XULOSA VA TAVSIYALAR
Maktabgacha yoshdagi bola eshitgan, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo’llaydigan so’zlarni asta sekin tevarak atrof bilan tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlarining axborotlari orqali shuningdek axborotlari orqali shuningdek o’zining uncha ko’p bo’lmagan so’z zahirasida tayanib bilib oladi. Bola o’sib boradi, uning ehtiyojlari ko’payadi, yangi istaklari, qiziqishlari paydo bo’ladi.
Biroq ota-ona, tarbiyachining aqliy-ahloqiy, mehnat va boshqa turlari bir maromda (bolaning yoshiga muvofiq) amalga oshirilishi uchun maktabgacha yoshdagi bolalar lug’atdagi so’zlar miqdori ustida yetarlicha o’ylab ko’rilmaydi. Afsuski, bu masalaga tadqiqotchilar tomonidan ham tegishli darajada e’tibor berilmaydi. Ta’lim-tarbiyaviy jihatdan nihoyatda dolzarb bo’lgan bu muammo nazariy-metodologik va metodik jihatdan tadqiq etilmagan va ishlanmagan.
Hozirgi davrda tadqiqotchilar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun (shu jumladan nutqni rivojlantirish bo’yicha ham) namunaviy faol va passiv so’zlar lug’atini tuzulishlari ham kun tartibidagi dolzarb masaladir. Ayniqsa 5,6 va 7 yoshdagi uchun lug’atlar tuzish g’oyat muhimdir. SHu bilan birga nafaqat so’zlarning miqdoriy tarkibini aniqlash (1500-2000 yoki 3000-4000 so’z) balki, ularni mavzular va hayotiy ahamiyati bo’yicha ham hisobga olish muhimdir.
SHunday qilib, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rejali tarzda rivojlantirish uchun nafaqat tevarak-atrofni o’rganish ob’ektlari asosli ravishda tanlash balki, ayni paytda eng ahamiyatli so’zlarni ularning mavzu jihatdan xilma-xilligi bo’yicha o’rganishni ta’minlash ham dolzarb masalaladir.
Bolalarning nutqni egallashlari ikki davrga ajratiladi. Birinchi davr bir yoshdan bir yarim yoshgacha davom etadi. Bu davrda bolalar yigirmata- o’ttiztacha so’zlarni biladilar. Masalan, «oyi», «aya», «dada», «ada», «buvi», «bobo» kabi. Ana shu so’zlar bilan bir qatorda bolalar o’z ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan so’zlarni ham biladilar. CHunonchi, «ma», «ol», «ber» kabi so’zlar. Bola odatda ayrim so’zlarni uzuq-yuluq, imo-ishora bilan bir amallab aytib beradi. Bunday nutqni «situativ nutq» (vaziyat nutqi) deb ataladi. CHunki bunday chala-chulpa nutqning ma’nosini bolaga eng yaqin odamgina, ya’ni uning onasi yoki dadasigina tushuntirib bera oladi.
Bola nutkining taraqqiyotidagi bu davrning xarakterli belgisi shundan iboratki, bola aytib bera oladigan so’zlar miqdori juda kam bo’ladi. CHunki uning aktiv lug’ati juda sekinlik bilan boyib boradi. Biroq bola nutqining o’sishi o’ziga xos yo’l, ya’ni tevarak-atrofidagi kishilar nutqini tushunish qobiliyatining o’sishi yo’lidan boradi. Bog’cha yoshidagi bolalar so’z zapasining miqdori asosan bola tarbiyalanib o’sayotgan oilaning madaniy saviyasiga bog’liqdir. Bir xil oilalarda bola nutqining o’sishi bilan maxsus ravishda shug’ullaniladi. Boshqa bir oilalarda esa, bola nutqining o’sishi bilan mutlaqo shug’ullanilmaydi. Ana shuning natijasida bog’cha yoshidagi bolalar so’z zapasi o’rtasida sezilarli farq yuzaga keladi. Agar yasli yoshidagi bolalarning nutqi, asosan, ular ayni shu choqda idrok qilib turgan narsalar va harakatlar bilan bo’lsa, bog’cha yoshidagi bolalarning nutqi hozir idrok qilib turgan narsalardan tashqari ilgari idrok qilingan narsalar hamda xayoliy narsalar bilan ham bog’liq bo’ladi. Maktabgacha tarbiya yoshining oxirigacha borib, bola tevarak- atrofdagilarning nutqini tobora mukammalroq tushunadigan bo’ladi. Katta yoshli kishilarning aytib bergan hikoyalarini, kichik she’rlarni, ashula va ertaklarni jon-dili bilan tinglaydilar.
Bola o’ziga berilgan savollarni tushunib, ularga javob beradi. Bolaning o’zi ham kattalarga tobora taqlid qiladilar
Do'stlaringiz bilan baham: |