Kurs ishi “Fizikaviy kimyo” fanidan tayyorlagan



Download 452,74 Kb.
bet7/9
Sana11.07.2022
Hajmi452,74 Kb.
#777500
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi “Fizikaviy kimyo” fanidan tayyorlagan

LABORATORIYA ISHI
KRIOSKOPIYA
Ishning maqsadi: Erigan modda molekulyar massasi bo`yicha erituvchining muzlash konstantasini toppish
Topshiriqlar:
- erituvchining muzlash konstantasi Kmuz ning ma`lum qiymat i bo`yicha erigan moddaning molyal konsentratsiyasini hisoblang;
- tajribada topilgan Tmuz ning qiymatlari bo`yicha kuchsiz elektrolit eritmasining Vant-Goff koeffitsientini hamda dissotsiatsiyalanish darajasini va kuchli elektrolit eritmasining osmotic koeffitsientini hisoblang.
Nazariy qism
Eritma ustidagi bug` bosimi pasayganligini hisobga olsak, uchmaydigan moddalarning eritmalari toza erituvchiga nisbatan pastroq haroratda muzlashi kerakligini ko`rsatish mumkin.
Agar suvda uchuvchan bo`lmagan, qattiq moddalarni eritilsa(glyukoza, saxaroza, mochevina ) eritma ustidagi to`yingan bug` bosimi toza erituvchi ustidagi to`yingan bug` bosimidan har doim kichik bo`ladi. 1887 –yilda fransuz olimi Raul bir nechta qonunlarni kashf etdi.Ulardan 2- tanometrik qonun nomini oldi:
Eritma muzlash haroratining pasayishi erigan modda molyal konsentratsiyasiga to`g`ri proporsional.
D tmuz = k·Cm ; D tmuz = t°muz – tmuzmuz – toza erituvchining muzlash harorati; tmuz – eritmaning muzlash harorati; Dtmuzmuzlash haroratining pasayishi; Cm – molyal konsentratsiya, mol/kg; k- krioskopik doimiylik, grad.kg/mol.
K ning fizik ma`nosi shundaki, u konsentratsiyasi1mol/kg bo`lgan eritma muzlash haroratining pasayishini ko`rsatadi.
Eritma muzlash haroratini pasayishini yoki qaynash haroratining ortishini o`lchab, noma`lum erigan moddaning molekulyar massasini aniqlash mumkin.
dT = dlnN1 (1) bu tenglamani T ( eruvchining muzlash temperaturasi) dan T1 (erituvchining muzlash temperaturasi) gacha va konsentratsiya N=1 gacha integrallasak: (2) kelib chiqadi. Suyultirilgan eritmalar uchun taxminan T1=T deb qabul qilish mumkin. lnN1 ni qatorlarga ajratiladi, -lnN1 = -ln(1-N2) = N2 (3) va eritma kuchli suyultirilganda eritmadagi erituvchini molar sonini erituvchining molar soniga teng, deb qabul qilish mumkin: N2 = = (4) M-erituvchining molekulyar massasi, n1 esa 1000 g erituvchidagi eruvchining molar soni, ya`ni, eritmaning molyal konsentratsiyasi C dir. Demak, (4) tenglamadan: = (5) H- yashirin suyuqlanish energiyasi. Agar C=1 bo`lsa. 𝚫T = E · C deb olinadi. Bu yerda, E – krioskopik konstanta deyiladi. Amaliy qism Hisoblash formulalari: M = Kmuz2·1000 / ΔTmuz (1) Kmuz = ; (2) i = ΔTmuz / Kmuz · m ; yoki i=Mmuz / Mamal. (3) ( i-1)/ v-1) (4) m= ΔTmuz/ Kmuz (5) φ = i/v = ΔTmuz/ Kmuz ·m·v (6) Ishni bajarish tartibi:
1. Bekman termometrini sozlash
Ishni boshlashdan avval Bekman termometri shunday sozlangan bo`lishi kerakki, tajriba temperaturasida kapillyardagi simobning sathi termometr shkalasi chegarasida bo`lsin. Krioskopiya usulida o`lchanishi kerak bo`lgan eng baland temperature erituvchining muzlash temperaturasidir. Shuning uchun termometrning pastki rezervuaridagi simob tajriba temperaturasida kapillyardagi simobning sathi shkalaning yuqori qismida bo`lishini ta`minlaydigan miqdorda bo`lishi kerak. 2.Erituvchining va o`rganilayotgan modda suyultirilgan eritmasining muzlash temperaturasini aniqlash Erituvchining va eritmaning muzlash haroratini aniqlash uchun kriostat qo`llaniladi. U erituvchi uchun mo`ljallangan yon qismdan eritilayotgan moddani solish uchun mo`ljallangan naycha chiqarilgan keng shisha probirkadan iborat. Probirkani po`kak bilan berkitiladi va uning teshiklariga Bekman termometri va aralashtirgichjoylashtiriladi. Probirkani termometr va aralashtirgich bilan birgalikda yanada kengroq probirkaga joylashtirib va kriostatga tushiriladi. Kriostta qalin chinni stakandan iborat bo`lib, sovutuvchi aralashma (muz va tuz ) bilan to`ldirilgan va unga aralashtirgich va termometr o`rnatilgan bo`ladi.
Avvalo ko`p marotaba erituvchining muzlash harorati aniqlanadi. Buning uchun probirkaga distillangan suv quyiladi (20-25sm3). Probirkaning tubiga tegizilmagan holda Bekman termometrining quyi rezervuari suvga to`la ko`miladigan darajada termometr joylashtiriladi. So`ngra Bekman termometri va aralashtirgich bilan jihozlangan probirkani yanada kengroq probirkaga solib, sovituvchi aralashmaga tushiriladi. Magnit aralashtirgichdan ham foydalansa bo`ladi.Probirkalar orasidagi havo qatlami bir tekis sovitish uchun xizmat qiladi. Sovituvchi

aralashmaning temperaturasini vaqti-vaqti bilan muz yoki tuz qo`shib turish orqali, o`lchanayotgan muzlash haroratidan 2-3 pastroqda doimiy qilib ushlab turiladi. Bir tekis sovitish maqsadida suyuqlikni aralashtirgich yordamida asta-sekin aralashtirib (bunda aralashtirgich termometrning quyi rezervuari devorlariga tegib ishqalanmasligi lozim) tuziladi va termometr kapillyardagi simob ustunining pastiga tushishi kuzatib boriladi. Suyuqlik vaqti-vaqti bilan aralashtirib turilmasa o`ta sovush kuzatiladi va termometrning ko`rsatkichlari bundan dalolat berib boshlaydi. Toza erituvchi uchun o`ta sovish 0,5-1,0° gacha ruxsat etiladi. Kristallanish haroratini aniqlashlardagi farq bir –biridan 0,003°C dan kam bo`lmaguncha tajribalar bir necha marta qayta o`tkaziladi. Krioskopik usul izomorf bo`lmagan binar sistemalarning kuchli suyultirilgan eritmalariga qo`llanilishi mumkin. Bunday eritma qotayotganda, avvalo, toza erituvchining kristallari ajraladi va eritmaning konsentratsiyasi ortadi, buning oqibatida kristallanish harorati pasayadi. Shu sababli, eritmaning qotish harorati aniqlanayotganda kristallanishning boshlanish haroratini aniqlash lozim.

Download 452,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish