Kentukki - AQShning janubiy qismidagi shtat. Maydon 104,6 ming km2. Aholisi 4,06 mln. kishi (2001), yarmidan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Frankfort shahri. Yirik shaharlari: Luisvill, Leksington. Kentukki ning koʻp qismi Kamberlend platosida (bal. 200–450 m) joylashgan
2.2.62-rasm Kentukki
Bayrog’i
|
2.2.63-rasm Kentukki tamg’asi
|
2.2.64-rasm Kentukki xaritasi.
Karst relyef shakli koʻp. Mashhur Mamont gʻori ham oʻsha yerda. Gʻarbiy va shim.-gʻarbiy qismlari tekislik. Ogayo, Kamberlend va boshqa daryolar kesib oʻtadi. Iqlimi moʻʼtadil nam iqlim. Oylik oʻrtacha temperatura yanv.da 0,4°, iyulda 24,4°. Yillik yogʻin 1000–1250 mm.Kentikki — industrial-agrar shtat. Kimyo (sintetik kauchuk, tola, plastmassa va boshqa), elektrotexnika (uy-roʻzgʻor asboblari) va umumiy mashinasozlik sanoati rivojlangan. Padyuka shahri. AKShdagi atom sanoati markazlaridan biri. Oziqovqat (vino, jumladan, viski tayyorlash) va tamaki sanoati korxonalari bor. Toshkoʻmir, tabiiy gaz, neft qazib chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida tamaki (hosili boʻyicha AKShda Shim. Karolina shtatidan keyin 2-urinda), makkajoʻxori, yemxashak ekinlari, soya, bugʻdoy ekiladi. Goʻsht-sut va goʻsht chorvachiligi rivojlangan. Ogayo daryosida kema qatnaydi
Kolorado — AQShning gʻarbiy qismidagi shtatlardan biri. Maydoni 270 ming km². Aholisi 4,4 mln. kishi (2019). Maʼmuriy markazi — Denver shahri Shtatning oʻrta qismidan shim.dan janubga tomon Qoyali togʻlar kesib oʻtgan. Sharqida Buyuk tekisliklar, gʻarbida Kolorado platosi joylashgan.
|
|
2.2.65-rasm Kolorado bayrogʻi
|
2.2.66-rasm Kolorado tamgʻasi
|
2.2.67-rasm Kolorado xaritasi
Iqlimi moʻʼtadil, kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekislik va platolarda 0—4°, iyulni-ki 20—22°. Yillik yogʻin 300–400 mm atrofida. Asosiy daryolari: Sautt-Platt, Arkanzas, Rio-Grande va Kolorado. Oʻsimlik dunyosi sharqida dasht, gʻarbida chala choʻl oʻsimliklaridan iborat. Togʻ yon bagʻirlari igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan.Kolorado — industrial-agrar shtat. Nodir va rangli metallar, uran, oltin, neft, toshkoʻmir konlari bor. Molibden olish boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinda. Oziqovqat, qora va rangli metallurgiya, metallsozlik, kimyo va rezina sanoati korxonalari mavjud. Mashinasozlikning turli sohalari (kon va yoʻl qurilish jihozlari ishlab chiqarish, radioelektronika, raqsta-kosmik sanoati) rivojlangan.Koloradoning yetakchi tarmogʻi — goʻsht chorvachiligi. Daryo vodiylaridagi sugʻoriladigan yerlarda qand lavlagi, kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Buyuk tekisliklarda, asosan,bugʻdoy yetishtiriladi.AQSh ittifogʻiga 1 avgust
1876 yilda kirgan, undan oldin-Colorado Territory.
Do'stlaringiz bilan baham: |