Rangli metallurgiya-korxonalarining ko'pchiligi tog'li shtatlardagi yirik konlar atrofida joylashgan. Jumladan mis, rux, qo'rg'oshin quyish korxonalari Montana, Yuta, Aydaxo, Arizona shtatlarida joylashgan. Mamlakatdagi yirik metallurgiya rayonlaridan yana bir Tinch okean shimoli-g'arbiy rayoni hisoblanadi. Ushbu rayon o'ziga Kolumbiya daryosiga qurilgan GESida ishlab chiqarilayotgan elektr energiya, mahalliy va tashib keltiriladigan xom ashyoga tayanuvchi mis va alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxonalarni birlashtiradi .Atlantika bo'yi korxonalari esa Kanadadan tashib keltiriladigan import xom ashyoga tayanib ishlaydi. (Baltimor, Nyu-York,Filadelfiyaga yaqin korxonalar). AQShdagi Illinoys, Tennesi, Missuri, Arkanzas metallurgik markazlari mahalliy xom-ashyo resurslariga (boksit konlari) va energetika bazasiga ega. AQSH alyuminiy sanoati Yamayka, Gvineya va Gayana davlatlaridan tashib keltiriladigan xom-ashyo asosida ishlaydi.
1Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati-AQSH sanoatining eng yirik tarmog'idir. Ayniqsa mashinasozlikning muhim tarmog'i bu milliy avtomobilsozlik sanoat tarmog'idir. «Katta uchlik»deb ataluvchi-«Jeneral Motors», «Ford Motors» va «Kraysler» korporosiyalari AKSH ichki bozori ehtiyojining 75 foizini ta'minlaydi. Mamlakatning «Jeneral Motors» korxonasida avtomobildan tashqari dizel va samolyot divigatellari, elektronika mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korporosiyaga qarashli barcha korxonalarda (AKSH va dunyoning 20 mamlakatida) 750 ming kishi ishlaydi. Ford Motor korporosiyasiga qarashli korxonalarda esa 325 mingdan ortiq kishi ishlaydi. Avtomobilsozlik sanoati AQShning asosan uch megapolisida joylashgan. Avtomobil zavodlari mamlakatning 26 shtatining 125 shaharida joylashgan. Ayniqsa avtomobillar Ko'lbo'yi megapoliyasida eng ko'p ishlab chiqariladi. Bu yerda mamlakatning bosh «avtomobilsozlik shtati» Michigan va Detroyt shahri joylashgan. Detroyt shahrida ko'plab zavodlar shu jumladan «Jeneral Motors» va «Ford motors» avtomobil konsernlarining qarorgoxi ham joylashgan. AQShning Kaliforniya shtati markazi Los-Anjelis shahrida aviaraketa va kosmik raketalar ishlab chiqaradigan zavodlar joylashgan. Bu yerda dunyodagi eng yirik havo kemalarini ishlab chiqaradigan «Boing»kompaniyasi joylashgan. Mamlakatda dastgohsozlik sanoati asosan Ko'lbo'yi va Shimoli-Sharqiy megapolislarda, qishloq xo'jaligi mashinasozligi Ko'lbo'yi, kemasozlik esa Shimoli-Sharqiy megapolisda joylashgan. Elektron va elektrotexnika sanoati va sanoat va maishiy maqsadlarda mahsulotlar ishlab chiqaradi. «Ay-Bi-Em» (IBM) firmasi boshchiligidagi amerika firmalari elektron hisoblash mashinalar jahon bozorini nazorat qilishi bilan birgalikda, AQSH va butun dunyodagi ushbu firmaga qarashli korxonalarda 300 mingdan ortiq kishi ishlaydi. Biroq AKSH maishiy radioelektronika sohasida nafaqat tashqi bozorda balki ichki bozorda ham chet el (ayniqsa yapon firmalari) firmalari bilan raqobat olib bormoqda. Elektron sanoati uchala megapolisda ham rivojlangan.Ximiya sanoati-AQSH jahon ximiya sanoatida mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha ham yetakchilik qiladi. Ximiya sanoati mamlakatning shimoliy shtatlarida va Meksika qo'ltig'i qirg'oq bo'ylarida (Texas va Luiziana shtatlarida) joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |