Kurs ishi mavzu: Antibiotiklar bilan dori turlarini tayyorlash. Bajardi: ­ Tekshirdi: Toshkent-2020 Mavu: Antibiotiklar bilan dori turlarini tayyorlash. Reja



Download 61,21 Kb.
bet10/12
Sana11.02.2022
Hajmi61,21 Kb.
#442996
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
antibiotiks

III. Tajriba qismi
3.1. Antibiotiklar bilan suyuq dori turlarini tayyorlash.
Antibiotiklar bilan suyuq dori turlarini tayyorlashda to‘yingan eritmalarda ro‘y beradigan holatlarni oldini olish yoki kamaytirish maqsadida ma’lum tartibga rioya qilinadi. Suvli eritmalar tayyorlashda kerakli hajmda suv (tozalangan suv, inyeksiya uchun ishlatiladigan suv, xushbo‘y suv) o’lchab olinadi va unda birinchi navbatda quruq dorilar, so‘ng yordamchi moddalar, ularning eruvchanligini hamda o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda eritiladi. Bunda dastlab zaharli, giyohvand, psixotrop moddalari eritiladi. Ma’lum qismda eriydigan, kam eriydigan, sekin eriydigan moddalarni erishini tezlatish maqsadida ularni isitish, eruvchi moddani oldindan maydalab olish va aralashtirish mumkin. Juda kam va amalda erimaydigan moddalardan eritma tayyorlashda yuqorida ko‘rsatilgan usullardan tashqari, meyoriy hujjatlar asosida ularning eruvchan tuzlarini hosil qilish usulidan foydalaniladi. Tayyorlangan eritmalarning fizik-kimyoviy xususiyatiga qarab filtr turi tanlanadi va flakonga suzib o‘tkaziladi, keyin unga konsentrlangan eritmalar, suyuq dori turlari (nastoykalar, suyuq ekstraktlar, suvli va spirtli eritmalar, xushbo‘y suvlar, xushta’m va dorivor siroplar, novogalen preparatlar) hajm miqdorida o‘lchab, quyidagi tartibda qo‘shiladi: - Suvli havoga uchmaydigan va hidsiz suyuqliklar; - Suv bilan aralashadigan, havoga uchmaydigan boshqa suyuqliklar; - H avoga uchadigan suvli suyuqliklar; - Spirtli suyuqliklar, bunda spirt konsentratsiyasi kam bo‘lgan suyuqlik oldinroq quyiladi; - Hidli va havoga tez uchadigan suyuqliklar. Eritmaga barcha suyuq dori turlarini qo‘shishda ularning suvda eruvchanligi va aralashish xususiyati, shuningdek qaysi guruhga kirishi hisobga olinadi. Erituvchi sifatida yopishqoq uchuvchan suyuqliklar ishlatilganda, bemorga dori vositasi beriladigan idishga avval dori moddasi va yordamchi vositalar solinadi, ustiga erituvchi suyuqlik (grammda) tortib quyiladi, erituvchi sifatida spirtdan foydalanilsa hajmda o‘lchanadi. Erituvchi sifatida glitserin yoki moylardan foydalanilganda, dori vositasini fizik-kimyoviy xususiyatiga qarab isitiladi, agar erituvchi 115 sifatida spirt yoki xloroform qo‘llanilsa, faqat zaruriyat bo‘lganda, ehtiyot choralarini ko‘rib isitiladi. Tarkibida havoda uchuvchan dori vositasi bo‘lgan eritmalar 4 0 -4 5 ° С gacha isitiladi. Tarkibida efir yoki uning spirtli aralashmasi bo‘lgan eritmalar isitilmaydi. Tayyor eritmaning qovushqoqligini, havoga uchuvchanligini hisobga olib, yo‘qotish miqdorini kamaytirish choralarni ko‘rgan holda, quruq filtr tanlanadi va suziladi. Suyuq dori turining umumiy hajmi uning tarkibiga kiruvchi suyuq moddalarga uning hajmi qo‘shib aniqlanadi. Misol:
Rp: Solutionis Glucosi 10 % - 200 ml
Solutionis Citrali spirituosae 1% - 2 m l M agnii sulfatis 4,0 Natrii bromidi 2,0 Mikstura hajmi 202 ml ga (200+2) teng.
Mikstura magniy sulfat, natriy bromid va glukozaning konsentrlangan eritmalaridan foydalanib tayyorlanadi. Flakonga avvalo 130 ml tozalangan suv o‘lchab olinadi, so‘ngra 40 ml 50% (1:2) glukoza eritmasi, 20 m l 20 % (1:5) magniy sulfat eritmasi va 10 m l 220 % (1:5) natriy bromid eritmasi quyiladi. Oxirida 2 m l titralning 1 % li eritmasi qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan dorining hajmi, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hajm oshish me’yoridan oshmasligi kerak. Agarda retseptda eritma tarkibidagi suyuq dori vositasi og‘irlik bo‘yicha ko‘rsatilsa, uning hajmi, zichligini hisobga olgan holda 1.12 bandda keltirilgan formula asosida aniqlanadi. Bir xil tarkibdagi eritmalarning yozilish turi har xil bo’lishi mumkin.
1. Rp: Solutionis Natrii benzoatis 1% — 200 ml
Natrii hydrocarbonatis 2,0
Misce. Da Signa. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.

2. Rp: Natrii benzoatis


Natrii hydrocarbonatis aa 2,0
Aquae purificatae 200 ml.
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.

3. Rp: Solutionis Natrii benzoatis 2,0-200 ml


Natrii hydrocarbonatis 2,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.

4.Rp: Unguenti Benzylpenicillini - natrii


Unguenti Erythromieiniana 10,0
M. D. S. Ko‘z surtmasi.

Yozilish uslubidan kat’i nazar eritma og’irlik-hajm usulida tayyorlanadi. Chunki umumiy hajm har uchala holda ham 200 ml gacha bo’lishi shart.


Suyuq dori turlarini tayyorlashda kukun holidagi moddaning miqdori 3% va undan ko‘proq bo’lganda ushbu moddalarning konsentrlangan eritmalaridan foydalaniladi. Kukun (poroshok) holida yozilgan moddalarni konsentrlangan eritmalari bo’lmaganida ularni o’lchov idishida tayyorlanadi, bunda moddalarning hajm oshish koeffitsiyenti (H O K ) hisobga olinadi. С т а х ( 0 /° ) = H0K C max - dorining maksimal konsentratsiyasi. 116 N - dorining hajmi o‘zgarilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolik darajasi. HOK - Hajm oshish koeffitsiyenti. Misol:
Rp: Solutsionis
Calcii chloridi 5 % - 200 ml Glucosi 60,0 Natrii bromidi 3,0 Mikstura hajmi 200 ml.
Mikstura tayyorlashda konsentrlangan eritmalardan foydalaniladi. Flakonga 45 m l suv, 20 m l 50% (1:2) kalsiy xlorid eritmasi. 120 ml 50% (1:2) glukoza eritmasi va 5 ml 20% (1:5) natriy bromid eritmasi solib tayyorlanadi. Agar dorixonada glukozaning konsentrlangan (50% yoki 40% ) eritmasi bo‘lmasa, u holda mikstura o‘lchov idishda tayyorlanadi: idishga taxminan 120 m l toza qaynoq suv quyilib unda 60,0 gr glukoza eritilib sovitiladi; sovigan eritma boshqa o’lchamli idishga o‘tkaziladi va hajm i 165 m l ga yetkaziladi; so‘ng flakonga suzib o‘tkaziladi; eritm aga 20 m l 50 % (1:2) kalsiy xlorid eritmasi, 15m l 20 % (1:5) natriy bromid eritmasi qo‘shiladi. Mikstura tayyorlash uchun zarur bo‘lgan erituvchi miqdorini glukozaning hajm oshish koeffitsiyenti bo‘yicha ham hisoblash mumkin. Bunda 60 gr eritilganda olinadigan hajm (0 ,6 9 ^6 0 ) = 41,5 m l dir. 200 ml eritma tayyorlash uchun olinadigan tozalangan suv miqdori 200 - (20+ 1 5+ 41,4)= 123,6 ml ni tashkil etadi. Kalsiy xloridning maxsus fizik va kimyoviy xossalarini (o‘ta gigroskopik) hisobga olib suyuq dori turlarini tayyorlashda uning 2 0 - 50% konsentrlangan eritmalari ishlatiladi. Agar suyuq dori turi tarkibida o‘simliklardan olingan suvli ajratmalar bo‘lsa, unda kukun holatdagi dori moddalarni suzib o‘tkazilgan va sovitilgan ajratmada eritiladi. Zarur bo‘lsa eritma ko‘rsatilgan hajmda yetkazilib, yana bir marta suzilgach, flakonga quyiladi. Bunday hollarda konsentrlangan eritmalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. O‘simliklarning suvdagi damlamasi ishlatish uchun tayyor bo‘lgandagina, unga sharbatlar tindirmalar (nastoyka), suyuq ekstrakti shuningdek, boshqa galen va novogalen preparatlari qo‘shiladi. Dorixonalarda dorivor o‘simliklardan «konsentrlangan dam lam alar» tayyorlash taqiqlanadi. Chunki, bu holda o‘simlikdan suvga chiqishi kerak bo‘lgan moddalar to‘la-to‘kis ajralib chiqmaydi. Misol:
Rp: Infusi herbae
Leonuri 12,0-200 ml Natriibrom idi 4,0 Tincturae Valerinae 6 ml.
Miksturaning hajmi - 206 ml.
Arslonquyruq o‘t damlamasi amaldagi farmakopeya maqolasida bayon qilingan suv yutish koeffitsiyenti hisobga olingan qoidalar bo‘yicha tayyorlanadi. Tayyor bo’lgan damlamada 4 gr natriy bromid eritilib, flakonga suzib olinadi va unga 6 ml valeriana nastoykasi qo‘shiladi. O’simlikning suvli ajratmalarini tayyorlashda dorivor o‘simlik o‘rniga umumiy ekstrakt-konsentratlaridan (suyuq ekstrakt 1:1 va 1:2 nisbatda) foydalanish mumkin. Bunday hollarda dori tayyorlashda konsentrlangan eritmalardan foydalanish mumkin. Quruq ekstrakt konsentratlarni suyuq dorilarda eritish kukun moddalarini eritish kabidir. U larda eritish suyuq ekstraktlar va galen preparatlari oxirida qo‘yiladi.

Download 61,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish