Darsning qismlari
|
Ajratilgan vaqt
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2.
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
15 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
40 daqiqa
|
4.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5.
|
O’quvchilar bilimini baholash
|
7 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar formasini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanganliklarini va sinf tozaligini kuzatish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Baqaning ko`rish va eshitish organlari qanday tuzilgan?
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar tuxumlari qanday urug`lanadi?
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday rivojlanadi?
Suvda hamda quruqlikda yashovchilaming ko`payishi va rivojlanishining qaysi xususiyatlari baliqlarga o`xshaydi?
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday turkumlarga ajratiladi?
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday ahamiyatga ega?
III. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzuning nomlanishi: Qushlar sinfi. Qushlarning tashqi tuzilishi, ekologiyasi. Qushlarning xilma-xilligi
b) yangi mavzu rejasi:
1) Qushlar sinfi. Qushlarning tashqi tuzilishi, ekologiyasi.
2) Qushlarning xilma-xilligi
d) yangi mavzu bayon matni:
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi.Ko’k kaptar misolida qushlarning tashqi tuzilishi bilan tanishamiz. Ular shahar va qishloqlarda yashaydi, galalashib uchib yuradi, odam yashaydigan imoratlarda joylashadi. Ular o’t o'simliklarning urug’i va yashil qismlari,shuningdek, odam beradigan non va boshqa oziq-ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Kaptarlarning tanasi ham, xuddi sudralib yuruvchilarniki singari, bosh, bo’yin, tana va oyoqlarga bo’linadi.Gavda bo’limi. Kaptarning gavdasi hamsudralib yuruvchilarniki singari bosh, bo’yin, tana va oyoqdan iborat. Boshi kichik, yumaloq, bo’lib uzun va juda harakatchang bo’yin orqalitanaga tutashgan. Kaptar bo’ynini burib oziqni cho’qishi; tumshug’I bilan qorni, qanoti, orqasi va dumidagi patlarini tozalashi mumkin. Qanotari yoyilganda uni havoda muallaq ushlab turuvchi yuzani hosil qiladi. Oyoqlarini pastki qismiva tirnoqli barmoqlari muguz tangachali dag’al teri bilan qoplangan. Kaptar yerdan faqat ikki oyog’iga tayanib yuradi. Ko’k kaptarning boshida oldinga cho’zilgan birmuncha uzun va muguz g’ilof bilan qoplangan ingichka tumshug’i bor. Tumshug’i ikki qisimdan: yuqorigi- tumshug’ usti va pastki- tumshuq ostidan iborat. Tumshuq usti asosidan burun teshiklari ochiladi. Boshining ikki yonida yumaloq yirik ko’zlari joylashgan, birmuncha pastda va ulardan orqaroqda patlari ostida quloq teshiglari bor. Kaptarning boshi oziqni chaqqon terib olish va tevarak-atrofga qarash imkoniki beradigan darajada harakatchan bo’yinchaga birlashgan. U tumshug’i bilan qorin, qanot, orqa va dum patlarini ham tozalaydi. Oldingi oyoqlari qanotlari uchishga xizmat qiladi, ularning yuzasi qushni xavoda tutib turadi. Kaptar oyog’ining barmoqlariga tayanib yuradi. Oyoqlarining pastki qismi va tirnoqli barmoqlari muguz tangachali dag’al teri bilan qoplangan.Tana qoplami. Qushlarning terisi quruq, yupqa bo’lib, pat bilan qoplangan. Pat qoplami juda harakterli tashqi belgi bo’lib, qushlar shu belgisi bilan boshqa hayvonlardan farq qiladi. Kontur (qoplovchi) patlarining ingichka, qattiq o’zagi va uning ikki tomonida keng, birmuncha yumshoq yelpig’ich patlari bo’ladi. Ular o’zakdan chiquvchi ingichka muguz o’siqchalarning qalin to’ridan hosil bo’ladi. 1-tartib o’siqchalar bir-biriga paralel holda o’zakka birikkan. Shunday o’siqchalardan har-birininga ikki tomonidan o’siqchalarga yondoshadigan va mikroskopik mayda ilgakchalar bilan ularga ilashadigan 2-tartib yanada ingichka o’siqchalar chiqadi. Pat ana shunday tuzilganligi uchun egiluvchan, yengil va deyarli havo o’tkazmaydigan bo’ladi. Qoplovchi kontur patlar bir-biriga nisbatan cherepitsa singari joylashib, qushlar tanasida uchishni yengillashtiradigan tutash suyri yuza hosil qiladi. Qushlar uchganda qanoti bilan dumining yirik kontur patlari katta ahamiyatga ega. Kontur patlar ostida mayda par patlar joylashgan. Ularning yelpig’ichi mayin, siyrak bo’lib, 2-tartib o’siqchalari bo’lmaydi. Ba’zi qushlarda par (yumshoq)uchida mo’yqalam shaklidagi o’siqchalar tutami bo’lgan kalta o’zakcha ham bor. Pat, ayniqsa momiq patlar va par qushlar tanasidagi issiqni saqlaydi. Ularning o’siqchalari orasida, o’zaklarida va ayrim parlar o’rtasida havo ko’p bo’ladi, u issiqni yaxshi o’tkazmaydi. Qushlar vaqt-vaqtida tullaydi: eskirgan patlari tushib ketib, urniga yangilari o’sib chiqadi. Teri bezlaridan faqat quymich bezi rivojlangan bo’lib, u orqa tomonda dumining asosida joylashgan. Qushlar tumshug’i yordamida bezidan yog’simon suyuqlik siqib chiqarib patlariga surkaydi. Bu tarzda moylangan patlar elastik va qayishqoq bo’ladi, suvda suzuvchi qushlarda esa namlanmaydi.Skeleti.bosh suyagi, umurtqa pog’onasi, oyoq kamari va oyoqlardan iborat.suyaklarda havo bo’shlig’i bo’lganligi tufayli skeleti yengil bo’ladi. Uchmaydigan va sho’ng’iydigan qushlarning skeleti og’ir bo’ladi.Bir qancha suyaklarning qo’shilib o’sganligi tufayliqushlar skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan ancha pishiq va mustahkam bo’ladi.Bosh skeleti yumoloq bosh qutisi, yirikko’z kosasi, yuqorigi va pastki jag’lardan iborat. Jag’lar muguz bilan qoplangan tumshuqqa aylangan, tishlari bo’lmaydi.Bosh skeleti suyaklaridan faqat pastki jag’i harakatchang bo’ladi. Bir-biri bilan harakatsiz qo’shilib ketgan bosh suyaklari don cho’qiyotgan qushning tumshug’iga tayanch bo’la oladi.
Umurtqa pog’onasining bo’yin bo’limi uzun, egarga o’xshash umurtqalardan tashkil topgan. Shuning uchun qushlarning bo’yni harakatchang bo’ladi. Qushlar boshining orqaga 180 ga burushi, tanasini qimirlatmasdan va egmasdan atrofdagi oziqni cho’qishi mumukin.Ko’krak umurtqalari deyarli harkatsiz birikkan. Harakatsiz birikkan bel va dumg’aza umurtqalari esa o’zaro qo’shilib, yaxlit dum suyagini hosil qiladi. Dum suyagi qushlarning dumidagi burilish patlari uchun tayanch bo’ladi. Muskullari. Uchadigan barcha qushlar tanasidagi eng yirik muskullar – ko’krakning juft katta muskullaridir. Ularning massasi qolgan barcha muskullarining umumiy massasiga teng. Bu muskullar ko’krak suyagidan va uning qilidan boshlanib, yelkada tugallanadi. Qilning yon yuzalari qushlarning eng baquvvat muskullari birikadigan joy bo’lib xizmat qiladi. Ko’krak muskullarining asosiy vazifasi qanotlarni tushirishdan iborat. Qanotlarni boshqa, ya’ni ko’krakning katta muskullari ostida joylashgan, uncha baquvvat bo’lmagan o’mrov osti muskullari ko’taradi. Oyoq muskullari ham yaxshi rivojlangan. Oyoq bo’g’imlari orqali paylar o’tadi, ularni uchi barmoqlarga boradi. Qushlar daraxt shoxiga qo’nib cho’qqaygan vaqida, bu paylar tortiladi, barmoqlar bukiladi va shoxni maxkam ushlab oladi. Shuning uchun qushlar shoxda faqat o’tirmay, balki qulab tushmasdan bemalol uxlashi ham mumkin. Qushlar nafas olganda ko’krak qafasi hajmining o’zgarishini ta’minlaydigan qovurg’alararo muskullar qovurg’alarga va ularning o’siqlariga birikadi. Qushlarning bo’yin muskullari boshini harakatlanishida - burish, ko’tariish va tushirishda ishtirok etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |