Kurs: I guruh(lar): Fan



Download 1,04 Mb.
bet88/138
Sana05.07.2022
Hajmi1,04 Mb.
#741127
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   138
Bog'liq
Kurs I guruh(lar) Fan

Darsning qismlari

Ajratilgan vaqt

1.

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2.

O’tilgan mavzuni takrorlash

15 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

40 daqiqa

4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5.

O’quvchilar bilimini baholash

7 daqiqa

6.

Uyga vazifa

3 daqiqa



I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar formasini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanganliklarini va sinf tozaligini kuzatish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:

  1. Baqaning ko`rish va eshitish organlari qanday tuzilgan?

  2. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar tuxumlari qanday urug`lanadi?

  3. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday rivojlanadi?

  4. Suvda hamda quruqlikda yashovchilaming ko`payishi va rivojlanishining qaysi xususiyatlari baliqlarga o`xshaydi?

  5. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday turkumlarga ajratiladi?

  6. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday ahamiyatga ega?



III. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzuning nomlanishi: Qushlar sinfi. Qushlarning tashqi tuzilishi, ekologiyasi. Qushlarning xilma-xilligi
b) yangi mavzu rejasi:
1) Qushlar sinfi. Qushlarning tashqi tuzilishi, ekologiyasi.
2) Qushlarning xilma-xilligi


d) yangi mavzu bayon matni:


Yashash muhiti va tashqi tuzilishi.Ko’k kaptar misolida qushlarning tashqi tuzilishi bilan tanishamiz. Ular shahar va qishloqlarda yashaydi, galalashib uchib yuradi, odam yashaydigan imoratlarda joylashadi. Ular ot o'simliklarning urugi va yashil qismlari,shuningdek, odam beradigan non va boshqa oziq-ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Kaptarlarning tanasi ham, xuddi sudralib yuruvchilarniki singari, bosh, boyin, tana va oyoqlarga bo’linadi.Gavda bo’limi. Kaptarning gavdasi hamsudralib yuruvchilarniki singari bosh, bo’yin, tana va oyoqdan iborat. Boshi kichik, yumaloq, bolib uzun va juda harakatchang bo’yin orqalitanaga tutashgan. Kaptar bo’ynini burib oziqni cho’qishi; tumshug’I bilan qorni, qanoti, orqasi va dumidagi patlarini tozalashi mumkin. Qanotari yoyilganda uni havoda muallaq ushlab turuvchi yuzani hosil qiladi. Oyoqlarini pastki qismiva tirnoqli barmoqlari muguz tangachali dag’al teri bilan qoplangan. Kaptar yerdan faqat ikki oyog’iga tayanib yuradi. Ko’k kaptarning boshida oldinga cho’zilgan birmuncha uzun va muguz g’ilof bilan qoplangan ingichka tumshug’i bor. Tumshug’i ikki qisimdan: yuqorigi- tumshug’ usti va pastki- tumshuq ostidan iborat. Tumshuq usti asosidan burun teshiklari ochiladi. Boshining ikki yonida yumaloq yirik kozlari joylashgan, birmuncha pastda va ulardan orqaroqda patlari ostida quloq teshiglari bor. Kaptarning boshi oziqni chaqqon terib olish va tevarak-atrofga qarash imkoniki beradigan darajada harakatchan boyinchaga birlashgan. U tumshugi bilan qorin, qanot, orqa va dum patlarini ham tozalaydi. Oldingi oyoqlari qanotlari uchishga xizmat qiladi, ularning yuzasi qushni xavoda tutib turadi. Kaptar oyog’ining barmoqlariga tayanib yuradi. Oyoqlarining pastki qismi va tirnoqli barmoqlari muguz tangachali dagal teri bilan qoplangan.Tana qoplami. Qushlarning terisi quruq, yupqa bolib, pat bilan qoplangan. Pat qoplami juda harakterli tashqi belgi bolib, qushlar shu belgisi bilan boshqa hayvonlardan farq qiladi. Kontur (qoplovchi) patlarining ingichka, qattiq ozagi va uning ikki tomonida keng, birmuncha yumshoq yelpig’ich patlari boladi. Ular ozakdan chiquvchi ingichka muguz o’siqchalarning qalin toridan hosil boladi. 1-tartib o’siqchalar bir-biriga paralel holda ozakka birikkan. Shunday o’siqchalardan har-birininga ikki tomonidan osiqchalarga yondoshadigan va mikroskopik mayda ilgakchalar bilan ularga ilashadigan 2-tartib yanada ingichka osiqchalar chiqadi. Pat ana shunday tuzilganligi uchun egiluvchan, yengil va deyarli havo otkazmaydigan boladi. Qoplovchi kontur patlar bir-biriga nisbatan cherepitsa singari joylashib, qushlar tanasida uchishni yengillashtiradigan tutash suyri yuza hosil qiladi. Qushlar uchganda qanoti bilan dumining yirik kontur patlari katta ahamiyatga ega. Kontur patlar ostida mayda par patlar joylashgan. Ularning yelpig’ichi mayin, siyrak bolib, 2-tartib osiqchalari bolmaydi. Bazi qushlarda par (yumshoq)uchida moyqalam shaklidagi osiqchalar tutami bolgan kalta o’zakcha ham bor. Pat, ayniqsa momiq patlar va par qushlar tanasidagi issiqni saqlaydi. Ularning osiqchalari orasida, o’zaklarida va ayrim parlar ortasida havo kop boladi, u issiqni yaxshi otkazmaydi. Qushlar vaqt-vaqtida tullaydi: eskirgan patlari tushib ketib, urniga yangilari osib chiqadi. Teri bezlaridan faqat quymich bezi rivojlangan bolib, u orqa tomonda dumining asosida joylashgan. Qushlar tumshugi yordamida bezidan yogsimon suyuqlik siqib chiqarib patlariga surkaydi. Bu tarzda moylangan patlar elastik va qayishqoq bo’ladi, suvda suzuvchi qushlarda esa namlanmaydi.Skeleti.bosh suyagi, umurtqa pog’onasi, oyoq kamari va oyoqlardan iborat.suyaklarda havo bo’shlig’i bo’lganligi tufayli skeleti yengil bo’ladi. Uchmaydigan va sho’ng’iydigan qushlarning skeleti og’ir bo’ladi.Bir qancha suyaklarning qo’shilib o’sganligi tufayliqushlar skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan ancha pishiq va mustahkam bo’ladi.Bosh skeleti yumoloq bosh qutisi, yirikko’z kosasi, yuqorigi va pastki jag’lardan iborat. Jag’lar muguz bilan qoplangan tumshuqqa aylangan, tishlari bo’lmaydi.Bosh skeleti suyaklaridan faqat pastki jag’i harakatchang bo’ladi. Bir-biri bilan harakatsiz qo’shilib ketgan bosh suyaklari don cho’qiyotgan qushning tumshug’iga tayanch bo’la oladi.
Umurtqa pog’onasining bo’yin bo’limi uzun, egarga o’xshash umurtqalardan tashkil topgan. Shuning uchun qushlarning bo’yni harakatchang bo’ladi. Qushlar boshining orqaga 180 ga burushi, tanasini qimirlatmasdan va egmasdan atrofdagi oziqni cho’qishi mumukin.Ko’krak umurtqalari deyarli harkatsiz birikkan. Harakatsiz birikkan bel va dumg’aza umurtqalari esa o’zaro qo’shilib, yaxlit dum suyagini hosil qiladi. Dum suyagi qushlarning dumidagi burilish patlari uchun tayanch bo’ladi. Muskullari. Uchadigan barcha qushlar tanasidagi eng yirik muskullar – kokrakning juft katta muskullaridir. Ularning massasi qolgan barcha muskullarining umumiy massasiga teng. Bu muskullar kokrak suyagidan va uning qilidan boshlanib, yelkada tugallanadi. Qilning yon yuzalari qushlarning eng baquvvat muskullari birikadigan joy bo’lib xizmat qiladi. Kokrak muskullarining asosiy vazifasi qanotlarni tushirishdan iborat. Qanotlarni boshqa, yani kokrakning katta muskullari ostida joylashgan, uncha baquvvat bolmagan o’mrov osti muskullari ko’taradi. Oyoq muskullari ham yaxshi rivojlangan. Oyoq bogimlari orqali paylar otadi, ularni uchi barmoqlarga boradi. Qushlar daraxt shoxiga qonib cho’qqaygan vaqida, bu paylar tortiladi, barmoqlar bukiladi va shoxni maxkam ushlab oladi. Shuning uchun qushlar shoxda faqat otirmay, balki qulab tushmasdan bemalol uxlashi ham mumkin. Qushlar nafas olganda kokrak qafasi hajmining ozgarishini taminlaydigan qovurgalararo muskullar qovurg’alarga va ularning osiqlariga birikadi. Qushlarning boyin muskullari boshini harakatlanishida - burish, kotariish va tushirishda ishtirok etadi

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish