Vakolatining xususiyati va hajmiga ko‘ra, davlat boshqaruv organlari umumiy vakolatli, maxsus vakolatli, bir tarmoq bo‘yicha vakolatli organlarga bo‘linadi. Umumiy vakolatli organga – Prezident boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi, hokimlar boshchiligidagi hokimliklar; maxsus vakolatli organga – davlat qo‘mitalari; bir tarmoq bo‘yicha vakolatli organga – vazirliklar kiradi.
Rahbarlikni tashkil etish bo‘yicha davlat boshqaruv organlari kollegial (davlat qo‘mitalari, assotsiatsiyalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, banklar, aksiyadorlik jamiyatlari) hamda yakka tartibda boshqariladigan organlar (Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, hokimliklar, ularning bo‘lim va boshqarmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlari)ga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |