Uglevodli antibiotiklar: Ayrim antibiotiklarning tarkibida noana’naviy qand moddalari uchraydi yoki ularning o‘zi murakkab tuzilishdagi tri- va tetrasaxarid shaklidagi qandsimon moddalardir. Shulardan biri streptomitsindir. Uning molekylasidagi uchta uglevod qoldiqlarida gidroksil guruhlari qisman aminoguruhlarga almashingan. Bu antibiotik sil kasalligi va boshqa bakterial infeksiyalarni davolashda ishlatiladi.
Neomitsin nomli preparat ham streptomitsinga o‘xshash bo‘lib, yong‘inda va boshqa sabablarga ko‘ra kuygan kasallami davolashda surtma dorilar tarkibiga qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |