I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar formasini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanganliklarini va sinf tozaligini kuzatish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash: 1.Tangachaqanotlilarning tanasini nima qoplab turadi?
2. Tangacha qanotlilarning o`ziga xos belgisi nimada? U qanday tuzilgan?
3. Karam kapalagining qurtining dastlabki va keying rangini ayting.
4. Kapalak qurtida haqiqiy va soxta oyorlar soni va vazifasini ayting.
5. Karam kapalagining qurti qayerda g`umbakka aylanadi?
6. Pardaqanotlilarning vakillarini ayting.
7. Asalarining ko`zlar soni va tuzilishini tushuntiring.
III. Yangi mavzu bayoni: a) yangi mavzuning nomlanishi: Xordalilar tipi. Bosh skeletsizlar kenja tipi. Lichinka xordalilar kenja tipi. Bosh skeletlilar kenja tipi: Baliqlarning tashqi tuzilishi va ekologiyasi. Suyakli va tog‘ayli baliqlar
b) yangi mavzu rejasi: 1) Xordalilar tipi. Bosh skeletsizlar kenja tipi. Lichinka xordalilar kenja tipi.
2) Bosh skeletlilar kenja tipi: Baliqlarning tashqi tuzilishi va ekologiyasi. Suyakli va tog‘ayli baliqlar
d) yangi mavzu bayon matni:
Boshqutisizlar—tuban tuzilgan dengiz hayvonlari. Ularning xordalilar tipiga xos belgilari hayoti davomida saqlanib qoladi. Ko'pchilik turlari dengiz tubidagi qumga ko'milib yashaydi. Bu kenja tipga faqat bitta sinf—boshxordalilar ya'ni lansetniklar kiradi. Xordalilarning kelib chiqishini tushunib olishda lansetniklarni o'rganish katta ahamiyatga ega.
Tashqi tuzilishi.Lansetnik tanasining ikki yon tomoni yassilashgan, oldingi va keyingi tomoni ingichkalashgan, bosh qismi tanasidan ajralmagan, uzunligi 8sm gacha bo'lgan hayvon. Orqa va qorin tomonining keying qismi bo'ylab hamda dum qismida teri burmalari shaklidagi suzgichlari
joylashgan. Tanasining keyingi uchi jarrohlik pichog'i lantsetga o'xshash. Bir qarashda lansetnikning tashqi ko'rinishini baliqlarga ham o'xshatish mumkin. Shuning uchun uni olimlar uzoq vaqt davomida baliqlarga kiritishgan. Faqat rus olimi A.O.Kovolevskiy lansetnikning tuzilishi va rivojlanishini o'rganib, uni xordalilarning eng sodda tuzilgan vakili ekanligini aniqlagan.Lansetnikning pigmentsiz terisi oqish shaffof tusda bo'ladi. Tanasi sirtida bir qavat rangsiz epidermis hujayralari ostida biriktiruvchi to'qima qavati, uning ostida tanasining ikki yoni bo'ylab muskullar joylashgan. Muskullar biriktiruvchi to'qimadan iborat parda yordamida alohida miomerlarga bo'lingan.
Baliqlar sinfi. Baliqlar 20 mingdan ortiq turlarni o`z ichiga oladi. Ko`pchilik turlaridengizlarda yashaydi. Baliqlar tanasi odatda tangachalar bilan qoplangan;jabra orqali nafas oladi. Og`zida jag`lari rivojlangan. Harakat organlarijuft (ko`krak, qorin) va toq(dum, anal, orqa) suzgichlar hisoblanadi.
Qon aylanish doirasi bitta, yuragi ikki kamerali. Ko`pchilik baliqlartuxum qo`yib, ayrim turlari tirik tug`ib ko`payadi.Baliqlar tabiatda va odam hayotida katta ahamiyatga ega. Ko`pchiliksuv hayvonlari baliqlar bilan oziqlanadi. Baliqlar odamning ham aso siy oziq ratsioniga kiradi. Baliqdan (asosan jigaridan) shifobaxsh baliqyog`i olinadi, baliqchilik sanoati chiqindilaridan chorva mollari uchunbaliq uni va qimmatbaho yelim olinadi.
Baliqlar katta sinfi tog`ayli baliqlar va suyakli baliqlar sinflarigaajratiladi.