Kurs ishi mavzu: antik davrda o`lkamizning qadimgi davr tarixiy geografiyasi



Download 62,93 Kb.
bet2/5
Sana10.06.2022
Hajmi62,93 Kb.
#651499
1   2   3   4   5
Bog'liq
shahlo kurs ishi

2.Ahmoniylar xukumronligi va makedonskiy yurishlari davridagi O`rta Osiyo tarixiy geografiyasi.
3.O`rta Osiyo qadimgi davridagi xalqlari madaniyati va san`ati va O'zbek davlatchiligi Kushonlar davrida.

O`rta Osiyo haqida geografik, jumladan kartografik tasavvurlari tarixi ham ancha qadimgi, aniqrog'i antik davrdan boshlanadi. O`rta Osiyo to`g'risidagi dastlabki karttografik ma`lumotlar antik davrning sivilizatsiya markazlari bo`mlish qadimgi Yunoniston va qadimgi Rimda yozilgan manbalarda uchraydi. Chunki "antik davr mamlakatlari Sharqning ko`plab mamlakatlari bilan ijtimoiy iqtisodiy ,savdo , madaniy aloqalar bo`lgan, shu tufayli o`z tarixiy geografik va kartografik tasavvurlarini kengaytirganlar va boyitganlar".Gerodot, Strabon, Klavdi, Ptolemey va boshqa antik davr mualliflarining asarlardagi O`rta Osiyoning ilk tarixiy kartografiyasiga oid malumotlarni uchratishimiz mumkin.


Chunonchi, Gerodotni (mil. avv. 484-425 yillar) OLD OSIYO, MISR ,BOBIL,ERON va ‘’dunyo chegaralarida joylashgaan davlatlar ancha qiziqtirgan.Qadimgi Yunonistonda mavjud tasavvurlarga ko`ra ,O`rta Osiyo va Hindiston o`lkalari inson yashagan dunyo –Oykumenaning sharqiy chegaralarida joylashgan . Gerodot O`rta Osiyoda hech qachon bo`lmagan va bu hudud haqida o`zi eshitgan hikoyalari , surishtirib bilganlari asosida yozgan. Gerodot’’ TARIX’’kitobini mil.avv 455-445 yillar davomida yozganligi ma’lum .Bu muhim asarida Gerodot BAQTRIYA ,BAQTRA ,BAQTRIYALIKLAR atamasini 13 marta ,sug`dlarni 2 marta, xorazmliklarni 3 marta saklarni 11marta ,massagetlarni 19marta tilga olib, ularning moddiy madaniyati ,urf odatlari ,dini ,tarixi haqida hikoya qilgan. Gerodotning O`rta Osiyo to`g`risidagi asosiy xabarlari- forslarning sak-massagetlarga qarshi yurishlari ,Kir II va To`maris o`rtasidagi harbiy –siyosiy munosabatlar ,ahamoniylar harbiy qo`shinlari safida yurtimiz xalqlari jangchilari ishtiroki ,ularning qurol aslahalari , yo`lboshchilari ,yunon –fors urushida ko`rsatgan jasorati ,mintaqa xalqlarining ahamoniylar davlatiga bo`ysunishi, va maxsus yillik soliq to`lashi ,sak massagetlarning urf –odatlari ,turmush tarzi va diniy e`tiqodi ,O`rta Osiyo xalqlarining AKES daryosining suvlaridan foydalanishaqida va boshqa ayrim manbalardan iborat. 2
"Tarix" asarida Kaspiy dengizdan sharqqa bepayon kenliklar mavjudligi haqida ma`lumot beradi. U Kaspiy (Girkan) dengizi yopiq havza deb, uning ko`lami haqida shunday fikr yuritadi: "Uzunligini eshkakli kemada 15 kunda, kengligini esa hammasi bo`lib, 8 kunda suzib, o`tish mumkin"3. Araks (Amudaryo) haqida ma`lumot berib, Gerodot: "Araks, aytishlaricha, Isterga qaraganda kattaroq va (boshqa daryolarga ko`ra) kichikroq, Lesbos kattaligidan ko`plab orollarga ega... Araks Matiyonlar yurtidan oqib keladi. Gindis (Hind) daryosi ham o`sha erdan oqadi",-deb qayd etgan. R.Э.Lentsning fikriga ko`ra, Gerodot yozgan Araks daryosi Sirdaryo yoki Tajan daryosi bo`lishi kerak. Ammo ko`plab olimlarning fikriga ko`ra, u Amudaryodir. Gerodot Amudaryoning bir o`zani (O`zboy) Kaspiyga quyilgan deb o`ylagan bo`lsa kerak.
Professor A.Sa`dullaev ham "Araks bu Amudaryo, Matiyon tog'lari, Gerodotning tushunishicha, Pomir yoki Hindukush tizmalaridir, chunki tarihning (Gerodotning) aytishicha, Matiyon tog'laridan Hind daryosidan ham boshlanadi",-deb yozadi.
Gerodot massegetlarning Yerlari haqida fikr yuritib, ular "Kasbiy dengizidan sharqqa, quyosh chiqish yo`nalishida joylashgan" deb yozadi. Uning Baqtriya va Xorazm haqidagi ma`lumotlari ham qiziqarlidir: "Osiyoda bir vodiy bor. Uning hamma tomoni tog' bilan o`ralgan, tog'ni esa beshta dara kesib o`tadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorazmliklarga qarashli bo`lib,xorazimlik, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarning chegaradosh yerlarida joylashgan".
Yuqoridagi ma`lumotlardan kelib chiqib, J.Tomson. V.Fedchina. V.Dement'ev. O.Andryushenkolar Gerodot ma`lumotiga tayanib,antik davr tarixiy kartalarini yaratgan. J.Tomson Kasbiy dengizining kenligini uzaytirib yuborgan, bu esa Gerodot yozganlariga mos tushmaydi. V.Dementy'ev. O.Andryushenkolar Araks (Amudaryo)ni birmuncha to`g'riroq chizganlar, lekin uning Kaspiyga quyiluvchi irmog'i tasvirlanmagan. Shuningdek, baqtriyaliklar yurti ham aks etmagan. V.Fedchina tiklagan kartada Gerodot tilga olgan "botqoqlik va ko`llar" mavjud hududlar tasvirlangan bo`lsa-da, biroq baqtriyaliklar va massagetlar yerlari chizilmagan.
Yana bir yunon olimi Gerodotning tarixiy an`analarini davom ettirgan Ktesiy
(miloddan avvalgi V-IV asrlar yashagan yunon olimi )Kichik Osiyoning Kind shahridan bo`lib miloddan avvalgi 414 yildan boshlab Ahamoniylar podshosi ArtakserksII saroyida tabib bo`lib ishlagan ,shu vaqt mobaynida u O`rta Osiyoning qadimgi davlatlari haqida ma`lumotlar to`playdi. Asosiy ma`lumotlarni o`zining ‘’persiya tarixi’’asarida yozib qoldirgan bo`lib ,uning kattagina bir qismi Baqtriya tarixiga bag`ishlangan . O`rta Osiyodа bo`lmagan bo`lsa-da, lekin bu yerlar haqida bir qadar ma`lumotlarga ega bo`lgan. Uning qayd etishicha, qariiyb barcha xalqlar satrapliklarga bo`lingan bo`lib, faqatgina sak qabilalarigina satrapliklarga kirmagan. Ktesiy davrida sharqdagi yirik va ahamiyatli satrapliklardan biri Baqtriya bo`lgan , Sug'diyona, Hind daryosi yo`nalishidagi hududalarni o`z ichiga olgan edi.
Baqtriya yerlarida kumush konlari haqida gapirib, Ktesiy ushbu zaminni chuqur yer qatlamlarida ushbu metallning ko`pligini yozadi.
Ktesiyga ko`ra, sharqda yirik Shimoliy dengiz (Kasbiy dengizi), bo`lib, dengiz bo`yiga girkanlar va ularning qo`shnisi darbiklar istiqomat qilganlar. Ulradan ham sharqda esa parfiyalik va barkaniyaliklar, xaramney va Karmoniylar istiqomad qilishgan. Baqtriya "tekisliklari"ga esa g'arbdan faqatgina kichik tog' yo`li orqali o`tish mumkin. Baqtriya erlari Tanais daryosidan Hind daryosi bo`ylarigacha bo`lgan yerlarni egallagan. Tanais Baqtriya yerlarini YEvropadan Hind va Hindistonni ajratib turgan. Ketesiy tasavvuriga ko`ra, Tanais Hind daryosiga qarama-qarshi bo`lib, Pont (Qora) dengiziga quyilgan. Shu o`rinda ta`kidlash kerakki, Ktesiyning Tanais deganda ikki daryo-Don va sirdaryo haqida ma`lumotlar bir-biriga ziddir. Ktesiy yozganidek, Baqtriya Yerlarini Tanais bo`ylariga cho`zilganligini etiborga oladigan bo`lsak, u holda Tanais daryosi bu Sirdaryo bo`ladi va bu nisbat noto`g'ri tushuncha. Baqtriya satrapligi Ktesiy davrida ham, Aleksandr Makedonskiy zamonida ham Sirdaryogacha bo`lgan hududlarni qamrab olgan edi.
O`rta Osiyo haqida ma`lumotlar keyinroq Aleksandr Makedoniskiy yurishlari (mil. avv. 329-327 yillar) davrida to`plandi. Julmadan, antik davrning yirik geograf olimi Strabon milodiy birinchi asrda 17 ta kitobdan iborat "Geografiya" asarini yaratdi. U "miloddan avvalgi V asrdan milodiy I asrdacha bo`lgan barcha geograf va tarihchilarni asarlariidan tanqidiy foydalandi".
"Geografiya"ning XI kitibida O`rta Osiyoning Parfiya va Girkaniya kabi o`kalari, Amudaryo, Sirdaryo haqida ma`lumotlar uchraydi. Shuningdek, kitobda O`rta Osiyoda yashovchi sak, so`g'd, skif, massaget kabilalari haqida ham ma`lumotlar bor. Yaksart (Sirdaryo), Politimet (Zarafshon), Epard (Murg'ob) daryolari haqida yozilgan; Amudaryo Araks yoki Oks deb atalgan. Uning suvlari esa botqoqliklarga emas, "suvlar mamlakati"ga singadi. "Suvlar mamlakati", Shimoliy dengiz deganda, Strabon Orol dengizini tushungan, Amudaryoni bir o`zani Girkan qo`ltig'iga quyiladi, deb o`ylagan.
Yaksart haqida Strabon quyidagicha yozadi: "Yaksartning boshlanishi Oks daryosi (boshlanishi)dan boshqa joyda, ammo ular bitta dengizga quyiladi". Bu dengizni Strabon Kaspiy deb tushungan. Sababi Kaspiydan sharqdagi o`lkalar haqida yozganda, "birorta ham yunon va rim mualliflari o`z asarlarida Orol dengizi haqida bevosita yoki bilvosita eslatmagan". Ammo akademik L.S.Berg bir tadqiqotida Shimoliy dengiz deganda Strabon Orol dengizini tushungan, deb yozadi.
Strabon "Geografiyasi"da Politimet (Zarafshon) daryosi haqida ham ishonchli ma`lumotlar uchraydi: "So`g'diyona ichidan oqayotgan daryoni Aristotelning aytishicha, makedonlar Politimet edeb atashgan. Ariylar eridan oqayotgan Ariy daryosiga o`xshab bu daryo ul diyor erlarini sug'orib, so`ngra cho`l tomonga davom etadiva va qumlar ichida yo`qolib ketadi".Bu ma`lumotlardan bilishimiz mumkinki, Zarafshon antik davrda ham xech bir daryoga quyilmas dan qumlarga singib ketgan.
Strabon Yaksart va Oks daryolari bo`ylarida yashovchi qabilalarning joylashuv holatiga ham to`g'ri baho beradi. U PARAPAMIZ (Hindikush) tog'larining shimoliy tarmog'ini Imaus (Pomir) tog'lari deb biladi. Strabonga ko`ra, O`rta Osiyoda massaget qabilarining bir qismi tog'larda, yana bir qismi tekisliklarda, uchinchi qismi botqoqliklarda, to`rtinchi qismi esa ana shu botqoqliklardagi orollarda istiqomat qilganlar.
Strabon tilgan olgan tog'lar Orol dengizi va Kaspiydan Sharqdagi tog'lar, ya`ni Tyanshan vа Pomirni, vodiy deganida esa Amudaryo va Sirdaryo oralig'idagi yeralrni nazarda tutgan.
Qadimgi dunyoni geografik hamda kartografik bilimlarini umumlashtirgan mashxur olimlardan biri milodiy II asrda yashagan. Yirik kortograf olimi Klavdiy Ptolemeydir. Uning "Geografiyadan qo`llanma" asari antik davrning o`ziga hos geografik entsiklopediyasidir. Ptolemen mazkur asarni birinchi bobida geografiyaning vazifalari va dunyo kartasini tuzishda qanday kortografik proektsiyalarni qo`lash lozimiligini bayon etgan. Umuman, bu asarni dunyoning geografik atlasi desa ham bo`lidi. Ptolemey bu asaridan tashqari 27 kartani o`z ichiga olgan dunyo atlasini tuzdi. Ptolemeyning boshqa yunon mualliflaridan afzalligi shundaki, u o`ziga ma`lum barcha faktik ma`lumotalrni kartalarga tushirdi va shu tariqa katta geografik asar yaratdi. Ana shuning uchun ham u "Uyg'onish davrigacha va uyg'onish davraida ham ko`plab yevropalik olimlar uchun oliy darajadagi geograf sanalgan". Ptolemeyning "geografiya" asarini ayniqsa, kartalarini yuqori baholab, A.Gumbol'dt shunday yozgan edi: "Shubhasiz, Ptolemey "Geografiya"si shunisi bilan qadirliki, u bizga butun qadimga yunonni faqatgina tasvirlar emas, hisob yo`li ya`ni joylarning kengligi , qutb balandligi va kun davomiyligini aniqlash bilan tasavvurlar hosil qildiradi". Ya`ni Ptolemeyning kartalarida gradus to`ri ishlatilgan bo`lib ular o`z davriga nisbatan ilmiy jihatdan ancha yuksak darajada edi.
o`rta Osiyo Ptolemey "Geografiya"sining V-VII boblarida 12 ta kartada berilgan bo`lib, 48 ta viloyatga bo`lingan. Uning atlasidagi yigirrma ikkinchi kartada O`rta Osiyoning 810-1470 sharqiy uzunlik va 350-650 shimoliy kenlik orasidagi O`rta Osiyo hududlari ham aks ettirilgan. Ushbu karta tahlili bo`yichа S.A.Vyazigin, B.P.Ditmar, V.V.Latishevlar mahsus shug'ullanishgan.
Mashhur rus geografi I.V.Mushketov fikriga ko`ra, Ptolemeyning bu kartasida hatto XVIII asrning birinchi yarmidagi yevropalik olimlarning ma`lumotlariga qaraganda ham Turkiston tug'risida kengroq va to`g'ri ma`lumotlar bor.
Ptolemey qadar barcha yunon muarrixlari Kaspiy dengizini dunyo okeani qultig'i deb, noto`g'ri tasavvurga ega edilar. Ptolemey ana shu hukumron xato tasavvurni inkor qilibgina qolmay uning noto`g'riligini isbotlab ham bera oldi.
Ptolemey kartasida Yaksart(Sirdaryo), Politimet(Zarafshon), Oks(Amudaryo va uning irmoqlari), Ox(Tajan) va Marg(Murg'ob) daryolari, boshqa ko`plab kichik daryolari bor. Biroq, O`rta Osiyoning yirik daryolari Kaspiy dengiziga quyiladigan qilib tasvirlangan. Kaspiy dengizi esa sharqdan g'arbga cho`ziltirib chizilgan.
Kartada tarixiy hududlar (So`g'diyona, Baqtriya, Marg'iyona), xalqlar (xorazmliklar, zariasplar, massagetlar) shaharlar (Tribaktra, Astkana, Xaraxarta, Marakanda, Turkana, Antioxiya-Marg'iyona) aks ettirilgan. Shuningdek kartada Sirdaryo va Amudaryoning o`rta oralig'idagi hudud Transoksiana deb atalgan.
Klavdey Ptolemey kartasi yana shu jihatdan ahamiyatliki, unda O`rta Osiyodagi davlatlar chegaralab berilgan. Bundan tashqari, u etnografik jihatdan ham ahamiyatki,.Kartada 12 qabila (xorazmliklar, toharlar, massegetlar va hokazo) ajratib ko`rsatilgan.
O`rta Osiyo tog'lar orasidagi bir vodiyda qilib ko`rsatilgan: janubda-Paropamis tog'lari, sharqda-meridianal cho`zilgan Imaus (Pomir) tog'lari bor.
Biroq shahar va qabilalar tasvirida ham bir qancha xatolar uchraydi. Ba`zi shaharlarning nomi har xil berilgan bo`lib, geografik o`rni ham turlicha aniqlangan. Masalan, Samarqand (Ptolomeyda-Marakanda) shahri xaqiqiy geografik o`rnidan bir necha gradus janubda ko`rsatilgan.Ammo ba`zi bir tadqiqotlarda bu shaxar haqidagi Ptolemey tasavvuriga yangiliklar ham kiritilgan. Ptolemey bu shaharni koordinatalarini quyidagicha aniqlagan: 1120 shimoliy uzunlik 390 15 sharqiy kenglik. Ptolemey kartasida Marakanda uchun aniqlangan kenglikning Samarqand shahri kengligiga to`g'ri kelishi tasodifiy xol bo`lsa kerak.
Ammo So`g'diyonaning Marakanda shahrini o`zining VIII kitobida eslatgan Ptolemey bu mashxur shaharni kartada ko`rsatmasligi mumkin emas.
Antik davr olimlarining O`rta Osiyo haqidagi deyarli yetti asr mobaynidagi, ya`ni Gerodotdan Ptolemeygacha bo`lgan kartografik tasavvurlarini umumlashtirib, quyidagicha xulosa qilish mumkin.
-antik davrning kartografik tasavvurlari o`z davri uchungina emas, balki keyingi avlodalar (ayniqsa, evropaliklar )uchun ham ancha vaqtgacha O`rta Osiyo haqidagi asosiy ma`lumotlar bo`lib qoldi;
-Ptolemeyning kartografik materiallari antik davr olimlarining O`rta Osiyo haqidagi ma`lumotlarini boyitdi;
-antik mualliflarning cheklangan va bir biriga zid tasavvurlari vaqt o`tishi bilan keyingi tadqiqotchilarni qanoatlantirmadi. Bu esa, yangi kartografik ma`lumotlarning paydo bo`lishiga zamin yaratdi

2. O’tmishga qadimgi dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, qadimgi sharq imperiya va boshqa podsholik-u saltanatlari o’zining katta masofalarga cho’zilganligi va ko’p sonli aholiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga ular tabiiy geografik sharoiti, til tarkibi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va madaniyati jihatdan bir xil bo’lmagan xalqlarni o’z qo’l ostida birlashtirib, ular ustidan hukmronlik qilishgan. Yuqorida aytib o’tilgan davlatlarning tayanchi biror ma’lum bir vaqt barqaror boshqaruvining sababi sifatida ba’zilar qudratli qo’shinni ko’rsatsa, boshqalar bu davlat tarkibidagi xalqlar bir-biriga yaqin va doimiy aloqada ekanligi hamda ular rivojlanish darajasi deyarli bir xil ekanligini ta’kidlashadi. Sharqda qadimgi davlatlar chegaralari atrofida yashovchi aholining kamchiligi bir tilda gaplashgan. Qadimda faqatgina bir nechta davlatlarda butun aholi bir tilda so’zlashgan. Yoki teskarisi, masalan Ahamoniylar imperiyasi juda ulkan hududni egallagan bo’lib, undagi xalq, elat, qabila-yu, qavmlar ko’p sonli va turli tilda so’zlashar edilar.


Mil.avv VIasrning ikkinchi yarmida O`rta Osiyo Parfiya ,Marg`iyona , Baqtriya ,sug`d va Xorazm viloyatlari hamda saklar yurti Ahamoniylar davlati hukmronligi ostiga tushib qolgan.
Qadim zamonlardan boshlab Urmiya ko’lining janubiy tomonlarida parsua qabilalari yashar edilar mil.avv. VIII-VII asrlarda ular Elamga ko’chib ahamun urug’idan chiqqan sardor atrofida birlashganlar, ular dastlab podsholari Kayxusraf I ( Kir I) davrida osuriyaga, Kambiz I davrida (mil. avv. 600-559) Middiyaga itoat etganlar. Kambiz I bilan Midiya shohi Asteagning qizi o’rtasidagi nigohdan Kir II (Kayxusraf II ) dunyoga keladi. Kambiz II vafot etgach Parsua taxtiga Kir II o’tirib, mil.avv. 559-yilda Pasargada shahrini qurdirib, uni davlat poytaxtiga aylantiradi. Mil. avv. 553-549-yillar mobaynida olib borilgan urushlarda Kir II bobosi Asteag qo’shinlarini yengib, Midiya va Elamni parsuaga qo’shib oladi. Shu tariqa Ahamoniylar sulolasi asos solgan Ahamoniylar ya’ni Eron davlati tashkil topadi. Bu davlat qariyb ikki yuz yil mobaynida yashagan. Uning hududlari Misrdan to shimoli-g’arbiy Hindistonga qadar cho`zilgan edi. Ahamoniylar davlati poytaxti Pasargad, Persopol, Suza shaharlari bo`lgan. Forslarga qadar Suzada elamitlar yashaganlar. Forslar dastlab faqat Janubiy Eron hududlarida yashaganlar. So`ngra ular butun Eron hududini egallaganlar. Ariylar qabilalari joylashgan yurt keyinchalik Eron deb atalgan.
Kir II g’arbda Lidiya shohi Krass qo’shinlarini, shimolda armanlarni yengib, butun kichik Osiyoni bosib oladi. Lidiya poytaxti Sard talanib, shoh Krass asir olinadi va o’ldiriladi, shundan so’ng Geradodning xabar berishicha “… Kir II yo’lida Bobil, Baqtriya xalqi, sak va misrliklar turar edi”. Mil. avv. 545-530-yillar oralig’ida Eron shohi Bobilni ham bosib olib Hind daryosigacha bo’lgan yerlarni istelo qiladi. Mil. avv. 530-yilda Kir II O’rta Osiyo ko’chmanchilari massagetlar bilan bo’lgan jangda o’ldiriladi. Kir II o’ldirilgach, Eron taxtiga uning o’g’li Kambiz II o’tiradi. “… shundan so’ng Kambiz II bor e’tiborini g’arbga tomon qaratadi va natijada milloddan avvalgi 525-yilda Misr bosib olinadi”. Uning Efiopiyaga uyushtirgan harbiy urushi muvafaqiyatsiz tugaydi. U Misrda ekanida Gaumatta boshliq eroniylar isyon ko’taradi. Isyonni bostirish uchun Erondan qaytayotganda Kambiz II o’ldiriladi (522-yil) shundan so’ng Eron taxtiga Gaumatta o’tirib, 7 oy podsholik qiladi. Behistun yozuvlarida (1, 50 51) “Xalq qo’rqardi” Gaumatadan. Hattoki, ko’pchilik Fors xalqi birlashib Doro huzuriga kelishadi va uni taxtga o’tkazish kerakligini aytishadi. Shunday qilib Midiyada o’ldirilgani qayt etilgan bu voqealardan ko’p o’tmay mil. avv. 522-yil 29-sentabrda fitnachilar tomonidan o’ldiriladi, undan so’ng Eron taxtiga Ahamoniylar urug’idan bo’lgan Doro I o’tiradi. ( Mil. avv. 522-486-yillar ) Doro I podsholigini dastlabki yillarida Bobil, Misr, Elam, O’rta Osiya va boshqa hududlarda boshlangan qo’zg’alonlarni shavqatsizlik bilan bostiradi. Manbalarda, Doro I hukmronligining dastlabki yillarida bu haqda Doro shunday deydi. “… Qachonki men buyuk shahanshoh Gaumatani o’ldirganimda, faqat bitta Asina ismli kishi Upadarmining o’g’li menga qarshi chiqib Elamda o’z hukumdorligini boshladi. U xalqqa shunday dedi …men elam hukmdoriman. Shundan so’ng isyonchi elamliklar Asinani hukmdor deb tan olishdi. …men u yerga “gonsa’1 yubordim. Asina tutub keltirildi va men uning boshini oldim. Ahamoniylar davri aynan Doro I davrida o’z qudratining cho’qqisiga erishdi desak xato bo’lmas. U mamlakatda osoyishtalik o’rnatgandan so’ng qator sohalarda islohotlar o’tkazdi. Biz hozir Doro I umuman Ahamoniy hukmdorlar boshqaruvi davrida O’rta Osiyo va O’rta Osiyodagi ijtimoiy-iqtisodiy, diniy, harbiy va ma’muriy masalalarga to’xtalib o’tamiz, bularning barchasi Eron shohlarining ayniqsa Doro I ning islohotlariga bog’liqdir.
Eron shahanshohlari ulkan hududlarga cho’zilgan mamlakatni boshqarishda etnik va geografik xilma-xilligini hisobga olib, ularni o’zaro aloqalarini yuqori darajadagi ma’muriy tuzulishni ishlab chiqishgan. Bu ma’muriy birliklarda byurokratik tamoyillarga asoslangan apparat ildiz ottirildi, sababi hayotning har tomonlarini qamrab olgan bu tizim orqali ma’muriy birliklarni so’zsiz itoatda tutib turish imkonini berar edi. Bularning barchasi uchun asosiy narsa poytaxt hisoblanar edi. Poytaxt har qanday buyuk imperiyalarda ham ma’muriy, ma’daniy va tranzit aloqalar markazi hisoblanadi. Poytaxt mamlakatning barcha shahar-u qishloqlarini o’ziga birlashtirgan bo’lsada, unda o’ziga xos boshqa joylarga o’xshamagan madaniy yo’nalish me’moriy uslubi bo’ladi. Eronliklar shunday moliya va ma’muriy aparat yaratgan edilarki bu orqali imperiyaning barcha hududlariga bir xil boshqaruv tizimi oqali boshqarishar edi.
Shoh Doro I mamlakatni satrapliklarga o’lpon to’lovchi okruglarga bo’ladi. Satrapliklar hozigi viloyatlarga o’xshaydi. Ahamoniylar davlatida ular bosib olingan davlat hududiga to’g’ri keladi. Masalan Misr bunga misol bo’la oladi.
O’rta Osiyo hududi ahamoniylar tomonidan 3 ta satraplikka bo’linib idora etilgan. Baqtriya Marg’iyona bilan birgalikda12-satraplikni tashkil etgan. U podsho xazinasiga yiliga 360 talant jarima to’lagan. Parfiya, Xorazm, So’g’d va Areya birgalikda 16-satraplikni tashkil etgan va yiliga 300 talant jarima to’lagan. Saklar va kaspiylar esa 15-satraplik bo’lib, ular Doro I xazinasiga yiliga 250 talant jarima to’lagan.
O’rta Osiyodagi umumiy barcha satraplar o’z hududlaridagi eng qiyin va qattiq hujjat va sud ishlarini ham olib borishgan. Satrap (O’rta Osiyadagi) mahalliy zodagon rasmiylarga soliqlar yig’ilishini, xazina hisob kitobini ishongan. Bundan tashqari ular jarchilik, tergovchilik va kotiblik ishlarini ham yuritganlar.
O’sha paytda ish yuritishda Bobil usuli tanlangan edi hujjatlarda esa oromiy yozuvida Ahamoniylar davrida oromiy yozuvi qadimiy Akkadning mixxat yozuvi siqib chiqardi. Va natijada oromiy yozuvi Osiyoda xalqaro savdo va diplomatik tilga aylandi. Ko’p sonli aholi ahvoli va byurokratiyani (qonuniylikni) nazorat qilish maqsadida saroyda maxsus tekshiruv guruhi “shohning ko’zi va qulog’i” bir vaqtning o’zida qadimiy va yashirin politsiya tuzildi. Bu maxsus gurux mamlakatning barcha mamlakatlarida faoliyat olib borgan. Ular hatto satrap va harbiy qo’mondonlarni ham nazorat qilib turishgan. O’rta Osiyadagi satrapliklar aniqrog’i XVI satraplik tarkibiga kiruvchi Pafiya janubiy Turkmaniston va shimoliy-sharqiy Eronning ma’lum hududlarida joylashgan edi. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Parfiya yirik shaharlarni o’zida birlashtirgan harbiy-ma’muriy markaz sifatida muhim rol o’ynagan. Midiya manbalarida Parfiya o’ziga qo’shni bo’lgan ko’chmanchi oaziv qabilalari bilan yaxshi aloqada bo’lganligi va ular bilan to’g’ridan to’gri savdo ayirboshlash ishlarini olib borganligi qayt etilgan. Milloddan avvalgi 549-yil Elam bosib olingandan keyin ikki yil mobaynida Ahamoniylar qo’shini oldingi Midiya davlati tarkibiga kiruvchi Parfiya, Girkaniya, Arman xududlarini bo’ysuntirishga kirishganligi manbalarda ham qayd etilgan.
Miloddan avvalgi VII asrning 40-30-yillarida Ossuriya podshosi Ashshurbanipal Elam davlatini tor-mor qilgach, forslar Elam hukmronligidan ozod bo`lib Midiyaga qaram bo`ladilar. Mil. avv. VI asrda forslar Midiya Hukmronligini ag`darib tashladilar va uni davlatlari tarkibiga qo`shib oldilar. Mil. avv. 599-yilda Fors podshosi bo`lgan Kayxusrav I keyingi ikki yil davomida Parfiya va Girkaniyani bosib oladi. Mil. avv. 545-539-yillarda Kayvusrav hozirgi Afg`oniston, O`rta Osiyo yerlarini bosib oladi. Fors davlati hududi Hindistonning shimoliy-g`arbiy chegaralarigacha, Hindikushning janubiy yon bag`irlari va Sirdaryo havzalarigacha yetdi. Kayxusrav shimoliy-sharqiy yo`nalishlarda o`z ta`sirini mustahkamlagach, Bobilga yurish qiladi. 539-yilda 2 oy davomida avgust-sentabr oylari Bobil yerlari bosib olinadi. Bobil podsholigi rasman saqlab qolinadi, uning ijtimoiy tuzilmasi o`zgartirilmaydi. Bobil shahri Fors podsholari turadigan qarorgohlardan biriga aylanadi. Bobil davlat apparatida bobilliklar yetakchi o`rinda qolaveradi, bobilliklarning qadimgi diniy e`tiqodlariga fors podsholari homiylik qiladilar.
Parfiya deyarli barcha satrapliklarda “shohning qulog’i va ko’zi” (militsiya)ning ishi yaxshi va samarali bo’lishi uchun ”shoh yo’li”ni tamirlash ishlari olib borilgan. Ularga qum sepilib, ustidan tosh yotqizilgan. Savdo yo’li bo’lmish ,”shoh yo’li”ning bir qismi aslida asosiy qismi O’rta yer dengizidan Eron poytaxtigacha, “miloddan avvalgi VI-IV asrlarda sharqning buyuk davlati Eron Ahomoniylar davlati hududida savdo yo’li “shox yo’li” nazarda tutilmoqda. O’rta yer dengizi bo’ylaridagi Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxti Suza oldinroq Persopol tutashtirgan” Parfiya orqali ham o’tardi. Shu savdo yo’lida Parfiya yo’lida ko’plab karvon saroy ko’prik va hammasidan ham qizig’i qurilgan inshootlarni doimo habiylar qo’riqlab turganlar bular asosan tovarlar saqlanadigan omborlar bo’lgan.
Asli Parfiya qay tarzda ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida gapiradigan bo’lsak, Midiya hukmdori Astiag (miloddan avvagi 625-584) davrida mustaqillikka erishadi va yunon tarixchisi tili bilan aytganda “o’z yurtlarini saklarga topshiradi” Xorazm bilan ittifoq tuzib Midiyaga qarshi kurashga shaylanayotganda Midiya davlati qulaydi. (Miloddan avvalgi 550-yil) Miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Parfiya ahamoniylar qo’l ostiga tushadi va saltanatning XVI okrugi tarkibiga kiradi.
Ahamoniylar davlati tarkibidagi deyarli bir xil boshqaruv tizimi joriy etilgan edi. Parfiyadan shimolroqda Murg’ob vohasida Marg’iyona joylashgan edi. Marg’iyona suvga boy hudud hisoblanadi. O’sha davrlarda miloddan avvalgi VI-IV asrlar Marg’iyonada juda mukammal rejalashtirilgan irrigatsion sistema asosida sug’orish inshootlari qurilgan bo’lgan. Marg’iyonada tokzorlar juda ko’p bo’lganligi hamda bog’dorchilikdan tashqari dehqonchilining taraqqiy etishiga ham manashu sug’orish tizimi asos vazifasini bajargan.
O’rta Osiyodagi muhim viloyatlardan biri shubhasiz, Baqtriya bo’lib, uning muhimigini shunda ko’rish mumkun-ki, uni yo taxt vorisi yo shoh qarindoshi boshqargan. Ahamoniylarning Baqtriya bilan ilk munosabatlari to’g’risida ma’lumotlar yetarli deb bo’lmaydi. Doro davriga kelib esa Baqtriya qat’iy ravishda Ahamoniylar qo’l ostidagi mulklar qatoriga sanab o’tiladi25.
Doro Baqtriyaga o’z noibi qilib fors Dodarshishni tayinlagan. Geradod qiziq bir ma’lumot qoldirgan. Kir va uning o’g’li Kambiz hukmdorligi davrida qaram mamlakatlardan muayyam bir soliq olinmagan. Biroq bir tobe mulklardan ularga sovg’a-salomlar yuborib turilgan. “Doroni forslar savdogar deyishlariga sabab, deb yozadi Geradod: - u birinchi bo’lib soliq tizimini joriy etganligidir”. Baqtriya mustahkam qo’rg’oni eslatgan. Ahamoniylar undan shimoli-sharqiy hududlarni boshqarishda tayanch sifatida foydalanishgan. Doro I soliq siyosatini o`zgartiradi. Yangi umumdavlat soliq tizimi shakllantiradi. Har bir viloyat yer hajmi va hosildorlik darajasiga ko’ra qat’iy belgilangan soliq to’lovini amalga oshirishi shart bo`lgan. Ilk bor ayrim ibodatxonalar o’zlariga qarashli yerlardan soliq to’lashga majbur qilindi. Soliq to’lovi sifatida yig’ilgan pullar bir necha o’n yillar podsho xazinasida saqlangan. Faqat ularning bir qismi xarajatlar uchun ishlatilgan. Shu boisdan savdo uchun tanga pul doimo taqchil bo`lgan. Bu hol tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga to`sqinlik qiladi va natural xo`jalikni saqlanishiga olib keladi.
Forslarning o`zlari pul to`lovidan ozod bo`lib, natural to`lovga tortilganlar. Qolgan qaram xalqlar har yili 7740 Bobil kumush talanti (232200 kg) miqdorda soliq to`laganlar. Pul-tovar munosabatlarini rivojlanishi pul islohotiga sabab bo`lgan. Miloddan avvalgi 517-yildan so`ng Doro I butun mamlakat miqyosida yagona pul birligi fors pul tizimining asosi 8,4 gr og`irlikdagi tilla tanga "darik" ni joriy qiladi27.
Bizga ma’lumki Doro I islohotlaridan so’ng mamlakat satrapliklarga bo’lindi. Va shu Satrapliklarni ma’muriy va harbiy vakolatga ega bo’lgan satrap boshqarardi. Lekin keyinchalik harbiy vakolat undan olib tashlandi ( o’zi boshidan deyarli bunday vakolat kam berilgan). Harbiy boshliq lavozimi joriy qilinadi. Bu ikki mansab ustida maxfiy politsiya nazorat olib borgan. Ahamoniylar davlatida eng yuqori darajadagi ishlar bilan xususan barcha davlatlardagi shohning yaqinlari hamda davlat lavozimida ishlaydigan shaxslarning (xatto forslarning) ustidan ishonchli bo’lgan Hazarapatu (ming boshi), bir paytning o’zida shohning shaxsiy gvardiyasining bosh qomondoni bo’lgan lavozim nazorat olib borgan. Shunday bo’lsada, aynan Baqtriyaga kelganda, bu masalaga shubha qilish mumkin. Manbalarda keltirilishigcha, Baqtriyaliklar boshqa xalq vakillari bilan tezda til topishib, ittifoq tuzishga usta bo’lgan ekanlar shuning uchun ham bu yerda boshqaruvchi sifatida faqat forslar (asosan taxt vorisi yoki shaxzodalar) tayinlangan. Baqtriya haqida gap ketar ekan shuni ta’kidlab o’tish lozimki miloddan avvali V asrda Baqtriyada tanga, pullar chiqarila boshlangan. Bu esa asta-sekin shimoliy hududlarda hukmron tabaqa mavqei tushib borganini ko’satadi. Baqtriyadan shimolda So’g’diyona joylashgan edi. So’g’diyona Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o’z ichiga olib poytaxti Maroqanda bo’lgan.
Ahamoniylarga tobe bo’lgan yana bir hudud Xorazm hisoblanadi. Ahamoniylar tobeligiga tushib qolganligi to’g’risida aniq bir ma’lumot berilmaydi ammo Doroning buyrig’i bilan zagros qoyasiga ( Erondagi Kirmonshoh shahridan 30 km masofada joylashgan) o’yib bitilgan yozuvga ko’ra Xorazm, So’g’diyona, Ariya, Parfiya Ahamoniylarga qaram 23 viloyat (Satrapiya) qatorida sanab o’tiladi ayni guvohliklarni Pernopoldagi (Erondagi Sheroz shahridan shimolda taxminan 50 km masofada joylashgan, 520-450-yillar orasida qurilgan) yozuvlardan ham topish mumkin29. Lekin Doro I ning qabir toshi bitiklarida Ahamoniylar saltanatida tobe mamlakatlar ro’yxatida So’g’diyona, Ariya va Parfiya kiritilgan xolos. Xorazm esa bu qatorda yo’q. Geradod qoldirgan ma’lumotlarda aytilishicha Parfiya, Xorazm, So’g’diyona, Ariya ahamoniylarga qaram XVI okrugni tashkil etib, yiliga 300 talant soliq to’lab turganlar.
Miloddan avvalgi 520-yil Elamliklar 3 marta Forslarga qarshi chiqdilar va bu haqda Behistun yozuvlarida shunday xabar qilinadi. Elam deb nomlanmish davlatda isyon bo’ldi Elamliklar Atamanta ismli shaxsni o’zlarining hukmdori deb elon qilishibdi shundan so’ng men qo’shin yubordim. Meni xizmatimdagi Gaubaruva ismli forsni ularga boshliq qildim. U Elamliklar bilan uzoq urushdi. Keyin Gaubaruva Elamliklarni tor-mor qildi va yanchib tashladi, ularni boshlig’ini ushlab meni oldimga olib keldi va men uni “o’ldirtirdim shundan so’ng mamlakat meniki bo’ldi” . Shu tariqa butun O’rta Osiyo ahamoniylar qo’l ostida o’tdi ajdodlarimiz o‘z erki uchun doimo kurashib kelgan. Shu misolda Fradani olishimiz mumkin. Tarixchilarning xabar berishicha eng ko’p odam o’ldirilgan joy Marg’iyona bo’lgan ekan (qo’zg’olonni bostirish paytida 55 ming kishi o’ldirilgan 6972 asir qilingan).
Ahamoniylar davlat boshqaruvi shakliga ko’ra zo’rlikka asoslangan, tuzilishi markazlashgan initar (oddiy) shaklda edi. Butun hokimiyat podshoh qo’lida edi u davlatni kuchli markaziy davlat apparatiga tayangan holda boshqargan. Davlat apparatida podshohdan keyin ikkinchi o’rinda hazorapat (ming boshliq) turgan. U barcha davlat organlariga va mansabdor shaxslar faoliyatining nazorati hamda markaziy devon boshqaruvini yuritgan. Podshohning shaxsiy qo’riqchilariga boshliq bo’lgan hamda podshohga kelgan shikoyat va arizalar haqida ma’lumot berib borgan. Markaziy devonga kotiblar taftishchilar podshohga ma’lumot yig’ib keluvchilar apoqa xizmati xodimlari va boshqalar bo’ysungan.
Ahamoniylardan Doro I mamlakatni mustahkamlash uchun qator islohotlar o’tkazadi. U bosib olingan hudud ustidan nazorat o`rnatadi, soliqlar yig`imini tartibga soladi. U davlat hududini satrapiya deb atalgan ma`muriy soliq okruglariga bo`ladi. Bunda asosan miqdori talan31 bilan belgilanganligini ko’rishimiz mumkin. Satrapliklar o’z hajmi jihatdan ilgarigi katta davlatlar, provinsiyalardan ham katta bo`lgan. Satrapliklar ichida avtonom o’z-o’zini boshqaradigan qabila va shaharlar Finikiya, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari ham mavjud bo`lgan. Forslar Finikiya shaharlarining ichki ishlariga aralashmaganlar va buning evaziga ular ahamoniylarni oxirigacha qo`llab-quvvatlaganlar. Satraplik lavozimiga forslar tayinlanadigan bo`ladi. Kayxusrav va Kambiz davrida satrap qo`l ostida fuqarolik va harbiy hokimiyat to`plangan edi. Bu haqida satrap Gobriyning Bobil, Suriya va yuqori Mesopotamiyadagi bir vaqtning o`zida fuqarolik va harbiy noib vazifasini bajargani to`g`risida aniq ma`lumotlar bor. Satrap va harbiy boshliqlar markaziy hokimiyatni podshoning va ayniqsa uning maxfiy xizmatining doimiy nazorati ostida bo`lganlar. Chunki viloyat satraplari doimo mustaqillikga erishishga harakat qilib, ajralib chiqish xavfini tug`dirganlar. Davlat boshqaruvi va barcha amaldorlar ustida oliy nazorat “xazorapat” deb atalgan mansabdor qo`lida bo`lgan. U bir vaqtning o`zida “o`n ming o’lmas” podsho shaxsiy gvardiyasining boshlig`i bo`lgan. Islohotlar natijasida markaziy podsho konselariyasi bilan katta byukrokratik apparat vujudga kelgan. Davlat boshqaruvi poytaxt Suzada bo`lib, podshoning bosh qarorgohi Persopol bo`lgan.
Miloddan avvalgi 522-521-yillarda anchagina hududlarni bosib olib yoki ko’tarilgan qo’zg’alonlarni bostirib bo’lgan Doro I islohotlar qila boshlaydi. Yuqorida ma’muriy jihatdan satrapiyalarga bo’linganligini gapirib bo’lgan edik. Endi uni barcha sohalardagi islohotlarni gapirib o’tsak. Boshqaruv tizimida qonunlarni joriy etish maqsadida bir guruh qonunshunoslarni yig’ib qadim Misr hududidagi qonunlarni barchasini yetarlicha yaxshi o’rganib hamda o’zining yangi qonunlari uchun asos bo’lgan Hamurapi qonunlari bilan birga butun imperiya hududida bo’ysunishi shart bo’lgan barcha qonunlarni ishlab chiqdi. Doro I soliq tizimini joriy etib, o’z boyligini ko’paytiradi. Satrapliklardan qancha miqdorda soliq olishini Doro I o’zi belgilagan edi. Bu belgilagan miqdor to ahamoniylar davlati qulaguncha qadar o’zgarmadi. Soliq yig’ib olish anchagina shavqatsiz kechgan.
Forslarning qudratini dunyoga ularning armiyasi orqali bilishadi. Ahamoniylar armiyasi asosini forslar va middiyaliklar tashkil etgan, ular armiya safida 20 yil mobaynida xizmat ilganlar. Forslarning harbiy qudratini sharqiy eronliklar va shimoli-sharqiy hududdagi jangchilar saqlab turishgan. Forslarning otliq qo’shini asosini O’rta Osiyolik saklar tashkil etgan. Harbiy hayotda saklar butun Ahamoniylar davlati faoliyati davomida otliq qo’shindagi ustunlikni hechkimga bermaganlar. Forslar armiyasida 10 ming kishidan tashkil topgan “Bessmertnix” o’lmaydiganlar guruhi bo’lgan. Jangladagi forslarning g’alabasini aynan ular taminlashgan. Hokimiyatdagi boshqaruv haqida gapiradigan bo’lsak barcha sud ishlarini satraplar nazorat qilgan, tergov va tekshiruv ishlari esa ishonchli mahalliy zodagonga yuklangan. Yo’llarning tamirlanganligi karvon saroylarning qurganligi aloqa tizimini yaxshi ishlashiga zamin yaratgan.
Qo’shin otliq va piyoda harbiy qismlardan tashkil topgan. Otliq qismlar-zodagonlardan; piyodalar-dehqonlardan olingan. Bu ikkala qismlarning uyg`un harakati urushlarda g`alabani qo`lga kiritishga sabab bo`lar edi. Piyoda qo`shinning asosiy quroli kamon, suvoriyning qurol-aslahasi temir sovut, jez qalqon va ikki temir nayza ham bo`lgan.
Qo’shinning eng ilg’or qismi o`n ming “o`lmas” askarlarining birinchi mingtasi faqat fors aslzodalari vakillaridan iborat bo`lib, podshohning shaxsiy qo`riqchilari hisoblanganlar. Qolgan qismlari turli fors, elam qabilalaridan to`ldirilgan.
Bosib olingan mamlakatlarda qaram aholining qo’zg’olonlarini bostirish maqsadida qo’shinlar joylashtirilgan. Misr va Bobilda 10-12 ming kishilik qo’shin turgan. Davlat chegaralarida harbiylarga yer berilib harbiy gornizonlar joylashtirilgan. Bevosita xizmatda bo`lgan harbiylar har oyda mahsulot bilan ish haqi olganlar. Iste’foga chiqgan askar oilasi bilan asosan kichik yer ulushidan kun ko’rgan, savdo va turli hunarlar bilan shug’ullangan.
Eng muhim urush harakatlari davrida har bir qaram xalq ma`lum miqdorda askar yetkazib berish majburiyatini olgan. Doro I davrida forslar dengizda ham yetakchi rol o`ynay boshlaydilar. Dengiz janglari Finikiya, Kipr, Egey orollari va Misr floti yordamida olib borilgan. Matros sifatida saklar, forslar xizmat qilganlar. Ko’pincha flotda rahbarlik vazifalarida misrliklar bo`lgan. Miloddan avvalgi V asrdan boshlab Fors o’lkasida dehqonlarning iqtisodiy ahvoli yomonlashadi. Dehqonlar harbiy xizmatdan bosh torta boshlaydilar. Bu o’z navbatda fors piyoda qo’shinlarini jangovar qobilyatini yo’qotishga olib keladi. Endilikda ular yaxshi qurollangan yunon yollanma askarlari bilan almashtira boshlanadi.
Qadimgi Eron dini va madaniyati. Qadimgi Eron mafkurasida miloddan avvalgi I mingyillikda shakllangan diniy ta`limot zardushtiylik muhim o`rin egalladi. Zardushtiylik Midiya podshosi Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. Zardushtiylik dinining kohinlari diniy an’ana, urf-odat va rasm-rusumlarni saqlovchi maglar bo`lgan. Zardushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni ta’qiqladi, odamlarni bir-biriga mehribon bo’lishini targ’ib qildi. Doro I mil.avv. 520-yil atroflarida zardushtiylikni rasmiy davlat dini deb e`lon qildi.
Forsda qadimgi zardushtiylik tabiat xudolari Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi) va yorug`lik, oy, shamol kabilarni o’zida ifodalagan xudolarga sig’inilgan. Fors podsholari zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din sifatida qabul qilgan bo’lsalarda, eng qadimgi xudolardan voz kechmaganlar.
Diniy e’tiqodni mazkazlashtirish maqsadida Kserks (mil.avv. IV asrda) Eronda diniy islohot o’tkazadi. U Mitra, Anaxita, Zardusht inkor qilgan boshqa qadimgi ibodatxonalarni yo’q qilmoqchi bo’ladi. Bu islohot o’z maqsadiga erishmaydi, yarim asrdan so’ng, qadimgi xudolarga sig’inish yanada keng avj oladi. Ahamoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy qudrati haddan tashqari kuchayib ketmasligiga yo’l qo`ymaslik uchun Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatlarini o’tashga majbur qiladilar
Ahamoniylar boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar. Doro I Bobil, Elam va Yaxudiyadagi buzib tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq beradi. Misr ishg’ol qilingach, Kambiz Misr urf-odatlari bo’yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma’buda Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarga qatnashadi. Doro I o’zini ma’buda Neytning o’g’li deb e’lon qiladi, xudo Amon va boshqa Misr xudolariga bag’ishlab ibodatxonalar quradi.

3.Barcha dalili ashyolar miloddan avvalgi so'nggi ming yillik boshlarida, aniqrog'i VI-VII asrlarda ajdodlarimizning Vatanimiz hududlarida Xorazm va Baqtriya nomi bilan mashhur bo'lgan dastlabki davlatlarni barpo etganidan, bu davlatlar o'ziga xos rivojlanish jarayonini bosib o'tganligidan guvohlik beradi.


Xorazm davlati egallagan hududlar hozirgi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki undan ancha janubga, ya'ni Marv (Turkmaniston), Hirot (Afg'oniston shimoli) atroflariga qadar ham yoyilgan.
Miloddan avvalgi so'nggi ming yillikning boshlariga tegishli «Amirobod madaniyati», quyi Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o'ziga xos sun'iy sug'orish inshooti tizimi hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo'lgan shahar-qal'alar-Qal'aliqir, Ko'zaliqir, jonbosqal`a va boshqalar bular Xorazm vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan dalolat beradi.
Qadimshunos olim Yahyo G'ulomov tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 km uzunlikdagi, eni bir necha o'nlab metrdan iborat bo'lgan kanal o'zani, obod dehqonchilik madaniyati Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik madaniy maskanlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan guvohlik beradi.. «Avesto»da Xorazm Markaziy Osiyodagi rivoj topgan, o'z hududi, chegaralariga ega bo'lgan o'lka (davlat)lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Gerodot ma'lumoticha qadimda Oks daryosi bo'ylab 360 dan ziyod sun'iy sug'orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho'lli, sahroli yerlarga suv chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. Gerodot taasurotlarida Xorazm o'lkasida yashagan aholi dehqonchilikda katta tajribaga ega bo'lib, ular donli, dukkakli ekinlar, chunonchi, bug'doy, suli, arpa, meva-sabzavotchilik mahsulotlarini mo'l-ko'l yetishtirganliklari qayd etib o'tiladi. Xorazm shaharsozligida xom g'isht, paxsalardan keng foydalanilgan, binolarning tashqi va ichki ko'rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning mustahkamligi, o'ziga xos ko'rkamligi ta'minlangan. Bu qo'hna hudud bag'rida ming yillar davomida zamonlar silsilasidan o'tib, saqlanib kelayotgan ko'plab asori-antiqalar, shahar-qal'alar xarobalari, qoldiqlari ham buni isbot etadi. Xorazm vohasida hunarmandchilik, tog'-kon ishlari ancha rivojlangan. Bu yerdan qazib olingan qimmatbaho zumrad toshlar ishlov berilib, yuksak sifat ko'rsatkichiga yetganidan keyingina u muhim tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan. Xorazm zumradi Sharqning bir qator, jumladan Eron, Xitoy, Hindiston, Misr singari mamlakatlariga ham yuborilgan.
Xorazmda aholisining bir qismi chorvachilik bilan shug'ullangan, ularning tuya, ot, qo'yechkilardan iborat suruvlari bo'lgan. Savdo bozorlarida g'alla, meva, chorvachilik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari ayirbosh qilingan.
Afsuski, Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to'g'risida ma'lumotlar hozircha aniq emas. Rivoyatlarga ko'ra, Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi Siyovushiylar bo'lganligi zikr etiladi. «Avesto»da ta'kidlanishicha, Siyovarshon Kaykovusning o'g'li bo'lgan. Siyovarshon o'limidan so'ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o'ch olib, hokimiyatni egallab Xorazmda Siyovushiylar sulolasiga asos solgan.
O'zbek davlatchiligining yana bir asosi-Baqtriya podsholigidir. Uning tarkibiga hozirgi Surxondaryo, Tojikiston janubi, Afg'onistonning shimoli-sharqiy qismi, shuningdek, Sug'diyona va Marg'iyona yerlari ham kirgan.
Baqtriyadagi ko'pdan-ko'p yirik shaharlar orasida Baqtra mashhur shahar bo'lib, mamlakatning poytaxti hisoblangan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o'ralgan, unda hukmdor qal'asi alohida joylashgan.
Rim tarixchisi Kursiy Rufning guvohlik berishicha, «Baqtra daryosi nomidan shahar, viloyatning nomi kelib chiqqan». Umuman tarixiy ma'lumotlarga asoslanadigan bo'lsak, qadimgi davlatlar nomlari ko'pincha daryo, qabila, xalq yoki shaharlar nomiga qiyosan kelib chiqqan bo'ladi.
Binobarin, «baqtriyaliklar», «Baqtriya xalqi» iboralari juda qadimgi manbalarda tilga olinib, bitta xalqni yoki bir necha qarindosh qabilalarni birlashtirgan tushunchani anglatadi.
«Avesto» kitobida ham Baqtriya «Eng yaxshi mamlakatlar va o'lkalardan biri bo'lgan, baland bayroqli, go'zal o'lka» sifatida ta'riflangan, Bu xildagi fikr-mulohazalar Baqtriyaning o'z davrining yirik davlatlaridan biri bo'lganligidan dalolat beradi.
Ktesey ma'lumoticha, Baqtriyaga qarashli Vaxsh-Oks vodiysi obi-hayotga mo'l-ko'lligi, unumdor yerlari ko'p bo'lganligidan, bu hududda dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan, aholi bog'dorchilik, mevachilik mahsulotlari yetishtirishda omilkor bo'lgan. Qashqadaryo vohasining miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga oid Sangirtepa, Uzunqir, Yerqo'rg'on, Zarafshon vodiysida Afrosiyob, Ko'ktepa singari aholi manzilgohlarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, bu joylarda o'troq turmush kechirgan qavm, elatlar dehqonchilik bilan faol shug'ullanganlar. Xuddi shunday fikrni So'g'diyona hududlariga nisbatan ham aytish mumkin.
Shunday qilib, Xorazm va Baqtriya davlatlarida kechgan siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy madaniy jarayonlar ajdodlarimizning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot yo'lidan ilgarilab borib, o'z davlatchilik tuzilmalarini vujudga keltirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib borganligidan guvohlik beradi. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, shaharsozlik, mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish qurollarining takomillashib borishi ulug' bobokalonlarimiz o'lmas dahosi, salohiyatining yorqin ifodasidir. Bular qadimgi o'zbek davlatchiligi tarixiy tajribasining muhim jihatlari, namunalari sifatida alohida qimmatga egadir.
Xorazm salavkiylar davrida ham o'z mustaqilligini saqlab qoldi va yuksalib bordi. Mil.av.II asrda So'g'diyona va Shosh (Toshkent) Xorazm tasarrufiga olinadi. Bu davrda Xorazm davlati tarixiga, rivojlanish jarayoniga oid bo'lgan eng ko'p ma'lumotlar Xitoy manbalarida uchraydi. Xitoy manbalarida Xorazm Qang'a davlati degan nom bilan tilga olinadi. Aftidan, Xitoyning Xan sulolasi hukmdorlari O'rta Osiyo xalqlari hayotiga va hududning muhim jo'g'rofiy mavqei, tabiiy boyliklariga alohida qiziqish bildirib, o'z elchilarini yuborganlar hamda ular bilan yaqindan bog'lanishga harakat qilganlar. Bugina emas, hatto mil.av II asr boshlarida bu hududni qo'lga kiritish maqsadida katta qo'shin tortib bostirib kelganlar ham.
Xorazm mil.av. II asr boshlarida yanada kengayib, sharqda Farg'ona, shimoliy-sharqda usun, yuechji qabilalari bilan, shimoliy g'arbda Sarusi daryosi bo'ylab chegaralangan. Janubda Baqtriya va Parfiya chegaralari yetib borgan. Boshqacha qilib aytganda, Amu va Sirdaryo oralig'idagi katta hududlar shu davlat tarikibiga kirgan. Uning yirik shaharlari sirasiga mil.av. II-I asrlarda Aris daryosi sohilidagi O'tror va hozirgi Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on tumani hududida joylashgan Qanqa shaharlari ham kirgan. Bu shaharlar o'sha davr shaharsozligining yuksak namunalarini o'zida mujassamlashtirgan. Davlatni boshqarishda podshohning roli va o'rni katta bo'lgan. Shu bilan birgalikda davlat va jamiyat hayotiga oid ko'plab muhim masalalarni hal etishda urug' va qabila oqsaqollaridan iborat Oliy Maslahat kengashining mavqei ham alohida o'rin tutgan. Binobarin, podshoh o'z ichki va tashqi siyosatini yuritishda mazkur kengash bilan maslahatlashgan. Viloyat boshliqlari turkiy maqomda jobu yoki yobular deb atalganlar. Ular o'z hududlarini boshqarishda bir muncha mustaqillikka ega bo'lib, markaziy hokimiyatga boj to'lab turganlar. Davlat hukmdorlari mintaqadagi siyosiy vaziyatga ham faol aralashib, undagi muvozanatni saqlash bobida izchil siyosat olib borganlar. Ayniqsa, ular Xitoyga nisbatan mustaqil siyosat yuritganlar. O'z qo'shnilari-Dovon, Qashg'ar, Yorkent singari mustaqil hududlarga nisbatan Xitoyning da'vosi va istilochilik yurishlariga keskin qarshi chiqqan va lozim bo'lganda o'z harbiy kuchlari bilan ularga yordamga kelgan. Mamlakat aholisining asosiy tarkibini turkiy etnoslar tashkil etgan. Ular asosan o'troq hayot kechirganlar. Aholining ma'lum qismi ko'chmanchilik bilan shug'ullangan. Daryo va soylarga tutash vohalarda dehqonchilik madaniyati rivojlangan. Chunonchi, Toshkent vohasida boshoqli, dukkakli o'simliklar ko'p miqdorda o'stirilgan, shirin-sharbat mevalar yetishtirilgan. Shaharlarda savdo-sotiq, hunarmandchilik rivoj topgan. Mahalliy hunarmandlar tayyorlagan urush qurollari (qilich, xanjar, oybolta, o'tkir uchli nayzalar va boshq.), xo'jalik asbob-uskunalariga talab talab-ehtiyoj katta bo'lgan. Qoramozor, Qurama va Chotqol tog'larida temirchilik, miskarlik hunarini rivojlantirish uchun kerak miqdordagi mis, temir, kumush, qo'rg'oshin singari ma'danlar qazib olingan. Toshkent atrofidagi Oqtepa 1, Oqtepa 2, Choshtepa, Qovunchitepa, shuningdek, O'tror, Sirdaryo havzasida topilgan ko'plab noyob dalillar yuksak moddiy va madaniy hayot tarzi mavjud bulganligidan dalolat beradi. Buni «Qovuntepa madaniyati» nomi bilan tarixga kirgan qadimgi madaniyat namunalari ham isbot etadi. Chorvachilik va yilqichilik to'g'risida ham alohida fikr aytish mumkin. Xitoyliklarni maftun etgan zotdor, tulpor otlar xuddi mana shu hudud va qo'shni Davan yaylovlarida boqilgan. Xitoy solnomachilari chorva mollarining mo'lko'lligini, sut-qatiqlarning g'oyatda mazali va to'yimliligini ta'rif etganlar. Xorazm davlatining xalqaro karvon savdosidagi mavqei ham baland bo'lganki, bunda Buyuk ipak yo'lining roli katta bo'lgan.
Davan yoki Parkana nomi bilan mashhur bo'lgan, ajdodlarimiz tomonidan Farg'ona vodiysida barpo etilgan yana bir davlat Vatanimiz hududidagi qadimgi davlatlardan sanalsa-da, biroq uning haqqoniy tarixi xususida hozirgacha to'la ma'lumotlar topilmagan. Xitoylik elchi Chjan Syan yozma manbalarida Farg'ona vodiysidagi davlatni Davan (ulug' Van) deb atalgan.
Vaholanki, Farg'ona vodiysi ham ajdodlarimizning madaniy, o'troq hayot kechgan, o'z davlatchiligiga ega mustaqil hudud sifatida Xorazm, Baqtriya singari qadimgi davlatlar bilan tenglasha olishga hech bir shubha yo'q. Buni mil.av. II asr boshlarida tashrif buyurgan. Xitoy elchisi Chjan Syan yozib qoldirgan esdaliklar ham isbot etadi. Manbalarda aytilishicha, bu davrda Farg'onada 300 ming nafar aholi yashagan. Uning 70 dan ziyod katta-kichik shaharlari bo'lib, ularda savdosotiq, hunarmandchilik yuksak darajada rivojlangan. Mamlakat poytaxti Ershi (hozirgi Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan) o'z davrining obod, ko'rkam va aholisi gavjum shaharlaridan sanalgan. Qadimgi O'zgan, Koson ham davanning eng mashhur shaharlari sirasiga kirgan. Davan hududida 10 dan ortiq yirik dehqonchilik manzilgohlari mavjud bo'lib, ularda yerli mirishkor aholi sholi, bug'doy, paxta va boshqa dehqonchilik ekinlari yetishtirish bilan shug'ullangan. Bularga Aravonsoy, Oqbo'ra, Sultonobod, Qo'rg'ontepa, Andijonsoy, Maylisoy, Ulug'nor, Yilg'insoy, Shahrixonsoy kabi dehqonchilik makonlarini aytish mumkin. Xitoy sayyohi vodiyda uzumchilik nihoyatda rivojlanganiga, shu bilan birga undan noyob sharbat va uzoq muddat saqlanadigan, quvvati o'tkir vinolar tayyorlash yuksak darajada yo'lga qo'yilganligi alohida urg'u beradi. Davandagi ijtimoiy-siyosiy hayotning yana bir muhim jihati-bu ayollarning jamiyatda tutgan mavqeining alohidaligidadir. Chjan Syanning e'tiroficha, bu yerning erkaklari ayollarga alohida hurmat ko'rsatganlar. Boshqacha qilib aytganda, xotin-qizlarning har qanday topshirig'i erlar tomonidan bajarilishi shart hisoblangan. Davlat hukmdori mamlakat hayotiga oid har qanday ichki va tashqi masalallarni hal etishda Oqsoqollar kengashiga, ularning maslahatlari va yo'l-yo'riqlariga suyangan. Ayniqsa, urush va tinchlik, elchilik aloqalari masalalasida Oqsoqollardan iborat oliy kengash alohida vakolatlarga ega bo'lgan. Hukmdor buni e'tirof etishga majbur bo'lgan.
Xitoy Farg'ona davlatining boy-badavlat turmushiga, uning boyliklariga ko'z olaytirib, unga qarshi bir necha bor katta qo'shin tortib bostirib kelgan. Chunonchi, mil.av. II asr oxirlarida (104 yilda) va milodiy 1 asrning 80-yillarida xitoyliklar Davan davlatini o'zlariga bo'ysindirish uchun u bilan shiddatli urush olib borganlar. Davanliklar o'z qo'shnilari-Xorazm va Kushonlarning harbiy yordami bilan yurt mustaqilligini saqlab qolishga muvaffaq bo'ladilar. O'rta Osiyo hududlarini kuch bilan egallash mumkin emasligini tushungan Xitoy tomoni shundan so'ng Davan davlati bilan shartnoma tuzadi. Bunga ko'ra ikkala davlat o'rtasida diplomatik va savdo-sotiq munosabatlarini yo'lga qo'yish, jumladan Farg'onaning uchqur arg'umoqlarini xitoyga sotishga kelishib olinadi.Farg'ona hududi O'rta Osiyo ijtimoiy siyosiy hayotida sodir etilgan keyingi muhim o'zgarishlar jarayonida ham o'zining nisbiy mustaqilligini bir muncha saqlab qolishga muvaffaq bo'lgan.
Mil.av. II asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi turkiy qavmlar qo'shnisi xunlar tazyiqiga uchrab, ularning siquviga bardosh berolmay G'arbga tomon siljiydilar. Xitoy manbalarida ular yuyechjilar deb atalgan. Yuyechjilar Issiqko'l atrofida sak qabilalari bilan to'qnashib, ularni janubiy-g'arb tomonga suradilar. Biroq. Yuyechjilar usun qabilalari zarbasiga uchrab janubga siljib, mil.av. 130 yillarda So'g'diyona hududiga kirib keladilar. Yuyechjilar, Xitoy tarixchisi Chjan Syan ta'kidlashicha, Sug'diyonadan Baqtriyaga yuradilar va Baqtriyadagi yunonlar hukmronligini ag'daradilar. Yuyechjilar Farg'ona vodiysini ham egallaydilar.
3.Xitoy manbalarida ta'kidlanganidek, yuyechjilar beshta siyosiy xonadonga mansub edilar. Gu yshuan, (Kushon). Xyumi, Shuanmi, Xise, Xuanmi. Ularning har biri qariyb yuz yilgacha alohida-alohida siyosiy kuch hokimlik bo'lib, yagona hukmdorga bo'ysunmagan holda faoliyat yuritadilar. Milodning I asrida Kushonlar xonadoni boshlig'i Kujula Kadfiz (Kioszyukyu) barcha yuyechji qabilalarini birlashtiradi va butun Baqtriyada siyosiy hokimiyatni egallaydi.
Kujula Kadfiz qo'shni hududlarga yurish uyushtirib, So'g'diyona, Marg'iyona, Hindistonning Shimoliy G'arbiy qismini zabt etadi. Kujula Kadfiz keyinchalik Amudaryo bo'ylari, Qobul va Qandahor hududlarini ham egallaydi. Bu davrda mamlakat poytaxti Dalvarzintepa (Hozirgi Surxondaryo viloyatida) shahri bo'lgan. Shu tariqa, Kushonlar sulolasi davrida O'zbek davlatchiligi salatanatlik bosqichiga ko'tariladi.
Kushon hukmdorlari to'g'risida fikr yuritadigan bo'lsak, bunda bu davlatga asos solgan
Kujula Kadfiz (milodning I asri boshlari), uning o'g'li Vima Kadfiz (Milodning I asri o'rtalari), Kanishka (78-123 y.y.) va ularning avlodlari-Vasishka, Xuvishka, Kanishka II, Vasudeva, Kanishka III, Vasudeva II nomlarini tilga olib o'tmoq joiz bo'ladi.
Kadfiz I davrida zarb etilgan tangalarda «Kujula Kadfiz Yabg'u» degan so'zlar uchraydi.
Uning o'g'li Vima Kadfiz davri ham muhim o'zgarishlar bilan bog'liq. Bu davrga kelib Shimoliy Hindistonning bir qator muhim hududlari egallanadi. Vima Kadfiz mamlakatda pul islohoti o'tkazib, vazni 8 gr og'irlikdagi oltin tangalarni zarb qildirib muomilaga chiqartiradi. Bu esa xalqaro savdoda davlat obro'sining ko'tarilishiga sabab bo'ladi. Xuddi shu vaqtda Rim imperiyasi bilan savdo-sotiq aloqalari kuchayadi. Kushonlar mavqeining kuchayishi Kanishka davriga to'g'ri keladi. Bu paytga kelib Hindistonning Peshovor, Panjop, Kashmir va boshqa markaziy hududlari, shuningdek, Sharqiy Turkistonning ancha qismi saltant tarkibiga kiritiladi. Bu davrda mamlakat poytaxti ham Peshovorga ko'chirilgan. Usta siyosatchi, yetuk sarkarda bo'lgan Kanishka mamlakat ichki hayotida muhim ijtimoiy siyosiy va ma'naviy o'zgarishlarni amalga oshirish barobarida tashqi siyosatda ham g'oyatda uddaburonlik bilan faoliyat yuritadi. Uning din sohasida o'tkazgan siyosati muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Garchand uning davrida Budda dini davlatning rasmiy dini darajasiga ko'tarilsada, biroq mamlakatning turli hududlarida mahalliy aholi oldindan e'tiqod qilib kelgan boshqa dinlar erkinligi va daxlsizligi saqlanib qoldi. Hatto zarb etilgan oltin va kumush tanga pullarda budda xudosi bilan bir qatorda mahalliy xalqlar e'tiqod qo'yib kelgan xudolar-Anaxita, Mitra, Veretragna, Vaxsh va boshqalarning ham tasvirlari tushirilganligi bunga yorqin dalildir. Bu davrda zarb etilgan tangalar avvalgidek yunon tilida emas, balki mahalliy Kushon-Baqtriy tilida chiqarilganligi alohida e'tiborga loyiqdir. Bunday uzoqni ko'zlab oqilona yuritilgan siyosat turli aholi qavmlari, ijtimoiy guruhlari o'rtasida tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta'minlashga xizmat qilgan. Biroq Kanishkadan so'ng hokimiyatga kelgan Vasishka, Xuvishka, Vasudevalar davriga kelib Kushonlar sulolasi bir qator ob'yektiv va sub'yektiv sabablar orqasida asta-sekin inqirozga uchray boshlagan. Ayniqsa, III asr o'rtalariga kelib qo'shni davlat-Parfiya o'rnida yangidan vujudga kelib, tobora kuchayib borgan Eron Sosoniylari hukmdorlarining to'xtovsiz olib borgan urush harakatlari natijasida Kushonlar mavqei zaiflashib, hududlari kichrayib bordi. Janubda Hind yerlarining Kushonlar tasarrufidan mustaqil bo'lib ajralib chiqish jarayoni kuchaydi. Keyinchalik Xorazm, So'g'diyona sarhadlari ham o'z mustaqilliklarini qo'lga kiritadi. Buning oqibatida Kushonlar sulolasi oxir-oqibatda haloqatga uchradi.
Kushonlar sulolasi hukmronligi davri ko'hna tariximizda katta iz qoldirgan ekan, buni uning tarkibiga kirgan har bir hudud yohud elatlar misolida yaqqol ko'rsa bo'ladi. Uning dastlabki poytaxti Dalvarzintepa (Surxondaryo), unga tutash Xalchayon (Denovda), Zartepa, Fayoztepa, Qoratepa, Ayritom (Termiz atroflari) va boshqalar Kushonlarning eng rivoj topgan savdo-sotiq, hunarmandchilik sohalar o'sgan gavjum shaharlari hisoblangan. O'lkamizda sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati nihoyatda taraqqiy etgan, ko'plab sug'orish inshootlari barpo etilgan. Surxondaryo vohasida Eski Angor, Zang, Sug'ddagi Darg'on kanallari shular jumlasidandir. Vatanimiz hududida shaharsozlik, me'morchilik xaykaltaroshlik, kulolchilik singari hunarmandchilik turlari yuksak darajada taraqqiy etgan. Buni ko'xna Tuproq qal'a, Ayritom, Termiz, Axsikent shaharlari o'rnida olib borilgan tarixiy tadqiqotlar ham tasdiqlaydi.
Turkiy elatlarning keng hududlarda qadim-qadim davrlardan buyon yashab, o'zlaridan munosib madaniy iz qoldirib kelganligini juda ko'p tarixiy manbalar tasdiq etadi. Mo''tabar Xitoy manbalari mashhur «O'g'iznoma» Urxun-Enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari bunga ishonchli guvohdir. Oltoy, Tuva hamda ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi Ashin, Arg'u, O'g'iz, To'qqiz o'g'iz, O'ttiz tatar, Karluq, Kitan, Toliz, Turk, Uyg'ur, To'qri, «Toxarlar», Quriqan, Duba «Tuba-Tuva» va boshqalar yashardilar.
Yuechjeylarning eramizdan avvalgi II asr o'rtalarida Grek-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi ushbu davlatni tamomila tugatilishiga olib keldi. Yuechjeylarning dastlabki mulklari shimoliy Baqtriya hududlarida bo'ldi (zamonaviy O'zbekistonning janubiy hududlari va Tojikiston). Kushon davlati eramizning I asri birinchi yarmida yuechjeylar davlati amirliklaridan biri Kushonning yuksalishi oqibatida yuzaga keldi. Kushon xitoychada Guyshuan deb talaffuz qilinib, yuechjey qabilalaridan birining nomi bo'lish ehtimoli bor. Davlat asoschisi yabgu (amir) bo'lgan. Keyinchalik podshoh Kudjula Kadfiz hukmronligi ostida kushonlar hozirgi Afg'oniston va Pokistonning katta qismini bosib oldilar. Uning merosxo'ri Vime Tok hukmronligi davrida kushon mulklariga Hindistonning katta bir qismi qo'shildi. Kushon davlatining gullab-yashnashi Kanishka hukmronligi davriga to'g'ri keldi (taxminan eramizning 78-123 yillari). O'sha davrda poytaxt Baqtriyadan Peshovorga ko'chirildi, mamlakat sarhadlari esa Hindiston va Xo'tongacha bo'lgan o'lkalarni qamrab oldi. Markaziy Osiyoda Kushon davlatining chegaralari hozirgi O'zbekiston janubidagi Hisor tog' tizmalari cho'qqilaridan o'tgan. O'sha yerdagi baland tog' daralarida (Darband) mustahkam chegara inshootlari qad ko'tardi. O'sha davrlarda davlat sarhadlarida yangidan-yangi shaharlar qad ko'tardi, Hindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo munosabatlari o'rnatildi. Pompeyda olib borilgan qazish ishlari mobaynida kushon tangalari hamda kushon ustasi tomonidan suyakdan yasalgan figuralar topildi. Kushon davrida me'morchilik yuksak rivojlandi. Ayniqsa saroylar va ibodatxonalar qurilishiga katta e'tibor qaratildi. Kushon hukmdorlarining Xolchayondagi saroyida va eski Termiz va Dalvarzindagi budda ibodatxonalarida yuqori badiiy did bilan ishlangan devor chizgilari va haykaltaroshlik namunalari yaxshi saqlanib qolgan.
Xolchayon, Dalvarzin va Ayritomda olib borilgan qazish ishlari davomida kushon ustalarining yuksak mahoratidan dalolat beruvchi bronza idishlar, muhtasham shag'amsupalar, ko'zgular hamda zargarlik mahsulotlari topilgan. Dehqonchilik imperiya iqtisodiyotining tayanchi bo'lgan. Yer hosildorligini oshirish maqsadida turli o'g'itlardan keng foydalinilgan. Tog' oldi hududlari va cho'llar chorvachilik maqsadlarida foydalanilgan.
Termizda olib borilgan qazuv ishlari davomida oramiy tili asosida yozilgan xatlar topilgan. Kushon kursiv xati o'zining o'tkir burchakli, kvadrat va aylana shaklidagi harflari bilan ajralib turar hamda o'sha davrlarda juda keng tarqalgan edi. Kanishka davrida Kushon davlatiga buddizm kirib keladi va tez orada davlat diniga aylanadi. Ammo shu bilan birga zardo'shtiylik va mahalliy O'rta Osiyo, Hindiston, Eron, Yunoniston va Misr xalqlari dinlari ham o'z kuchini yo'qotmaydi. Kushon davlati eramizning III asri birinchi yarmining oxirida barham topdi. Baktriya va Toxariston maxsus mulk huquqi ostida Sosoniylar imperiyasi tarkibiga qo'shildi. Ushbu imperiya sosoniy podshohlar xonadoni a'zolari tomonidan boshqarilib, ular kushonshoh tituligi egalik qilgan.

Kushon davlatining paydo bo'lishi uzoq vaqt olimlar orasida katta ilmiy munozaralarga sabab bo'lib kelgandi. Bu afsonaviy tuyulgan podsholik tarixini o'rganish o'tgan asrdayoq boshlangan edi. Miloddan avvalgi I asrga kelib Katta Yuyechji uyushmasidagi beshta xokimlikda Tuyshuan (Kushon) xokimligi ancha kuchayib va xudidi kengayib bordi. «So'nggi xon sulolasi tarixi» (Xitoy) ma'lumotlariga ko'ra, «Guyshuan xokimi Kloqzyuko qolgan to'rtta xokimlikni birlashtirib o'zini Buyshuon xokimi» deb e'lon qildi. Kushon davlati podsholari ichida eng mashhuri Kanishna hisoblanadi. Uning xokimlik davrida Kushonlar saltanati yanada gullab-yashnadi. Kanishna davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo'shib olinadi. Mamalakatning poytaxti esa Peshovar (Afg'oniston) atrofida edi. Mamalakatning hududi Shimimoliy Xindiston, Afg'oniston, Markaziy Osiyodagi ko'pgina viloyatlar, Sharqiy turkistondan iborat edi. Syuan Szyanning yozishiicha, «Kanishna podsholik qilgan davrda uning shon-shuhrati qo'shni mamlakatlarga yoyildi». Mamlakatning xarbiy qudrati ko'pchilik tomondan tan olindi. Xitoyning g'arb tomonidagilar ham Kanishnaning hokimligini tan olib, unga o'z garovga qo'yilgan odamlaridan yuborar edi.

Download 62,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish