II BOB. LOGOPEDIK AMALIYOTDA QOʻLLANILADIGAN LOGOPEDIK MASSAJ TURLARI
Logopedik amalyotda qoʻllaniladigan oʻzini-oʻzi massaj qilish usullari
Oʻz-oʻzini massaj qilish – bu nutqiy nuqsonga ega boʻlgan bolaning oʻzi bajaradigan masajidir.
Oʻz-oʻzini massaj qilish logopedik massajni toʻldiruvchi taʼsir qilishda asosiy omil boʻladi.
Logopedik oʻz-oʻzini massaj qilish birinchi navbatda, pereferik apparati ishida ishtirok etuvchi mushaklarni sezgisini oshirishga, shuningdek, mushak tarangligini maʼlum darajada normallashtirishga yordam beradi.
Logopedik ish tizimida oʻz-oʻzini massaj qilish bir necha sabablariga koʻra foydali hisoblanadi. Logoped bajaradigan logopedik masajdan farqli tarzda ham olib borish mumkin boʻladi. Bundan tashqari maktabgacha taʼlim muassasasining sharoitidan kelib chiqib oʻz-oʻzini massaj qilishni kuniga bir necha marotaba ham qaytarish mumkin.
Shunday tarzda oʻz-oʻzini massaj qilishni ertalabki gimnastikadan, autogen mashqlaridan keyin, kunduzgi uyqudan keyin ham bajarsa boʻladi. Oʻz-oʻzini massaj qilish ishlarini yana logopedik mashgʻulotlarga ham qoʻshish, artikulyatsion gimnastikani boshlash yoki yakunlashda bajartirsa boʻladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun oʻz-oʻzini massaj qilish uzogʻi bilan
5-10 minutni tashkil qiladi. Har bir xarakat oʻrtacha 4-5 marta bajariladi. Oʻz-oʻzini massaj qilish jarayonida tavsiya qilinadigan usullarning bir nechtasidan foydalanish kerak. Bu usullarni kun davomida almashtirish mumkin boʻladi. Tabiyki oʻz-oʻzini massaj qilishdan oldin bola yuvingan boʻlishi kerak.
Bolalar logoped boshchiligida oʻz-oʻzini massaj usullarini oʻrganadilar. Oʻz-oʻzini massaj qilishdan oldin bolalar tinch, boʻshashgan holatda boʻlishlari kerak. Ular stullarda oʻtirishlari yoki yotishlari mumkin (masalan: kunduzi uyqudan keyin krovatlarda).
Bolalarga oʻz-oʻzini massaj qilish usullarini oʻrganayotgan logoped har bir xarakatni oʻzida koʻrsatadi va ularni bolalarga tavsiya qiladi. Bolalar massaj usullarini mustaqil ravishda dastlab, koʻrish orqali boshqarib, oyna yordamida, keyin esa oynasiz bajariladi.
Bolalar xarakatlarini oʻzlashtirib olganlaridan soʻng, sheʼr aytib yoki ritmik sekin musiqa sadosi ostida harakatlarni bajaradi. Bu usul bolalarda teri taktil sezishni ritmga tushirish va sezish qobiliyatini oshirishga qaratilgan juda koʻp malakalarni shakillantiradi.
Oʻz-oʻzini massaj qilish qoidaga tavsya qilinayotgan, pedagog ketma-ketlikda oʻyin shaklida oʻtkaziladi: bosh massajini, yuzning mimik mushaklari, lab va til mushaklari massaji.
Harakatlarni bajarish jarayonida bola noqqulayliklar sezmasligi, aksincha bolada qoniqish uygʻotish kerak boʻladi.
Boʻyin va bosh mushaklarining oʻz-oʻzini massaji
1.“Men yaxshiman”. Ikkala qoʻl kaftini bosh sohasiga, peshonaga yaqin qilib qoʻyish, barmoqlarni markazga yigʻish, undan keyin esa, kaftini sochlar ustida quloq bilan boʻyin yon tomoni boʻylab yelka tushirish kerak. Qoʻl harakatlari birgalikda sekin silovchi boʻlishi kerak.
2.“Shapka kiyamiz”. Qoʻllarning dastlabki holati xuddi yuqoridagidek. Ikka qoʻlning kaft quloqgacha tushadi, keyin esa boʻyin tomonga oldingi tarafiga qarab, oʻmrov chuqurchasiga qadar tushiriladi.
Yuz mushaklarini mustaqil massaji
3..“Yoʻl chizamiz”. Qoʻllar harakati peshona oʻrtasidan chakka tomon yoʻnaltiriladi.
4.“Olma chizamiz”. Peshona oʻrtasidan aylanma harakatlar qoʻl bilan bajariladi.
5.”Archa chizamiz”. Qoʻl xarakatlari peshona oʻrtasidan chakka tomonga. Harakatlar bir oz qiyalatib bajariladi.
6.”Barmoqli dush”. Peshonaga barmoqlar bilan yengil urish yoki chappa chalish xarakatlari bajariladi.
7.”Qosh chizamiz”. Har bir barmoq bilan qoshdan chakkaga qaratib chiziladi.
8.”Koʻzoynak taqamiz”. Koʻzlarni yopib, qoʻllar bilan qovoqlar yopiladi. 3-5 sekund davomida ushlab turiladi.
9.” Koʻzlar uxlayapti”. Koʻzlarni yopib, qoʻllar bilan qovoqlar yopiladi. 3-5 sekund davomida ushlab turiladi.
10.”Moʻylov chizamiz”. Koʻrsatkich va oʻrta barmoqlar bilan, yuqori labalr oʻrtasidan ogʻiz burchagi tomon chiziladi.
11.”Quvnoq masxaraboz”. Kqrsatkich va oʻrta barmoq bilan pastki labalr va ogʻiz burchaklariga keyin esa yonoq suyaklariga harakat qilinadi.
12.”Hafa mazxaraboz”. Koʻrsatkich barmoq va oʻrta barmoq bilan yuqorigi labdan ogʻiz burchaklari tomonga, keyin esa pastki jagʻ burchaklariga xarakat qilinadi.
13.”Qarmoqcha”. Koʻrsatkich va oʻrta barmoqlar yuqorigi lab burchagidan oʻrtasiga qarab, soʻngra pastki lab burchaklaridan oʻrtasiga qarab xarakat qilinadi.
14.”Daxanni silaymiz”. Barmoqlarning ustki yuzasi bilan daxan oʻrtasidan quloqlarga qarab silanadi.
15.”Taroq”. tillar bilan labalrni silash.
16.”Bolgʻacha”. Tishlar bilan lablarni urish.
17. Galma-gal yuqorigi va pastki lablarnisoʻrish.
18. Galma-gal yuqorigi va pastki lablarni chaynash.
19.”Barmoqli dush”. Yuqorigi lab ostiga havo toʻldiriladi va barmoqlar uchi bilan uriladi, huddi shu harakatni pastki lab ostiga ham havo toʻldirib bajariladi.
20.”Uchta yoʻl chizamiz”. Barmoqlar xarakati pastki lablar markazidan quloqlar tomonga, yuqorigi lab markazidan quloq tomon, burun markazidan quloqlar tomonga bajariladi.
21.”Aylana chizamiz”. Barmoqlar uchi bilan yuzda aylana chiziladi.
22.”Yuzlarni qizdiramiz”. Kaft bilan yuzni turli yoʻnalishlarda ishqalanadi.
23.”Parvozchalar”. Qoʻllarni mushtga tushm tashqi tomon bilan yuzlarga tirash.Aylanma harakatlar, soat boʻylab yuz mushaklari ishqalanadi, keqin esa soatga teskari tarzda aylanma harakatlarni “chuh, chuh, chuh” kabi ritmik talaffuzlar bilan birga olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |