Bog'liq Kurs ishi mavzu Kichkina shahzoda asarida mavzu va g\'oya-fayllar.org
I I. Bob
Antuan de Sent-Ekzyuperining «Kichik shahzoda» ertagi
2.1. «Kichik shahzoda» ertagining janrlik xususiyatlari Bolalar uchun yozilgan ertak, keng ommaning mutloq shoirona muhiti, ramzlarga tula obrazlar tarkibi bilan diqqat e'tiborini tortdi. Chunki, ushbu ertak bolalarga bag'ishlangani bilan ko'nglida bola bo'lib qolgan kattalarga ham birdek qadirli bo'lib qoldi. Ertak muallifning chizgan rasmlari sababli hamtez mashhur bo'lib ketadi.
1943 yili nashr etilgan bolalar kitobi - bu bolalar qalbining mardligi va donoligi, bolalarga hos bo'lmagan, ya'ni hayot va o'lim, muhabbat va javobgarlik, do'stlik va vafodorlik kabi tushunchalar haqida .5 «Kichik shahzoda» Sent-Ekzyuperining eng yaxshi deyish nojoyiz bo'lsa, eng taniqli asaridir. Ko'pincha ushbu asar haqidagi mulohazalar va asosiy xulosalardan kelib chiqib asar muallifiga baho berishadi, ba'zi hollarda esa uni ertak bosh qahromoniga qiyoslashadi. Buning barchasi haqiqatdan yiroq albatta.
Asar juda bosh tilda yaratilgan. Muallif ko'plab aroyib va takrorlanmas adabiy usullarni qo'llagan..
Asarning soddaligi - bu bolalarga xos haqiqatgoylik va aniqliqdir. Ekzyuperi asari tili hayot, dunyo va albatta bolalik haqidagi ko'plab hayollarga va o'ylarga boy. Sent-Ekzyuperining yozish uslubiyam o'ziga xos sehirli - bu uning obrazlardan umumiyliklarga, masaldan odob ahloqiy fikrlarga o'tishida yaqqol ko'zga tashlanadi. Dunyoni Ekzyuperi kabi ko'rish uchun ilohiy yozuvchilik sit'edodi va mahorati zarur.
Ertak tili tabiiy va ta'sirli. Ushbu ertakda oddiy tushunchalar kutilmaganda yangicha takrorlanmas ma'no kasb etadi. Undagi metaforalar yangi hamda juda yangi bo'lib, muallif ularni so'zlarning parodoksal birikmalaridan foydalangan. Bu kabi iboralarni kundalik turmushimizdagi so'zlashuvlarda uchratishimiz qiyin. 6 Bu asnoda fikrlarni bayon qilishning o'ziga hos siri bor, chunki eski qadimiy haqiqat yangicha talqin topadi va kitobhonlarni o'ylantiruvchi hususiyatka ega ularning asil mohiyatini ochib beradi.
Hikoya qilish usuli qator farqlarga ega. bu birinchidan eski qadirdonlarning o'ziga hos so'zlashuvi – muallif kitobhonga shunday murojaat qiladi. Shuning uchun unga behosta ishonasiz, uni hech qachon aldamasligiga ishonasiz. Yahshilikka va aql idrokga, tez orada er yuzida hamma narsa o'zgarishiga ishonadigan muallifning ishtiroki doyimo sezilib turadi. Hikoya qilish usulining o'ziga hos musiqaviyligiga ham e'tibor berish zarur. Tushkin va sokin, o'ychang hamda engil hazildan jiddiy o'ylarga o'tish, muallif tomonidan huddi akvarelь buyoqlarida chizgandek yarim yorug' va engil ranglarda tasvirlash ushbu asarning ajralmas bir qismi.7 Ekzyuperini o'qir ekanmiz, biz o'z fikrlashimiz doirasini o'zgartiramiz, ya'ni yanada oddiy va soddaroq ko'z tashlaymiz atrofga. U ko'z o'ngimizdagi haqiqatlarga nazar tashlashga o'rgatadi: yulduzlarni bankada yashirib bo'lmaydi i ularni qayta va qayta sanashdan ma'no yo'q, sen javobgar bo'lganlarni asrash lozim va o'z yuragingga quloq solish kerak. Bularning barchasi juda oddiy shu bilan birga juda murakkab.
Kichik shahzoda obrazi avtobiografik bo'lib, shu bilan bir qatorda katta yoshli muallif-uchuvchiga ham hech bir aloqasi yo'q ga o'hshaydi. U kamba]g'allashib qolgan zodogonlar urug'idan bo'lmish bolakayni, u kichkinaligida sariq sochlari uchun “quyosh qiroli” deb, katta bo'lgach kollejda esa o'zoq vaqt yulduzlarga telmurgani uchun “Oy inson” deya chaqirishkan o'zidagi kichik Tonini sog'inish hisidan yaralgan. 8 Bolalarning ongiga oddiy haqiqatni etkazishda aql nasihat qilish aksincha teskari natija berishi mumkinligini inobatga olgan muallif ertak usulida hikoya qilishni tanlaydi. Ushbu maqsadini amalga oshirishda Sent-Ekzyuperi ertakning ajoyib turi bo'lmish masal-ertak turini tanlaydi. Aslini olganda ushbu ertakda oddiy so'zlashuvda va hikoyada yashiringan ma'noni har bir inson tez ilg'ay oladi.Ammo lekin muallif ertak janridan foydalansa, bu usul asarni soddalashtirib qo'yadi degani emas. Ekzyuperi asaridagi oddiylik uning soddalashtirilgani emas, balki aksncha sodda so'zlarda murakkabliklarning tuzulishidir. qolaversa asar barchaga birdek tushunarli bo'lishi ham kerak edi.
Agar mashhur, ya'ni «kattalar - bu o'l qaygan bolalar» iborasidan kelib chiqsak, unda Ekzyuperi o'z hayotidan, bolaligidan keltirilgan parchalarni asar bilan bog'lar ekan, uning o'zi aytkanidek u bolalar olamidan. Shunday ekan «kichik shahzoda» asaridagi butun pafosni bitta formulada, ya'ni «o'zingizda bolalikni saqlang» iborasida keltirish mumkin. 9 Asarda bosh qahramon cheksiz yolglizlikda. Bu ramziy ma'noda shuni tushunish mumkinki, insonlar bir birini tushunmasligi, seva olmasligi va haqiqiy do'st bo'la olmasligi tufayli bir umr yol?izdirlar. Ular hattoki o'zyuraklarini eshitishmaydi. Ularning asosiy fojiyai shundaki, ular Shah bo'lishga intilishmayapti. «Jiddiy odamlar» o'zlari xos'rgan sun'iy dunyoda bosh?alardan chegaralanib yashashadi. Ular o'zlarining sayoralarida yashab fa?at uni haqiqiydeb bilishadi va hech qachonhaqiqiy his tuygularni anglay olishmaydi.
Chuqur umumiyliklarga bo'lgan ehtiyoj Sent-Ekzyuperini masal janriga murojaat etishka undadi. Ushbu janrga aniq bir tarihiy davriy mazmun xoss emasligi, uni didaktik jihatdan shartliligi muallifga o'z qarashlarini va o'z zamoniga oid muammolarni tasvirlash imkonini berdi. Masal janri Sent-Ekzyuperiga insoniyat borlig'iga nazar tashlashga ko'maklashdi.10Masal hoyalarini tadbiq etish uchun o'ziga hos kompoziciyadan foydalanilgan. Parabola - odatiy masal janining asosiy tarkibiy komponenti. «Kichik shahzoda» asari ham bundan mustasno emas. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, voqeyalar aniq joyda va aniq vaqtda yuz beradi. Syujet quyidagicha rivojlanadi: harakat egri yo'nalishda harakatlanishni davom ettiradi va o'zining eng qizg’in chuqqisiga etkanida boshlang’ich nuqtasiga qaytadi. Bu kabi syujet yaratish usuli, ya'ni o'zinig boshlang’ich nuqtasiga qaytish usuli yangicha falsafiy ahloqiy mazmuniga erishadi. Masalaning echimini yangi nuqtada topish mumkin. 11 Sent-Ekzyuperining asaridagi “kattalar”ning asosiy fojiyali muammosi moddiy boylik deb ular o'zlaridagi bor insoniylikni yo'xostishida va bir umr mazmunsiz hayot kechirishidadir.