Rivojlanishi. Ko`pchilik baliqlar metamorfoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan3—8 kun ichida chavoqlar chiqadi. Baliq chavoqlari dastlabsarig`don xaltasida qolgan zahira sariqlik qoldig`i bilan oziqlanadi; keyinroqfaol oziqlanishga o`tadi.Baliqlar turli yoshda voyaga yetadi. Masalan, xamsa balig`i bir yoshda,ko`pchilik karpsimonlar 3—4 yoshda, osetr va sevryuga 10—15 yoshda;beluga 14—20 yoshda voyaga yetadi. Voyaga yetish davrida baliqlarningtashqi ko`rinishi va turq-atvorida turli xil o`zgarishlar paydo bo`ladi.
Masalan, uvildiriq tashlashdan oldin bukri baliq tanasining kumushrangi o`zgarib, qo`ng`ir-malla rangga kiradi; terisida qoramtir dog`larpaydo bo`ladi. Erkak baliq tanasining orqasida bukrisi paydo bo`ladi;jag`lari egilib, ilmoqqa o`xshash bo`lib qoladi.
Migratsiyasi. Ko`pchilik baliqlar uvildiriq tashlash uchun yashashjoyidan boshqa joylarga, masalan, o`llardan daryolarga, chuqursuvlardan sayozlikka, daryolarning quyi qismidan yuqori qismiga ko`chibo`tadi, ya`ni migratsiya qiladi. O`tkinchi baliqlar dengizlardan daryolarga(losossimonlar), ba`zan aksincha daryolardan dengizlarga (ilon baliq)ko`chadi. Migratsiya davomida baliqlar oziqlanmaydi. Ayrim baliqlar(lososlar, ayrim seldlar) hayoti davomida bir marta uvildiriq tashlab,halok bo`ladi. Uvildiriq tashlash migratsiyasi tufayli baliqlar o`zlari yashabkelayotgan joydan ancha uzoqqa borib ko`payish imkoniga ega bo`ladi.Masalan, o`tkinchi baliqlardan osetrsimonlar (osetr, sevryuga, beluga)ko`payish davri boshlanguncha Kaspiy, Azov va Qora dengizlardayashaydi, lekin ko`payish uchun bu dengizlarga quyiladigan daryolarningyuqori qismiga o`tib uvildiriq tashlaydi. Shundan so`ng baliqlar yanadengizga qaytib, navbatdagi ko`payish davrigacha yashaydi. Osetrsimonlarhayoti davomida bir necha marta ko`payadi. Ularning tuxumlaridanchiqqan chavoqlari suv oqimi bilan dengizga keladi va urchib voyagayetadi. Tinch okeani losossimon baliqlari (keta, gorbusha, chavicha) umridavomida faqat bir marta ko`payadi. Ular bir necha yil dengiz va okeanlardayashab, ko`payish davrida Shimoliy Amerika, Uzoq Sharq daryolarigao`tadi va uvildiriq tashlagach, halok bo`ladi. Migratsiya davomida ularoziqlanmaydi. Yevropa va Shimoliy Afrika daryolarida yashaydigan ugorbalig`i 7000—8000 km masofani suzib o`tib, Shimoliy Amerika yaqinidagiSargass dengiziga uvildiriq tashlaydi. Ularning chavoqlari okean vadengizlar osha ikki yil suzib, yana daryoga keladi va 20 yilga yaqin o`sib,voyaga yetadi.
Dengizning daryo quyiladigan chuchuklashgan suvlarida yashaydiganbaliqlar: zog`ora, vobla, oqcha ko`payish uchun daryoning quyi oqimigao`tib uvildiriq tashlaydi. Ular yarim o`tkinchi baliqlar guruhiga kiradi.Baliqlar migratsiyasi yil fasllarining almashinuvi bilan ham bog`liq bo`lishimumkin. Qish faslida suvning sovib ketishi bilan ko`pchilik baliqlar suvhavzasining chuqur joyiga ko`chib, qishni o`sha yerda o`tkazadi (qishlovmigratsiyasi).
Bir qancha baliqlar oziq qidirib ham ancha uzoq joylarga migratsiyaqiladi. Bunday oziqlanish migratsiyasi treska uchun xos. Bu baliq Atlantikaokeanida uvildiriq tashlagach, oziq ko`p bo`ladigan Barens va boshqaShimoliy dengizlarga migratsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |