Gʻarbiy Virjiniya — Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Charleston shahri. AQSh ittifogʻiga 21 avgust 1959 yilda kirgan, undan oldin - Virginia.
|
|
2.2.51-rasm Gʻarbiy Virjiniya bayrogʻi
|
2.2.52-rasm Gʻarbiy Virjiniya tamgʻasi
|
2.2.53-rasm Gʻarbiy Virjiniya xaritasi
AQShning sharqiy qismidagi shtat. Maydon 62,7 ming km2. Aholisi 1,8 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Charlston sh. Yer yuzasi sharkdan (eng baland joyi 1481 m) gʻarbga, Ogayo daryosi vodiysiga pasayib boruvchi (250–300 m) platodan iborat. Iklimi moʻʼtadil, iliq va sernam. Yanvarning temperaturasi — 1° dan 5° gacha, iyul-niki 23—25°. Yillik yogʻin 900–1250 mm. Yirik toshkoʻmir konlari bor. Shuningdek, neft, tabiiy gaz, tuz, qurilish materiallari qazib olinadi. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — qora metallurgiya, koks kimyosi. Alyu-miniy sanoati rivojlangan. Kimyoviy tolalar, plastmassa, sintetik kauchuk ishlab chiqariladi. Gʻarbiy Virjiniya ishlab chiqariladigan elektr energiyasi boshqa shtatlarga ham uzatiladi. Qishloq xoʻjaligi, asosan, shahar aholisini oziqovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirishga xizmat qiladi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik. Appalachi vodiysida bogʻlar barpo qilingan.
Illinoys - AQSH shimolidagi shtat. Markaziy tekisliklarning shimoliy qismida, Michigan koʻli bilan Ogayo va Missisipi daryolari oraligʻida. Maydon 146 ming km2. Aholisi 12,5 mln. kishi .
|
|
2.2.54-rasm Illinoys bayrogʻi
|
2.2.55-rasm Illinoys tamgʻasi
|
2.2.56-rasm Illinoys xaritasi
Maʼmuriy markazi — Springfild shahri. Eng katta shahri va iqtisodiy markazi — Chikago. Illinoysdan muhim transkontinental yoʻllar va AQShning asosiy ichki suv yoʻllari oʻtgan. Illinoysning yer yuzasi sertepa tekislik (eng baland joyi 378 m). Tuprogʻi unumdor kora tuproqsimon. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Oʻrtacha oylik temperatura —3° dan 25°gacha . Yillik yogʻin 800–1000 mm.Illinoys — rivojlangan industrial-agrar shtat, aholisining soni, sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda AQShda yuqori oʻrinlardan birini egallaydi. Illinoysda toshkoʻmir, neft qazib olinadi. Mashinasozlik, metallsozlik, metallurgiya, tikuvchilik, poligrafiya va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Sanoatining yetakchi tarmoklari: konchilik, radioelektronika, elektrotexnika, sanoat va qurilish uskunalari, qishloq xoʻjaligi asboblari ishlab chiqarish, vagonsozlik, qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, goʻsht konservalash. Illinoys hududining 85% i fermerlar qoʻlida. Asosiy ekinlari — makkajoʻxori va soya, shuningdek, bugʻdoy, suli, ut ham ekiladi. Tovar mahsulotining yarmini chorvachilik beradi.
Indiana — AQShning shimolidagi shtat. Michigan koʻli bilan Ogayo daryosi oraligʻida. Mayd. 94 ming km2. Aholisi 6,1 mln. kishi, shuning 65% shaharlarda yashaydi (2001). Maʼmuriy markazi va eng katta shaxri — Indianapolis. Yer yuzasi tekislik. Eng baland joyi 378 m. Iqlimi moʻʼtadil kontinental, yozi issiq. Yillik oʻrtacha yogʻin 1000 mm. Oʻrmonlar deyarli qirqib tugatilgan
|
|
2.2.56-rasm Indiana bayrog`i
|
2.2.57-rasm Indiana tamg`asi
|
2.2.58-rasm Indiana xaritasi
Indiana— industrial-agrar shtat. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: umumiy mashinasozlik (samolyot, raketa va mashina dvigatellari, yoʻl mashinalari, qishloq xoʻjaligi qurollari, radioelektronika asboblari ishlab chiqarish) va qora metallurgiya (choʻyan va poʻlat eritishda AQShda yetakchi oʻrinda). Kimyo, kimyo-farmatsevtika, rezina, oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan.Indiana "makkajoʻxori mintaqasi"ning sharqiy chekkasida joylashgan. Tuprogʻi qoratuproq. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori va bugʻdoy. Chorvachilik qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining yarmidan koʻprogʻini beradi. Ogayo daryosi va Uobash daryosining quyi qismida kema qatnaydi.Indiana hududida yevropaliklar kelgunga qadar indeyslarning koʻp sonli qabilalari yashagan. Indianani 17-asr oxirida fransuzlar egalladi. 1763 yildan Buyuk Britaniya mulki. 1783 yildan AQSH tarkibida. Indiana 1816 yildan AQSH shtati.
Do'stlaringiz bilan baham: |