Kurs ish ikirish, bob paragraf,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Ishning birinchi va ikkinchi bobi to’liq yoritilgan


II bob O’quvchilarning bo’sh vaqtini unumli foydalanishiga sharoit tayyorlash



Download 81,97 Kb.
bet6/8
Sana04.07.2022
Hajmi81,97 Kb.
#739479
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mehribon3

II bob O’quvchilarning bo’sh vaqtini unumli foydalanishiga sharoit tayyorlash.
2.1 O’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishga ko’nikmalarini oshirish

Darsdan tashqari ishlar o’qituvchining individual yoki gruppali topshiriqlari asosida darsdan keyin kursni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan majburiy tarzda amaliy ishlarni bajarishni tashkil etish shakli.Darsdan tashqari ishlar: biologiya xonasida, tirik tabiat burchagida, o’quv tajriba uchastkasida bajariladi. O’quvchilarning darsdan tashqari ishlarining zururligi shundan iboratki, o’simliklar va xayvonlar ustida olib boriladigan ko’pgina uzoq muddatli kuzatishlar o’quv jadvaliga sig’maydi. Ayrim xollarda turli asboblar va mikroskop yetishmasligi, sinfda turli topshiriqlarni bajarilishiga to’sqinlik qiladi. Biologiya kursini o’rganish davomida har bir o’quvchi mikroskop bilan ishlash ko’nikma malakasiga ega bo’lishi kerak. SHuning uchun o’qituvchi navbat bilan 3-5 o’quvchini dars oldidan yoki darsdan so’ng mikroskop bilan ishlashini tashkil etish kerak. O’quvchilar 3-5 tadan guruhlarga bo’linib mayda xayvonlar ustida o’qituvchi topshirig’i bo’yicha keyinchalik darslarda foydalaniladigan uzoq muddatlibiologik kuzatish va tajribalar olib boradilar. Har bir o’quvchi yil davomida bir yoki ikkita darsdan tashqari ish bajaradi, ularning bajarilishiga o’qituvchi baho qo’yadi. Darsdan tashqari ishlar mazmuniga ko’ra uyga beriladigan tajribalarga yaqin hisoblanadi. Lekin farqi shundaki uy ishlar ancha oddiyroq bo’lib, sinf o’quvchilari uchun bir vaqtda beriladi. Darsdan tashqari ishlarning uy ishlaridan, farqi ba’zan dastlabki xarakterda bo’ladi, ya’ni sinfda o’rganishdan bir necha kun, hafta va xatto bir necha oy ilgari beriladi.


Masalan botanikadan
suv o’simliklari bilan tajribalar -2 oy
bargda kraxmal izlari hosil bo’lishi -2 oy
poya bo’ylab suvning ko’tarilishi –2-3 kun
Xayvonlar ustida olib boriladigan tajribalar uzoq muddatli bo’ladi. Odam va uning salomatligi kursidan morfologik, gistologik va meditsina xarakteridagi ishlar ma’lum mavzular o’rganilgandan so’ng bilimni mustahkamlash uchun o’tkaziladi. Ko’pgina fiziologik tajribalar, shartli refleks hosil qilish, avitaminoz va boshqalar oldindan bajariladi. Ularning natijalarini darsda ko’rsatish imkoni bo’ladi. Darsdan tashqari vaqtda o’quvchilar o’tkazayotgan barcha tajribalarning borishi haqida xabardor bo’lgan o’qituvchi darsda tajribaning borishi, turli bosqichlardagi o’zgarishlarni namoyish qilishi, o’tkazilayotgan tajribalar haqida o’quvchilar axborotini yangi mavzular bayoniga kiritish imkoniga ega bo’ladi.
Ishlar ko’pincha kech kuzda, qishda va erta bahorda bajariladi. Asosan ular botanikani o’qitishda qo’llaniladi.
Botanikadan darsdan tashqari ishlarni dasturning barcha mavzusi bo’yicha berish mumkin. Masalan “Urug’” mavzusi bo’yicha darsdan tashqari o’quvchilar urug’ning bo’rtishini kuzatadilar, uning unuvchanlik foizini aniqlaydilar. Gulli o’simliklar biologik xususiyatlarini kuzatadilar.
Zoologiyadan darsdan tashqari ishlarda o’quvchilar tirik tabiat burchagida sodda hayvonlarni ko’paytirib, ularni mikroskopda o’rganadilar. Halqali chuvalchanglarni o’rganishda ularning tuproq hosil qilishdagi xarakatini, ta’sirlanishini kuzatadilar. Ayrim hasharotlar g’umbagining metamorfozini o’rganishlari mumkin.
Odam va uning salomatligi bo’yicha tirik tabiat burchagida o’tkazilayotgan darsdan tashqari ishlar uncha xilma-xil emas, ular asosan uch xil bo’ladi:
1) xayvonlarda shartli refleks hosil qilish ekologik va fiziologik tajribalar qo’yish;
2) ergograf, tonometr, spirometr bilan ishlash;
3) mikroskop bilan ishlash.
Oddiy meditsina ko’nikmalari suyak singanda, qon ketganda birinchi yordam ko’rsatish, sun’iy nafas olish kabilar ham darsdan tashqari vaqtda o’qituvchi rahbarligida olib boriladi.
Umumiy biologiyadan tirik burchakda o’quvchilarga botanika va zoologiya ob’ektlari bilan ishlash uchun topshiriq berish mumkin. Bundan maqsad darslarda o’rganilayotgan organik dunyo qonuniyatlarini kuzatishdan iboratdir. Agar ba’zi o’qtuvchilar tirik burchakda har xil o’simliklarga turli ekologik omillarning ta’sirini o’rganish bo’yicha tajriba qilsalar, boshqalari shu mavzuda xayvonlar bilan tajriba o’tkazadilar. Masalan, o’simlikning o’sishiga quyosh nuri va sun’iy yoruqligining ta’siri yoki nixolning o’sishi va rivojlanishiga quyosh nuri va haroratning ta’siri, irsiyat haqida aniq tushunchaga ega bo’lish uchun xayvonlardan drozofila, akvarium balig’i guppi ustida chatishtirish bo’yicha tajribalar qo’yadilar. Ayniqsa vegetativ ko’payish, organizmlarning moslashganligini, sun’iy biotsenozlar yaratish, kun uzunligini, o’simlik va hasharotlar g’umbag’ining rivojlanishini o’rganishga oid tajribalar qo’yish nihoyatda qiziqarlidir. Bitta tajribadan bir necha mavzularni o’rganishda ularga monand holda foydalanish mumkin.
Eng asosiysi o’quvchilarning darsdan tashqari ishlaridan darslarda pedagogik maqsadda to’la foydalanishdan, ya’ni puxta o’ylangan tarzda teskari bog’lanishlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Asosan morfologiya, ekologiya va sistematikaga doir hodisalarni aniqlashga va gerbariy hamda kollektsiyalar tayyorlashga yordam beradigan kuzatishlar uchun topshiriqlar beriladi. Ular asosan yozda bajariladi va shuning uchun ko’pincha yozgi topshiriqlar deb ataladi. Yoz davomida V sinf o’quvchilariga poya, ildiz va barglari har xil shakldagi o’simliklarni yig’ish: VI sinf o’quvchilariga madaniy va yovvoyi o’simliklarni yig’ish va gerbariy tayyorlash; VII sinf o’quvchilariga xayvonlar ustida kuzatish olib borish, hasharotlardan kollektsiyalar to’plash kabi topshiriqlar beriladi. O’simliklarni hamda ularda yashaydigan hasharotlarni, ular yetkazgan zararlarni, ularning rivojlanish fazalarini ko’rsatadigan biologik kollektsiyalar katta ahamiyatga ega. O’qituvchi ixtiyorida yozda chet ellarga ota-onalari bilan sayohatga boruvchi o’quvchilar yordamida xonani qiziqarli ob’ektlar bilan boyitish uchun imkoniyat bor. O’qituvchi o’quvchilarning qaerga borishini oldindan bilib olib, kabinet uchun kerakli ob’ekt olib kelish to’g’risida topshiriq beradi. Albatta bunday topshiriqlar tabiat muhofazasini hisobga olgan holda bo’ladi.
V, VI va VII sinflarda sistematik ravishda olib boriladigan fenologik kuzatishlar alohida o’rin tutadi. O’quvchilar har kuni kundaliklariga tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni yozib boradilar. O’simlik va xayvonot dunyosida olib boriladigan fenologik kuzatishlar obhavoning holati bilan bog’lanadi. Elementar metrologik kuzatishlar olib boriladi. Bu kuzatish ma’lumotlari o’simliklar va hayvonlarning rivojlanishi hamda hulq-atvori bilan taqqoslanadi.
Tirik tabiat burchagida, uchastkada va tabiatda bajariladigan darsdan tashqari ishlar darsda o’rganish uchun qiziqarli material beradi, o’quvchilarda mustaqil ishlash uquv va ko’nikmalarini tarbiyalaydi, tabatga qiziqishni rivojlantiradi. Bunday ishlarni bajarish uchun o’kuvchilar, odatda, topshiriqlarda ko’rsatiladigan o’simlik va hayvonlar to’g’risidagi maxsus adabiyotlarga, ma’lumotnomalarga, entsiklopediyalarga murojat qiladilar. Ayni shu darsdan tashqari ishlar yordamida o’quvchilarda bilimni chuqurlashtirish uchun kitoblarga doimiy murojat qilish ehtiyoji tarbiyalanadi.
Dars bilan uzviy bog’liq holda darsdan tashqari ishlar biologiya o’qitishning majburiy shakli bo’lib qoldi, ular darsni davom ettiradi va mustahkamlaydi.
O’quv mashg’ulotlarining sinfdagi shakli darsdan tashqari yana qo’shimcha qator ta’lim shakllari mavjud bo’lib, bular amaliy - tajriba mashg’ulotlari, qo’shimcha darslar, fakultativlar, ekskursiya kabilardir.
Bular darsda berilgan bilimlarni to’ldirish, mustahkamlash, amaliyot bilan bog’lash uchun uyushtirilgan qo’shimcha mashg’ulotlardir.
Bulardan tashqari o’quv yurtlari tajribasida fan tugaraklari, ishlab chiqarish amaliyoti, o’yin shaklidagi mashg’ulotlardan ham foydalanmoqda.
Laboratoriya mashg’ulotlarida bolalar turli o’quv predmetlari bo’yicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov ishlari o’tkazishadi. Laboratoriya mashg’ulotlari amaliy dars ham deb yuritiladi. Amaliy darslarda o’quvchilar guruhlarga ajralib, turli esperimental topshiriqlarni bajarishadi.
Seminar mashg’ulotlari nazariy muammolarni faol o’rganish shakli hisoblanadi. O’rta umumta’lim maktablarida seminarlar quyidagicha o’tkaziladi: seminar uchun mavzu tanlanadi; mavzu buyicha reja, ko’rsatmalar beriladi; tayyorganrlik uchun yetarli vaqt ajratiladi; asosiy manbalar, ularning betlari aytiladi; maslahatlar beriladi. Seminarga barcha o’quvchilar tayyorgarlik ko’rishadi. Seminarning oxirida o’qituvchi yakunlovchi suhbat o’tkazib, kelgusi seminarda qilinadigan ishlarni belgilaydi. 
Uzluksiz ta’limning hamma bosqichlarida ta’limning o’ziga xos tashkiliy shakllari mavjud. Jumladan: ikki bosqichli oliy ta’lim tizimida o’ziga xos ta’lim shakllari mavjud. Bularga: ma’ruzalar, seminar va amaliy mashg’ulotlar, kafedra o’qituvchilarining ochiq ma’ruzalarida qatnashish, ma’ruza matnini tayyorlash va muhokama qilish, o’quv kurslari bo’yicha dasturlar tayyorlash ishlari kabilar kiradi.
Oliy ta’lim tizimida ma’ruza o’quv jarayonining ham usuli, ham shakli hisoblanib, u talabalarga fan asoslarini og’zaki, uzviy va muntazam singdirishga xizmat qiladi. Ma’ruza tufayli talaba shu fanning mohiyatini tushunib boradi hamda ularni erkin fikrlashga, fan ustida o’ylashga majbur etadi. Shu sababli ma’ruza ilmiy tafakkurni rivojlantirishning o’ziga xos maktabiga aylanadi.
Ma’ruzani shunday o’qish lozimki, uning ta’sirida talabalarda shu fanga, uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e’tiqod, g’oya va milliy mafkura asoslari shakllansin. Buning uchun o’qituvchi har bir ma’ruzaning mazmunini, fandagi yangiliklar bilan boyitishi va tanlay bilishi lozim.
Ma’ruza ijobiy hamkorlikka tayanib tashkil qilingandagina samarali natija beradi. Buning uchun ma’ruza jarayonida ham ta’limiy ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish yo’llaridan biri - o’qituvchilar bilan talabalar o’rtasidagi do’stona, faol munosabatlarni tiklab olishdan iborat.
Bundan tashqari dars va ma’ruzaning samarali natijasi o’quvchi talabalarning o’quv jarayonidagi ruhiy holatlarini qay darajada hisobga olinishiga ham bog’liq. Shunday ekan ta’limni samarali tashkil etish, uning dars, ma’ruza va boshqa shakllaridan o’qitish jarayonida foydalanishlari uchun shubhasiz, o’qituvchining pedagogik mahorati, pedagogik madaniyati, o’z fanini puxta bilishligi va o’quvchi - talabalar bilan umumiy til topa olishlari g’oyat katta ahamiyatga egadir.
Ta’limni tashkil etishning zamonaviy (noan’anaviy) shakllari zarurati nimada? Uning qanday shakllari qo’llanilmoqda?
Mustaqil O’zbekistonimizda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirishda ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog’liq ishlar qilinmoqda. Ta’limni KVN, munozara, disput, konferensiya, mushoira, sud o’yinlari va boshqa shakllarda tashkil etishga harakat qilinmoqda. O’quvchilar faolligini oshiruvchi turli interfaol usullar keng qo’llanilmoqda. Bularga misol tariqasida Sinkveyn, Klaster, Aqliy hujum, T-Chizma, Insert jadvali, B-B-B jadvali, Venn diagrammasi, Konseptual jadval, Semantik xususiyatlar tahlili va boshqalarni keltirish mumkin.
An’anaviy metodlarning afzalliklari:
- ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali.
- O’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi.
- Vaqtdan unumli foydalanish.
- Aniq, ilmiy bilimlarga tayanish.
Kamchiliklari:
- O’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar.
-  O’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi.
- O’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha olmaydi.
- Eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir xil bulmaganligi sababali, sinf bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bulib kolishi mumkin.
- Mustaqil o’rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.
Noan’anaviy o’qitish metodlarining afzalliklari:
- O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi.
- O’z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi.
- Tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi.
- O’qitish usullarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi.
- Motivatsiyani yuqori darajada bo’lishi.
- O’tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.
- Muloqatga kirishish ko’nikmasining takomillashishi.
- O’z-o’zini baholashning o’sishi.
- O’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati.
- Mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga yordam berishi.
- Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi.
- Muammolar yechish ko’nikmalarining shakllanishi.
Kamchiliklari:
- Ko’p vaqt talab etilishi.
- O’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.
- Juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolining past bo’lishi.
- «Kuchsiz» o’quvchilar bo’lganligi sababali «kuchli» o’quvchilarning ham past baho olishi.
- O’qituvchining o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko’nikmalariga ega bulishining talab etilishi XULOSA: Ko’p yillar davomida an’anaviy dars o’tish ta’limning asosiy shakllaridan biri bo’lib keldi.
An’anaviy dars- muayyan muddatga mo’ljallangan, ta’lim jarayoni ko’prok o’qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.
Ma’lumki, an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida o’qituvchi turadi.
An’anaviy dars o’tish modelida ko’prok ma’ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi.
Shu sabab, bu xollarda an’anaviy dars samaradorligi ancha past bo’lib, o’quvchilar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli- tuman o’quvchilar faolligini oshiradigan metodlar bilan boyitib borilsa, o’quvchilar o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib keladi.
Buning uchun daras jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda baxs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o’yinlar metodlarini qo’llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash usullaridan foydalanish, ta’lim vositalaridan urinli foydalanish talab etiladi.
Real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilshan va soddalashtirilgan ko’rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o’quvchilarni shaxsan katnashishi va faoliyat evaziga ta’lim olishini ko’zda tutuvchi metod.

Xulosa

Bu kurs ishidan asosiy xulosa o’quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishlarini tashkil qilishga qaratilganligi muhim jihatlaridir. O’quvchilarga mustaqil ishlar o’qituvchi tomonidan berilib nazorat qilib boriladi.O’qituvchi mustaqil ish berayotganda o’quvchilarning yoshiga qarab va ular bu mustaqil ishni bajara olishlarini bilishi kerak va mustaqil ishlar qiziqarli tarzda olib borilishi kerak.Agar o’qituvchi o’quv jarayoniga muntazam ravishda turli ko’rinishdagi mustaqil ishlarni kiritib borsa o’quvchilarda mustaqil ishlash ko’nikma va malakasi shakillanib boradi. O’quvchilarni mustaqil ishlari deganda o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni malum vaqt ichida o’quvchilar bajarishlari tushuniladi. Muataqil ishlar turli ko’rinishda bo’ladi misol uchun fizika fanini olsak ; o’quv va malumotnoma adabiyotlar bilan ishlash, masala yechishda turli ish shakllari, labaratoriya amaliy ishlari qiduriv elementiga ega bo’lgan frontal tajribalar tarqatma materiallar bilan ishlash v.h.


O’rta talim bilan oily talim tizimi o’rtasida sezilarli farq bor. O’rta talimda o’quvchiga mustaqil ish o’qituvchi tomonidan berilib unga ko’nikma va bilim berilib boriladi va nazorat qilinadi.Oliy talimda talaba mustaqil ishlarini o’z ko’nikma va tajribalariga asoslanib bajarib boradi.Har bir haftaning ohirgi kunida talaba bir hafta davomida bajargan ishlari to’g’risisda xulosa chiqarib,o’zi tuzgan rejaning bajarilishini tekshirib chiqishi kerak.Eng muhimii o’quvchilarni bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazishni taminlash undan tashqari o’quvchilarni o’z ustlarida ko’proq mustaqil ishlashga o’rgatish o’qituvchilarning vazifalaridan biridir.

Mazkur vaziyatlar o'zida o'quvchining muammoni aniq anglashini ifodalaydi va uni bartaraf etish yangi bilim, metod va harakatlarni izlab topishni talab etadi. Agar o'quvchida boshlang'ich bilimlar yetishmasa, u muammoli vaziyatlarni qabul qila olmaydi. Muammoli vaziyat nimanidir anglash uchun o'quvchiga mavjud bilimlar yetarli bo'lmasa; yangi talablar bilan o'quvchilarda mavjud bilimlar o'rtasida nomuvofiqlik aniqlansa (eski bilimlar bilan yangi faktlar o'rtasida, past va yuqori bilim darajalari o'rtasida, turmush va ilmiy bilimlar o'rtasida); ilgari o'zlashtirilgan bilimlarni yangi amaliy sharoitlarda foydalanish zaruriyati, vazifalarni yechishning nazariy imkoniyatlari bilan tanlangan metodni amaliy amalga oshirish mumkin O`quv adabiyoti bilan ishlash murakkab psixik jarayonni o`z ichiga oladi. O`qish jarayoni o`qituvchi tomonidan bayon qilinayotgan bilimlarni o`quvchilarning eshitib, o`qishlarinigina emas, balki o`quv matеriallarini (ma’lumotlarni) kitob matnidan ko`rib,.ongli idrok qilish faoliyatini ham taraqqiy ettirishni nazarda tutadi. Darslik bilan ishlash mеtodi ikki shaklda olib boriladi: — dars jarayonida darslik va o`quv adabiyoti bilan ishlash; — darslik va o`quv adabiyotlari bilan sinfdan va maktabdan tashqari mustaqil ishlash. Kitob bilan ishlashning har ikkala shakli o`quv fanlari bo`yicha dеyarli hamma sinflarda qo`llanishi mumkin. O`quvchilarni darslik va boshqa o`quv ma’lumotlari bilan birga qo`shimcha adabiyot, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, shuningdеk gazеta, jurnallardan foydalanishga ham o`rgatish kеrak.Dеmonstratsiya va illyustratsiya o`quv ma’lumotlarini aniq usullar orqali bеvosita idrok qilish jihatidan muhim ahamiyatga ega. O`rganilayotgan buyum va hadisalarni to`liq va aniq tasavvur etgan taqdirdagina o`quvchilarning olgan bilimlari chuqur va puxta bo`ladi. O`quvchilar turmush va tеxnikadagi narsa, hodisa va voqеalarni dеmonstratsiya mеtodi orqali bеvosita ko`rib, idrok qilishlari natijasida ular haqida mustaqil fikr yuritish, tahlil qilish, tеgishli xulosalar chiqarishga muvaffaq bo`la oladilar. Bu mеtod dars davomida yoki darsning ayrim qismlarida qo`llaniladi. Illyustrativ- tasvirlash. Rasmlar ko`rsatish.bo'lmasligi o'rtasida ziddiyatlar hamda o'quv topshiriqlarini bajarishda amaliy erishilgan natijalar bilan o'quvchilarda uni nazariy asoslashga bilimlar yetishmasligi o'rtasida ziddiyatlar bo'lgan holatlarda yuzaga keladi.


