Kurs ishi mavzu: Logopedik amaliyotda qoʻllaniladigan logopedik massaj turlari bajardi: Bahodirova Dilobar ilmiy rahbar



Download 0,67 Mb.
bet1/6
Sana10.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#771559
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
logo



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI DEFEKTOLOGIYA KAFEDRASI

5111900-Defektologiya (Logopediya) yo’nalishi bo’yicha tayyorlangan




KURS ISHI 


Mavzu:
Logopedik amaliyotda qoʻllaniladigan logopedik massaj turlari
BAJARDI: Bahodirova Dilobar
ILMIY RAHBAR: Abdullayeva Gavhar Saparovna
MUNDARIJA

KIRISH…………………………………………………………………………..3-5


I BOB. LOGOPEDIK MASSAJ OʻTKAZISH METODIKASI


1.1 Bosh va boʻyin sohasida qoʻllaniladigan logopedik massaj turlari…………………………...6-10


1.2 Ogʻiz boʻshligʻida olib boriladigan logopedik massaj turlari……..…11-17


II BOB. Àa2LOGOPEDIK AMALIYOTDA QOʻLLANILADIGAN LOGOPEDIK MASSAJ TURLARI


2.1 Logopedik amalyotda qoʻllaniladigan oʻzini-oʻzi massaj qilish usullari………………...…………………………………………………………….18-21

2.2.Duduqlanuvchi va dizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedik massajlar …..................22-26


XULOSA………………………………………………………........................26-27


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………...28-29.


KIRISH
Massaj — odam a’zolari va to‘qimalarini maxsus usullar yordamida, ma’lum miqdorda mexanik va reflektor ta'sirlantirish majmuasidir. Massaj usullari maxsus tayyorgarlikdan o'tgan odamlar –massajchilar tomonidan maxsus apparatlar, asboblar yordamida bajariladi. Bunday ta’sirotlar bevosita havo muhiti orqali (gidro massaj) beriladi.
So‘nggi yillarda massajga bo‘lgan qiziqish o‘ta ortib bormoqda. Uning yoqimli ta'siriga kundan — kunga alohida ahamiyat berilmoqda. Massajning sog‘lomlashtirishga, chiniqtirishga, organizimini funksional imkoniyatlarini oshirish borasida, jismoniy mashqlarni umumiy ta’sirini yanada boyitish maqsadida ishlatilishi ma’lum.XIV-XV asrlarda massajning fiziologik asoslariga doir maqolalar paydo bo'la boshladi. Ambruaz Parerina o‘z ishlarida massajni anatomo-fiziologik nuqtayi nazardan asoslashga urinib ko‘rdi. U zamonaviy ma’lumotlarga asoslanib “massajning ta’sir qilish mexanizimi va nerv tizimining har hil bo‘limlaridagi o‘zaro ta’siri bilan chambarchas bog‘langan holda teridagi normal va o‘zgargan neyron jarayonlari orqali ichki a'zolami boshqarish fimksiyasini ta'minlaydi” — degan fikrga keldi. Buyuk fiziologik olimlar I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, N.E. Vvedenski, A.A Uxtomskiy, A D . Speranski, K.M. Bikov, Р.К. Anoxin ilmiy ishlar asosida nervizim nazariyasi yaratildi. Nervni boshqarishidagi ko'pgina masalalar markaziy nerv tizimi va ichki a’zolaming o'zaro faoliyati va aloqasi, somatik hamda vegetativ nerv tizimlari o‘rtasidagi sun’iy to‘siq bartaraf etildi, markaziy va olis nuqta o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar aniqlandi. Odam tanasidagi istalgan nuqta organizmning istalgan faoliyatiga, nerv tizimi orqali
“kuchli ta’sir” etish mumkunligi haqida AA. Bogomolets 1928-yilda yozgan edi. Hozirgi vaqtda proprioretseptorlaming (mushak-bo‘g‘im apparati retseptorlari) u yoki bu me’yorda, qonuniy reflektor ta’sirga bo‘ysunmaydigan birorta ham vegetativ ichki a’zolar faoliyatlari bo‘lmasligi ko‘p sonli tajribalar yordamida aniqlangan.

XXIII-XIX asrlarda massajnmg har xil kasalliklarni davolash xususiyatiga, barcha a’zolarga ta'sirini ilmiy asoslashga bag‘ishlangan ishlar paydo bo‘la boshladi.


Shu bilan bir qatorda, massajni tavsiya qilish ma’n etish muammolariga bag‘ishlangan masalalar yechila boshladi. XIX asrning oxiriga kelib massajni fiziologik jihatidan asoslash masalalariga qiziqish ortib bordi. Rossiyada I.Z. Zabludovskiy birinchi bo‘lib massajning sog‘lom odamlarga ta’sirini o‘rganda va massaj usullari (tasnifi) ni yaratdi.Zamonaviy fiziologiya fanining taraqqiyoti massajning umumiy ta'siri organizm uchun juda salmoqli ekanligini tasdiqladi.
Bu massaj jarayonidagi ta’sirotlar (impuls) teri, ichki va harakat organlaridan orqa va bosh miyaning har xil bo‘limlariga xususan, katta yarim sharlariga, o‘tkazuvchi nerv tolalari tizimini yuqoriga ko‘tariluvchi yoki sezuvchi aferent o‘tkazish yo‘llari orqali ta'sir ko‘rsatib, taalluqli a’zo va tizimlarida javob harakatlarini qo‘zg‘otadi
va kuchaytiradi. Massaj usullari ta’sirida hujayralarda joylashgan mexanoretseptorlar (mexanik ta'sirlarni sezuvchi nervlaming uchi) qo‘zg‘alishi natijasida paydo bo‘lgan mexanik energiya, maxsus nerv tolalarini faol holatiga оЙЬ keluvchi signallarga aylanib, nerv tolalari orqali nerv markazlariga axborot keltiradi. Mexanoretseptorlar butim tanada joylashgan bo‘ladi. Bular terida joylashgan ekstraretseptorlar (organizmni o‘rab turgan tashqi muhtdagi ta’surotlarni qabul Qiluvchi), interoretseptorlar (ichki a’zolardagi-yurak, tomirlar, taloq va h.k. ta’sirotlarini qabul qiluvchi) va proprioretseptorlar mushaklar, paylar, bo‘g‘imlar, suyaklar va boshqa joylardan ta’sirotlarni qabul qiluvchi nerv tolalarining uchidan iborat. Mexanoretseptorlarning tuzilishi turli-tumandir. Ular soch tolalari, spiral, tugunchalar va plastinkalar shaklida bo‘lishi mumkin. Ular orasida Pachchini tanachalari mukammalroq o‘rganilgan. Bu tanachalar yordamchi apparat bilan o‘ralgan nerv uchlaridan iborat bo‘lib, markaziy nerv tizimi bilan bog‘lovchi nerv tolalaridan tashkil topgan. Pachchini tanachalarining yordamchi apparati-kapsula, ko‘p sonli juda yupqa plastinkalardan iborat bo‘lib, plastinkalar orasida suyuqlik bo‘ladi. Mexanik ta’sirotlar kapsulalar holatini o‘zgartirib nerv tolalari uchini qo‘zg‘atadi. Kapsulaning pardasi cho‘ziladi, asosan Na+ ionlariga nisbatan o‘tkazuvchanligi oshadi, retseptor potenseallarini vu judga keltirib, o‘z navbatida, ion toklarini hosil qiladi. Ion toklari nerv tolalarini qo‘zg‘atadi demak, massaj ta’sirida paydo bo‘lgan mexanik energiya nervni qo‘zg‘atish energiyasiga ega.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish