Курс иши мавзу: “Коррупцияга қарши кураш механизмини такомиллаштириш йўллари”


Korrupsiyaning har bir sohada to’tgan o’rni va uning kelib chiqish sabablari



Download 201,92 Kb.
bet3/7
Sana20.07.2022
Hajmi201,92 Kb.
#828600
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Korruptsiyaga qarshi kurash mexanizmini takomillashtirish yo‘llari

2.Korrupsiyaning har bir sohada to’tgan o’rni va uning kelib chiqish sabablari.
Korrupsiya deganda, umumiy ma’noda, shaxsiy boylik orttirish va shaxsiy manfaati yo‘lida shaxsga ishonib topshirilgan lavozimini qasddan va noqonuniy suiiste’mol qilish tushuniladi. Korrupsiya boshqaruvning barcha darajalarida uchraydi: global, milliy va mahalliy. Barcha turdagi agentlar (jismoniy shaxslar, korxonalar, davlat xizmatchilari va siyosatchilar) korrupsiyaga ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda jalb qilinishi mumkin.
Korrupsiya turli shakllarga ega: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, mulkni o‘zlashtirish, fitna, hokimiyatni suiste’mol qilish, xushomadgo‘ylik, sovg‘a, qarindoshlik, homiylik va boshqalar.
Korrupsiyaning holatiga turli omillar: ijtimoiy va madaniy sharoit, institutsional va tashkiliy tuzilmalar, siyosiy muhit, shuningdek iqtisodiy va tarkibiy o‘zgarishlar siyosati ham ta’sir qiladi.
Yirik korrupsiya deganda, amaldagi davlat siyosatini yo‘qqa chiqaradigan, hukumat darajasida amalga oshiriladigan siyosiy va hukumat rahbarlariga xalq hisobidan manfaat ko‘rishga imkon beradigan harakatlar tushuniladi.
Mayda korrupsiya deganda, odatda kasalxonalar, maktablar, militsiya bo‘limlari va boshqa joylarda asosiy xizmatlardan foydalanishga uringan oddiy fuqarolar bilan aloqa qilishda hokimiyatning quyi va o‘rta bo‘g‘inlari mansabdor shaxslarining kundalik ishonchli vakolatlarini suiiste’mol qilishlari tushuniladi.
Siyosiy sohada korrupsiya demokratik tamoyillarga o‘tish jarayonini to‘xtatadi, siyosiy maqsadlarni umummilliy rivojlanish maqsadlariga emas ayrim guruhlarning maqsadlariga tobe qiladi, qonun ustuvorligini buzilishiga, siyosiy va sud institutlari faoliyatining samarasi tushishiga, mamlakat obro‘sining tushishiga va haqiqiy siyosiy raqobatning yo‘qolishiga olib keladi, shu bilan hokimiyatga ishonch susayadi, uni jamiyatdan uzoqlashtiradi.
Iqtisodiy sohada korrupsiya davlat mablag‘lari va resurslarining samarasiz taqsimlanishi va sarflanishiga, biznesni yuritishda ko‘p vaqt va moddiy xarajatlarga, moliyaviy va tijorat xavflarining o‘sishiga, narxlarning o‘sishiga, raqobat muhitining yomonlashishiga, xufiyona iqtisodiyotning o‘sishiga, soliq tushumlarining kamayishiga, investitsion muhitning yomonlashishiga, investitsiyalarning kamayishi va umuman mamlakat iqtisodiyoti samaradorligining pasayishiga olib keladi.
Ijtimoiy sohada korrupsiya ijtimoiy tengsizlik va qashshoqlikning kuchayishi, hokimiyatning byudjet sohasiga zarar yetkazuvchi “zarbalar” (“otkat”)lar tufayli ijtimoiy muammolarni yechishga qodir bo‘lmay qolishi, uyushgan jinoyatchilikning kuchayishi va jamoatchilik ko‘z o‘ngida qonunning obro‘sizlanishiga olib keladi. Bu axloqiy me’yorlar mohiyatining yo‘qolishiga va ijtimoiy keskinlikning o‘sishiga sabab bo‘ladi.
Korrupsiyani o‘lchash rasmiy muomaladan resurslarni chiqib ketishi va davlat boshqaruvidagi muammoli sohalarni aniqlashga yordam beradi. Davlat xazinasidan yo‘qotilgan pul miqdorini hisoblash bilan bir qatorda, korrupsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat va jamoat institutlarining alohida e’tiborini talab qiladigan qonunchilik tizimining sifati, qonunlarga muayyan sohalarda amal qilinishi, davlat siyosatining samaradorligi kabi davlat boshqaruvining muammoli sohalari haqida xabar beradi.
Korrupsiya to‘g‘risida nisbatan aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish tufayli hukumat davlat xizmatlarini taqdim etishdagi tengsizlik, qashshoqlik va izolyasiya, shuningdek, pul olib chiqish (otmivaniye), soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va poraxo‘rlikka yo‘l ochib beradigan moliyalash tizimidagi bo‘shliqlar (lazeykalar) kabi qator masalalarni hal qilish uchun samaraliroq siyosat va tartibga solish vositalarini ishlab chiqishi mumkin.
Bugungi kunda dunyoda korrupsiya darajasini o‘lchashning beshta asosiy usuli qo‘llaniladi. Ularning barchasining afzalliklari ham, kamchiliklari ham mavjud. Zero, korrupsiya to‘g‘risida aniq ma’lumot olish juda qiyin, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi barcha shaxslar ko‘p hollarda kimligi ochiqlanishini xohlamaydilar.
Korrupsiyani bevosita kuzatish ham korrupsiyani baholash usullaridan biri sifatida qo‘llaniladi. Masalan, Indoneziyada to‘qqiz oy davomida tadqiqotchilar yuk mashinalari haydovchilarini kiyimini kiyib, odatiy yo‘nalishlar bo‘ylab yuk mashinalari haydovchilarini kuzatib borishgan va yuk mashinalari haydovchilari politsiya nazorat punktida to‘xtaganlarida qancha to‘lashganini qayd etib borishgan. 300 tadan ortiq sayohatlar davomida ular 6000 dan ortiq noqonuniy to‘lovlarni kuzatishgan. Natijada, noqonuniy to‘lovlar umumiy sayohat xarajatlarining 13 foizini tashkil etganligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu usulning noqulayligi tegishli tadqiqotlarni o‘tkazish uchun ko‘p vaqt va moliyaviy xarajatlarni talab qilishidadir.
Korrupsiyani ajratish bo‘yicha baholash hisobot nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladigan hisobot xarajatlari va amalda ishlatilgan xarajatlarni taqqoslashni o‘z ichiga oladi. Ushbu usulning kamchiliklari shundaki, inspeksiya organlari xodimlarining o‘zi pora olishga va o‘g‘irlikni yashirishga moyil bo‘lishi mumkin.
Eng avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashishni oiladan boshlash darkor. Bu borada ayollarning roli katta, deb hisoblaymiz. Agar oʻgʻrilik yoki pora hisobiga kelgan luqmaning tag-ildizini ayollarimiz surishtirib bilsa, ochiq fikrini aytolsa, erlar halol rizqni izlashga tushib, ishi va oilasida fayz-baraka, sokinlik hamda xotirjamlik qaror topishi, shubhasiz.
Korrupsiya — tamagirlikning yuqori nuqtasi. Unga qarshi kurashish uchun amaldorlardan siyosiy iroda talab qilinadi. Ushbu vaziyatdan chiqish usuli shuki, avvalo, davlat byurokratik apparati hajmi imkon qadar kamayishi, fuqarolarning shaxsiy hayotiga va iqtisodiy faoliyatiga davlatning minimal aralashuvi, monopoliyaga barham berilishi lozim.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish. Boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham davlat har doim ham aholiga zaruriy xizmatlarni, shu jumladan tibbiy va ta’lim xizmatlarini yetarli darajada sifatli taqdim eta olmaydi. Shu munosabat bilan, shifoxonalarda, eng yaxshi maktablarda, institutlarda va hokazolarda cheklangan joylar uchun odamlar o‘rtasida raqobat mavjud bo‘lib, bu muassasalarda korrupsiya paydo bo‘ladi.

Download 201,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish