5 – bosqich. XX asirning oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari taraqqiy yetdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo’ljallangan turli dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.
2. Axborot sohasidagi keskin o’zgarishlar Axborot, ma'lumot, va bilim uyg'unligi ilmiy tadqiqot jarayonida bilimlar hajmining o'sishi. So'nggi yillarda «axborot», «invariantlik», «nomuayyanlik» kabi umumilmiy tushunchalar falsafiy tahlil predmetiga aylandi. Bilimning u yoki bu tarmoqlarida yuzaga kelgan va ilmiy bilishning mantiqiy-metodologik vositalari darajasiga ko'tarilgan bu tushunchalar nafaqat obyektlar va jarayonlarni ko'rishning umumiy usullari, balki rivojlanayotgan bilimni tahlil qilish shakllari hamdir.
Axborot -obyektiv reallikning muhim qismini ifodalovchi tushuncha bo'lib, o'zini saqlash, qayta ishlash va ta'sir natijalari (izlari)dan foydalanish uchun mo'ljallangan moddiy tizimlarda namoyon bo'ladi. Axborot bu tizimlarning faoliyat jarayonida o'z mazmuniga ega. Obyektivlik, moddiylashtirish va uzatish imkoniyatining mavjudligi - axborotning muhim xususiyatlaridir. Axborotning evristik mazmunini o'rganishda informasion vaziyatning quyidagi unsurlari muhim o'rin tutadi: 1) axborot subyekti (axborot oluvchi, uni o'zgartiruvchi va undan foydalanuvchi), axborot obyekti (axborot manbai): subyekt bilan o'zaro aloqaga kirishadi; 2) ehtiyojlar: aks ettirilgan rang-baranglikning muhim qismini tanlash masalasini yechadi. Subyektning qizg'in izchil faoliyati axborotning shakllanish jarayonida muhim omillardan biri sifatida amal qiladi. Tashqi ta'sirlardan axborot obyektining subyektga ta'siri, ta'sirni kodlashtirish va modellashtirish, teskari aloqa, subyektning bilim darajasi ta'sirida o'zgarish va hokazolarni qayd etish mumkin.
«Axborotni o'rganish axborot-boshqaruv jarayonini tahlil qilish bilan uzviy bog'liq, chunki axborot unda funksional xossa sifatida mavjuddir»1. Axborot o'z subyekti va obyekti (manbai) o'rtasidagi o'zaro aloqa jarayonining mahsuli (natijasi) sifatida vujudga keladi. Aks ettirishning uzatilgan, invariant qismi sifatidagi axborot konsepsiyasi tanlash jarayonini amalga oshirishga qodir o'zini o'zi boshqaruvchi tizimlar faoliyatini tavsiflashi mumkin. Axborot murakkab tarkibli tizimlarda aks ettirilgan rang-baranglikning boshqaruvga xizmat ko'rsatuvchi muhim qismi, kommunikasiya vositasi sifatida namoyon bo'ladi. U bir qancha xossalarni o'zida mujassamlashtiradi - nafaqat aks ettirish, boshqarish, balki aloqa vositasi sifatida ham amal qiladi. Bu yerda axborotning kommunikativ jihati birinchi o'ringa chiqadi.
Ilmiy ma'lumotni obyektni o'rganguncha o'sha obyekt to'g'risida to'plangan ma'lumotlarni adabiyotlardan ilmiy maqolalardan, patent xujjatlaridan, GOST lardan tahlil qilinadi. Materiallarni to'plashda qilingan ishlarni tahlil qilib chiqib to'planadi. Yangi ilmiy va ilmiy- texnik ma'lumotlar jadal o'sib borishi munosabati bilan ma'lumotlar eskirib boradi. Chet ellik tadqiqotlarning ma'lumotlariga ko'ra ma'lumot qiymatinin pasayishi jadalligi tahminan gazetalar uchun bir kunda 10%ni tashkil etadi. Shuning uchun ulkan ma'lumotlar oqimida yangi, ilg'or, muayyan mavzuni, masalani hal qilishda ilmiysini topish faqat bitta ilmiy hodim uchungina emas, balki katta jamoa uchun ham ancha murakkabdir.
Ma'lumot oqimi-tanlangan mavzuni ishlab chiqish uchun zarur xujjatlarni izlash bo'yicha operasiyalar majmuidir. U qo'lda, mexanik tarzda, mexanizasiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan xolda amalga oshirilishi mumkin.
Qo'lda izlash odatdagi bibliografik varaqchalar, kartotekalar va nomer ko'rsatkichlari bo'yicha amalga oshiriladi. Mexanik izlashda ma'lumot yetkazuvchilar bo'lib perfokartalar hisoblanadi. Mexanizasiyalashtirilgan hisobli perforasion mashinalar, avtomatlashtirilgani esa, EHMni qo'llashga asoslanadi.
Natijaga erishish uchun izlash zarurdir, chunki bunda u yoki bu darajada mavzuni ishlab chiquvchining o'zi ishtirok etadi.Izlashni amalga oshira borib, ishlab chiquvchi izlash ko'lamini bamisoli tadqiq etadi.Ma'lumot samarali ishlab chiqilishiga erishish (o'rganish, yodda saqlab qolish va tahlil) uchun bir qator shartlarga amal qilish kerak. Ma'lumotni sifatli ishlab chiqishni ta'minlash uchun diqqat va fikrni bir yerga to'plash zarur. Ishlab chiqish jarayonida turli shovqinlar, gaplashishlar, xususiy fikrlarni bartaraf etish zarur, chunki bular e'tibotni chalg'itadi va tezda toliqishga olib keladi.
Ma'lumot ustida muvaffaqiyatli ishlashning muhim omili bo'lib mehnatning mustaqilligi hisoblanadi. Adabiyotlarni o'rganishda qat'iyat va muntazamlik ancha muhim shartlardan hisoblanadi, materialni to'liq tushunishga erishish uchun o'qish va qayta o'qishga to'g'ri keladi. Axborotni ishlab chiqish samaradorligi aqliy ishlay olish qobiliyatiga bog'liq. Uning oshishi uchun to'g'ri ish tartibi muhim shart hisoblanadi. Ilmiy-texnik axborotni ishlab chiqishda ko'chirma, annotasiya, konspektlar qo'llaniladi.
Ko'chirma - axborot ayrim qismlarining qisqa mazmuni. Ularning qiymati juda yuqori, chunki ular kichik hajmda ko'pgina ma'lumot to'plashga imkon beradi va keyingi ijodiy ish uchun asos bo'lib hisoblanadi. Annotasiya - birinchi manba ma'lumotining qisqacha mazmunidir. Ular yordamida matnni hotirada tezda tiklash mumkin bo'ladi.
Konspekt - u yoki bu birinchi manbadagi ma'lumotning mazmunini to'liq bayoni. U mazmuniga ko'ra to'liq hajmda iloji boricha bo'lishi kerak. Konspektni o'z so'zlari bilan tuzish kerak, o'qilganda anglash va tahlil etishni talab qiladi va shu bilan birga ijodiy ishg katta foyda keltiradi. O'rganilayotgan ma'lumotni tahlil qilish-ilmiy tadqiqotning muhim vazifalaridan biridir.
Tahlil jarayonida ham ma'lumot manbaini, ham ulardagi ma'lumotni tasniflash va sistemalashtirish zarur. Manbalarni ikki xil sistemalashtirish mumkin: xronologik tartibda va mavzu bo'yicha.
Birinchi xolda barcha ma'lumot mavzu bo'yicha ilmiy bosqichiga ko'ra tizimlashtiriladi, bular uchun sifat sakrashlari xos bo'ladi. Keyingi har bir bosqichda tegishli manbalar e'tibor bilan tanqidiy tahlil qilinadi. Buning uchun yuqori darajada erudisiya va bilimga ega bo'lish zarurdir. Ikkinchi xolda ma'lumotning butun hajmi ishlab chiqilayotgan mavzu masalalari bo'yicha sistemalashtiriladi. Bunda katta e'tibor ilmiy-texnik ma'lumotlarni yangi nomeriga qaratiladi, ularda mazkur masala tadqiqoti yakuni keltirilgan bo'lishi mumkin. Keyinchalik tanlov asosida qiziqish tug'dirgan boshqa manbalar tahlil etiladi.
Ma'lumotni tahlil etishning ikkinchi talqini sodda va kam vaqt talab etadi. Shu bilan birga mazkur talqin bo'yicha to'liq bo'lmagan ma'lumot hajmi tahlil etiladi.
Ishlab chiqish natijalari bo'yicha ilmiy-texnik ma'lumot belgilanadi:
dolzarblik va mavzuning yangiligi;
mavzu bo'yicha nazariy va eksperimental tadqiqotlar sohasidagi so'nggi yutuqlar;
Ilmiy ma'lumotlar institut miqyosidagi maxsus kutubxonalardan foydalanib to'planadi. Bu ilmiy izlanish tadqiqoti oldiga qo'yilgan vazifani hal qilish uchun qo'yilgan qadam hisoblanadi. Ilmiy izlanishda to'plangan adabiyotlarni tahlil qilish nazariy va tajriba ishlarini olib borish, obyektning kamchiliklarini bartaraf etib yangi konstruksiyalar yaratib, ularni sinab ko'rish, yaxshi natija ko'rsatganlarini tanlab olish kiradi. Obyektning yutuq va kamchiliklarini yoki konstruksiyadagi farqlarini tahlil qilish ilmiy tilda olib borilishi kerak. Bunda ilmiy tilda yozilgan ish yoki dissertasiyalarni dunyoning hamma chekkasida ham o'qish yoki boshqa tillarga o'girish imkoniyati paydo bo'ladi. Bundan tashqari o'tkazilgan tadqiqotlar maqasadlarini qilish osonlashadi. Agar yozilgan ilmiy maqola yoki dissertasiyadagi terminlar buzilsa keng miqyosda foydalanish qiyinlashadi.