Bolalarning qiziqishini rivojlantirishi uchun ularning, faoliyatiga doimo rahbarlik qilish kerak. Darsda bolalar ko’p eshitadilar, chizadilar, hikoya qiladilar. O’quvchilarni yanada darsga qiziqtirish uchun ushbu ertakni o’zingiz davom ettiring,uylab topinglar, qahramonlarning nomini toping deb murojaat etish mumkin. Bunda o’quvchilar o’zlaricha uylay boshlaydilar, ularning e’tibori mazkur muammoga qaratilgan bo’ladi. Sehrli soat esa har bir daqiqani bekor o’tkazmang deb shoshiradi. Albatta, bunday darsni tashkil etish oson emas, darsga ertak qahramonlarini taklif qilib turish, ular tilidan o’quvchilarni topshiriqlarni bajarishga undosh darsning yanada qiziqarli bo’lishiga olib keldi. Bolalar ular bergan topshiriqlarni o’z xoxishlari bilan bajaradilar. Biroq shu bilan birga bolalarda kutilmagan qiyinchiliklar ham yuzaga keldi. Chunki bolalar o’qituvchining orqasidan yurishni, erkalatishini, shirin so’zlar aytishini yaxshi ko’rishadi. O’qituvchi bunda ziyrak bo’lib, hech bir o’quvchini nazardan chetda qoldirmasligi kerak. Bolalarni e’tiborlikka odatlantirish uchun dars jarayonida ularni qiziqtirish deb belgiladik. Doimo uyinni talab etadigan bolalar bilan biz asta-sekin uyinni darsning ma’lum bir kompanenti sifatida o’tkazdik. Ko’plab uyinlar oldindan uylab topilar, ayrimlari esa darsda o’z-o’zidan yuzaga kelishi mumkin. Ayniqsa, «Xotira» uyini diqqatga sazovordir. O’qituvchi bunday uyinlarni o’tkazish bilan bolalar xotirasini 35 charxlaydi, ularning darsga bo’lgan qiziqishni oshiradi. Sinfda quvnoq muhit yaratiladi va bolalar faolligi oshadi. Muammoli ta’lim bolalarda o’zlari olayotgan bilimga faol munosabat ruhini hosil qilish, o’rganilayotgan narsa va hodisalar haqida oldindan taxminiy xulosa chiqarish uchun hal etish lozim bo’lgan masalani tezda izlab topish iqtidorini, fikrlash, mustaqil faoliyat ko’rsatishni vujudga keltirishdan iboratdir.
Yuqorida qayd etilganidek, ta'limning mazmuniga qo'yilayotgan yangi talablar o'quvchilarni mantiqiy fikrlash, mantiqiy operatsiyalarni bajarish metodlari bilan qurollantirishni tobora kuchaytirishni taqozo etmoqda. O'qitish metodlarining turlari juda ko'p, ularning sonini aniq belgilab bo'lmaydi. Ular pedagogik amaliyot davrida tinmay boyib boraveradi. Metodlar o'qitishning mantiqiy tomonlariga, komponentlari va vazifalariga qarab tasniflanadi.


Download 81,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish