Treskasimonlar turkumi. Turlari unchalik ko'p emas. Orqa suzgichiuchta, anal suzgichi ikkita bo'ladi. Qorin suzgichlari ko'krak suzgichidanoldinroqda joylashgan. Treskasimonlar iliq suvli va Arktika dengizlaridatarqalgan, faqat nalim chuchuk suvlarda uchraydi. Treskasimonlar orasidaBoltiq, Barens, Oq dengiz va Shimoliy dengizlarda tarqalgan treska,shuningdekpiksha, sayda, navaga ovlanadi. Ularning go'shti va jigaridanfoydalaniladi; yog'i D vitaminiga boy mahsulot sifatida tibbiyotdafoydalaniladi.
Cho'rtansimonlar yirtqich baliqlar bo'lib, boshi katta, yassi,jag'larida o'tkir tishlari bo'ladi. Orqa va anal suzgichlari tanasining orqaqismida joylashgan. Suzgich pufagi ichak bilan tutashgan. Daryo vako'llarda, shuningdek janubiy dengizlarning kamroq sho'rlangan suvlaridaoddiy cho'rtan tarqalgan. Cho'rtan baliqlar suv qushlari, baqalar bilanoziqlanadi. Baliqchilik xo'jaliklariga birmuncha ziyon keltirishi mumkin.Eng yirik cho'rtanning og'irligi 35 kg ga, bo'yi 1,5 m ga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |