1.2 Ogʻiz boʻshligʻida olib boriladigan logopedik massaj turlari Xiqildoq sohalari massaji
Ushbu massaj turi ovoz buzilgan xolatda tavsiya qilinadi.
Hiqildoq asta-sekinlik bilan bir tomondan katta barmogi bilan va koʻrsatkich, oʻrta barmoqlar bilan boshqa tomondan ushlab, yengil ritmik xarakatlar koʻndalang yoʻnalishida bajariladi. Massaj jarayonida bola unli tovushlarni qoʻllashni topshirish mumkin.
Lab mushaklari massaji
Massaj ogʻizning aylanma mushaklariga, shuningdek ogʻiz xolatini oʻzgartiruvchi mushaklar; kulgi mushagi; ogʻiz burchagini koʻtaruvchi mushak; ogʻiz burchagini tushiruvchi mushak; pastki labni tushiruvchi mushaklar kiradi.
Boʻshashtiruvchi massaj
1.Koʻrsatkich barmoqning kaft tomoni bilan yuqorigi lab burchagidan oʻrtasiga tomon silovchi harakatlar bajariladi.
2. Huddi shunday xarakatalar pastki labda ham bajariladi, burchakdan markazga tomon.
3. oʻrta va koʻrsatkich barmoq yostiqchalari bilan galma-gal oʻng va chap qoʻl bilan bajariladi. Harakat quloq suprasi qsmasidan boshlanib, barmoqlar yuz boʻylab yengil sirpanadi, undan keyin esa lab atrofida. Bunda koʻrsatkich barmoq yuqorigi lablar terisida, oʻrta barmoqlar esa pastki lab t terisida sirpanadi va ular qarama-qarshi ogʻiz burchagida birlashadilar.
4. koʻrsatkich barmoq yostiqchalari bilan burun, lab burmalari silanadi burun qanotlaridan ogʻiz burchaklari tomon yoʻnaladi
Faollashtiruvchi massaj
Ishqalash usullari yarim doira va spiralsimon harakatalar. Qizdirish usuli, artish va tebratish harakatlarida amalga oshiriladi.
1. Koʻrsatkich barmoqning kaft yuzasi bilan yuqorigi lab ogʻiz burchagidan oʻrtasi tomonga harakat amalga oshiriladi.
2.Ikkala qoʻlning bosh barmogʻi bilan yuqorigi lab oʻrtasidan ogʻiz burchaklari va bir oz pastga, keyin esa koʻrsatkich barmoq bilan pastki lab oʻrtasilan ogʻiz burchaklari tomonga va bir oz yuqoriga xarakat bajariladi. Xarakatlar almashtirilib turiladi.
3. Burun lab burmalari silanadi, lab burchagidan burun qanotlari tomonga xarakatlanadi.
4. Bosh va koʻrsatkich barmoqlari bilan boʻylama burmaga yuqorigi lablar yigʻiladi, ular qisiladi va barmoqlar bilan yaʼni, barmoqlar orasiga ishqalanadi. Yigʻish labning marakiziy qismida amalga oshiriladi. Nisbatan kichik yigʻish markaz va burchak sohasi orasida ham amalga oshirilishi mumkin. Huddi shu holat pastki labda ham amalga oshiriladi. Shu tarzda burun lab burmalarini ham ishqalash mumkin.lanadiddi shu barmoqlar bilan lablar atrofida soat strelkasi boʻyicha ngil urish amalga oshiriladi. Massaj xarakatlari ogʻizning turli holatida amalga oshiriladi: yopiq va ozgina yopiq holatda.
5. Burun lab burmalari sohasida spiralsimon qizdirishlar. Bosh barmoq falangasi ogʻiz boʻshligʻida burun lab burmasi ostida joylashadi. Koʻrsatkich va oʻrta barmoqlar yuqorida turadi.
6. Bosh va koʻrsatkich barmoq orasida lablarning aniq qismini (tochkalarini lokalizatsiyasi) yuzaga keladi.
Lab xarakat funksiyasi buzilganda massajdan soʻng passiv ortikulyatsiya gimnastikani quyidagi mashqlar tarzda oʻtkazish tavsiya qilinadi.
7. Logoped oʻzining koʻrsatkich barmogʻini yuqorigi lab oʻrtasida va ogʻiz burchagida joylashgan tochkaga ikkita tomondan qoʻyadi. Markazga yoʻnalgan shunday harakat qilinadiki, yuqorigi lab boʻylama urmaga yigiladi. Oʻxshash xarakatlar pastki labda ham amalga oshiriladi.
8. Oʻxshash xarakat yuqorigi va pastki lablarda bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi. Bunda koʻrsatkich barmoq yuqorigi labga qoʻyiladi. Barmoqlarning xarakatida lablar markazga naycha shaklida yigʻiladi.
9. Koʻrsatkich barmoqlar oʻsha oldingi holatda harakat yuqoriga yoʻnalgan, bunda yuqorigi lab koʻtariladi va yuqorigi tishlar ochiladi. Shu tarzda pastki labni ham tushirish mumkin.
10. Oʻxshash tarzda bir vaqtning oʻzida yuqorigi labni koʻtarish va pastki labni tushirish ishlari amalga oshiriladi. Bu xarakat koʻrsatkich barmoqlari yuqorigi lablarda joylashadi, oʻrta barmoq esa pastki labga joylashadi. Teskari xarakatlar bilan lablarning birlashishi amalga oshiriladi, bunda yopiq ogʻizni kinestetiq sezish malakasi shakillantiradi.
11. Koʻrsatkich va oʻrta barmoqlarni mutaxasis oʻgʻiz burchagi atrofiga qoʻyadi va bir oz lablarni tortadi, kulayotganga oʻxshab; teskari xarakatlar bilan lab oldingi holatga qaytariladi. Xarakatlar yengil va silliq boʻladi. Bu mashqlarni ogʻizni ochiq va yopiq holatida ham oʻtkazish mumkin.
Til muskuli massaji
Mushaklarni tarangligining buzilishi doim katta darajada til mushaklarida aks etadi. Til mushaklarining tarangligi oshishi, tarangligi susayishiga nisbatan koʻp kuzatiladi. Til mushaklarida mushak tarangligining bir meʼyorda tarqalmaganligi ham quzatiladi, masalan, taranglik faqatgina ayrim mushak guruhlarida pasaygan boʻlishi mumkin (tilning ildizida, til uchining va xokozo bir qismida)
Til mushaklarining massaji qiyin tuzilishga ega boʻlib, ortikulyatsiya jarayonida noziq, aniq xarakatlar qilib, qiyin muolaja hisoblanadi. Bundan tashqari, tilda massaj harakatlarini amalga oshirishda qoidaga koʻra massaj qilinayotgan kishida yoqimsiz xisni tugʻdiradi. Yana shuni inobatga olish kerakki. Til inson tanasining yetarli darajada koʻrinmas qismidair. Til mushaklarining massaji olgopedik aniq harakatlarni, extiyotkorlikni va juda xushmuomalalikni talab qiladi.
Massaj qilish jarayonida quyidagi metodik koʻrsatmalarni hisobga olish talab qilinadi:
- Differensiallangan til til mushaklarining massaji yo rezina qoʻlqopda, yo dokali salfetka, yoki sterillangan dastroʻmol yordamida qilinadi;
- Tilni massaj qilishda turli vositalardan: zontdan, shpateldan, tish shoʻtkasidan va boshqalardan foydalanish mumkin.
- Massaj qoidasi boʻyicha (lekin shart emas), ogʻizdan tashqarida boʻlgan holatda til massaji qilinadi. Buning uchun logoped tilini quyidagicha tarzda oldinga tortadi; til uchini (salfetka yoki dastroʻmol yordamida) shunday tortadiki, bosh barmoq tilning ustki qismida, oʻrta va koʻrsatkich barmoq pastda turishi kerak, asta-sekinlik bilan oldinga tortadi. Tilni ushlab olish chap qoʻl bilan amalga oshiriladi, masaj harakatlari esa oʻng qoʻlda bajariladi.
3. Bosh koʻrsatkich barmoqlar tilning yon yuqori qismida oʻng va chap tomonda turadi. Tilning yon yuqori qismi uchidan ildizga qarab silanadi.
4. Gorizantal yoʻnalishida sekin ishqalash amalga oshiriladi. Oʻng qoʻlning bosh barmogʻi yuqorida, oʻrta va koʻrsatkich barmoq – til ostida turadi.
Avval tilning bir tomonida keyin esa, ikkinchi tomonida til uchidan ildiz tomonga va teskarisiga yoʻnalgan ishqalovchi harakatlar bajariladi. Harakatlar juda yengil bosishlarsiz bajariladi.
5.Barmoqlarningg oʻsha holatida yengil bosishlarsiz aylanma qizdiruvchi haraktlar bajariladi.
6. Til uchini oʻng qoʻl bilan ushlab, yengil tebranish amalga oshiriladi.
7. Tilga yengil shapolotish va ritmik ravishda, shpatel bilan bosiladi (taxtali yoki yelimli). Boʻshashtiruvchi massajdan keyin pasiv gimnastik mashqlar bajarish erak.
kerak, bu mashqlar til ildizini boʻshashtirish va choʻzishga qaratilgan boʻlishi kerak.
8. Katta barmoq til ustida, oʻrta va koʻrsatkich barmoq esa ostida, uning oʻrta qismidan oʻng va chap burish, til ildiz qismini tashqariga asta tortish kabi choʻzish Keyin oʻxshash xarakatlar chap tomonda bajariladi.
9. Tilni oldinga tortish juda bir oz koʻrsatkich barmogʻiga urayotgandek “buriladi” keyin esa astalik bilan orqaga harakat qildiriladi. Sekinlik bilan katta boʻlmagan kengliqda bajariladi.
Faollashtiruvchi massaj
Faollashtiruvchi massajni bajarish chogʻida quyidagi xolatlarga eʼtibor berish kerak boʻladi:
- Faollashtiruvchi massajda harakatlar faol, intensiv va asosan til ildizidan uchiga yoʻnalgan boʻladi;
- Asosan ishqalash va qizdirish usullari qoʻllaniladi;
- Qoidaga koʻra, til mushaklarining tonusi pasayganida qayd qilish refleks ham pasayadi. Shuning uchun massaj xarakatlari bu xolatda xatto ildiz soxasida ham faol boʻlishi mumkin;
- Agar taranglikning pasayganligi tilining biron bir qismida kuzatiladi ( masalan, tilning bir qismida), massaj harakatlari asosan shkastlangan tomonda bajariladi;
- Mushaklarning pasaygan tarangligida qoidaga koʻra, gipersalivatsiya (soʻlakning koʻp ajralishi) kuzatiladi, shuning uchun massajni bajarishdan oldin va massaj qilish jarayonida logoped bolaga tufugini yutib turishini taklif qiladi.
Faollashtiruvchi massaj oʻz ichiga kuyidagi harakatlani oladi.
Gorizantal yoʻnalishda ortish. Bosh barmoq yuqorida oʻrta va koʻrsatkich barmoq pastda. Til mushaklarini artish ildizdan uchiga qarab tilning bir tomonida, keyin esa boshqa tomonda bajariladi.
Barmoqlar xolati xuddi shunday. Til mushaklarini artish spiralsimon xarakatlar bilan bosimni kuchaytirish bajariladi. Harakat til ildizidan til uchidan til uchiga bir tomondan keyin esa, boshqa tomondan bajariladi.
Barmoqlar xolati xuddi shunday. Til mushaklarini artish koʻndalang yoʻnalishda, avval bir tomonga, keyin boshqa tomonga bajariladi.
Bosh va koʻrsatkich barmoqlar tilning yon yuqori qismida turadi. Til va yon tomonlaridan siqiladi. Tilni siqilgan holatda 1-2 sekund ushlab turish, bir necha barmoqlarni xolatini oʻzgartirish va harakatini qaytarish.
Barmoqlar holati xuddi shunday. Oʻng qoʻl bilan til yondan siqiladi va bosh , koʻrsatkich barmoq bilan artish xarakatlari bajariladi, sekinlik bilan ildizdan til uchiga qarab boriladi.
Katta va koʻrsatkich barmoq bilan til qirralari chimchilanadi.
7. Til mushaklarini shpatel bilan shapatillanadi. ( yoki noteks ruchka, tish chyotkasi bilan) .
8. Yogʻochli shpatel bilan til tebratiladi, shpatel til uchiga 10-15 sekund davomida qoʻyib turiladi. Bolaning pastki tishlariga, tilning pastki yuzasining shilliq qavatini shkastlanmaslik uchun dokali bolish qoʻyish mumkin.
Yumshoq tanglay massaji
Massaj yumshoq tanglay mushaklari tarangligini faollashtirish va tanglay yutqiy refleksini oshirishga moʻljallangan. Yumshoq tanglayning mushaklarini massaj qilishda asosan koʻrsatma boʻlib, manqalangan ovoz hisoblanadi. Berilgan harakatlar yumshoq tanglay mushaklarini tarangligining pasayganligida foydalaniladi.
Massaj qilish jarayonida umumiy tavsiyalar:
- Massajli taʼsir faqatgina yumshoq tanglay mushaklariga emas, balki til tanglay va yutqin tanglay tilchasiga qaratilgandir.
- Massajni faol va faol boʻlmagan gimnastika bilan uygʻunlashtirish, tanglay va yutqin ragʻbatlantirishga qaratilgan.
- Massaj xarakatlari oʻng qoʻlning katta yoki koʻrsatkich barmoqlari bilan bajariladi.
Yumshoq tanglay massaji oʻz ichiga quyidagi harakatlarni oladi:
Qattiq tanglaydan yumshoq tanglay tomoniga silovchi, ishqalovchi, buruvchi harakatlar butun yumshoq tanglay yuzasi boʻylab bajariladi.
2. Bosh va koʻrsatkich barmoqlar bilan butun yumshoq tanglay boʻylab boʻylama va koʻndalangicha bajariladigan bosuvchi harakatlar.
3. Oʻngdan chapga qarab til – tanglay yoylarini tutgan holda silovchi, artiuvchi va ishqalovchi harakatlar bajariladi. Mushaklar tarangligining normallashish darajasiga qarab, massajning faollashtiruvchi harakatlar bilan uygʻunlashtirish mumkin.
Logoped qoʻlini bola peshonasiga qoʻyadi va boshini pastga tushirishni soʻraydi. Bola qarshilikni yengib boshini pastga tushiradi.
Logoped qoʻlini bolaning ensasiga qoʻyadi va undan boshini orqaga tashlashni soʻraydi. Bola qarshilikni yengib boshini orqaga tashlaydi.
Logoped qoʻlini past jagʻ tagiga qoʻyib ogʻzini ochishni soʻraydi. Bola qarshilikni yengib ogʻzini ochadi.
Bolaga tilini chiqazish, undan keyin esa qayta ogʻizga tortish soʻraladi.logoped bu vaqtda tilini ogʻizdan tashqarida ushlab turishga tirishadi.
Til yuganchasi massaji
Til yuganchasining kaltaligi aniqlansa, uni choʻzishga qaratilgan massaj harakatlari amalga oshiriladi.
Chap qoʻlning koʻrsatkich va bosh barmoqlari bilan til uchidan ushlab, uni yuqoriga koʻtariladilar. Bu holatda ogʻiz yopiq boʻladi. Oʻng qoʻlning bosh va koʻrsatkich barmoqlari til yuganchasida pastdan yuqoriga qarab sirpanuvchi, choʻzuvchi harakatlar bajariladi.
Milk va qattiq tanglayning shilliq qavati massaji
Qator hollarda bolada mushaklar tarangligi buzilishidan tashqari, sezish qobiliyatining susayganligi ham kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda artikyatsion proksisni yengish maqsadida massaj harakatlari majmuasiga mimik va qattiq tanglayning shilliq qavatining massaji ham qoʻshiladi.
Bolani ogʻzi ochiq. Bosh barmoq yuqorigi milklarning tashqi tomonida, koʻrsatkichni esa ichki tomonida joylashgan. Milklarning jadal boshi bilan oʻngdan chapga, keyin esa chapdan oʻngga harakatlar yuqorigi va pastki milklarda amalga oshiriladi.
Bosh va koʻrsatkich barmoq oldingi yuqorigi tishlardan yumshoq tanglay tomonga, kattiq va yumshoq tanglay chegarasigacha qattiq tanglayda massaj qilish.
Faollashtiruvchi massaj
Ishqalash usullari yarim doira va spiralsimon harakatalr. Qizdirish usuli, artish va tebratish harakatlarida amalga oshiriladi.
1. Koʻrsatkich barmoqning kaft yuzasi bilan yuqorigi lab ogʻiz burchagidan oʻrtasi tomonga harakat amalga oshiriladi.
2.Ikkala qoʻlning bosh barmogʻi bilan yuqorigi lab oʻrtasidan ogʻiz burchaklari va bir oz pastga, keyin esa koʻrsatkich barmoq bilan pastki lab oʻrtasilan ogʻiz burchaklari tomonga va bir oz yuqoriga xarakat bajariladi. Xarakatlar almashtirilib turiladi.
3. Burun lab burmalari silanadi, lab burchagidan burun qanotlari tomonga xarakatlanadi.
4.Bosh va koʻrsatkich barmoqlari bilan boʻylama burmaga yuqorigi lablar yigʻiladi, ular qisiladi va barmoqlar bilan yaʼni, barmoqlar orasiga ishqalanadi. Yigʻish labning marakiziy qismida amalga oshiriladi. Nisbatan kichik yigʻish markaz va burchak sohasi orasida ham amalga oshirilishi mumkin. Huddi shu holat pastki labda ham amalga oshiriladi. Shu tarzda burun lab burmalarini ham ishqalash mumkin.