Kurs ishi mavzu: amerika qo’shma shtatlari sanoatining hududiy tasnifi topshirdi: Mahmatrayimov Shahzod Qabul qildi: Matnazarova Guliston ­­­­­­ ( imzo)



Download 3,6 Mb.
bet4/23
Sana10.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#772805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
201 turizm Mahmatrayimov sh geografiya kurs ishi (2)

Amerika Qoʻshma Shtatlari
United States of America








1.1.1-rasm Bayrog’i




1.1.2-rasm Gerbi




Madhiya: The Star-Spangled Banner

Poytaxt

Vashington

Rasmiy til(lar)

Ingliz tili

Hukumat

Prezidentlik Respublika



Prezident

Joe Biden



Vitse-Prezident

Kamala Harris




Mustaqillik

Buyuk Britaniyadan



Sana

4-iyul, 1776-yil




Maydon




• Butun

9,631,418 km² (3-o'rin-)

• Suv (%)

6.97 foiz

Aholi




• 2018 roʻyxat

327,167,434 (3- oʻrin)

• Zichlik

33.6/km²

YaIM (XQT)

2020- yil roʻyxati

• Butun

$20.580 trillion (1-o'rin-)

Jon boshiga

$62,869

Pul birligi

AQSh Dollar (USD)



1.2. Amerika Qo’shma Shtatlari xo‘jaligi va iqtisodiy rayonlar
AQSH YIM hajmi bo‘yicha jahonda Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi va jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanadi. AQSHning yuzlab transmilliy korporatsiyalarining ko‘plab xorijiy davlatlarda keng tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi mamlakatning iqtisodiy qudratini va jahon xo‘jaligidagi o‘rnini yanada yuksaltiradi. Shuningdek, AQSH moliyaviy tizimining ulkan salohiyati hamda AQSH dollarining asosiy xalqaro valyuta funksiyasini bajarayotgani mamakatning jahon iqtisodiyotiga kuchli ta’sir qilishini ta’minlaydi. 1933-yil noyabrida Sovet Ittifoqi bilan diplomaticKmunosabatlar oʻrnatilganligidir. Ikki mamlakat oʻrtasida munosabatlar meʼyorlashganligi ularning iqtisodiy aloqalarini faollashtirildi. 1935 va 1937-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan SSSR oʻrtasida ikki mamlakatning oʻzaro foydali iqtisodiy munosabatlari rivojlanishiga imkon beruvchi savdo bitimlati tuzildi. Ruzvelt 1937-yil 5 oktabr kuni Chikagoda soʻzlagan nutqida agressorlar atrofida karantin oʻrnatishga chaqirdi. U fashistik davlatlarning bosqinchilik harakatlarini ham keskin qoraladi. 1939-yil 26 iyul kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Yaponiya bilan savdo shartnomasini bekor qildi. 1939-yil 4 noyabrda Ikkinchi jahon urushi boshlangandan soʻng betaraflik haqidagi qonun qayta koʻrib chiqildi va bu Angliya hamda Fransiyaga Amerika Qoʻshma Shtatlaridan qurol-yarogʻ sotib olish imkonini berdi.Amerika Qoʻshma Shtatlari milliy daromadining 66,3 % sanoatda hosil qilinadi. Sanoat ishlab chiqarishning yarmiga yaqini sanoat korporatsiyalari qoʻlida. Ular orasida: „Ekson“, „Mobil“, „Teksako“, „Shevron“, „Standard oyl of Kaliforniya“, „Standard oyl of Indiana“, „Galf oyl“ neft, „Jeneral motore“, „Ford motor“, „Kraysler“ avtomobil, „IBM“, „Jeneral elektrik“, „ITT“ elektr mashinasozligi, „YU. S. Stil“ poʻlat quyish, „Dyupon de Nemur“ kimyo va boshqa korporatsiyalar bor. Harbiy sanoat korporatsiyalari orasida „Jeneral daynemiks“, „Lokxid“, „Makdonnel Duglas“, „Grumman“, „Xyuz eyrkraft“ yetakchi oʻrinni egallaydi. Avia-raketa-kosmik, energomashinasozlik, elektron, shuningdek neft kimyosi, atom va energetika sanoati gʻoyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda. Elektr energiyaning 74 % issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1 % GESlarda, 14,1 % AESlarda hosil qilinadi. Neft (Meksika qoʻltigʻi sohilidagi Galf, Kaliforniya, Alyaska), tabiiy gaz va oltingugurt (Galf), kumir (Appalachi va Markaziy havzalar), temir ruda (Yuqori koʻl atrofi), fosforit (Florida), uran, rangli metallar, kaliy tuzlari va sh.k. qazib olinadi. Qora metallurgiyaning asosiy markazlari – Chikago, Pittsburg, Detroyt, Klivlend, Buffalo, Baltimor, Filadelfiya. Alyuminiy sanoati Galf atrofida hamda Kolumbiya va Tennessi daryolari havzalarida joylashgan. Sanoatning yetakchi tarmogʻi – mashinasozlik va metallsozlik. Sanoat va energetika asbob-uskunalari, qurilish va qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish asosan shimoli-sharqiy shtatlarda, elektrotexnika va aloqa vositalari ishlab chiqarish shimoli-sharq va Kaliforniyada Yoʻlga qoʻyilgan. Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt shahri Samolyotlar, raketa va kosmik texnika ishlab chiqaruvchi zavodlar asosan Los-Anjeles, San-Diyego, Boston, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Buffalo, Dallas, Atlanta va boshqa shaharlarda joylashgan. Kemasozlik (asosan harbiy kemasozlik) Amerika Qoʻshma Shtatlari shimoli-sharqiy sohili portlarida rivojlangan. Atom sanoatining asosiy markazlari – Ok-Rij, Padyuka, Portsmut, Eyken, Xanford. Kimyo sanoati ximikatlar, plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk, loklar, kir yuvish vositalari, boʻyoqlar, maʼdanli oʻgʻitlar va sh.k.ni ishlab chiqaradi. Mazkur tarmoq korxonalari asosan shimoli-sharqiy shtatlarda, Meksika qoʻltigʻi sohilidagi shaharlarda joylashgan. Harbiy sanoat asosan Kaliforniya, Nyu-York, Texas, Konnektikut, Missuri, Massachusets, Virginiya shtatlarida. Yengil sanoat tarmoqlaridan eng salmoklisi toʻqimachilik (koʻproq Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlarida) va tikuvchilik (Nyu-York va janubiy shtatlar). Charm-poyabzal sanoati yaxshi rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati oʻz xom ashyosi bilan yaxshi taʼminlangan. Uning yetakchi tarmoqlari – goʻsht, sut, un, yogʻ, qand-shakar, konserva, alkogolli, alkogolsiz ichimliklar, tamaki. AQSHda bir nechta yirik sanoat mintaqasi shakllangan. Bunday hudud- lardan eng qudratlisi Atlantika okeani va Buyuk ko‘llarga tutash shtatlarni qamrab olgan Shimoliy sanoat mintaqasi hisoblanadi. Unga mamlakat sanoat ishlab chiqarishining deyarli yarmi to‘g‘ri keladi. Boshqa yirik sanoat mintaqalari qatoriga Appalachi tog‘lari bo‘ylab joylashgan Janu- bi-sharqiy, asosan, neft va neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan Meksika qo‘ltig‘i hamda mamlakat janubi-g‘arbidagi Kaliforniya sanoat mintaqalari kiradi.Qishloq xo‘jaligi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari – bug‘doy, makka- jo‘xori, soya, paxta, shakarqamish, qandlavlagi, turli sabzavot va mevalar. Makkajo‘xori, soya, tamaki va paxta eksporti bo‘yicha AQSH jahonda 1-o‘rinda turadi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari – qoramolchilik, parrandachilik va cho‘chqachilik. Go‘sht va sut mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha AQSH jahondagi yetakchi davlatlardan biri. AQSHda turli tarmoqlarga ixtisoslashgan qishloq xo‘jalik mintaqalari vujudga kelgan. Kordilyera tog‘lari etaklarini egallagan Buyuk tekisliklardagi bug‘doy mintaqasi, Markaziy tekisliklarning shimolidagi makkajo‘xori mintaqa- si, Missisipi havzasining janubidagi paxta mintaqasi (92-rasm), Buyuk ko‘llarga tutash shtatlaridagi sut mintaqasi shular jumlasidandir.



Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish