Kurs ishi mavzu: Davlat byudjetini shakllantirishda mol-mulk solig`i va resurs to`lovlarining ahamiyati Bajardi: Jo`rayev Orzumurod Ilmiy rahbar


Davlat byudjetini shakllantirishda mol-mulk solig`ining o`rni va ahamiyati



Download 160,63 Kb.
bet2/7
Sana12.01.2022
Hajmi160,63 Kb.
#338727
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jurayev O

Davlat byudjetini shakllantirishda mol-mulk solig`ining o`rni va ahamiyati

Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti shundan dalolat beradiki, mol-mulk solig'ini vujudga kelishi va rivojlanishi butun tarixi mobaynida uning vaqt chegaralari bilan emas, balki ushbu soliqlarning ahamiyati bilan belgilanuvchi davrlarga shartli ravishda bo'lish mumkin. Uzoq vaqt nazariyasiga qo'ra soliqlar uch manbadan: yer daromadidan, sarmoya daromadidan va mexnat daromadidan olingan deb hisoblab kelingan. Soliqlar ham o'z o'rnida daromadlarning shu uchta manbaiga qo'ra soliqlar ya'ni yer, sarmoya va ish haqi daromadlaridan olinadigan soliqlarga bo'lingan. Mol-mulklar (ayniqsa uning ko'chmas qismini) soliqqa tortish vaziyatli to'lov undirish vositasi sifatida namayon bo'lib, muayyan mulkka egalikning o'zi ushbu mulkdan foydalanishga asoslangan faoliyatdan daromad olish uchun muntazam va o'ta qulay shart-sharoitlarni tashkil qilgan. Tabiiyki, avvalgi jami mol-mulk majmuiga solinadigan soliq mohiyatan yer solig'idan iborat bo'lgan. Bu hol yer va dehqonchilik vositalari, xo'jalik yuritish darajasining ko'rsatkichi sifatida asosiy boylik sanalib, bu xo'jalik faravonligini darajasini belgilaganlar. Amir Temur davridagi soliq tizimida ham yer va mulk soliqlari mavjud bo'lganligini aloxida ta'kidlab o'tishimiz mumkin. Aynan shu vaqtda xiroj, molu jixot, qo'nalga, boj, peshkash, savazi va shilon kabi soliqlar amal qilgan bo'lib, bulardan “Xiroj”-asosiy soliq bo'lib, bu yerning sharoitiga va yer egasining jamiyatda tutgan ijtimoiy-siyosiy mavqeiga qarab olingan va hosilning 1/10, 1/4 8 yoki 1/3 qismini tashkil etgan bo'lsa, “molu-jihot” solig'i (arabcha “mol”-daromad va “jihot”-sabab)-umumiy soliq, u pul yoki natura shaklida to'langan2 . Bu hozirgi vaqtga kelib, mol-mulk solig'ining asosiy muammosi soliqqa tortish obektini aniqlashdan iboratdir. Ya'ni, bular “Mol-mulk” tushunchasi o'z ichiga nimalarni olishi kerak, uning umumiy yoki to'liq majmui soliqqa tortilishi shartmi, mol-mulkning barcha turlari uchun yagona me'yorlar qo'llanishi to'g'rimi, degan masalalar mavjud. Mol-mulk bir yuridik va jismoniy shaxslarning ma'lum bir davrga ega bo'lgan ma'lum boyliklarga daxldor barcha iqtisodiy qiymatliklarning puldagi ifodasi tushuniladi. Mulk deganda bu unumli va unumsiz iste'mol buyumlarini odamlar tomonidan o'zlashtirishning belgilangan ijtimoiy usulini tushunishimiz mumkin. Soliqqa tortish maqsadida umumqabul qilingan mulk ikki guruhga ya'ni ko'char va ko'chmas mulklarga bo'lib o'rganiladi. Ko'chmas mol-mulkga yer maydonlari, ularga qad rostlagan imoratlar, binolar va boshqa muhim inshoatlar kiradi. Shundan kelib chiqib, Mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish hududlarda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig'ini doimiy va bir maromda to'liq undirilishi bilan bog'liq holda mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni daromadlarini oshishidan manfaatdorligi bilan bevosita bog'liqdir. Respublika byudjetga tushish nuqtai-nazardan soliqlar, umudavlat va mahalliy soliqlarga bo'linadi. Umumdavlat soliqlari asosan bu respublika byudjetiga kelib tushadigan soliqlar bo'lib, ular asosan umumdavlat makeidagi vazifalarni bajarish moliyaviy resursi sifatida xizmat qiladi. Biroq, bu soliqlarning barchasi ham davlat yoki respublika byudjetida qoldirilmaydi, ya'ni ularning ayrimlaridan muayyan qismi hududlarni sotsial-iqtisodiy rivojlangan darajasi va holatidan kelib chiqib mahalliy hokimiyatlarning ixtiyoriga qoldiriladi.

Har qanday mahalliy hudud o'z mahalliy byudjetini o'zidagi mavjud mahalliy soliqlar va yig'imlar evaziga to'liq shakllantira olsa, bu hudud iqtisodiyijtimoiy jihatdan boshqa hududlarga nisbatan ancha tez rivojlanadi. Buning uchun esa byudjet daromadlarnining asosi bo'lmish mahalliy soliqlarning ob'ektlari o'z vaqtida soliq xizmati idoralari hodimlari tomonidan hisobga olinishi, ular hisobi tashkil qilinishi, soliqlar muddatida hisoblanib, soliq to'lovchilarga to'lov xabarnomalari o'z vaqtida undirilishini nazorat qilib turishlari lozim bo'ladi. Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig'ini joriy etilishi, uni undirilishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirish bo'lsa, ikkinchidan jismoniy shaxslarni o'z tasarrufidagi, egaligidagi, foydalanishdagi mol-mulklaridan samarali foydalanishga undashdan iborat. Hozirgi kunda esa mol-mulk solig'i O'zbekiston Respublikasida 2008 yil 1 yanvardan amal qilayotgan yangi Soliq kodeksi asosida muvofiq undirilmoqda. Xususan, soliq kodeksining 48 bobi jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlarga bag'ishlangan hisoblanadi. Soliq kodeksiga muvofiq: Soliq to'lovchilar bu - Mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo'lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo'jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to'lovchilaridir. Agar ko'chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo'lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo'lsa, o'sha shaxs soliq to'lovchidir4 . Jismoniy shaxslarni mol-mulkiga soliq solish ob'ekti bo'lib esa, O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish ob'ektidir. Jismoniy shaxslarning mol-mulkidan olinadigan solig'ini joriy etilishi uni undirilishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirish bo'lsa, ikkinchidan jismoniy shaxslarni o'z tasarrufidagi, egaligidagi, foydalanishdagi mol-mulklaridan samarali foydalanishga undashdan iborat. Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil bo'lishini talab qiladi, chunki tovar muayyan mulk ob'ekti bo'lgandagina oldi-sotdi qilinadi. O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida ham: "Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi" - deb ta'kidlanadi. Xususiy mulkka asoslangan ko'p ukladli bozor iqtisodiyotining qaror topishi va rivojlanish jarayonida turli mulk shakllaridagi institutlarning faol rivojlanish va tadbirkorlik faoliyatining kengaytirilishi, korxona va tashkilotlarni xususiylashtirish, ularni aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirish real mulk shaklidagi turli mulkdorlar sonini o'sishiga olib keldi. Shundan kelib chiqqan holda mulkchilik munosabatlarida amalga oshirilayotgan turli o'zgarishlar, ya'ni turli xil shakldagi mol-mulklar ham jismoniy shaxslarning tasarrufida bo'lishi mumkin. Bu xususida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida "Har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli" hamda "Bozor munosabatlarini ivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasining negizini xilma xil shaklllardagi mulklar tashkil etadi" deb ko'rsatilgan.

Tabiiy resurs soliqlarining iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan holda yondoshganda, ularni joriy etishdan maqsad tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni rag’batlantirish. Shuningdek, davlat budjetiga moliyaviy resurslar jalb etish, bu jarayonda birinchi navbatda, budjetdan tabiiy resurslarni, atrof- muhitni muhofaza qilish va ular sifat holatini yaxshilashga qaratilgan xarajatlarni moliyalashtirishdan iboratdir. Shundan kelib chiqqan holda, tabiiy resurs soliqlari bir qator vazifalarni bajaradi.

Tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashda mamlakat soliq siyosati muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ko’plab mamlakatlar tajribasi o’zining muayyan ekologik samaradorligini ko’rsatayotganligini hisobga olgan holda, tabiiy resurs soliqlari bajaradigan vazifalar borasida ham turli fikrlar mavjudligini e’tirof etish lozim. Xususan, tabiiy resurs soliqlari ekologik soliqlar sifatida amal qilish jarayonida ikki vazifani:


  • birinchidan, tabiiy resurslar bahosiga ta’sir etish orqali, ulardan samarali va oqilona foydalanishni rag’batlantirish;

  • ikkinchidan, jamiyatga etkazilgan ekologik zararlar butun jamiyat hisobidan emas, balki jamiyatga zarar etkazuvchilar tomonidan kompensatsiya qilinishi lozimligi ta’kidlanadi12.

Ushbu fikrlardan ko’rishimiz mumkinki, bu yerda tabiiy resurs soliqlari bajarishi lozim bo’lgan vazifalarga odilona, bozor qonun-qoidalari asosida yondashilib, ularning tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish vazifasi va fiskal vazifasi e’tirof etilgan.

Tabiiy resurs soliqlari bajaradigan vazifalar borasidagi fikrlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, so’nggi paytlarda tabiiy resurs soliqlarini davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatini oshirishga asosiy e’tibor qaratilmokda. Xususan, professor T.Malikovning qayd etishiga ko’ra, soliq tizimining zamonaviy kontseptsiyalarida tabiiy resurs soliqlari davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy maydonga chiqadi. “... foyda yoki daromaddan olinadigan soliqni keskin kamaytirish yoki ularni umuman bekor qilish, bu soliqlarni mol-mulkdan, yerdan va resurslardan olinadigan soliqlar va to’lovlar bilan almashtirish” yoki “... qo’shilgan qiymat solig’ini keskin kamaytirish, foyda solig’ini pasaytirish va ularni tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun olinadigan renta to’lovlari bilan almashtirish, sanoatni qazib chiqaruvchi tarmoqlarini yuqori darajada soliqqa tortish”13 masalalariga e’tibor qaratilmokda.

Keltirilgan jahon soliq tizimi kontseptsiyalarida tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlarga davlat budjeti manfaatlari nuqtai-nazaridan ahamiyat berilayotganligini alohida ta’kidlash o’rinli. Tabiiy resurs soliqlari vazifalarini yoritishda shunga ahamiyat qaratish lozimki, ushbu soliqlar miqdori va undirish mexanizmi qanday bo’lganida yuqoridagi vazifalarni to’liq bajaradi mazmunidagi savolga javob topish lozim. Davlat tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan foydalanganliklari uchun maxsus soliqlar joriy etilar ekan, bu bilan bevosita asosiy maqsadga to’g’ridan-to’g’ri erishib bo’lmaydi. Ushbu jarayonda davlat maxsus soliqlar joriy etish orqali faqatgina bahoga birlamchi ta’sir ko’rsatadi xolos. Maxsus soliqlarni xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligiga ta’siri esa bozor mexanizmi, ya’ni ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasida mahsulotning ekologik samaradorligiga bo’lgan talab va taklif qonuni asosida amalga oshadi.

Haqiqatdan ham davlat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishini tartibga solish va rag’batlantirishning bozor mexanizmida ular faoliyatiga bevosita aralashmasdan, maxsus bozor qonun- qoidalari asosida ta’sir ko’rsatadi. Bu jarayonda tabiiy resurs soliqlarining xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan foydalanishida nafaqat maxsus soliqlar, shuning bilan birgalikda bozor mexanizmining boshka elementlari ham faol ta’sir ko’rsatadi. Tovarga bo’lgan talab va taklifning egiluvchanligi yoki noegiluvchanligi ana shunday ta’sir etuvchi bozor mexanizmlaridan biridir.

Tabiiy resurs soliqlarining ikkinchi asosiy fiskal vazifasining darajasi esa har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, geografik joylashuvi (tabiiy resurslar zahirasi), mamlakatda amalga oshirilayotgan ekologik siyosatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Tabiiy resurs soliqlarining vazifalarini o’rganish jarayonida shunga guvoh bo’ldikki, respublikamiz iqtisodchilari va iqtisodchi olimlari tomonidan bildirilgan fikrlarda tabiiy resurs soliqlarining davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatini oshirish lozimligi ko’p bora ta’kidlangan bo’lsa-da, ularning chegarasi borasidagi fikrlar uchramaydi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, hozirgi paytda tabiiy resurs soliqlarining davlat budjetini daromadlar bilan ta’minlashdagi ahamiyati etarli emas.

Respublikamizda amalga oshirilgan va davom etayotgan soliq tizimini shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan islohotlar jarayonida tabiiy resurs soliqlariga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Hozirgi paytga kelib tabiiy resurs soliqlari respublika soliq tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Shunga qaramasdan, jahon amaliyotida bo’lgani kabi respublikamiz zamonaviy soliq tizimida ham davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy e’tibor qo’shilgan qiymat, foydadan va aholidan olinadigan soliqlarga qaratilgan, ya’ni soliq yukining asosiy qismi mehnat va kapitalga to’g’ri keladi.

Tabiiy resurs soliqlarining asosiy vazifasi fiskal vazifa ekanligini va davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda ular ahamiyatini oshirish lozimligi borasida bir qator fikrlarni o’rgangan edik. Shu o’rinda respublikamiz davlat budjeti daromadlarida tabiiy resurs soliqlarining tutgan o’rni va ahamiyatini har tomonlama o’rganish, o’zgarish tendentsiyalarini aniqlash, ta’sir etuvchi omillarni tahlil va tadqiq etish maqsadga muvofiq. Shuningdek, bu yana shu bilan ifodalanadiki, respublikamiz soliq tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblangan tabiiy resurs soliqlarini davlat budjeti manfaatlari nuqtai-nazaridan takomillashtirishga qaratilgan yo’nalishlarni belgilashda ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu keltirilgan ma’lumotlarni o’rganish natijasida tabiiy resurs soliqlarining davlat budjeti daromadlari tarkibidagi ulushi borasida umumiy xulosaga kelish mumkin bo’lsa-da, ularning o’zgarish darajalariga to’g’ri baho berish imkoni mavjud emas. Jumladan, bizningcha, davlat budjeti daromadlari tarkibidagi o’zgarishlarga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:


  • davlat budjeti daromadlari umumiy hajmining o’zgarishi;

  • davlat budjeti daromadlari tarkibida har bir soliq ulushining o’zgarishi;

  • soliq turlari bo’yicha oldindan to’langan va boqimanda summalarining o’zgarishi va boshqalar.

Demak, davlat budjeti daromadlari tarkibida tabiiy resurs soliqlari ulushining o’zgarishiga ham yuqorida qayd etilgan omillar ta’sir ko’rsatgan.

Ma’lumki, respublikamiz budjet-soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlarni u yoki bu budjet bo’g’iniga tushishining huquqiy bazasi O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va Budjet kodeksida mustahkamlangan. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, tabiiy resurs soliqlaridan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq umumdavlat soliqlari sifatida respublika budjetiga, yer solig’i esa mahalliy budjetlar daromadiga yo’naltirilishi belgilangan.

Respublikamiz soliq qonunchiligiga ko’ra soliqlarni u yoki bu budjetga yo’naltirishi belgilangan bo’lsa-da, mahalliy budjetlarda taqchillikka yo’l qo’yilmaslik maqsadida hamda mahalliy soliqlar va yig’imlar ular xarajatlarini to’liq moliyalashtira olmayotganligidan kelib chiqqan holda, so’nggi yillarda umumdavlat soliqlarining ko’pgina qismi, jumladan, tabiiy resurs soliqlarining asosiy qismi ham mahalliy budjetlarga qoldirilmoqda. Masalan, 2016 yilda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini kuchaytirish, mahalliy budjetlarning davlat budjetidagi ulushini oshirish maqsadida bir qator umumdavlat soliqlari bilan birgalikda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq ham to’liqligicha mahalliy budjetlarga yo’naltirilishi belgilangan.

Tabiiy resurs soliqlarini budjetlararo taqsimlash dinamikasi tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, ularning asosiy qismi mahalliy budjetlarga tushishi kuzatilmoqda. O’rganilayotgan yillarda o’rtacha tabiiy resurs soliqlarining 18,2 foizi respublika budjetiga tushgan bo’lsa, 81,8 foizi mahalliy budjetlarga tushgan. Tabiiy resurs soliqlarining tarkibi va ularni budjetlararo taqsimlanish amaliyotiga ko’ra, yer solig’i yuqori ulushga ega bo’lib, o’rganilayotgan yillarda uning o’rtacha ulushi 2,4 foizdan ortiqni tashkil etsa-da, so’nggi yillarda jami daromadlar tarkibida o’sishi kuzatilgan. Yer solig’i mahalliy soliq hisoblanganligi uchun to’liqligicha mahalliy budjetlarga kelib tushgan. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning jami daromadlar tarkibidagi ulushi o’rtacha 8,3 foizni tashkil etib, 2013-2015 yillar davomida kamayish tendentsiyasiga ega. Ushbu soliq umumdavlat solig’i hisoblanganligi sababli o’rganilayotgan yillarda respublika budjetiga kelib tushgan va respublika budjetiga yo’naltiriladigan tabiiy resurs soliqlari jamiga tengdir. Lekin, 2015 yilda uning 1,3 foizi yoki jami tabiiy resurs soliqlarining 1,0 foizi miqdoridagi qismi mahalliy budjetga tushgan.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tabiiy resurs soliqlari tarkibida eng kam ulushga ega. O’rganilgan yillarda uning o’rtacha darajasi 0.4 foizni tashkil etib, so’nggi yillarda o’sish tendentsiyasi kuzatilgan. Ta’kidlanganidek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq so’nggi yillarda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq ham to’liqligicha mahalliy budjetlar ixtiyorida qoldirilmoqda.

Shu o’rinda tabiiy resurs soliqlarini budjetlararo taqsimlashning respublikamiz amaliyotidagi holatining bir qadar muammoli jihatlarini ta’kidlab o’tish lozim. Jumladan, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini kuchaytirish, mahalliy budjetlarning davlat budjetidagi ulushini oshirish maqsadida tabiiy resurs soliqlarining mahalliy budjetlar ixtiyoriga har yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq biriktirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning atrof-muhitga etkazadigan zararlarini u yoki bu budjet bo’g’inidan ushbu maqsadda amalga oshiriladigan xarajatlari bilan bevosita bog’lanmagan.

Jahon amaliyotida mahalliy budjetlarga tushgan yoki yuqori budjetdan ajratilgan tabiiy resurs soliqlarining asosiy qismi (Latviyada 60 foizi) atrof-muhitni muhofaza qilish fondlariga yo’naltiriladi va ushbu yo’nalish uchun foydalaniladi.

Tabiiy resurs soliqlarining nazariy jihatlarini o’rganish jarayonida guvohi bo’ldikki, ularning joriy etilishi natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishini, atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga erishish mumkinligi borasida umumiy xulosa chiqarish mumkin. Xo’sh, ushbu mexanizm respublikamizning amaldagi soliq tizimida qay darajada o’z ifodasini topgan va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan foydalanishiga, atrof tabiiy muhitga ta’sirini qay darajada kamaytirishga erishilmoqda? Bu kabi savollarga faqatgina respublikamizda tabiiy resurs soliqlarining amaldagi mexanizmini o’rganish orqaligina javob berish mumkin.




Download 160,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish