So‘z birikmasi va qo‘shma so‘z. So‘z birikmalari gapdan farqli o‘laroq kommunikativ funksiyani bajarmaydi, u leksik ma’noni ifodalaydi, faqat yakka predmetni (belgini, harakatni) emas, balki kengaytirish yo‘li bilan atash, nomlash vazifasini o‘taydi, bu jihatdan u so‘ega yaqin turadi. Lekin tilda, ayniqsa, turkiy tillarda shunday so‘zlar ham borki, ular bir so‘zdan emas, balki ikki va undan ortiq o‘zakdan tuzilgan bo‘ladi. Qo‘shma so‘z deb atalgan bunday leksik birliklarning tashqi ko‘rinishi so‘z birikmasiga o‘xshab ketadi.
Qo‘shma so‘zlar xuddi so‘z birikmasiga o‘xshash usul bilan yasaladi, hatto komponentlar orasidagi sintaktik bog‘lanish ham tarixan ikkalasida o‘xshash, o‘tmishda qo‘shma so‘z yasalishida bu usul juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Shuningdek, so‘z birikmasida ham qo‘shma so‘zda ham komponentlar bir xildagi so‘z turkumlariga oid bo‘ladi, ikkalasi ham bir xil grammatik formaga ega, so‘zlarning tartibi ham ikkalasida bir xil. So‘z birikmasi va qo‘Shma so‘z o‘rtasidagi o‘xshashlik asosan ana shulardan iborat. Lekin o‘xshashlikka qaraganda bu ikki hodisaning o‘zaro farqini aniqlash nazariy va praktik jihatdan muhimroqdir.
1. So‘z birikmasini tashkil qilgan komponentlar o‘zlarining leksik–semantik mustaqilliklarini saqlab qoladi, yakka olingan holda ham birikmada ishtirok qilgan so‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ham komponentlar orasidagi grammatik aloqalar ochiq sezilib turadi. Qo‘shma so‘zlarda esa birlikni tashkil qilgan komponentlar orasidagi munosabat yo‘qoladi yoki juda zaiflashadi, ular so‘zlar orasidagi real munosabatlarni ifodalash! vazifasini o‘tamaydi.
2. So‘z birikmasini tashkil qilgan leksemalarning har biriga alohida–alohida so‘roq berish mumkin: kitob (nima?) o‘qimoq (nima hilmoq?) uyga (qaerga?) ketmoq (nima qilmoq?) kabi. Qo‘shma so‘zlarda esa qo‘shilmani tashkil qilgan elementlarning 'ikkalasiga bir so‘roq berish mumkin: kungaboqar (nima?), bosvoldi (nima?) kabi. Qo‘shma so‘zlar bilan atalgan toponimlar, kishi nomlari ham shunday.
3. So‘z birikmalarini tashkil qilgan muchalar orasidagi sintaktik aloqa jonli, harakatchan, ochiqdir, grammatik aloqa dinamik xarakterga ega bo‘ladi. Qo‘shma so‘zlarda esa bunday aloqa borligi ochiq sezilmaydi, qo‘shma so‘zlarni tahlil qilganda ham odatda bu tomonga ahamiyat berilmaydi. Qo‘shma so‘z muchalari bir–biri bilan jipslashgan bo‘lib, bir so‘z hukmida bo‘ladi: uyga ketmoq birikmasida jonli grammatik aloqa borligi sezilib turibdi: ketmoq aktiv so‘zdir, u ifoda etgan ma’no harakat tushunchasini ifodalaydi: o‘timsiz fe’l, jo‘nalish kelishigi formasidagi so‘zni boshqarib kelmoqda; uy so‘ziga qo‘shilib kelayotgan –ga qo‘shimchasi ham jonli, tilimizda aktiv grammatik ko‘rsatkich; u muayyan grammatik aloqani ta’minlab kelayotir. Lekin kungaboqar qo‘shma so‘zida bunday xususiyatlar yo‘q; to‘g‘ri boqmoq fe’li kun so‘zini boshqarib, uning jo‘nalish kelishigi formasida bo‘lishini talab qilgan, boqar so‘zi sifatdosh formasida ekanligi ham ko‘rinib turibdi, lekin bir vaqtlar bu ikki so‘z orasidagi trammatik aloqa hozirgi kunda uqilmaydi, ikkalasi o‘rtasidagi tarixan bog‘lanish asta–sekin siyqalashib yo‘q bo‘lib ketgan; tilimizdagi ellikboshi, boyo‘g‘li, oybolta, bilakuzuk kabi ko‘plab qo‘shma so‘zlarda ham biror o‘egarishni kuzatish mumkin.
4. So‘z birikmasini tashkil qilgan muchalarning har biri o‘z mustaqil so‘z urg‘usiga ega, ular negiz mucha atrofiga uyushganla– ,ridan keyin ham o‘z mustaqil ma’nolarinigina emas, balki o‘z shaklini, tovush sostavini va mustaqil urg‘usini saqlab qoladi. Qo‘shma so‘zlarda esa qo‘shilmani tashkil qilgan komponentlarning biri (asosan birinchi so‘z) o‘z urg‘u mustaqilligini yo‘qotadi yoki ikkisidan birining urg‘usi juda zaiflashadi–da bosh va yordamchi urg‘u sifatida saqlanishi mumkin: tuyaning tovoni so‘z birikmasida ikkala so‘z mustaqil urg‘uga ega; tuya+tovon–tuyagovon, it+og‘iz – itog‘iz misollarida esa urg‘u ikkinchi muchaning yuxirgi bo‘g‘iniga tushayotir. Lekin barcha qo‘shma so‘zlarda ham ana shunday o‘egarish ro‘y beradi deb ayta olmaymiz, ayrimlarida zaif bo‘lsa–da, grammatik aloqa ham, urg‘u ham saqlanadi. Bu hodisa “...so‘z birikmasidan qo‘shma so‘ega o‘tish jarayoni asrlarcha davom etgan taraqqiyotning mahsulidir” (A. Q. Borovkov) degan fikrni yana bir bor tasdiqlaydi. Bu murakkab protsess (birikmaning qo‘shma so‘ega o‘tish protsessi) hali tugallanmagan ekan, ikkala hodisani bir–biridan ajratib, qat’iy bir qoida chegarasiga sig‘dirish g‘oyat mushkul ishdir.
5. So‘z birikmasi komponentlarini dinamik xarakterga ega bo‘ladi, dedik. Buning ma’nosi shuki, har bir komponent faqat belgili so‘zlar bilangina birikmay, balki boshqa turdagi (ma’lum so‘z turkumi doirasida,albatta) so‘zlar bilan birikib kelaveradi, ya’ii bir so‘z biror birikmani tuzishda ishtirok etadi, shu bilan bir vaqtda har ikkala komponent ko‘plab boshha so‘z birikmalariii hosil qilishda ham qatnashaveradi: shahar Soveti, Sovet hokimiyati, Ministrlar Soveti, Sovet vakolatxonasi; Nurota tog‘lari, tog‘ tizmalari, tog‘ o‘ngiri, tog‘ qishlog‘i (so‘nggisi A. Muxtorning “Chinor” romanida uchradi) va sh. k. Shuningdek, so‘z birikmasini hosil qilgan leksik birliklarning har biri o‘z qatorida qo‘shimcha leksemalar bilan birga qengaymog‘i mumkin. Uning kengayish doirasi, aytganimizdek, nazariy jihatdan cheksizdir (V. Vinogradov).
Do'stlaringiz bilan baham: |