Kurs ishi ilmiy rahbar: D. Toʻrayeva “Himoyaga tavsiya etilsin” “Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi mudiri F. f d. B. Mengliyev 2020– yil “ ” – yanvar toshkent – 2020 reja: kirish



Download 52,66 Kb.
bet5/14
Sana25.06.2022
Hajmi52,66 Kb.
#705194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi ilmiy rahbar D. To rayeva “Himoyaga tavsiya etilsin”

So‘z birikmasi va so‘z. 1. So‘z leksik hodisa, so‘z birikmasi grammatik hodisadir. So‘z birikmasi so‘z kabi nominativ (nomlash, atash) xarakteriga ega bo‘lib, predmet, belgi, harakagholatni bildiradi, lekin u predmet yoki harakatni yakka holda atash emas, balki ikki va undan ortih so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalaydi. So‘z esa muayyan ma’noga ega, boshqa so‘zlar bilan o‘z holicha munosabatga kirishmagan bo‘ladi, so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi faqat so‘z birikmasiga xos: kitob – bir predmetning oti bo‘lib, yolg‘iz tushunchani ifodalaydi; Amadning kitobi – birikmasida esa kitob tushunchasi bilan birga boshqa bir predmet (kishi oti) ham ifodalangan, bu ikki so‘zning qo‘shilmasi kitob degan yakka mavhumni anglatmaydi, balki “kitob Ahmadniki”, “Ahmadga tegishli” ma’nosini ifodalaydi. Bu gqihatdai so‘z birikmasi yakka so‘zdan keskin farqlidir. So‘z leksik hodisa, so‘z birikmasi grammatik hodisa deyilgan qoidaning tub mohiyati ham shundadir.
2. So‘z tovushlar kompleksi negizida (tilda bir tovushdan tuzilgan mustaqil so‘z ham bo‘ladi) yuzaga keladi, so‘z birikmasi esa birdan ortiq so‘zlar negizida yaratiladi (tabiiyki, so‘z ma’nosi tushunarli bo‘lmasa yoki so‘z notanish bo‘lsa, so‘z birikmasi ham butunicha anglashilmaydi).
3. So‘z abstrakt ma’noli bo‘ladi, unda doim umumlashtirish xususiyati mavjud. “Har qanday so‘z (nutq) umumlashtiradi”. So‘z biror birikmani hosil etishda ishtirok etadi, shunda uning mavhumligi zaiflashib, ma’nosi konkretlashadi: o‘qimoq – kitob o‘qimoq, soat – qo‘l soat, gapirmoq – kulib gapirmoq va sh. k. Boshqacha qilib aytganda, so‘z birikmasini tashkil qilgan komponentlarning abstrakt ma’nosi ancha zaiflashadn, so‘zlarning ma’nosi konkretlik tomon keskin siljiydi.
4. So‘z birikmasida so‘ega xos bo‘lgan bir qator xususiyatlar yo‘qoladi; ko‘p ma’nolilik, omonimlik, majoziylik va sh. k. ko‘z – odamning ko‘zi, uzukning ko‘zi, yog‘ochning ko‘zi; yoz – yoz fasli, xat yoz, dusturxon yoz; ko‘k – osmon, rang va sh. k.
5. So‘z – tarixiy kategoriya, u til tarixining ma’lum davrida yaratilgan (yoki shakllangan), ma’lum ma’noga ega bo‘lgan. Odamlar kundalik hayotlarida undan foydalanganlar. So‘z birikmasi esa bunday tarixiy jarayonni bosib o‘tmagan (frazeologik birikmalar bundan mustasno, albatta). So‘z birikmasi ayni vaqtda ifoda etilayotgan fikr oqimi bilan bevosita bog‘liq, so‘zlovchi (yoki xat yozuvchi) tomonidan yuzaga keltiriladi, shu bilan uning faoliyati tugaydi. So‘z birikmalarining modeli (qolipi)gina tarixan tayyor holda mavjud va odamlar shu holipga suyangan holda so‘zlarni bir–biriga bog‘laydilar. Shu jihatdangina so‘z birikmalari doimiy xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, hadimgi tilda uchraydigan tobg‘och buduni “xitoy xalqi” birikmasini tashkil qilgan ikkala so‘z ham hozirgi tilda ishlatilmaydi, lekin model (qolip) hozir ham mavjud.
6. Hamma tomondan e’tirof qilinganidek, so‘z birikmasi kamida ikkita mustaqil so‘zning birikuvidan hosil bo‘ladi, ularning birini tushirib qoldirgudek bo‘lsak, yakka so‘zgina qoladi, ya’ni so‘z birikmasi mavhumi chegarasidan chiqadi. So‘z birikmasini tashkil qilgan komponentlarning miqdori nazariy jihatdan cheksizdir, u turli so‘z turkumlariga oid leksik birliklar hisobiga kengayib boraverishi mumkin (ma’no chegarasidan chiqt maslik sharti bilan, albatta): sovet kishilari, sovet kishilarining turmushi, sovet kishilarining ajoyib turmushi, sovet kishiyaarining ajoyib sermazmun turmushi va sh. k. Ammo so‘z birikmalari sostavida ishtirok qilgan komponentlarning miqdori qanchalik ko‘p bo‘lmasin, bu birlik butunicha gap tuzish uchun potensial material chegarasida qolaveradi. Ayrim olingan so‘zda o‘z holicha kengayish xususiyati ham yo‘q, u yolg‘iz bo‘lganligi uchun ggrammatik bog‘lanish alomatlaridan ham mahrumdir.

Download 52,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish