdaryo „Kurdor“ ko‘liga quyilgan desa, X asrda yashagan Al-Mas’udiy hozirgi Orol ko‘lini „Jurjoniya“, Beruniy esa „Xorazm“ ko‘li deb atagan. Fransuz geografi Delil 1723- yili tuzgan xaritasida Orol botig‘ida joylashgan suv havzasini birinchi marta „Orol“ deb nomlagan. Orol dengizining tubi tektonik harakatlar ta’sirida cho‘kishi natijasida paydo bo‘lgan. Orol cho‘kmasining ilk Amudaryo va Sirdaryo suvi bilan to‘lishi eramizdan avvalgi 1- ming yillikning birinchi yarmida ro‘y bergan. So‘ngra tabiiy omillar ta’sirida (Amudaryo va Sirdaryo suvining ko‘payib, ozayib turishi ta’sirida) Orol dengizi suv sathi goh pasayib, goh ko‘- tarilib turgan. So‘nggi 200 yil (1961- yilga qadar) ichida Orol dengizining suv sathi uch marta ko‘tarilib, ikki marta pasaygan. Orol havzasida 1961- yildan boshlab sug‘oriladigan yerlar maydonining muttasil ravishda ortib borishi, suv omborlar barpo etilishi, shaharlar va sanoat obyektlarining ko‘payishi, aholi sonining o‘sishi natijasida Amudaryo va Sirdaryo yil sayin Orolga kam suv quya boshladi, aksincha, ko‘l yuzasidan bug‘lanish miqdorining ortib borishi oqibatida ko‘l suv sathi pasayib, asosiy qismi quruqlikka aylandi. 2005- yildan so‘ng Orolga Amudaryo suvining yetib bormasligi oqibatida 50 ming km2 qismi quruqlikka aylanib, eol qum relyefi shakllanib, ko‘l qismida tiðik sho‘rxoklar mintaqasi vujudga keldi. Shunday qilib, sobiq dengizning qurigan qismida o‘ziga xos tabiiy komponentlarga ega bo‘lgan yangi „Orolqum“ cho‘li paydo bo‘ldi. Orolning qurigan qismida birbiridan ajralib qolgan uchta — Shimoliy, Sharqiy va G‘arbiy Orollar saqlanib qolgan edi. Lekin so‘nggi yillarda bug‘lanish tufayli Sharqiy Orol suv sathi pasayib, hozir qurib qolib, o‘rni sho‘rxok, sho‘rxok- botqoqqa aylanib qoldi. G‘arbiy qismidagi nisbatan chuqur ko‘l ma’lum vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin. Orol dengizining qurigan qismi tuz makoniga aylanib,
atrof muhitga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Shamol tuzlarni to‘zitishi oqibatida
Orolbo‘yi hududlariga tuz yog‘ini yog‘moqda. Bu esa iqtisodiyotga, aholi salomatligiga salbiy ta’sir etmoqda. Orolning qurigan qismidan tuz aralash chang- to‘zon uzoq masofalarga, hatto, O‘rta Osiyo tog‘laridagi muzliklar yuzasiga tushib, uning erishini tezlashtirmoqda. Tuz yomg‘iri, ayniqsa, unga yaqin bo‘lgan hududlarga katta iqtisodiy va ekologik zarar keltirmoqda. Orol dardi bugun barcha Markaziy Osiyo xalqlarining dardi, alamidir, chunki shu hududdagi yagona suv havzasi, iqlimining muhim qo‘rg‘oni bo‘lmish dengiz yo‘q bo‘lib ketmoqda. Bunday katta fojeaga sabab insoniyatning o‘zidir, to‘xtovsiz ortib borayotgan odamlar soni, ular o‘zlari uchun yaratayotgan sanoat korxonalari va texnologik jarayonlar, odamlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun sarflanadigan suv tufayli, Orol dengizini halokatga qadamma - qadam eltmoqdamiz.
Markaziy Osiyo yagona ekotizim hisoblanadi. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasida hamkorlikdagi maqsadga yo‘naltirilgan ekologik siyosat va o‘zaro hamkorlikning yagona ilmiy, huquqiy, moliyaviy va texnologik bazasini mukammal rivojlantirish evazigagina ushbu ekotizimni muayyan holda saqlab qolish mumkin. Mutaxassislarning bashorati bo‘yicha global temperaturaning oshishi hisobiga Markaziy Osiyodagi mavjud muzliklar zahirasining 40-50 foizga kamayishi kutilmoqda, bu esa suv ta’minotining 20-30 foiz qisqarishiga olib keladi. 1960-1965-yillarga qaraganda, Orol dengizining suv sathi 22 metrga pastlashdi, egallab turgan suv maydoni 3,8 martaga kichraydi. 1960-yillarda Orol dengizidagi suv hajmi 1064 km3 bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda suv hajmi bor-yo‘g‘i 115 km3 ga teng. Suvdagi tuz miqdori ko‘payib, bir metrida 72 grammgacha etdi. Bir paytlar katta hudud suv bilan to‘la bo‘lganda, g‘arbi-shimoliy tomonlardan kelayotgan sovuq havoni o‘z maydonida isitib, respublikaga o‘tkazar edi. Bugun ana shunday shimol maydonidan mahrum bo‘lindi. Qish paytlari Orol dengizi hududidan chiqadigan bug‘lar shimol va g‘arbdan keladigan sovuq havo bilan aralashib, haroratni bir necha gradusga isitar edi. Bugun Orolning 4 mln. gektardan ziyod (bir vaqtlar zilol suvlar to‘lib turgan) qurigan, suvsiz qolgan tubi maydonidagi qum va tuzlar qancha joylarga zarar keltirmoqda.
Ekologiya va tabiatni qo‘riqlash qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, har yili atmosferaga 15-75 mln. tonnagacha chang va tuz uchib chiqib, dunyo bo‘ylab tarqalib ketmoqda. Yilning hamma faslida bunday bo‘ronli kunlarni, bir necha hafta mobaynida to‘xtovsiz havoda chang va qum bo‘ronlari aylanganini ko‘rish mumkin. Osmonga ko‘tarilayotgan chang va tuzli bo‘ronlar yaqin va uzoqdagi yerlarga yog‘ilib, ularni ifloslantirmoqda. O‘zbekistonda o‘simlik o‘stirish mumkin bo‘lgan yer yuzasi juda kam, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi barcha yerlar sho‘rlanib bo‘ldi. Orol dengizidan uchgan qum, chang va tuzlar faqatgina atmosfera emas, tuproq suvini ham baravariga ifloslantirib bormoqda. Bu hududlarda yashayotgan aholi ichimlik suvlarini faqatgina suv quvurlaridan ichishi lozim, shundagina ular iste’mol qiladigan suv biroz toza bo‘lishi mumkin. Chunki ochiq havzalardan suv iste’mol qilinganda, havoga ko‘tarilayotgan chang va tuzlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv ustiga kelib tushadi. Yer ustida yashab hayot kechirayotgan biologik turlar ham insonlar ta’siri ostida qurib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, har soatda dunyoda mavjud biologik turdan bittasi yo‘qolib bormoqda. Tabiatga munosabat shu tarzda davom etaversa, XXI asrda insoniyatni nimalarga olib kelishini aytish qiyin.
Osiyo mintaqasida qurilgan irrigatsiya inshootlaridan eng katta talafot ko’rgani Orol dengizidir. Unga quyilgan Sirdaryo va Amudaryo suvining yangi o’zlashtirilgan yerlarga, suv omborlariga, sanoat korxonalariga olinaverishi bu daryolarning quyi oqimida suvni juda kamaytirib yubordi. Sirdaryo suvi 1974-yildan beri Orolga yetib bormayapti, Amudaryodan borayotgan suv ham juda kam. Oqibatda Orol dengizining hajmi keskin kamayib bormoqda. Suvning sho’rligi bir litrda 9,9 grammdan 22 grammgacha ko’tarilgan. Suvning minerallashuvi davom etib, har litrida tuz miqdori 60—100 grammga yetishi mumkin. Bunday sho’r suvda na baliq, na boshqa hayvon yashay oladi. Orol atrofida sho’rxoklar vujudga kelib, bunday tuproqda hatto sho’rga chidamli o’simlik ham o’sa olmasdan qurib qolmoqda. Bu yerdagi 800 ming gektar qamishzor va o’tloqlarning ishdan chiqishi tufayli 5 million tonna qimmatbaho mol oziqasi qurib bitdi. Aniqlanishicha, shamol
ta‘sirida dengiz atrofidagi sho’rxoklikdan bir yilda 100 million tonna tuz to’zoni
ko’tariladi. Hozirga qadar Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasi va Turkmanistonning shimoliy tumaniga yog’ilgan tuz-chang to’zoni 1 milliard tonnani tashkil etadi. O’zbekiston xalq xo’jaligi bundan juda katta zarar ko’rmoqda. Bundan tashqari, Orolning quriy boshlashi iqlimga ham ta‘sir ko’rsatib, yozda havo harorati ko’tarilishiga, quruqligi oshishiga va qishda sovuq sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Bu hol aholining sog’lig’iga ham salbiy ta‘sir ko’rsatmoqda. Ichimlik suvi sifatining buzilishi Qoraqalpog’iston Respublikasi aholisi o’rtasida turli yuqumli va oshqozon-ichak kasalliklari, onkologik xastaliklar, bolalar o’limining ko’payishiga olib keldi. Bunday holatga tushgan qoraqalpoq xalqiga O’zbekiston Respublikasi hukumati har tomonlama yordam bermoqda. Orolning qurigan o’rnida qum va tuzlarning shamol bilan uchirilishiga qarshi chora ko’rish uchun sun‘iy o’rmonlar bunyod qilish katta ahamiyatga egadir. 1981yildan boshlab dengizning qurigan qismida daraxt va butalar oq va qora saksovul, kandim, cherkez va boshqa o’simliklar o’stirilishi boshlandi, yaxshi natijalar berdi va hozirda har yili
25 ming gektar o’rmonlar tashkil qilinmoqda. Dengizning yangi ochilayotgan tubi tuz bilan qoplanib qolayapti va o’simliklar mutlaqo o’smasligi mumkin. Orol va Orolbo’yi muammolarini hal qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlikda ish olib bormoqdalar. AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya va boshqa rivojlangan davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Banki va turli davlat hamda nodavlat xalqaro tashkilotlari bu asr muammosini ijobiy hal qilishga o’z hissalarini qo’shmoqdalar.
Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv oladi. So'ngi yillarda Sirdaryo suvi suv omborlarini toʻldirishga va sugʻorishga foydalanilishi tufayli Orol dengiziga etib bormaydigan boʻldi. Amudaryo va uning irmoqlarida suv omborlari qurilib, koʻp miqdordagi suv kanallar orqali ekin dalalariga oqiza boshlandi. Buning oqibatida Zarafshon, Surxondaryo va Qashqadaryo Amudaryoga etib bormaydigan boʻlib qoldi. Hozirgi davrda Amudaryodan suv oladigan kanallarning umumiy uzunligi 170 ming km dan, suv omborlari soni 50 tadan oshib ketdi. Ularning suv sigʻimi 16-17 mld kubokilometrni tashkil etadi. Suv zahiralaridan nooʻrin
foydalanish — Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridagi hududlarda sizot suvlarining koʻtarilib, tuproqdagi namlik bugʻlanishining koʻchayishi va buning oqibatida tuproqlarning shoʻrlanishining ortishiga olib keldi. Orol boʻyi hududlarida esa sizot suvlari yuzasi pasayib, er yuzasi shoʻrhok tuproq bilan qoplana boshladi. Orol dengizi suv sathining pasayishi bilan qirgʻoq chizigʻi 100 km dan ortiqroq orqaga chekindi.
Dengiz tubi oʻrnida 4 mln gektardan ortiq maydonni egallagan yosh Orolqum choʻli paydo boʻldi. Ana shunday qilib, Amudaryo va Sirdaryo suvidan nooʻrin foydalanish 20 asr oxirida 3 mln dan koʻproq aholi yashaydigan hududda „Orol fojiasi“ deb atalgan global ekologik halokatni paydo qildi.
Orol dengizi oʻrnida paydo boʻlgan Orolqum mayda tuz va tuproq zarrachalari bilan qoplangan. Shamol esganida tuz va tuproq zarrachalaridan iborat chang havoga koʻtarilib, uzoq masofalarga tarqaladi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan maydonlarning har gektariga bir yil davomida 250 kg, ayrim hududlarda 500 kg gacha tuzli chang yogʻiladi. Qurigan dengiz tubidan bir yil davomida 15 mln dan 75 mln tonnagacha chang koʻtarilishi mumkin. Tuzli chang toʻfonlarning kengligi 40 km ga; uzunligi 400 km ga etadi. Tuzli chang Orolqumdan oʻnlab, hatto yuzlab km masofaga tarqalib, tabiiy oʻtloqlar, vohalardagi ekinlar, bogʻlar, shaharlar va qishloqlar ustiga yogʻiladi. Orol changi hatto Tyanshan va Pomir togʻlari choʻqqilaridagi muzliklarga ham etib borib, u erdagi muzliklarning erishini tezlashtirib yuborgan. Choʻllanish va shoʻrlanishning tezlashuvi oqibatida soʻnggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqsiz boʻlib qoldi. Noqulay ekologik vaziyat qishloq xoʻjalik ekinlari hosilini va chorva mahsulotlari etishtirishning keskin kamayishiga olib keldi. Orol dengizining quriy boshlashi iqlimga ham taʼsir koʻrsatdi, Iqlim yanada kontinentallashib, qishqi harorat oʻrtacha ikki gradusga pasaydi, yozgi harorat esa ikki gradusga koʻtarildi. Buning natijasida sovuq kunlar erta tushib, ekinlarning pishib etilishi kechika boshladi. Orol boʻyi hududida vujudga kelgan ekologik tanglik aholi salomatligiga ham taʼsir koʻrsata boshladi.
Aholi oʻrtasida yurak-qon tomir, oshqozon- ichak, nafas olish organlari kasalliklari
(oʻpka sili, astma, bronxit) koʻpaydi. Hududda kam-qonlik kasalligi 60 yillarga nisbatan deyarlik 20-marta oshganligi kuzatilgan. Ekologik tanglik Orol boʻyi tabiati, oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga ham katta ziyon etkazdi. Suv zahiralarining kamayishi va shoʻrlanishi natijasida yaylovlarda chorva uchun oziq boʻladigan oʻsimliklar turi va sifati kamayib, oʻtloqlar maydoni deyarlik uch martaga qisqardi. Amudaryo va Sirdaryo suvining kamayishi, suv toshqinlarining boʻlmasligi, daryolarning suv bosadigan qirgʻoqlarida yastanib yotadigan toʻqaylardagi xilma-xil oʻsimliklarning qurib, yoʻq boʻlib ketishiga olib keldi. Ularning oʻrnini qurgʻoqchilikka chidamli yulgʻun, shuvoq kabi choʻl oʻsimliklari egallamoqda. Toʻqaylarning yoʻqolishi koʻplab oʻsimlik va hayvon turlarining qirilib ketishiga sabab boʻldi.
Oʻtgan 20 asrning ikkinchi yarmida Amudaryoning quyi qismidagi toʻqaylarning buzilishi bilan bu joylardan yoʻlbars, buxoro bugʻusi yoʻqolib ketdi. Janubiy Orol boʻyidagi 60 dan ortiq qushlardan 10 ga yaqin turi yoʻqolib borayotgani va 42 turidan ortigʻi „noyob“ turga aylanayotgani haqiqatdir. Shoʻrlanishning keskin ortishi tufayli Orol dengizi tobora oʻlik dengizga aylanib bormoqda. Orol dengizi va Orol boʻyida suv havzalarda tarqalgan 28 tur baliqlardan 12 turi, jumladan Amudaryo kurakburun, Orol moʻylovdori yoʻqolib ketayotgan va noyob turlarga kiritilgan.
Sivilizasiya shu holda kechsa, 3000-yilgacha hayot bo‘lishi dargumon bo‘lib qoladi. Moddiy zahiralarni o‘zlashtirish hozirgidek ketsa, yana 100-yildan so‘ng barcha yoqilg‘i zahiralari tugaydi, insoniyat energiyaga beradigan zahiralar va xomashyoning 80% ini o‘z manfaati yo‘lida o‘zlashtirib oladi. Bu ishlarni tashkillashtirish va nazorat qilish uchun tartibga rioya qilish zarur. Kuzatishlar bir tizimda va yaxshi holda bo‘lishi, ularni o‘tkazishda gidrologik vaziyatlardan kelib chiqib, kuzatish muddatini belgilash, suvning sifatini belgilangan usul bilan aniqlash lozim. O‘zbekiston Respublikasining yer osti suvlari umumiy suv resurslarining ajralmas qismi bo‘lib, iqtisodiyotning rivojlanishida, shaharlar va qishloqlar aholisining
xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti, sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta
ishlovchi korxonalarning asosiy suv ta’minoti manbai hisoblanadi. Respublika hududidagi 6 ta daryoning (Qashqadaryo, Zarafshon, Chirchiq, Surxondaryo, Qoradaryo va Norin) suvni muhofaza qilish maydonlari jami 73,12 ming gektarni, qirg‘oq bo‘yi polosalari esa 9,85 ming gektarni tashkil etadi.
Ushbu 6 ta daryoning suvni muhofaza qilish mintaqasida joylashgan 126 ta ekologik potensial xavfli obyektlar mazkur mintaqalardan chiqarildi. Suv resurslarini chegaralanganligini inobatga olib, suvdan samarali foydalanish va joylarda tuzilayotgan Suvdan foydalanuvchilar uyushma (SFU) lari faoliyatini yanada jonlantirish, ulardan unumli foydalanish, suv o‘ta tanqis bo‘lgan-yillarda sug‘orma suvlarga minerallashgan zovur suvlarini zarur nisbatda aralashtirgan holda hamda tashlanma suvlari bilan qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda ishlatiladigan uslub kelajakda keng qo‘llanilishini hozirda vujudga kelgan vaziyat taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasining asosiy suv oqimlari manbalari bo‘lib, Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalari hisoblanadi, ularning ko‘p yillik o‘rtacha umumiy oqimi 115,6 km3 ni tashkil qiladi, shu jumladan, Amudaryo havzasida, 78,46 km3 va Sirdaryo havzasida 37,14 km3 atrofida suv hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |