2.2. Amir Temurning Sarbadorlarga nisbatan siyosati
Amir Temurning siyosiy faoliyati haqida so‘z borar ekan, eng avvalo, uning hokimiyatga kelgunga qadar bo„lgan davriga katta e‟tibor qaratilganligini aytish lozim.
Chunki tadqiqotlarning aksariyatida Sohibqironning siyosiy hokimiyatga kelishi muammolari XIV asrning 60 − 70 yillarida Movarounnahrdagi siyosiy ahvol, Amir Temurning amir Husayn bilan ittifoqi, sarbadorlar harakatiga Amir Temurning munosabati, Sohibqironning siyosiy hokimiyatga kelishi kabi masalalar bilan bog`liq holda o‘rganishni taqozo etadi. Temuriylar davri tarixiga oid yozma manbalarning ko‘pchiligida Amir Temurning hayotiga daxldor tarixiy voqealar, ayniqsa uning siyosiy maydonga kelishi sabablarini bayon qilib, ularda muarrihlarning shaxsiy munosabatlari bildirilgan. Shuni qayd etish kerakki, ularda bildirilgan umumiy fikrlar Amir Temurning yoshlik yillariga va uning 1344 − 1347 yillarda Movarounnahrda Chig`atoy ulusining oxirgi mo„g„ul xoni Qozon Sultonxon (1332 − 1347) bilan amir Qazog`on o‘rtasida yakka hukmronlik uchun bo‘lgan janglardagi ishtiroki, hokimiyat amir Qazog`on qo‘liga o‘tib, bu bilan boshqaruvda amirlar hukmdorligi davri boshlangani masalalariga qaratilgan. Qozonxon davrida Movarounnahrda itoatsizlik boshlangan bo‘lib, xon har kuni yuzlab odamlarni oliy jazoga hukm qilardi. A. Ziyo bu ahvolni sharhlar ekan, Chig`atoy ulusi xonlarining Movarounnahrdagi mavqei zaiflashib, mahalliy amirlar ularga o‘z hukmlarini o„tkazish va xonlik bilan raqobatlashish qudratiga ega bo‘lgani bois, amir Qazog`on ulus hukmdori Qozon Sultonxonni jangda yengib qatl etdi, degan fikrni bildirdi. Amir Temurning dastlabki yillardagi siyosiy faoliyati bilan bog`liq voqealardan biri bu Samarqanddagi sarbadorlar harakati masalasidir. Ma`lumki, sovet tarixshunosligida “sarbadorlar” ,“xalq qahramonlari”, ozodlik harakati vakillari degan xulosa ustuvorlik qilar edi. Zamonaviy tadqiqotlarda esa bu harakatga bo‘lgan munosabat bir muncha bahslidir. Mustaqillikning dastlabki yillarida “Sarbadorlar” harakati badiiy adabiyotda adib Muhammad Alining romanida tarixiy faktlarga mos. Aytish joiz, roman hali asosiy yozma manbalar to‘liq tarjima etilmagan, Amir Temur hayoti va faoliyati yaxshi o‘rganilmagan bir sharoitda yozilsa-da, haqqoniy yoritilgan.
Romanda bu davr ijtimoiy-siyosiy ahvolini muallif “taxtsiz mamlakat” deb tasvirlaydi, sarbadorlarni esa zamonning eng ilg`or kishilari deb hisoblab, ularning maqsadi Al-Forobiy orzu qilgan “fozil jamoa tuzish” edi va shu mavsadda ular boshlarini dorga tikkanlar degan umumiy xulosaga keladi.B. Ahmedov sarbadorlar harakatini manbalarga tayanib ob‟ektiv yondashgan holda ijobiy baholaydi. Olimning fikricha, mamlakat mo‘g`ullarning oyog„i ostida qolishi xavfi tug`ilganda “menman degan beklar” uni himoya qilishga qodir bo„lmagan bir sharoitda sarbadorlar xalqning joniga oro kirdilar. Sarbadorlar mustahkam himoya qilgan Samarqand shahri ostonasida mo„g„ullar katta talofatga uchrab, chekinishga majbur bo„lganlar. Buning sabablaridan biri sifatida Ilyosxo‘ja qo‘shinidagi otlarga vabo tarqalgani ham qayd etilgan. Boshqa tadqiqotlarda ham ushbu fikrlarni kuzatish mumkin. Jumladan, “Amir Temur jahon tarixida” kitobida “Shahar qamali uzoqqa cho„zilib, shaharliklar Samarqandni mardona muhofaza qilayotgan edilar, dushman ham shaharni ololmay, holdan toygan edi. Shu payt, kutilmaganda, dushman otlari orasida vabo tarqaldi va ko„p “ot o„ldikim, to„rt kishi arosida bir ot qolmadi. Va bu jihatdin barcha (mo‘g`ul) parishon bo‘lib qaytdilar.
Ko‘pi egarlarini orqalariga solib, tirkashlarini qo‘ltiqlarig`a tutub ketdilar”, deb yoritilgan. B. Ahmedov fikricha, sarbadorlar g`alabasidan amir Husayn foydalanib, hiyla ishlatib, harakatning boshliqlarini qo‘lga tushiradi va Abubakr Kalaviy bilan Xurdak Buxoriyni osib o‘ldiradi. Mavlonzodani esa Temurbek dor ostidan qutqarib qoldi. A.Yu.Yakubovskiy, I. Mo‘minov tadqiqotlarida sarbadorlar harakati rahnamolari bilan Amir Temur o‘rtasida oldindan munosabatlar bo‘lganligini ma’lum qilingan, biroq aloqalar qanday vujudga kelgani aniqlanmagan edi. T. Fayziyev bu munosabatlarni avvaldan bo„lganligi dalili sifatida sarbadorlar qirg`in qilingandan so‘ng, Amir Temur bilan Husayn o‘rtasida dushmanlik avjiga chiqqanini fakt sifatida keltiradi. Sarbadorlar harakati faqat mo‘g`ul bosqinchilariga emas, balki mahalliy amaldorlarga ham qarshi qaratilganligi fanda qayd etilgan. Ammo ular amalga oshirgan demokratik tadbirlar xususida aniq fikrga kelinmagan. Tarixchilar Xuroson va Samarqand sarbadorlar harakatining o‘xshash tomonlarini yoritganlar, ammo bular orasidagi farqlarni to‘la qiyosiy tahlil qilmaganlar. Fikrimizcha, farq bu harakatga berilgan bahoda bo‘lsa kerak. Tadqiqotlarda Xuroson sarbadorlari faoliyati xalq harakati sifatida ijobiy baholangan. Umuman olganda sarbadorlar harakati tadqiqotlarda turlicha izohlangan: Ba`zi tadqiqotchilar sarbadorlar harakatini salbiy baholab, ularning rahnamolarini avantyurachilar, deb ayblashlarini, ularning qatl etilishini ma‟qullashlarini xato deb o„ylaymiz. Qayd etish kerak, bu harakat mo‘g`ullarga qarshi ko‘tarilgan Mahmud Tarobiy qo‘zg`olonining mantiqiy davomidir. Sarbadorlar harakati masalasining to‘liq bahosi fanda hali o‘zining uzil-kesil yechimini olmagan va harakatning tarixiy ahamiyati xususida yaxlit bir to‘xtamga kelinmagan. Fikrimizcha, keyingi yangi tadqiqotlarda birlamchi manbalarga tayangan holda izlanishlarni da vom ettirish maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda Muiniddin Natanziy “Muntaxab ut-tavorixi Muiniy” asaridagi mavzuga doir ma`lumotlar hanuzgacha tadqiqotlarga jalb qilinmaganligini aytish lozim. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, 1340 − 1360 yillardagi Movarounnahr siyosiy hayoti, 1360 − 1370 yillarda Amir Temurning siyosiy faoliyati ham fanda kam o‘rganilgan, voqeliklar ko‘proq axborot shaklida bayon etilgan va tadqiqotlarning aksariyatida mualliflar asosan 1370 yildan keyingi siyosiy voqealarga e`tibor berganlar.
XULOSA
Sarbadorlar harakati asari dunyo yuzini ko‘rishi bilan ilk qоmusiy turkshunоsga jahоn оlimlarining nazari tushdi. Bugungi kunga qadar mazkur asar bo‘yicha juda ko‘p tadqiqоtlar yaratildi. Ammо hanuzgacha bu tadqiqоtlarni tugallangan darajaga yetdi, deb bo‘lmaydi. “Devоn” bo‘yicha hali munоzarali muammоlar anchagina. Shulardan biri asarning yozilgan yili bo‘yicha. Ayrimlar uni 1072-yilning 25-yanvarida yozishga bоshlanib, 1073-1083 yillarda yakunlangan, deyishadi. Shuningdek, asardagi lug‘at birliklarining sоni 7500dan 9000 tagacha ekanligini ta`kidlashadi.
Mahmud Kоshg‘ariyning qaysi millatga mansubligi ham juda katta baxslarga sabab bo‘lmоqda. Uni ayrim оlimlar uyg‘ur, turkman, o‘zbek, turk yoki qоzоqlarning biriga mansubligini aytishadi. Uni turkman ekanligini ham ta`kidlashadi. Ammо biz Mahmud Kоshg‘ariyning aynan bir turk millatiga mansubligini asоsli, deb aytоlmaymiz. Chunki u davrda turkiy qabilalar endigina millat sifatida shakllanib kelayotgan edi. Mahmud Kоshg‘ariy ularni bir maxrajga birlashtirdi. Kоshg‘ariy yozgan asar tili o‘sha davr Markaziy Оsiyodagi turkiy xalqlarning adabiy tili ekanligini yana bir bоr ta`kidlash lоzim.
Til va adabiyotning qadimiy obidasi – “Devoni lug‘atit turk” yaratilganidan buyon o‘n asrdan oshiq vaqt o‘tdi. U hamon turkiy xalklar tarixini o‘rganishda betakror manba hisoblanadi. Buyuk olim, turkiy leksikograf, grammatist va dialektolog Mahmud Qoshg‘ariy nomi turkiy xalqlar tarixiga qiziquvchi barcha insonlar uchun qadrlidir. Mahmud Qoshg‘ariy shuni isbotladiki, turkiy tilning ahamiyati arab tilinikidan kam emas. Ayni paytda asar ingliz, nemis, frantsuz, uyg‘ur, qozoq, ozarbayjon, turkman, o‘zbek va rus tillariga o‘girilgan. Materiallarining ko‘p qismi Germaniyada bosilgan qadimiy turk tillari lug‘atida foydalanilgan. O‘tgan asrda chop etilgan "Qadimiy turkiy lug‘at" asari katta shuhrat qozongan bo‘lib, unga “Devoni lug‘atit turk” asari asos bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbekistonda Mahmud Qoshg‘ariyning ijodiy merosi mufassal o‘rganib kelinmoqda. Xususan, Respublika Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti olimlari “Devoni lug‘atit turk” asariga tayangan holda quyidagi qimmatli ma'lumotlarni to‘plashdi: lug‘at boyligi, ma'lum turdagi leksika; turkiy xalqlar joylashgan yerlar haqida ma'lumotlar; turkiy tillarning guruhlashtirilishi; tarixiy fonetika va grammatika haqida ma'lumotlar; turkiy she’riyat, folklor haqida ma'lumotlar; qiyosiy tilshunoslik haqida ma'lumotlar; turkiy ijtimoiy lingvistika asoslari to‘g‘risida ma'lumotlar va hokazo.
Shuni alohida qayd etish kerakki, institut olimlari professor S. Mutallibov rahbarligida bu asarni o‘zbek tiliga o‘girib, to‘rt tomda nashr qildirishdi. (Toshkent, "Fan" nashriyoti, 1967 yil). Ayni paytda ushbu mavzuda bir qator ilmiy maqolalar va risolalar chop etilgan. O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida Mahmud Qoshg‘ariy ijodiga mansub qo‘lyozmalar saqlanmoqda. Mahmud Koshg‘ariy buyuk ustoz, shoir, olim, mutafakkir sifatida ardoqlanadi. Yubileyi turkologik tadqiqotlar an'analari rivojlangan Germaniya va Frantsiyada, Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, XXRning Shinjon Uyg‘ur avtonom tumanida tantana qilinmoqda. U turkiy olamning buyuk allomasi bo‘lib, oradan ming yil o‘tsa-da, hamon biz bilan yonma-yon yashamoqda. YUNESKOning fan va madaniyat bo‘yicha xalqaro tashkiloti Mahmud Qoshg‘ariyning 1000 yilligini keng nishonlash haqida qaror qabul qilgani bejiz emas.
Taniqli turkshunоs оlim E.V. Sevоrtyan shunday deydi: “Hоzirgi zamоn turkiy tillarini “Devоn” bilan sоlishtirganda, ular o‘rtasida juda katta mushtaraklik bоrligi tayin. “Hоqоniy” degan atamaning o‘zi ham Qоraxоniylarning sultоni Bug‘ra Hоqоn nоmidan оlinganligi ma`lum. Prоfessоr T. Gadjievning yozishicha, bugungi juda ko‘p turkiy tillardagi antrоpоnimlar etnоnimlarga aylangan. Shuning uchun ham turk etnоslarini bir-biridan ajratishda qiyinchiliklar kelib chiqib turadi. Masalan, turkmanlarni “Devоn” dagi Mahmud Kоshg‘ariyning turkmanlar va o‘g‘uzlar haqidagi fikrlari ko‘prоq qiziqtiradi. A.K. Kurishjanоvning ta`kidlashicha, Mahmud Kоshg‘ariy tоmоnidan qipchоq lahjasi deb atalgan so‘zlar bоshqa turkiy tillarga ham daxldоr. Ayni paytda bоshqa turkiy lahjalarga daxldоr deb atalgan so‘zlar qipchоq dialektiga ham taalluqlidir. Bu adоlatli fikr.
Turkiy xalqlarning tarixini, madaniyatini va xususan tilini o‘rganishda muhim manbalardan biri bo‘lgan, mashxur turkshunos va tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning XI asr nodir durdonalaridan hisoblanuvchi “Devonu lug‘otit turk” asari o‘z davridayoq shuxrat topgan bo‘lib, ushbu asar hozirgi kunda ham nafaqat qadr-u qimmatini yo‘qotgan emas, balki asosiy manbalardandir. Shu sabab, bu asar dunyo olimlari tarafidan katta qiziqish bilan o‘rganilib kelinmoqda. Ushbu asar arab tilida yozilgan bo‘lib, 3 tomdan iboratdir. So‘nggi yillarda asarni turli tillarga tarjima qilish keng ommalashdi. Bu borada asar zamonaviy o‘zbek va uyg`ur tillariga ham tarjima qilinib, nashr ettirildi. Shunday tarjimalarni qiyosiy o‘rganish ham ahamiyatlidir. Chunonchi, biz ham devonning o‘zbek va uyg‘ur tillaridagi tarjimalarini bitiruv malakaviy ishi rukni ostida qiyosiy tadqiq etishga harakat qildik. Bitiruv malakaviy ishimizning mavzusi “Devonu lug‘atit turk” asarining uyg‘ur tilidagi nashri va uning o‘ziga xosliklari deb nomlangan bo‘lib, uning o‘ziga hos xususiyatlarini o‘zbek tilidagi nashri bilan qiyosiy tadqiq etgan holda yoritib berishga intildik. Tadqiqot jarayonida biz devonda arab xatida berilgan turkiy so‘zlarning transkripsiyalarini hamda ma’nolarini farq va o‘xshashliklarini o‘rganishni maqsad qilgan edik. Ishimiz yakunida quyidagi xulosalarni chiqardik.
Do'stlaringiz bilan baham: |