Kurs ishi mavzu: Davlat byudjetini shakllantirishda mol-mulk solig`i va resurs to`lovlarining ahamiyati Bajardi: Jo`rayev Orzumurod Ilmiy rahbar


Ushbu davr (2019- 2020 y.) mobaynida bu turdagi soliqlar bo‘yicha tushumlar quyidagilar hisobiga ta’minlandi



Download 160,63 Kb.
bet6/7
Sana12.01.2022
Hajmi160,63 Kb.
#338727
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jurayev O

Ushbu davr (2019- 2020 y.) mobaynida bu turdagi soliqlar bo‘yicha tushumlar quyidagilar hisobiga ta’minlandi:

– yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini (2019 yilda 1,2 va 2020 yilda 1,15 barobarga) indeksatsiya qilish;

– 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab sanoat korxonalari (3 barobar) va avtotransport vositalarini yuvishga ixtisoslashgan korxonalar (10 barobar) hamda 2020 yil 1 yanvardan esa pivo va vinodan tashqari (60 barobar) alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ularni ishlab chiqarish uchun ishlatilgan suv hajmi bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining oshishi;

– 2019 yil 1 yanvardan 1 mlrd. so‘mgacha aylanmaga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik sub’yektlariga, yuridik shaxslarni inobatga olgan holda mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovining majburiy qilinishi va 2020 yil 1 yanvardan bozorlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek gastrol-konsert faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning ushbu soliqlarni to‘lovchilar jumlasiga kiritilishi;

– 2020 yil 1 yanvardan qayta baholangan (bozor) qiymatidan kelib chiqib hisoblab chiqariladigan mol-mulk solig‘iga butkul amortizatsiya qilingan binolarni soliqqa tortishga jalb qilish;

– 2020 yil 1 apreldan, avval soliq imtiyozlari berilgan ob’yektlarga nisbatan yer solig‘i stavkasiga pasaytiruvchi koeffitsiyent va mol-mulk solig‘i bo‘yicha kamaytiruvchi stavka kiritilishi. Ushbu turdagi ob’yektlarga umumfoydalanishdagi temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan ko‘chmas mulk va boshqa ob’yektlar kiradi.

Yuqorida keltirilgan chora-tadbirlar tabiiy resurslar va ko‘chmas mulk ob’yektlaridan samarali va oqilona foydalanish, shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarning to‘liq hisobini yuritish maqsadida kiritilgan.

2019 yil 1 yanvardan yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasi 5 foizdan 2 foizgacha pasaytirildi va ushbu stavkaning pasaytirilishi tushumning deyarli 2 barobarga, ya’ni 1,9 trln. so‘mdan 1 trln. so‘mgacha kamayishi taxmin qilingan. Mol-mulk solig‘ini to‘lovchilarga barcha tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilish hisobiga ushbu yilda soliq bazasini oshirish natijasida (soliq to‘lovchilar soni 6 barobarga ko‘payib, 58 334 tani tashkil etdi) 2019 yilda ushbu soliq bo‘yicha daromadlar 1,6 trln. so‘mni tashkil etdi. Bunda 2019 yilda yangi soliq to‘lovchilardan (50 ming korxona atrofida) tushumlar deyarli 629 mlrd. so‘m yoki umumiy tushumning uchdan birini tashkil etdi.

Yuridik shaxslar olinadigan yer solig‘i to‘lovchilar soni 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 5,4 barobarga ko‘payib, 70 046 korxonani, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha esa – 16,3 barobarga ko‘payib, 56 024 korxonani tashkil etdi. Mos ravishda, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘lovchilar doirasi kengaytirilishi hisobiga 2019 yilda tushum 298,4 mlrd. so‘mga (ma’lumot uchun: soliq solinadigan yer maydonlari 388,6 ming ga.ga oshdi va 888,6 ming ga.ni tashkil etdi), suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha esa – 33,5 mlrd. so‘mga oshdi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 2,4 barobarga ko‘payib, 136 366 korxonani tashkil etdi. Ushbu o‘sish 80 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining yillik aylanmasidan (tushum) qat’iy nazar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisobga olgan holda umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tganligi va ular uchun yagona yer solig‘ini bekor qilingani (2020 yil 1 yanvardan) bilan bog‘liq. Mos ravishda, 2020 yil uchun soliq to‘lovchilar doirasi kengaytirilishi hisobiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumi 123 mlrd. so‘mga ko‘paydi. Ma’lumot uchun: 2020 yil 1 yanvargacha qishloq xo‘jaligi korxonalari barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘rniga yagona yer solig‘i to‘laganlar. Bunda, 2020 yilda yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i 2019 yilga nisbatan 312,9 mlrd. so‘mga, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha esa – 103,0 mlrd. so‘mga qisqardi.

Mol-mulk va yer solig‘ining kamayishining asosiy sabablari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlik sub’yektlariga qator soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilgani hisobiga to‘g‘ri keladi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-sonli hamda 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-sonli Farmonlarida nazarda tutilgan, tadbirkorlik sub’yektlariga ushbu soliqlarni to‘lash bo‘yicha soddalashtirilgan tartib talablarida foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash);

– kichik tadbirkorlik sub’yektlarining soliqlar bo‘yicha foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berilgan, 2020 yil aprel va may oylarida to‘lashi lozim bo‘lgan ushbu turdagi soliq summalari hisobdan chiqarildi;

– alohida tadbirkorlik sub’yektlariga 2020 yilning oxiriga qadar ushbu turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod qilindi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha tushum 2020 yilda 73,1 mlrd. so‘mga qisqarib, 733,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2018 yil bilan solishtirganda esa, 25,1 mlrd. so‘mga ko‘paydi. 2018 yildan boshlab jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan mulk ob’yektlariga kadastr qiymatidan (2018 yildan boshlab inventar qiymatdan bekor qilindi) kelib chiqib soliq solishga o‘tildi. Ushbu chora ko‘chmas mulk ob’yektlariga soliq bazasi sezilarli oshirilishiga imkon berdi. Shunga asosan soliq solish maqsadida ko‘chmas mulk ob’yektlari qiymati 46,6 trln. so‘mdan 293,6 trln. so‘mga ko‘paydi. Shu bilan birga ushbu davrda soliq stavkalari 1,7 dan 0,2 foizgacha (8,5 baravar) kamaytirildi. Bunda, soliq yukining keskin o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, 2018 yilda va undan keyingi (2019-2020) yillarda chegara belgilangan bo‘lib, joriy yil uchun 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan soliq summasi avvalgi yilda hisoblangan soliq summasidan oshmasligi lozim. Shunga asosan 2018 yilda 2017 yil uchun hisoblangan soliq summasidan 1,2 barobardan, 2019 yilda – 1,3 barobardan va 2020 yilda – 1,3 barobardan ko‘p oshishi mumkin emas.

Xulosa
Davlatning barqaror kuchli iqtisodiy-ijtimoiy siyosat olib borganligi yoki nufuzi bir nechta omillar jumladan, uning jamiyat ishtirokchilari, ya'ni xalqining moddiy va ma'naviy to'liq ta'minlanganligi, ijtimoiy himoyalanganligi, xususiy sektor salmog'ining yuqoriligi, iqtisodiyotda xususiy mulkka egalik huquqining yuqori ko'rsatkichi, iqtisodiyotni erkinlashtirilganligi hamda birga barcha sohalar adolatli huquqiy himoyalanganligidan nishonadir. Soliq siyosati to'g'ri olib borilishi natijasida Davlat va mahalliy byudjetlar etarli darajada moliyaviy manbaga ega bo'ladi, bu esa mamlakat milliy iqtisodiyotining hamma sohalarida foydalanish imkoniyatini yaratadi, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshishiga sabab bo'ladi. Jismoniy shaxslarga beriladigan beriladigan imtiyozlar eng avvalo hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muammolarni echishga ijobiy yordam berishi kerak. Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig'i bo'yicha imtiyozlarni berilishi mahalliy byudjetlarning daromadlarini shakllantirishda daromadlarni tushishi kamayishiga olib keladi. Mahalliy byudjetlar daromadlarini ko'payishi o'z navbatida soliq to'lovchilarning moliyaviy ahvolini yaxshilanishi hamda yuzaga kelgan muammolarni echilishi bilan bog'liqdir.

soliqlar davlatchilikning yuzaga kelishi jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lib, davlat o’zining oldiga qo’yilgan iqtisodiy funktsiyalarining mazmuniga bog’liq bo’lib, davlat o’zining oldiga qo’yilgan iqtisodiy funktsiyalarining mazmuniga bog’liq ravishda soliqlarning universalligi oshib boradi. Davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan soliqlarni undirish mexanizmini joriy eta borish va uning samarasini ta’minlash soliqlarni turli xil guruhlarga bo’linishining ilmiy asoslari hisoblanadi;



  • soliqlar huquqiy ong, iqtisodiy taraqqiyot va nazorat tizimlarining yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lib, ular davlatning g’aznasining daromadlari tarkibida yuqori salmoqli va hukmron mavqeini egallaydilar;

  • tabiiy resurslar kishilik jamiyati taraqqiyotining har bir davrida hayot boyligining moddiy asosi sifatida muhim o’rin egallab kelgan. Tabiiy resurslarning cheklanganligi ularni takror ishlab chiqarish va sifat holatini yaxshilash uchun tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni rag’batlantirish va tartibga solish zaruratini namoyon etadi;

  • tabiiy resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm elementlarining eng muhimi - bu albatta soliqqa tortishdir. Jahon amaliyotida tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan soliqlar tartibga soluvchi va moliyalashtiruvchi soliqlarga bo’linadi;

  • tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq soliqlarning joriy etilishi fiskal ahamiyat kasb etishi bilan birgalikda, resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlovchi iqtisodiy mexanizm sifatida ham muhim ahamiyatga ega;

  • tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlarni joriy etishning zarurati ularning cheklanganligi va qayta tiklanmasligi bilan ifodalanadi. Shuning uchun bizning fikrimizcha, qaysi turdagi resurslar cheklanganligi va qayta tiklanmasligini hisobga olgan holda ulardan foydalanganlik uchun to’lovlar belgilashda qulay investitsion muhitni yaratishda ishlab chiqarish tannarxi va me’yoriy foydani o’z ichiga olgan tabiiy resurslar bahosi asos qilib olinishi lozim;

  • tabiiy resurs soliqlarining nazariy jihatlarini o’rganish jarayonida guvohi bo’ldikki, ularning joriy etilishi natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishini, atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga erishish mumkinligi borasida umumiy xulosa chiqarish mumkin.



Download 160,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish