Qaysi hududda faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari oliy, markaziy va mahalliy organlarga5 bo‘linadi.
Oliy organlar – O‘zbekiston Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘istonda Vazirlar Kengashi. Ularning faoliyati butun O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududida tashkil etiladi. Bundan tashqari, ular markaziy organlarning faoliyatini birlashtiradilar va ular ustidan nazorat o‘rnatadilar.
Markaziy organlar – vazirliklar, davlat qo‘mitalari, Vazirlar Mahkamasi qoshida tashkil qilingan organlar, respublika miqyosida faoliyat ko‘rsatayotgan assotsiatsiyalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar, kompaniyalar, banklar. Ularning faoliyati respublika miqyosida bo‘ladi.
Mahalliy organlar – hokimlar, hokimiyatning bo‘lim va boshqarmalari, korxona, muassasa, tashkilot va davlat aksiyadorlik jamiyatlarining ma’muriyati. Mahalliy organlar viloyat, tuman, shahar miqyosida faoliyat ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |