Qushlarning kelib chiqishi. Terisi, skeleti, muskullari, hazm qilish, nafas olish, qon aylanish va ayirish sistemasining tuzilishida qushlar bilan sudralib yuruvchilar o'rtasida bir qancha o'xshashliklar bor. Biroq hozirgi qushlar sudralib yuruvchilarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Qushlar ham sudralib yuruvchilar singari tuxum qo'yib ko'payadi. Lekin qushlar tuxumi nisbatan yirik, qushlar uni bosib yotganidan embrionning rivojlanishi tashqi muhitga bog'liq bo'lmaydi. Bundan tashqari qushlarning issiqqonli bo'lishi, organizmida moddalar almashi-nuvining jadal borishi, nasli to'g'risida g'amxo'rlik qilishi sababli sudralib yuruvchilarga nisbatan juda ko'p afzalliklarga ega. Qushlar turq-atvorining murakkabligi, eslab qolishi, tovush signallari yordamida o'zaro aloqa qilish xususiyatlari bosh miyasi, ayniqsa uning katta yarimsharlaridagi targ'il tananing paydo bo'lishi bilan bogiiq.Qushlar tuzilishida ularning qadimgi ajdodlari — sudralib yuruvchilarga o'xshashlik belgilari ham bor. Ular gavdasining patsiz joylari, xususan oyog'ining pastki ilik qismi, barmoqlari va tumshug'ining asosida tan-gachalar saqlanib qolgan. Qush patlarining muguzdan iborat bo'lishi ularni tangachalardan kelib chiqqanligini ko'rsatadi.Patlaming rivojlanganligi bilan qushlar boshqa barcha hayvonlardan farq qiladi. Shuning uchun 1864-yilda bundan 150 mln yil awal yashagan hayvon pati topilganida uning qushga tegishli ekanligiga hech kim shubha qilmagan. Bu hayvonga arxeopteriks (qadimgi pat) nomi berilgan. Bu patning tuzilishi hozirgi qushlar patidan hech farq qilmaydi. Hozir arxeopteriksning patlari bilan birga skelet qoldiqlari ham topilgan. Arxeopteriks haqiqiy qush boisada uzun dumining bo'lishi, mayda tishlar bilan qoplangan jag'larining tuzilishi, to'sh tojining bo'lmasligi, qanotlarida tirnoqli uzun 3 ta barmoqlarining saqlanib qolganligi uni sudralib yuruvchilarga: patlarining rivojlanganligi va o'mrov ayrisining bo'lishi esa qushlarga yaqinlashtiradi. Arxeopteriks kattaligi qarg'adek boiib, dumidagi patlari hozirgi qushlar singari dumining uchida yelpig'ichga o'xshab joylashmagan, dumining ikki yoni bo'ylab juft-juft bo'lib joylashgan. Arxeopteriks qanotlarida saqlanib qolgan o'tkir tirnoqli 3 ta barmoqlari yordamida daraxt shoxlarida o'rmalab yurgan: qanotlari yordamida baland shoxlardan pastga parvoz qilgan. Lekin arxeopteriksninto'sh toj suyagi bo'lmaganligi tufayli uni hozirgi qushlarning ajdodi deb bo'lmaydi. Hozirgi qushlarning ajdodi bundan 200 mln yil awal yashagan ikki oyoqli dinozavrlar—terapotlar hisoblanadi. Ular qushlarnikiga o'xshash uzun oyoqlarida yugurib harakatlangan. Ayrim terapotlar daraxtlarda yashashga o'tgan: ular harakatlanishda oldingi oyoqlari va uzun dumidan foydalangan.Hozirgi qushlarga bundan 225 mln yil awal shimoliy Amerikada yashagan protoavis (dastlabki qush) ko'proq o'xshab ketadi. Protoavis tashqi ko'rinishi va kattaligi arxeopteriksga o'xshasada, to'sh tojining yaxshi rivojlanganligi, suyaklarining ichi bo'sh bo'lishi, ko'z kosasining juda yirikligi bilan hozirgi qushlarga o'xshab ketadi. Shuning uchun protoavis - qushlarning eng qadimgi ajdodi, birmuncha sodda tuzilgan va keyinroq paydo bo'lgan arxeopteriks esa qushlar evolutsiyasida faqat yon tarmoq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |