Kurs ishi mavzu: amerika qo’shma shtatlari sanoatining hududiy tasnifi topshirdi: Mahmatrayimov Shahzod Qabul qildi: Matnazarova Guliston ­­­­­­ ( imzo)



Download 3,6 Mb.
bet10/23
Sana10.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#772805
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
201 turizm Mahmatrayimov sh geografiya kurs ishi (2)

Nyu-Jersi - Amerika Qoʻshma Shtatlaridan biri. Poytaxti - Trenton shahri. AQSh ittifogʻiga 21-avgust 1959-yilda kirgan, undan oldin. AQShning sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 20,16 ming km². Aholisi 8,6 mln. kishi (2018), 89% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Trenton sh. Yirik shaharlari: Nyuark, Jersisiti, N.-J.ning koʻp qismi Atlantika boʻyi pasttekisligida, shimoliy qismi Appalachi togʻlari etaklarida





2.2.6-rasm Nyu-Jersi bayrogʻi

2.2.7-rasm Nyu-Jersi tamgʻasi


2 .2.8-rasm Nyu-Jersi-xaritasi

Iqlimi moʻʼtadil, sernam. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Gdan —5° gacha, iyulni-ki 22-24°.Nyu-Jersi — AQShning aholisi eng zich va iqtisodiy jihatdan rivojlangan shtatlaridan. Ishlab beruvchi sanoat yetakchi oʻrinda. Toʻqimachilik, rangli metallurgiya, silikat-keramika, tikuvchilik korxonalari bor. Bogʻdorchilik rivojlangan. Nyu-Jersi hududi orqali AQShning yirik shaharlarini bogʻlovchi transport yoʻli va avtomobil yoʻllari oʻtgan.


Ogayo — AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Eri koʻli bilan Ogayo daryosi oraligʻida. Maydoni 107,0 ming km². Aholisi 11,4 mln kishi (2018), 75% dan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi






2.2.9-rasm Ogayo bayrogʻi

2.2.10-rasm Ogayo tamgʻasi




2.2.11-rasm Ogayo -xaritasi

Maʼmuriy markazi — Kolumbus shahri, yirik sanoat shaharlari: Klivlend va Sinsinnati. Shtatning sharqida Appalachi platosi (eng baland joyi 460 m), gʻarbida Markaziy tekisliklar bor. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0" dan —3° gacha, iyulniki 23— 25°. Yillik yogʻin 800–1000 mm. Ogayo — AQShning aholisi zich va iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan shtatlaridan. Toshkoʻmir (yiliga 40 mln. t), tuz (5 mln. t), neft va tabiiy gaz qazib olinadi. Ogayo choʻyan va pulat eritishda AQShda Pensilvaniya shtatidan keyin 2-oʻrinda, elektr energiya hosil qilishda esa 1-oʻrinda. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining 60%ni chorvachilik beradi. Ekin maydoni 5 mln. ga. Asosan, makkajoʻxori, soya, bugʻdoy, suli va yem-xashak ekinlari ekiladi. Meva, uzum va sabzavot yetishtiriladi. Eri koʻli sohilidagi portlar orq-ali koʻmir junatiladi, temir rudasi keltiriladi. Ogayo hududini yevropaliklardan birinchi boʻlib 17-asrda fransuzlar egallagan. Parij shartnomasiga bino-an, 1763 yilda Ogayo Buyuk Britaniya qoʻliga oʻtdi. 1783 yildan AQSH tarkibida. 1802 yildan AQSH shtati.


Kanzas — AQShning markaziy qismidagi shtat. Maydon 213,1 ming km2. Aholisi 2,68 mln. kishi (2019). Maʼmuriy markazi — Topika shahar. Sanoat markazlari — Kanzas-Siti va Uichito shaharlari.







2.2.12-rasm Kanzas tamgʻasi

2.2.13-rasm Kanzas  xaritasi

2.2.14-rasm Kanzas bayrogʻi

Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik, Qoyali togʻlardan Missuri daryosiga tomon qiyalanib boradi. Markaziy qismida Smoki-Xils, Blu-Xils tepaliklari (bal. 862 m gacha) bor. Iqlimi moʻtadil kontinental iklim (oʻrtacha oylik temperaturaalar —3° dan 26° gacha). Yillik yogin 550–950 mm, yozi qurgʻoqchil. Asosiy daryolari — Kanzas va Arkanzas (yilning koʻp qismida kamsuv).Kanzas — AQShning qishloq xoʻjaligi rivojlangan shtatlaridan. Qishloq xoʻjaligida 2/3 tovar mahsulotini chorvachilik, asosan, goʻsht chorvachiligi beradi. Dehqonchilikda joʻxori (sorgo) va kuzgi bugʻdoy yetishtiriladi. Mamlakatda bugʻdoy hosili boʻyicha 1-, qoramol soni boʻyicha 4-oʻrinda. Oziq-ovqat (goʻsht-konserva, un tortish, yem ishlab chiqarish.) sanoati rivojlangan. Aviatsiya, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati korxonalari bor. Neft, tabiiy gaz, geliy (AQShda 1-oʻrinda) olinadi.Kanzas hududini yevropaliklar egallagunga qadar, u yerda indeys qabilalari yashagan. Yevropaliklar Kanzasga il k bor 1541 yilda kelgan. 1803 yildan AQSH bu shtatni Luiziana tarkibida Fransiyadan sotib olgan. 1854 yilda AQShga qarashli hudud maqomi berildi.



Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish