Viskonsin Viskonsin —AQShning shimolidagi shtat. Michigan va Yuqori koʻllar oraligʻidagi tekislikda joylashgan. Mayd. 145,4 ming km2. Aholisi 5 mln.dan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Madison shahri. Eng yirik shahri — Miluoki. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi— 6° dan — 13°gacha, iyulniki 18—22°. Yiliga 750 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari (Viskonsin, Chippeva, Blek-River) Missisipi havzasiga kiradi. Hududida 2 mln. ga dan ortiq aralash oʻrmonlar bor. Iqtisodining muhim tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi yerining asosiy qismi oʻtloq va yaylovlardan iborat. Makkajoʻxori va yemxashak oʻtlari, bugʻdoy, tamaki, kartoshka va qand lavlagi ekiladi. Bogʻdorchilik va polizchilik rivojlangan. Chorvachiligi sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Sutli mahsulotlar ishlab chiqarishda yetakchi oʻrinda. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz, mebel ishlab chiqarish, mashinasozlik va metallsozlik, oziqovqat sanoati korxonalari bor. Pyx rudasi qazib olinadi. Buyuk koʻllarda kema qatnaydi. Yuqori koʻl sohillarida kurort koʻp.
|
|
2.2.42-rasm 2.2.43-rasm
Viskonsin bayrogʻi Viskonsin xaritasi
|
2.2.44-rasm
Viskonsin tamgʻasi
|
Gavayi - Amerika Qoʻshma Shtatlaridan biri. Poytaxti - Honolulu shahri. AQSh ittifogʻiga 21 avgust 1959 yilda kirgan, undan oldin - Kingdom of Hawaii, Hawaii Territory.Tinch okeandagi Gavayi o.larida. Mayd. 16,7 ming km2. Aholisi 1172 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar oʻrtalari), amerikaliklar, yevropaliklar, yaponlar, filippinliklar, xitoylar va b. Mahalliy xalq — gavayiliklar (170 ming kishi, 1992). Shahar aholisi 70%. Rasmiy til — ingliz tili. Maʼmuriy markazi — Gonolulu shahri.
|
|
2.2.45-rasm 2.2.46-rasm Gavayi bayrog`i Gavayi xaritasi
|
2.2.47-rasm Gavayi tamg`asi
|
|
Tabiati haqida Gavayi orolariga qarang .Qishloq xoʻjaligi— iqgisodiyotining asosini tashkil etadi. 1 mln. ga yerga ekin ekiladi. Eng yaxshi yerlar eksport ekinlari — ananas, shakarqamish, kofe, sizal, banan bilan band. Isteʼmol uchun asosan sholi ekiladi. Gulchilik rivojlangan. Chorvachilik ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Qand-shakar va meva-konserva sanoati korxonalari bor. Tinch okeandan oʻttan havo va dengiz yoʻllarining muhim tuguni. AQSH va Kanadani Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Filippin, Avstraliya va Yangi Zelandiya bilan bogʻlaydi. Ichki yuk tashishda dengiz va avtomobil transporta ahamiyati katta. Yirik dengiz porti — Gonolulu. Turizm rivojlangan. G.ni 1778 yilda J. Kuk kashf qilgan. Ispaniya-Amerika urushi davri (1898)da AQSH tasarrufiga oʻtgan. 1908 yildan AQShning Tinch okeandagi harbiy dengiz bazasi, 1959 yildan AQShning 50-shtati
Delaver — AQSH shtati. Mamlakatning Atlantika okeani sohilida, Delmarva yarim orolning sharqiy qismida joylashgan. Maydon 5,3 ming km2. Aholisi 796,1 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Dover shahar. Relyefi tekisliklardan iborat, botqoqliklar uchraydi. Iqlimi dengiz iqlimi, daryolari qisqa va sersuv. Keng bargli oʻrmon bor.
|
|
2.2.48-rasm Delaver bayrogʻi
|
2.2.49-rasm Delaver tamgʻasi
|
2.2.50-rasm Delaver xaritasi
Delaver— industrial-agrar shtat, xoʻjaligining asosini sanoat tashkil etadi. Ayniqsa kimyo sanoati rivojlangan (AQShning yirik kimyo zavodlari shu shtatda). Kemasozlik, avtomobilsozlik, stanoksozlik, rezina, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati, yuqori sifatli poʻlat ishlab chiqarish, metallsozlik muhim ahamiyatga ega. Yirik sanoat shahri va porti — Uilmington. Shahar atrofida intensiv qishloq xoʻjaligi (parrandachilik, sut chorvachiligi, sabzavotchilik) rivojlangan. Delaver — AQShning ilk bor (1776-yilda) tashkil topgan shtatlaridan. Shtat hududida yevropaliklar koʻchib kelgunga qadar indeyslarning delavar qabilasi yashagan. 1664-yilda inglizlar tomonidan bosib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |